Авторы

  • Дилфуза Мамадиярова
    Bank-Moliya Akademiyasi

Биография автора

  • Дилфуза Мамадиярова , Bank-Moliya Akademiyasi
    magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103849

Ключевые слова:

kambagallikni kamaytirish ijtimoiy muhofaza moliyalashtirish mexanizmlari iqtisodiy rivojlanish ijtimoiy ta’minot.

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekistonda kambagallikni kamaytirish va aholini yashash turmush tarzini yaxshilash yo‘llari muhokama qilinadi. Jahon miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turli mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy strategiyalari tahlil qilingan bo‘lib, ulardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish mumkinliklari ko‘rib chiqilgan. Tezisda, ijtimoiy ta’minot tizimlarini isloh qilish, iqtisodiy rivojlanish orqali kambagallikni kamaytirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

17

O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA

CHORA TADBIRLAR VA TAKLIFLAR

Mamadiyаrova Dilfuza Oblaqulovna

Bank-Moliya Akademiyasi magistri


Annotatsiya:

Ushbu tezisda O‘zbekistonda kambagallikni kamaytirish va

aholini yashash turmush tarzini yaxshilash yo‘llari muhokama qilinadi. Jahon
miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turli mamlakatlarning ijtimoiy va
iqtisodiy strategiyalari tahlil qilingan bo‘lib, ulardan O‘zbekiston sharoitida
foydalanish mumkinliklari ko‘rib chiqilgan. Tezisda, ijtimoiy ta’minot tizimlarini
isloh qilish, iqtisodiy rivojlanish orqali kambagallikni kamaytirish va ijtimoiy
xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

kambagallikni kamaytirish, ijtimoiy muhofaza, moliyalashtirish

mexanizmlari, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy ta’minot.

Аннотация:

Данная тезис обсуждает механизмы финансирования

сокращения бедности и социальной защиты в Узбекистане. В тезисе
анализируются

социальные

и

экономические

стратегии,

успешно

реализованные в различных странах мира, и рассматривается возможность их
применения в условиях Узбекистана. В тезисе освещаются реформы в системах
социального обеспечения, сокращение бедности через экономическое развитие
и механизмы обеспечения социальной безопасности.

Ключевые слова:

сокращение бедности, социальная защита, механизмы

финансирования, экономическое развитие, социальное обеспечение.

Abstract:

This tezise discusses the mechanisms for financing poverty reduction

and social protection in Uzbekistan. It analyzes social and economic strategies that
have been successfully implemented worldwide, examining their applicability in the
context of Uzbekistan. The tezise highlights reforms in social support systems,
poverty reduction through economic development, and mechanisms for ensuring
social security.

Keywords:

poverty reduction, social protection, financing mechanisms,

economic development, social support.

O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘plab

islohotlar amalga oshirilmoqda. 2023-yil 15-mayda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig’ilishda kambag’allik darajasi 14% ga tengligi
va bu degani 5 milliondan ortiq odam kambag‘allikda yashayotganligi ma’lum
qilingan edi. Kambag’allikni qisqartirish bo‘yicha hududiy, tuman, shahar va
mahallalarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada tadbirkorlikni


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

18

rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchisi lavozimi
joriy etildi[1]. Ular aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va ularga
ajratilgan subsidiyalar va berilayotgan imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanishini nazorat
qilish va ularga ko‘maklashish bilan shug‘ullanishadi. Bundan tashqari aholini
kambag‘allikdan chiqaruvchi asosiy kuch bu davlat va undagi siyosat hisoblanadi.
Bunga yaqqol dalil sifatida Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi
butun dunyoda e’tirof etiladi.

Xitoy oxirgi 40 yil ichida 800 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarishga

erishdi. Buning uchun esa avvalo ta’lim tizimiga, sifatli sog‘liqni saqlash tizimiga va
arzon uy-joy masalalariga alohida e’tibor qaratdi[2].

Aholining daromadini oshirish, narxlarni barqarorlashtirish, inflyatsiya

darajasini oshishiga qarshi qaratilgan siyosat davlat tomonidan nazorat qilinishi
lozim. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga
qo‘yishda imtiyozlar va subsidiyalar berish, asosan chetdan import qilinuvchi
tovarlarni mamlakat ichida ko‘proq ishlab chiqarishni targ‘ib qilish asosiy vazifa qilib
qo‘yilishi lozim. Chunki ushbu omillar nafaqat aholi daromadini oshiradi balki
davlatning iqtisodiy o‘sishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishda eng asosiy masala bu insonlarning

qiziqishlari, dunyo qarashlarini o‘zgartirishdir. Ya’ni odamlarda berilayotgan
imkoniyatlarni qabul qilish va amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘proq
foydalanish istagi bo‘lishi lozim. Imtiyozlar berilganligi bu kambag‘allik qisqarib
qoladi degani emas. Chunki insonlarda xohish, bilim, g‘oya va asosiysi o‘ziga
bo‘lgan ishonch shakllansagina natijaga erishish mumkin. Bu nafaqat ushbu masalada
balki ta’lim tizimi, biznes va boshqa sohalarda ham muhim hisoblanadi. Buning
uchun esa atrofdagi vaziyat, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan sharoit yaratilishi
kerak, insonlarni tavakkal qilishi va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishida to‘siqlarga
uchramasligiga yaqqol dalillarni ko‘rishi kerak.

Mamlakatda erkin bozor iqtisodiyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi, sog‘lom raqobat

muhiti shakllangan bo‘lishi muhim. Nafaqat bozordagi yoki soliqdagi imtiyozlar
balki, bojxonadagi bojlarda ham to‘siqlarni kamaytirish, bojxonadagi nazoratni
raqamlashtirish, ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarni kamaytirish lozim. Misol uchun,
oziq-ovqat va boshqa shu turdagi mahsulotlarda bojxona nazorat postida ko‘plab
sertifikatlar talab etilishi, sanitariya, hujjatlar va boshqa nazoratlarda ortiqcha vaqt va
hodimlarning sonini qisqartirish kerak.

Eksportda davlat ko‘magini kengaytirish, importda ham imtiyozlarni oshirish va

aholi uchun zarur turdagi mahsulotlarga bojlarni kamaytirish, mamlakatda narxlarni
barqarorligini ta’minlashda va mahsulot tanlovini kengaytirishda muhim omillar
sanaladi[3].


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

19

Aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlashda xususiy yoki

YaTT larni yo‘lga qo‘yish ham yaxshi natijalarga olib keladi lekin men mavjud
bo‘lgan korxona va firmalarni ishlab chiqarish hajmini va ulardagi ish o‘rinlarini
kengaytirish samaraliroq deb hisoblayman.

Chunki hozirda faoliyat yuritayotgan va allaqachon oyoqqa turgan korxonalarda

ishlash oddiy aholi uchun o‘zi noldan boshlab tadbirkorlik yuritishdan va tavakkal
qilishdan ko‘ra ishonchli hisoblanadi. Bundan tashqari korxonani keng doirada yo‘lga
qo‘yish yangi korxona barpo qilishdan ko‘ra qulay va kam xarajatni o‘z ichiga oladi.

Men kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘z

taklifimni bildirmoqchiman. Taklifim shundan iboratki, aholini zamonaviy va hozirgi
kunda eng daromadli kasblarga yo‘naltirish, chet tillari va kompyuter dasturlari
bo‘yicha o‘qitish va aholining kundalik hayotda duch keluvchi oddiy narsalardan
innovatsiyalarni qo‘llashni boshlash va ularni rivojlantirishga mo‘ljallangan kasb-
hunar markazlarini mahalla va tuman (shahar) kesimida yo‘lga qo‘yish. Buni yo‘lga
qo‘ygan insonlarni davlat rag‘batlantirishi va markaz ochilishida, uni korxonalar va
ish beruvchilar bilan aloqasida, shartnomalar va huquqiy jihatdan ko‘maklashishi
lozim. Buning afzalligi shundan iboratki, turli soha va yo‘nalishlardagi ish beruvchi
va ishsizlarni bir joyga yig‘ish, ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarni oldini olish va
shartnoma asosida har ikki tarafning haq-huquqlarini himoya qilish va ular uchun
tanlov imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qilishdir. Bundan tashqari ushbu
markaz mehnat resursining sifati va qadrini oshirishga qaratilgan faoliyat
hisoblanadi. Ishchiga “qora ishchi” sifatida emas balki, huquqiy jihatdan
himoyalangan kadr sifatida qarashni shakllantiradi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,mamlakatimiz har jihatdan resurslarga boy

davlat hisoblanadi.Mehnat resursi, tabiiy resurslar, sharoit va geografik joylashuv
jihatdan ham qulay hisoblanadi. Faqat ushbu resurslarni to‘g‘ri taqsimlashni yo‘lga
qo‘yish va aniq yo‘nalishlarni belgilashda adashmasligimiz zarur. Mavjud mehnat
resurslarini chetga chiqib ketishi va o‘zimizda esa bazi ko‘pgina sohalarda yetarli
kadrlar yetishmovchiligi kabi bir-biriga teskari masalalar mavjud. Bularning asosiy
sababi aholi malakasi va bilimining yetishmasligi, ta’lim sohasidagi kamchiliklar,
istak-xohishlar va iqtisodiy vaziyatdagi tafovutlarning mavjudligi, aholi daromadi va
ularning xarajatlari o‘rtasidagi farq. Bularni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali mamlakatda
kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy ahvolini
yaxshilash va to‘g‘ri daromad taqsimotini yo‘lga qo‘yish mumkin.

References:

1.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/01/25/poverty/

2.

https://kun.uz/news/2022/06/03/kambagallikka-qarshi-kurash-hukumat-


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

20

qayerda-

xato-qilyapti-behzod-hoshimov-bilan

suhbat?q

=%2Fuz%2Fnews%2

F2022%2F06%2F03%2F

3.

“Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-

boblar

4.

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

5.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

6.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov

Библиографические ссылки

https://kun.uz/news/2022/06/03/kambagallikka-qarshi-kurash-hukumat-qayerda- xato-qilyapti-behzod-hoshimov-bilan suhbat?q =%2Fuz%2Fnews%2 F2022%2F06%2F03%2F

“Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-boblar

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov