55
7.1
2
11
AYOLLARNI FUTBOL TEXNIKASIGA O‘RGATISHNING FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Ilyasova Firuzaxon Fuzuliy qizi
Nizomiy nomidagi TDPU 2-bosqich
magistranti
Annotatsiya:
Ayol futbol oʻyinchilarning texnikasini oddiy mashqdan murakkab mashqlarga
o‘rganishni ta’minlash va shu bilan birga ularning salomatligi hamda harakatchanligini oshirish
usullari haqida fikr bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
texnika, fiziologiya, organizm, refleks, miya, nerv, sistema, harakat, apparat.
Аннотация:
В статье обсуждается методы улучшения здоровья и подвижности
футболисток, обеспечивающие освоение ими техники от простых к сложным
упражнениям.
Ключевые слова:
техника, физиология, организм, рефлекс, мозг, нерв, система,
движение, аппарат.
Abstract
: Methods for improving the health and mobility of female football players are
discussed, ensuring that they master techniques from simple to complex exercises.
Key words:
technology, physiology, organism, reflex, brain, nerve, system, movement,
apparatus.
Mamlakatimizni
2017-2021-yillarda
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va
jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan qonun va
qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida
mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonining 68-maqsadida Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy
(futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv
sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish, jamoaviy va boshqa sport turlari
bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda
ishtirok etishini ta’minlash, yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish, 2026-
yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan xotin-qizlar futbolini
rivojlantirish maqsadida eng ilg‘or va innovasion texnologiyalarni jalb qilgan holda
salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish masalalari vazifa sifatida belgilab
berildi. Shundan kelib chiqib, ayollar futbolida texnik qobiliyatlar o‘yinni
muvaffaqiyatli taktik konsepsiyasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yakka tartibdagi,
56
7.1
2
11
guruhli va jamoaviy xohlanayotgan taktik harakatlarni tayyorgarlikni ma’lum
bosqichida erishilgan texnik daraja bilan moslab borish kerak.
Alohida o‘yinchilarning texnik tayyorgarlik darajasi ularning salohiyat
qobiliyatlari bilan birga jamoaning ish qobiliyatini cheklovchi omil bo‘lib
hisoblanadi. To‘pni egallash va boshqarishga o‘z e’tiborini qaratishi kerak bo‘lgan
o‘yinchilar, o‘yin vaqtida vujudga kelayotgan vaziyatlarda, o‘zining o‘yin xulqini
kerakli tarzda o‘z sheriklari va raqiblariga nisbatan to‘g‘ri moslay olmaslik holatida
bo‘ladi. Shuning uchun texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarning
maqsadi harakatlar elementlarini ketma-ketligini o‘ta mukammal bo‘lishini
ta’minlashga qaratilgan (harakatlanishning dinamik steriotiplari), ularni harakatlanish
ko‘nikmalari
sifatida
belgilanadi.
Boshqa
tomondan
esa,
texnikani
takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot, yangi paydo bo‘layotgan vaziyatda
harakatning dominant ketma-ketligidagi elementlarini tez moslashishi imkonini
berishi kerak.
Ma’lumki, sport mashqlarni bajarish ayol futbolchilar shug‘ullanayotganda
yuzaga keladigan shartli reflekslarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq, buning uchun eng
avvalo bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi bir qancha asab markazlari o‘rtasida
vaqtinchalik bog‘lanish yuzaga keladi va mazkur harakatni boshqarishda bir qancha
sistemalar ishtirok etadi. Qisqacha qilib aytganda, har qanday harakatning bajarilishi
tyegishli organlar harakatini ma’lum dastur asosida yo‘naltirish bilan bog‘liq. Bundan
ko‘rinib turibdiki, harakat malakasini hosil qilishda asab sistemasi asosiy rol
o‘ynaydi. Asab hujayralarining ish qobiliyati organizmning boshqa funksional
birliklariga o‘xshash chegaralangan bo‘ladi. Ularga birdan murakkab vazifa berilishi
normal holatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, ayollar futbol texnikasini
o‘rganishda oddiy mashqlardan sekin-asta murakkab mashqlarga o‘tishi zarur, ya’ni
murakkab harakat kompleksini o‘rgatishda uni elementlarga ajratib o‘rgatish, so‘ngra
u elementlarni qo‘shish kerak bo‘ladi. Bunday usul asab hujayralari faoliyatining
buzilishiga olib bormaydi, ayol futbolchilarning mashq o‘rganishi ancha yengil
o‘tadi.
Ayollar futbol texnikasini o‘rgatishning ikkinchi fiziologik qoidasi yengil
ishdan asta-sekin og‘ir ish bajarishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga egadir. Sport
bilan yangi shug‘ullana boshlagan har qanday ayol futbolchilar katta hajmdagi ishni
bajarishga kirishganida qattiq shikastlanishi, uning yurak tomir sistemasi faoliyati
buzilishi va shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarga uchrashi, hatto bir umrga nogiron bo‘lib
qolishi ehtimoldan xoli emas.
57
7.1
2
11
Ayollarga futbol sport texnikasini o‘rgatishda «yengildan og‘irga, osondan
murakkabga» qoidasini qo‘llash bilan ayol futbolchilarning tayanch harakat apparati
(muskullari, paylari, bo‘g‘im bog‘lamlari) strukturasining rivojlanishiga vegetativ
organlar faoliyatining bajariladigan ishga asta-sekin moslashib borishiga olib keladi.
Harakat apparati va vegetativ organlar ishini boshqarish takomillashib boradi.
Natijada ayol futbolchilar mashq oqibatida borgan sari ko‘proq yuk ko‘tarishga
erishadi, umumiy ishi ortib boradi. Bunday qoidaga amal qilish ayol futbolchilarni
jismoniy barkamolikka erishishiga olib keladi. Muntazamlilik qoidasi futbol
texnikasini o‘rgatishning asosiy qoidalaridan biri sanaladi. Harakat malakasini
fiziologik asoslari borasida so‘z yuritar ekanmiz, harakat malakalari shartli reflekslar
va shartsiz reflekslardan iboratligiga e’tibor qaratishimiz lozim. Harakatning shartli
reflekslari bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi harakat markazi bilan boshqa
markazlar o‘rtasida yuzaga kelgan vaqtinchalik bog‘lanishdan iborat bo‘lib, mashq
takrorlangan sari takomillashib mustahkamlanib boradi. Agar ayol futbolchilar
muntazam ravishda mashq qilib turmasa, mashqlarga onda sonda qatnashsa, uning
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida vaqtinchalik bog‘lanish yuzaga kelmaydi,
modomiki, o‘sha bog‘lanish hosil qilingan taqdirda ham tez yo‘qolib ketmasligini
oldini olish uchun uni qayta-qayta takrorlab turish kerak bo‘ladi. Shuni ham aytish
kerakki, mashqni takrorlanish soni va uning oralig‘idagi vaqt futbol texnikasini
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Mashqni takrorlash o‘rtasidagi vaqt optimal
darajada bo‘lishi kerak. Haddan tashqari ko‘p mashq qilish, mashqlar orasida yetarli
dam olmaslik ayol futbolchilarni charchashga olib boradi va malaka hosil bo‘lishini
qiyinlashtiradi. Futbol texnikasini o‘rganishda bu omillarni hisobga olgan holda
muntazam shug‘ullanish zarur omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ayol futbolchilarning o‘zgargan sharoitga moslashishi jarayonida o‘z
harakatlarida noqulayliklar paydo bo‘la boshlaydi, shuning uchun ham har xil
sharoitdagi jismoniy mashqlarni bajarish, har xil muhit sharoitlarida ham yuqori
natijalarni qayd etishini ta’minlaydi. Har bir sportchi o‘zining induvidual
xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiladi. Masalan, genetik xususiyatlari, biologik,
jismoniy rivojlanishi, sportgacha shug‘ullangan kasbi va shu kabilar. Bu masalada,
albatta, oliy nerv faoliyati ishini ham hisobga olishni maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz. Shuning uchun ham, sportchiga harakat texnikasini o‘rgatishda trener-
pedagog sportchining yoki bo‘lajak sportchining induvidual xususiyatlarini,
qobiliyatini hisobga olgan holda, har bir shug‘ullanuvchi uchun mos keladigan
o‘rgatish usulini to‘g‘ri tanlashi zarur.
58
7.1
2
11
Demak, bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish ayol futbolchilarning sport
texnikasini o‘rgatish imkonini engillashtiradi. Biroq taktik mulohazalar ko‘pincha
harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini
kamaytirishini taqozo etadi. Bundan tashqari, harakat texnikasida ba’zi spetsifik
xususiyatlar ham borligini yoddan chiqarmaslik zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Raximqulov, K. D. (2012). Milliy harakatli o ‘yinlari.
O ‘quv qo ‘llanma T
.
2.
Xo‘jaev, P., Raximqulov, K. D., & Nigmanov, B. B. (2008). Sport va harakatli o
‘yinlar va uni o ‘qitish metodikasi.
Harakatli o’yinlari) O'quv qo'llanma TDPU T
.
3.
Xo‘jaev, F., Raximqulov, K., & Nigmanov, B. (2010). Harakatli o ‘yinlar va uni o
‘qitish metodikasi.
O ‘quv qo ‘llanma
.
4.
Рахимкулов, К. Д., & Раджапов, У. Р. (2014). Физическая культура в системе
воспитательной деятельности.
Педагогика и современность
,
1
(1-1), 144-148.
5.
Datkaevich, R. K. (2023). Influence of physical culture on the formation of
personal characteristics and qualities.
American Journal of Technology and
Applied Sciences
,
9
, 12-15.
6.
Qurbonov Sh., Qurbonov A. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. -
Toshkyent, 2003.
7.
Usmonxo‘jayev
T.S.
va
boshqalar.
Bolalar
va
o‘smirlar
sporti
mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, «ILM-
ZIYO», 2006.
8.
Qurbonov Sh., Qurbonova Sh. Sport fiziologiyasi. – Qarshi: Nasaf, 2001.
9.
Ugli, Y.A.F. (2022, July). Conditions of use of innovative educational
technologies in professional training of future specialists in the field of Physical
education. In
"Online-conferences" platform
(pp. 89-91).
10.
Yigitaliyev A.F., Rasulova R.A. (2024). Yoshlarni sog‘lom voyaga yetishlarini
ta’minlash masalasi xalq og‘zaki ijodida. I
lmiy tadqiqotlar nazariyasi
,
7
(6), 49-
51.
11.
Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики
физического воспитания.
Педагогика и современность
, (3), 69-76.
12.
Рустамов, Л. Х. (2012). Концепция систематизации непрерывной
педагогической практики. In
Педагогика: традиции и инновации
(pp. 183-
185).
13.
Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм
человека. In
Актуальные вопросы современной науки
(pp. 99-103).
14.
Рустамов, Л. Х., & Зайниддинов, Т. Б. (2013). Основные средства
физической культуры и классификация упражнений.
Педагогика и
современность
, (5), 137-140.
15.
Рустамов, Л., & Тошпулатов, Х. (2024). СПOСOБЫ ПOПУЛЯРИЗAЦИИ
ФИЗИЧЕСКOЙ
КУЛЬТУРЫ
И
СПOРТA
СРЕДИ
МOЛOДЕЖИ.
Development and innovations in science
,
3
(3), 21-25.
59
7.1
2
11
16.
Рустамов, Л. Х. (2021). ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ
АНИМАЦИИ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 200.
17.
Рустамов, Л. Х. (2022). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЕ ГИБКОСТИ У
УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ ПО ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЕ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 194
.
18.
Рустамов, Л. Х., & Набижанов, Ш. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ
ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ
ПРОЦЕССЕ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 441.
19.
Маҳкамджонов, К. М., Иноземцева, Л. А., Нурматов, Ф., & Рустамов, Л.
Спорт байрамларини ташкил қилиш ва ўтказиш методикаси.
Toshkent:–2007
.