Авторы

  • Tuychiyev Muxriddin Sharofiddin o'g'li
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti 122 guruh Davolash 2 son Email:mucriddint@gmail.com
  • Mamadoliyev Ikromjon
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.71081

Ключевые слова:

pnevm okoniozlar silikoz siderosilikoz antrakosilikoz kasb kasalliklari Q o'rg'oshin intoksikatsiya patogenetik silikozda kremniy dioksid

Аннотация

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124- konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro'yxati qabul qilindi va bu ro'yxatga keng tarqalgan zararli omillar ta’sirida rivojlanuvchi umumma’qullangan an’anaviy kasb kasalliklari kiritildi. 1980-yilda 66- butunjahon konferensiyasida ushbu ro'yxat qayta ko'rib chiqildi. Hozirgi vaqtda butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a’zolari bo'lgan 25 mamlakat ko'rsatilgan konvensiyani qayta ko'rib chiqib tasdiqladilar. 1990-yilning 22-mayida Yevropa komissiyasi 90/326/YeS tavsiyasini qabul qildi va kasb kasalliklarining ro'yxatini tasdiqladi. Lekin hozirgacha kasb kasalliklarining qabul qilingan umumiy va yagona tasnifi yo'q. Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a ’zosi bo'lgan har bir mamlakat o'zining kasb kasalliklar ro'yxatini tasdiqlaydi va ulaming oldini olish hamda bemorlarni ijtimoiy himoya qilish choratadbirlarini belgilaydi.


background image





66

7.1

2

7

NOORGANOGEN QO'RG'OSHIN ELEMENTI MIQDORINING

O‘ZGARISHI BILAN BOG’LIQ ENDEMIK VA KASB KASALLIKLARI

Tuychiyev Muxriddin Sharofiddin o'g'li

122 guruh Davolash 2 son
Email:mucriddint@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Mamadoliyev Ikromjon

Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Email:

ikromjon.mamadoliev@mail.ru

Annotatsiya.

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124-

konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro'yxati qabul qilindi va bu ro'yxatga keng
tarqalgan zararli omillar ta’sirida rivojlanuvchi umumma’qullangan an’anaviy kasb kasalliklari
kiritildi. 1980-yilda 66- butunjahon konferensiyasida ushbu ro'yxat qayta ko'rib chiqildi. Hozirgi
vaqtda butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a’zolari bo'lgan 25 mamlakat
ko'rsatilgan konvensiyani qayta ko'rib chiqib tasdiqladilar. 1990-yilning 22-mayida Yevropa
komissiyasi 90/326/YeS tavsiyasini qabul qildi va kasb kasalliklarining ro'yxatini tasdiqladi. Lekin
hozirgacha kasb kasalliklarining qabul qilingan umumiy va yagona tasnifi yo'q. Butunjahon
mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a ’zosi bo'lgan har bir mamlakat o'zining kasb kasalliklar
ro'yxatini tasdiqlaydi va ulaming oldini olish hamda bemorlarni ijtimoiy himoya qilish
choratadbirlarini belgilaydi.

Kalit so’zlar:

pnevm okoniozlar, silikoz, siderosilikoz, antrakosilikoz,kasb kasalliklari, Q

o'rg'oshin, intoksikatsiya patogenetik, silikozda kremniy dioksid.

Dolzarbligi:

Kasb kasalliklari kelib chiqishida ishlab chiqarish muhiti yoki

mehnat jarayonining noxush omillari ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko'pchilik
kasb kasalliklarining klinik ko'rinishi o'ziga xos alohida belgilarga ega emas, shuning
uchun ham kasal bo'lgan kishining mehnat sharoiti to'g'risidagi aniq ma’lumotlar
kasallikning kelib chiqishida kasbiy omilning etiologik rolini aniqlashga yordam
beradi. Kasb kasalliklari inson organizmiga u yoki bu kasbiy-ishlab chiqarishning
zararli omillari ta ’siri natijasi hisoblanadi (masalan. silikozda kremniy dioksid
changi, zaharlanishlarda sanoatdagi zaharli moddalar va b.). Shu bilan bir qatorda
shunday kasalliklar mavjudki, ular kasbiy hamda atrof-muhitning boshqa omillari
ta’sirida rivojlanishi mumkin. Birinchi holatda ular kasbiy (masalan, bronxial astma
kimyo sanoati ishchilarida) va ikkinchi holatda umumiy (masalan, uy changi
ta’siridan rivojlangan bronxial astma) kasallik hisoblanadi. O'zbekiston
Respublikasida amal qiluvchi kasb kasalliklarining ro'yxati etiologik prinsipga
asoslangan bo'lib, Sog'liqni saqlash vazirligining maxsus sonli buyrug'i bilan
tasdiqlangan va 100 dan ortiq kasallikni o'z ichiga olgan.

Tadqiqot material va usullari:

Kasb kasalliklari etiologiyasi bo'yicha 5

guruhga bo'linadi: 1.Kimyoviy omillarning ta'siridan rivojlangan kasalliklar: o'tkir va
surunkali zaharlanishlar va ulaming asoratlari, teri kasalliklari (kontakt dermatit,


background image





67

7.1

2

7

fotodermatit. toksik melano-dermiya va boshqalar(1-rasm). 2.Ishlab chiqarish
aerozollarining ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: pnevm okoniozlar, silikoz,
siderosilikoz, antrakosilikoz, asbestoz, karbokoniozlar, changli bronxit va
boshqalar(2-rasm). 3.Fizik omillar ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: vibratsiya
kasalligi, elektrooftalmiya. katarakta, koxlear nevrit, nur kasalligi va boshqalar. 4.
Jismoniy zo ‘riqishlar. organ va tizimlarning zo ‘riqishi bilan bog 'liq kasalliklar:
koordinator nevrozlar, periferik nerv tizimining kasalliklari, bo‘yin va bel-dumg'aza
radikulopatiyalari, yelka epikondiliti va b. Bachadonning pastga siljishi, oyoqlarda
venalaming varikoz kengayishi, ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida kelib
chiqqan kasalliklar (sumnkali laringit) va boshqalar. 5.Biologik omillar ta ’sirida
rivojlangan kasalliklar: yuqumli va parazitar kasalliklar - tuberkulyoz, brutsellez,
virusli gepatit, disbakterioz, teri kandidomikozi, visseral kandidomikoz va boshqalar.

1-2.rasm Teri va o’pka sil kasalliklari (kontakt dermatit, fotodermatit, pnevm

okoniozlar).

Tadqiqot natijalari:

Qo'rg'oshin va uning noorganik birikmalari sanoatda juda

keng

ishlatiladigan

metallardan

biri

hisoblanadi.

Ular

mashinasozlikda,

asbobuskunalar

ishlab

chiqarishda,

radioelektronikada

(qo'rg'oshin

bilan

payvandlash), akkum ulator, kabel ishlab chiqarishda, tipografiya sanoatida (qo'lda
yoki linotip mashinalarda harf terish), rangli va qora metallarni eritishda, chinni,
sopol va billur, qo'rg'oshinli bo'yoqlar ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda
ishlatiladi. Sanoatda qo'rg'oshinning quyidagi noorganik eritmalari ishlatiladi:
qo‘rg‘oshin oksidi (PbO), qo'rg'oshin xromat (РbСrO

4

), qo‘rg‘oshinli galenit (PbS),

qo'rg'oshin xlorid (PbCl,) va h.k. Qo'rg'oshin qo'llaniladigan ishlab chiqarish
sohalarida, asosan, uning aerozol ko'rinishidagi, y a’ni havoda qo'rg'osh in
bug'larining kondensatsiyalanishi va oksidlanishi tufayli hosil bo'ladigan qo'rg'oshin
oksidi mayda zarrachalarining ta ’siri kuzatiladi. Ishlab chiqarish sohalarida
qo'rg'oshin organizmga asosan ingalatsion yo'l bilan ta’sir qiladi. Qo'rg'oshin
organizmga teri va me’da-ichak yo'li orqali ham kirishi mumkin. Ishlovchilarning


background image





68

7.1

2

7

ovqatlanish ratsionida kalsiy, temir va oqsil miqdori kam bo'lsa, qo'rg'oshinning
me’da-ichak yo'li orqali so'rilishi oshadi. Nafas yo'Ilari orqali tushgan qo'rg'oshin va
uning birikmalari bevosita qonga so'riladi va organizmda bir qator o'zgarishlar ro'y
beradi. Me’dada xlorid kislota ishtirokida eriydigan birikma qo'rg'oshin xloridiga
aylanadi. Ichakning ishqorli muhitida yog' kislotalari vositasida qo'rg'oshin va uning
birikmalari qo'rg'oshinning yog'li tuzini hosil qiladi. U o'z navbatida o't (safro)
yordamida emulsiyaga aylanadi. Qo'rg'oshinning mayda zarrachalari ichakning shilliq
pardalari tomonidan singdirib olinadi, so'ngra qopqa vena kapillarlari va ichakning
limfatik yo'Ilari orqali umumiy qon oqimiga tushadi. Jigarga tushgan qo'rg'oshin jigar
hujayralari tomonidan so'rilib, asta-sekin o't bilan birga ajralib chiqadi. Qo'rg'oshin
qonda yuqori dispers holida qo'rg'oshinning kolloid ko'rinishidagi fosfatlar va
albuminatlari sifatida aylanib yuradi, ular o'z navbatida qo'rg'oshinning noorganik
fosfatlari orasida eritrotsitlar va qon plazmasining oltingugurt saqlovchi oqsillarining
o'zaro ta’siri natijasida hosil bo'ladi. Bu moddalar ko'pgina a ’zolarda erimaydigan
qo'rg'oshinning uch asosli fosfat ko'rinishida yig'iladi. Qo'rg'oshin kumulativ ta ’sir
etuvchi zaharlar toifasiga kiradi. Qo'rg'oshinning salmoqli qismi suyaklarning
trabekulalarida to'planadi, bu lining suyak to'qimalaridan kalsiy tuzlarini siqib
chiqarishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, qo'rg'oshin mushaklar, jigar va
buyraklar, eritrotsitlarda yig'ilish xususiyatiga ega. Ulaming ozgina qismi taloq, miya,
miokard va limfa tugunlarida to'planadi. Odatda, qo'rg'oshin depodan asta-sekin,
ba’zan esa qo'rg'oshin bilan ishlash to'xtatilgandan so'ng ham bir necha yil davomida
ajralib turadi. Ayrim ekzogen va endogen omillar (ichkilik ichish. interkurrent
kasalliklar, jarohatlar, fizioterapevtik muolajalar, ovqatlanish tartibining buzilishi,
kislota-ishqor muvozanatining buzilishi va h. k.) Qo'rg'oshindan zaharlanish
patogenezi. Qo'rg'oshinning politrop ta’sir etuvchi zaharli moddalar turkumiga
kirishining o'zi uning patogenetik mexanizmi ko'p qirrali ekanligini bildiradi. U
larning ichida yetakchi o'rin porfirin va gem biosintezining buzilishidadir. Shuni
astoydil ta’kidlab o'tish kerakki, porfirin va gem sintezining buzilishiga olib keluvchi
sanoatdagi barcha zaharlar ichida qo'rg'oshin o'ziga xos alohida o'rin tutadi.
Qo'rg'oshin ta’sirida porfirin va gem sintezi birlamchi xarakterga ega va
intoksikatsiya patogenetik mexanizmining hal etuvchisi hisoblanadi. Porfirin
biosintezi universal biologik jarayonlaming biri ekanligi bizga ma’lum, ya’ni porfirin
metallar bilan birga, kompleks ko'rinishda (metallporfirin) gemoglobin va
mioglobinning hamda hayot uchun muhim b o'lg an energenetik fermentlam ing (V
va S sitoxrom lari, sitoxromoksidaza, katalaza, peroksidoza) asosini tashkil qiladi.


background image





69

7.1

2

7

Xulosa.

Qo'rg'oshindan zaharlanishning profilaktikasi-bu texnik, sanitar-

gigiyenik, shaxsiy gigiyena choralari va davolash profilaktika ladbirlaxini
o‘tkazishdir. Y a’ni qo'rg'oshin va uning birikmalarini kam toksik moddalar bilan
almashtirish, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va germetizatsiyalash,
ratsional ventilatsiya, xonalarni mexanik tozalash kabilar shular jumlasidandir.
Shaxsiy gigiyena tadbirlaridan katta aham iyatga ega b o’lgan respiratorlardan
foydalanish, maxsus kiyimlar, uksus kislotasining sust eritmalarida qo'llami yuvish
kabilami o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Davolash-profilaktika tadbirlaridan
qo‘rg‘oshin bilan muloqotda bo'lgan ishlovchilami vitaminlar bilan davolash, yil
davomida 2 martadan kam bo'lm agan va 1 oy davomida har kuni vitamin C qabul
qilish, tarkibida pektin saqlovchi (olma, olxo'ri va boshqa sharbatlar) tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mahmudova Sh.K., Iskandarova M.S. Kasb kasalliklari. - T 1996.

2.

Nuritdinov E. N. Odam fiziologiyasi //Toshkent, Aloqachi. – 2005. – Т. 48.

3.

Komilova N., Ravshanov A., Muhammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global
salomatlik //O’quv qo’llanma. – 2018.

4.

Tojiyev M., Nig'matov H. Hayot faoliyati xavfsizligi //Toshkent. Tafakkur
bo'stoni. – 2012.


Библиографические ссылки

Mahmudova Sh.K., Iskandarova M.S. Kasb kasalliklari. - T 1996.

Nuritdinov E. N. Odam fiziologiyasi //Toshkent, Aloqachi. – 2005. – Т. 48.

Komilova N., Ravshanov A., Muhammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik //O’quv qo’llanma. – 2018.

Tojiyev M., Nig'matov H. Hayot faoliyati xavfsizligi //Toshkent. Tafakkur bo'stoni. – 2012.