№ 9(55-1) (2025)
Статьи
AUTIZM SINDROMLI BOLALAR TA’LIMIDA KORREKSION PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada autizm sindromi kasalligiga uchragan bolalarning ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda autizm sindromi va uning ta’limdagi ahamiyati o‘rganilgan, shuningdek, autizmli bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan samarali metodlar va yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada autizmli bolalarning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishidagi xususiyatlar hamda bu bolalar uchun individual ta’lim rejalarini yaratishning zarurligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda shuningdek, O‘zbekiston sharoitida autizm sindromiga ega bolalar ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishning amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada keltirilgan metodik yondashuvlar va pedagogik usullar orqali autizmli bolalar uchun ijtimoiy hayotga moslashish imkoniyatlari yaratish, ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishga erishish mumkinligi ta’kidlangan. Tadqiqotning natijalari, kelgusida autizmga ega bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
NINABARGLILAR (LEPIDOPTERA) TURKUMINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada Lepidoptera turkumiga mansub hasharotlarning morfologik tuzilishi, hayot sikli, ekologik ahamiyati va inson faoliyatidagi roli tahlil qilingan. Ninabarglilar dunyodagi eng katta hasharot turkumlaridan biri bo'lib, 180,000 dan ortiq tur bilan ifodalangan. Maqolada ularning tana tuzilishi, oziqlanish xususiyatlari, ko'payish jarayoni va tabiat muvozanatidagi o'rni batafsil yoritilgan.
KIBERXAVFSIZLIK TA’LIMIDA VIRTUAL SIMULYATORLARNING ROLI VA ULARNI KASBIY TA’LIMDA QO‘LLASH
Mazkur maqolada kiberxavfsizlik sohasida virtual simulyatorlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning kasbiy ta’limda qo‘llanilishi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli hamda pedagogik jarayonlarga integratsiyalash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, davlat dasturlari va Prezident qarorlari asosida ushbu sohani rivojlantirishga doir strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Virtual muhitda ta’lim olish orqali talabalar real kiber tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha tajriba orttirishi ta’kidlanadi.
JIZZAX UYEZDIDA ASALARICHILIK XO‘JALIGINING PAYDO BO‘LISH TARIXI
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA PIRLS DASTURIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligi va matn tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishda PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) dasturidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida ishlab chiqilgan metodlar va yondashuvlarning ona tili darslarida qo'llanilishi, o'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi ko'rib chiqilgan. Maqolada PIRLS dasturining asosiy tamoyillari, baholash mezonlari va ularni mahalliy ta'lim sharoitlariga moslashtirishning amaliy jihatlari yoritilgan.
BOSHLANG‘ICH SINF O'QUVCHILARIDA MATN BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida matn bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada matn bilan ishlashning asosiy komponentlari, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan metodlar va amaliy mashqlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida matn bilan ishlash ko'nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish metodikasi taklif etilgan. Maqolada o'qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar va mashq turlari keltirilgan.
INCREASING EXPORT POTENTIAL IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND PROSPECTS
This article explores the current challenges and future prospects for enhancing the export potential of the Republic of Uzbekistan. It analyzes the impact of ongoing economic reforms, government support for export-oriented production, and the development of transport and logistics infrastructure. Despite positive developments, several issues remain, including the raw-material-oriented structure of exports, insufficient product competitiveness, and a low level of integration into global markets. The article presents recommendations for diversifying exports, increasing the share of high value-added products, and improving export infrastructure.
GENDERED LANGUAGE OF REPROACH: HOW MEN AND WOMEN CRITICIZE DIFFERENTLY
This article investigates how men and women use different linguistic strategies when expressing reproach, a speech act that conveys disapproval or criticism. Drawing on sociolinguistic and pragmatic theories, and supported by discourse data, the paper reveals that gender plays a significant role in shaping the tone, structure, and pragmatics of reproach. The findings highlight the influence of power, politeness, and emotional expression in gendered communication, with implications for interpersonal dynamics, education, and intercultural communication.
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI VA ULARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI: HUQUQIY ASOSLAR, MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlari, mavjud elektron platformalar, ularning funksional imkoniyatlari, afzalliklari va shu bilan birga mavjud huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamlashtirishning huquqiy asoslari, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning talqinlari, xorijiy davlatlar tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha talaba sifatida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar o‘z aksini topgan.
FIZIKADAN LABORATORIYA ISHLARINI ZAMONAVIY MEDOTLAR ASOSIDA TASHKILLASHTIRISH
Maksvell taqsimoti molekulalarning tezliklarini taqsimlash qonuniyatini tasvirlaydi va gaz molekulalarining xususiyatlarini tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Maksvell taqsimotini o‘rganishga bag‘ishlangan laboratoriya ishlarini real va virtual laboratoriyada bajarish metodikasi tahlil qilinadi. Har ikki usulning o‘ziga xos jihatlari, afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, ularning o‘quv jarayoniga ta'siri baholanadi.
E’TIQOD VA DINIY E’TIQOD TUSHUNCHASI
Mazkur mavzuda e’tiqod va diniy e’tiqod tushunchalarining mohiyati, o‘zaro farqi va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. E’tiqod – bu insonning ichki ishonchi, dunyoqarashi va ma’naviy tamoyillariga asoslangan holat bo‘lib, diniy e’tiqod esa bu ishonchning muayyan diniy qarashlar, ibodatlar va qadriyatlar orqali ifodalanishidir. Shuningdek, mutaassiblik va diniy ekstremizm kabi salbiy hodisalar bilan sog‘lom diniy e’tiqodning farqi ajratib ko‘rsatilgan.
EKSTREMIZM VA TERRORIZMNING JAMIYAAT UCHUN HAVFI
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyati bir qator dolzarb muammolarga duch kelmoqda. Ularning eng xavflilaridan biri — bu ekstremizm va terrorizmdir.Aynan bugungi maqolamiz davomida bu mavzular bo`yicha chuqurroq fikirlar yuritamiz.
DUNYOVIY DAVLATNING DINGA MUNOSABATI
Ushbu maqolada dunyoviy davlat tamoyillarining dinga bo‘lgan munosabati yoritiladi. Xususan, dunyoviylik tushunchasi, uning tarixiy va huquqiy asoslari, hamda diniy erkinlik bilan uyg‘unligidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilinadi. Dunyo tajribasi va O‘zbekiston misolida davlatning din sohasidagi betarafligi, diniy konfessiyalar tengligi, e’tiqod erkinligi va bu jarayonni huquqiy tartibga soluvchi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Maqola shuningdek, dunyoviylik va diniy qadriyatlar uyg‘unligi orqali jamiyatda bag‘rikenglik, totuvlik va barqarorlikni ta’minlashning ahamiyatiga e’tibor qaratadi.
8-SINF ODAM VA UNING SALOMATLIGI FANI “VITAMINLAR VA ULARNING AHAMIYATI” MAVZUSIDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
Ushbu maqolada modulli ta’lim texnologiyasining kelib chiqishi, uning tuzilishi, 8-sinf Odam va uning salomatligi fanida “Vitaminlar va ularning ahamiyati” mavzusida modulli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bayon etilgan.
OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARDA SHAXS SHAKLLANISHI VA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada o‘quv jarayonida ijodiy tafakkurning shakllanish jarayoni, unga taʼsir etuvchi ichki va tashqi omillar, shuningdek, psixologik yondashuvlar asosida ijodiy rivojlanishning muhim jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi metod va texnologiyalar, motivatsiya va taʼlim muhitining oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi.
FARMATSEVTIKA SANOATIDA ISHLATILADIGAN ENG KO‘P TARQALGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Ushbu maqolada farmatsevtika sanoatida keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar, ularning tarkibidagi biologik faol moddalari, dori vositalarini ishlab chiqarishda tutgan o‘rni va shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Maqolada xalqaro va mahalliy farmakopeya talablariga javob beradigan o‘simliklar, ularning farmatsevtik preparatlarga aylanishi jarayoni, farmatsevtika sanoatidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI SINONIMLAR VA ULARNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonimlarning turli sohalarda, jumladan, ilmiy, badiiy va kundalik so‘zlashuv uslublarida qo‘llanishi haqida so‘z yuritilgan. Muallif har bir sohaga oid sinonimlar va ularning kontekstual farqlari va o‘xshashliklari haqida fikr yuritib, tegishli misollar keltirib o‘tgan.
QO‘QON JADIDLARI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN GAZETALAR
Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan hissasi yoritib o‘tilgan. Bu davrda Qo‘qon shahrida chop etilgan “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, Ravnaqul – islom” kabi gazetalar xaqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
OQOVA SUVNING BIOLOGIK TOZALASHDA REAGENTLARNI QO‘LLAB FOSFORSIZLANTIRISH USULINING TAHLILI
Oqova suvlarni fosfatsizlantirishning ishlatiladigan usullarini afzalligi va kamchiligi, birgalikda biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan fosfor birikmalarini ketkazishning umumlashgan usullarini o‘rganishga alohida qiziqish uyg’otadi. Biroq, reagent vositalarining faol gilning mikrobli holatiga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan va bunday tadqiqot natijalari ziddiyatli bo‘ladi.
TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS L) TURLI OZIQA SHAROITIDA O‘SISH RIVOJLANISHINI FENOLOGIK KUZATUVLAR ASOSIDA BAHOLASH TAHLILI
Ushbu tajriba 2025-yil 13-aprelda laboratoriya sharoitida Topinambur (Yer olmasi) o‘simligi urug‘larining har xil substratlar — perlit, biogumus, torf va vermikulitda unib chiqish xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Har bir variantda bitta urug‘dan foydalanilgan bo‘lib, umumiy hisobda to‘rt xil substrat sharoiti sinovdan o‘tkazildi. Tajribaning muhim jihatlaridan biri sifatida namlikni optimal darajada ushlab turish va o‘simliklarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida Karnavin stimulyatoridan foydalanildi. Ushbu tajriba Topinambur urug‘larining har xil substratlarda unish tezligi va boshlang‘ich rivojlanish bosqichlaridagi farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda qaysi substrat turi eng samarali ekani yuzasidan xulosa chiqarishga yordam beradi.
FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada fransuz tilini o‘qitish metodikasi va chet tilida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot kommunikativ yondashuv asosida til o‘rganuvchilarning til bilimlari va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodlarning samaradorligini o‘rganadi. Shuningdek, til o‘rgatishda Yevropa umumiy til referens kadrlarining (CECRL) roli va ahamiyati, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, interaktiv o‘quv materiallari va madaniy komponentlarning integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Maqola til o‘rganuvchilarning tilga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va samarali til ta’limi jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA TA’LIM –TARBIYANING O‘RNI
Bugungi globallashuv jarayonida insoniyat duch kelayotgan eng jiddiy muammolardan biri bu — ekstremizm va terrorizmdir. Bu tahlikali hodisalar nafaqat alohida shaxslar hayotiga xavf soladi, balki butun jamiyat va davlat xavfsizligini izdan chiqarishi mumkin. Shu sababli, har qanday zamonaviy jamiyat uchun ushbu illatlarga qarshi kurashishda kompleks yondashuv talab etiladi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiyaning bu boradagi o‘rni beqiyosdir. Maqolamizda ekstremizm va terrorizm tushunchalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularga qarshi kurashda ta’lim-tarbiyaning o‘rni tahlil etiladi.
IMOM AL- BUXORIY MEROSI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HADISLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axloqiy tarbiya berishda Imom al- Buxoriy merosiga tayanilgan holda hadislarni o‘rgatishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. Ayniqsa yosh avlod qalbida ezgulik, halollik, hurmat, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantirishda hadislarning tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada hadislarni dars jarayonida qo‘llash usullari, interfaol metodlar, hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos yondashuvlar asosida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari, boshlang‘ich sinflarda ma’naviy- ma’rifiy tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek o‘quv jarayonida hadislarni samarali o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.
WOMEN’S EDUCATION IN TAMIL NADU: POST-INDEPENDENCE DEVELOPMENT AND CONTEMPORARY TRENDS
This study explores the development of women's education in Tamil Nadu in the post-independence period, highlighting the key policies, reforms, and social movements that have shaped educational opportunities for women. It examines how historical, cultural, and political factors have influenced the progress of female education in the state. The paper also analyzes statistical trends in literacy rates, school and college enrollment, and gender parity in education from 1947 to the present. Furthermore, it discusses the contemporary challenges and emerging trends, including digital education, skill development programs, and the role of non-governmental organizations in promoting women’s learning. By focusing on Tamil Nadu, a state known for its progressive stance on education, this study aims to provide insights into the broader context of women's empowerment through education in India.
STYLISTIC DEVICES IN ADVERTISING TEXTS: TRANSLATION METHODS FROM ENGLISH INTO UZBEK
Advertising is a crucial element in a modern business world, serving as a bridge between products and consumers. Companies invest significant resources in crafting compelling advertisements that captivate their target audience. One of the most powerful tools in advertising is the use of stylistic devices, which add aesthetic appeal and emotional resonance to marketing messages. However, translating these stylistic elements from English to Uzbek presents numerous challenges due to linguistic, cultural, and structural differences. This paper explores the role of stylistic devices in advertising texts, the complexities of their translation, and strategies to overcome these challenges while preserving the intended impact of the original message.
BIOSTIMULATING PROPERTIES OF BIOLOGICALLY ACTIVE MULTIFUNCTIONAL SUBSTANCES: MECHANISMS AND APPLICATIONS
Murakkab kimyoviy tuzilishga va turli xil fiziologik funksiyalarga ega bo'lgan biologik faol polifunksiyali moddalar (BFPM) qishloq xo'jaligi, tibbiyot va biotexnologiyada biostimulyator sifatida muhim ahamiyatni kasb etadi. Ushbu maqola BFPM ning hujayra metabolizmiga, o'sishni tartibga solishga va stressga chidamliligiga ta'sir qilish mexanizmlarini o'rganadi. Gumik birikmalar, aminokislotalar komplekslari va polifenollarning biostimulyatsiya samaradorligi nazorat ostida vitro va vivo sharoitlarda baholandi. Natijalar o'simliklarning o'sish sur'atlari, ferment faolligi va antioksidant reaksiyasining ortishidan dalolat beradi. Ushbu ma'lumotlar BFPM ning ko'p funksiyali mohiyatini chuqurroq tushunish imkonini beradi va ulardan biotexnologik ishlanmalarda barqaror foydalanishni asoslaydi.
TRANSPORT VOSITALARIDA FIZIK XAVFSIZLIK OMILLARI VA ULARNI RAQAMLI BOSHQARUV TIZIMI
maqolada transport vositalarining fizik xavfsizlik omillari va ularni raqamli boshqaruv tizimi orqali boshqarish masalalari yoritilgan. Transport vositalaridagi passiv va aktiv xavfsizlik vositalarining vazifalari texnik jihatdan tahlil qilingan. Ularning samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari, xususan, datchiklar tarmog‘i, elektron boshqaruv bloklari (ECU), IoT texnologiyasi va sun’iy intellekt asosidagi tizimlar qo‘llanilishi asoslab berilgan. Transport vositalarining xavfsizlik darajasini oshirish, inson omilini kamaytirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
TIJORAT BANKLARIDA KAPITALNING MONANDLIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLARNI TAHLIL QILISH
Based on the requirements for capital adequacy in commercial banks, it is important to develop capital requirements in order to increase the financial stability of banks and develop their resource base, maintain timely and accurate financial statements, and cover or prevent possible losses in banks in the event of a financial crisis or crisis. This means that by increasing this requirement, commercial banks try to increase their own capital, i.e. authorized capital, and commercial banks direct their annual profits to increase bank capitalization, and as a result, commercial banks form a stable resource base for issuing loans and leasing. This article presents a description of research aimed at developing a methodology for transforming capital adequacy requirements in commercial banks into international standards.
МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫЕ СТАНДАРТЫ ЗАЩИТЫ ПРАВ РЕБЁНКА НА ОБРАЗОВАНИЕ И ИХ ИМПЛЕМЕНТАЦИЯ В НАЦИОНАЛЬНОЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО
в статье рассматриваются ключевые международно-правовые акты, закрепляющие право ребёнка на образование, а также механизмы реализации этого права на международном и национальном уровнях. Особое внимание уделяется проблемам имплементации международных стандартов в правовые системы государств. Подчеркивается значение недискриминационного и инклюзивного подхода к образованию детей, в том числе из уязвимых категорий. Рассматриваются вызовы, возникающие при практической имплементации международных стандартов, а также предлагаются направления совершенствования правовой политики в области защиты прав детей на образование. Особое внимание уделено значению принципов недискриминации и инклюзивности, а также международному сотрудничеству в сфере образования.
ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ПОДДЕРЖКИ ИННОВАЦИОННОЙ АКТИВНОСТИ МАЛОГО БИЗНЕСА В УЗБЕКИСТАНЕ
В статье рассматриваются ключевые институциональные механизмы, направленные на стимулирование инновационной активности субъектов малого бизнеса в Узбекистане. Анализируются действующие нормативно-правовые акты, организационные структуры, а также формы финансовой, консультационной и инфраструктурной поддержки. Отмечается роль государственных стратегий, специализированных агентств и технопарков в формировании инновационной экосистемы. Уделено внимание проблемам координации между структурами и доступности механизмов поддержки
в региональном разрезе. На основе сравнительного анализа предлагаются направления совершенствования существующей системы поддержки с учетом международного опыта и специфики национальной экономики. Полученные выводы могут быть полезны при разработке новых программ развития малого бизнеса и инновационного предпринимательства.
O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR VA TAKLIFLAR
Ushbu tezisda O‘zbekistonda kambagallikni kamaytirish va aholini yashash turmush tarzini yaxshilash yo‘llari muhokama qilinadi. Jahon miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turli mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy strategiyalari tahlil qilingan bo‘lib, ulardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish mumkinliklari ko‘rib chiqilgan. Tezisda, ijtimoiy ta’minot tizimlarini isloh qilish, iqtisodiy rivojlanish orqali kambagallikni kamaytirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan.
MARKAZIY OSIYODA QAZILMA BOYLIKLAR: MIS KONLARI TARIXI
Ushbu maqolada qadimgi va oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo hududida mis qazib olish jarayonlari, uning iqtisodiy va madaniy ahamiyati tahlil qilingan. Ilk sivilizasiya davrlaridan boshlab, mazkur mintaqada mis eng muhim metalllardan biri sifatida qazib olinib, turli sohalarda — qurol-yaroq, xunarmandchilik buyumlari, tijorat vositalari sifatida keng qoʻllanilgan. Maqola mis sanoati bilan bogʻliq arxeologik topilmalar va ta'rixiy manbalarga tayanilgan holda yoritilgan.
ПРИНЦИПЫ И ТЕХНОЛОГИИ ПРОВЕДЕНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ
в статье описывается принципы и технологии психологических тренингов для профессионального развития педагогов. Автором рассматриваются основные принципы и технологии психологических тренингов, предложенные различными авторами. Представлены результаты исследования о факторах перспективности работы в области психологических тренингов в развитии педагогов.
AR TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN RAQAMLI RESURSLARNI YARATISH BOSQICHLARI VA MAZMUNI (PEDAGOGIK METODLAR BILAN INTERGATSIYA)
Ushbu maqolada AR (Augmented Reality – kengaytirilgan reallik) texnologiyasiga asoslangan raqamli resurslarni yaratish bosqichlari va ularning mazmuni yoritilgan. Raqamli resurslarning turlari, ularni modellashtirish, dizayn va vizualizatsiya qilish, interaktivlikni ta’minlash hamda foydalanuvchi tajribasini (UX) shakllantirish kabi muhim bosqichlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, AR texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi va ularning o‘quvchilar uchun yaratayotgan imkoniyatlari muhokama qilingan. Mazkur mavzu innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish jarayonida dolzarb ahamiyatga ega.
ASOSIY YAPROQBARGLILAR DARAXT TURLARI.ULARNING BIOEKOLOGIK VA OʻRMONCHILIK XUSUSIYATLARI HAMDA XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI
Maqolada oʻzbekiston hududida keng tarqalgan asosiy yaproqbargli daraxt turlarining (terak, qayin, chinor, eman, tol va boshqalar) bioekologik xususiyatlari, oʻsish muhiti va ularning oʻrmonchilikdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ushbu turlar asosida barpo etilgan plantatsiyalar orqali iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Daraxt turlarining xalq xo‘jaligidagi amaliy ahamiyati, yog‘och sanoatidagi roli, landshaft arxitekturasi va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi o‘rni ochib berilgan.
SOME ASPECTS OF DEVELOPING A HARMONIOUSLY DEVELOPED PERSONALITY IN THE PROCESS OF STUDYING SOCIAL PHILOSOPHY
This article considers some aspects of developing the harmoniously developed youth in the process of studying social philosophy in terms of the society humanization.
FARG‘ONA VODIYSIDA ZIYORAT TURIZMI RIVOJLANISHINING TARIXIY VA ZAMONAVIY JIHATLARI
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida ziyorat turizmining shakllanishi, tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Mavzuga doir tarixiy manbalar, muqaddas qadamjolar, diniy-ma’naviy obidalar va ularning sayyohlik salohiyati ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Shu bilan birga, mustaqillikdan keyingi davrda olib borilgan islohotlar, davlat siyosati va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ham ko‘rib chiqiladi. Ziyorat maskanlarining infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi haqidagi ma’lumotlar asosida Farg‘ona vodiysining turizm salohiyati yoritiladi. Shuningdek, muammo va takliflar ham tahliliy tarzda berilgan.
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ХОДИМЛАРИДА КАСБИЙ СЎНИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Мақола мактабгача талим олиш (МТМ) ҳодимларида касбий сўнишнинг ўзига хос хусусийиятларини таҳлил қилади. МТМ кдимларининг мехнат фаолиятининг ўзига хос зҳиҳатлари, хусусий, болалар билан доимий мулокот, юкори эмотионал юклама ва масъулият, ишнинг монотонлига каби профессионал юклама ва масъулият, ишнинг монотонлига каби сифатли касбий сунишнинг пулли бўлишига кандай тасир кучайиши атропҳлича ўрганган. Тадқиқотда касбий сунишнинг асосий белгилари, унинг ривожланиш босқичлари ва МТМ ҳодимларида олинган ўзига хос кўринишлари ёритилади, касаллик касбий сунишнинг олиш ва уни энгиш бйича самарали чора-тадбирлар, психолог ёрдамнинг малакани, иш шароитларини яхшилаш ва касбий малакани кенгайтирувчи роллари қуриб чик. Макола МТБ раҳбарлари, педагоголог, психолог ва соҳага қизиқувчи кенг кириш учун мўлжалланган.
ВЛИЯНИЕ НОВЫХ НА РЕПУТАЦИЮ И БРЕНДИНГ КОМПАНИЙ
В современном мире репутация компании играет ключевую роль в ее успешном развитии. Новые медиа, включая социальные сети, онлайн-СМИ и цифровые технологии, оказывают значительное влияние на формирование имиджа бренда. В данной статье рассматриваются механизмы управления репутацией в эпоху цифровых коммуникаций, а также анализируются успешные и неудачные кейсы компаний. Исследование базируется на теоретических трудах Ф. Котлера, А. Петровой, М. Измайловой и других ученых.
АСАЛАРИЧИЛИК ТАРИХИ БЎЧИЯ БАЪЗИ ИЛМИЙ МУЛОҲАЗАЛАР
Ушбу мақолада Асаларичиликни пайдо бўлиш тарихи ҳамда Ўзбекистонга кириб келиши ёритилган.
ТҰЛҒА ҰЛТТЫҚ НАМЫСЫН ҚАЛЫПТАСТЫРУДА ФОЛЬКЛОР ӨНЕРІНІҢ ОРНЫ
Ғылыми мақалада фольклор өнері ұлттың руханиятының құрамдас бөлігі ретінде тұлғаның ұлттық намысын қалыптастыруға ықпалы талқыланады. Автор қазіргі қоғамда тұлға ұлттық намысын қалыптастыруда фольклор өнері жанрларының орны мен рөлін зерттеудің маңыздылығы мен өзектілігін атап көрсетеді.
QISHLOQ XO‘JALIGI SUBYEKTLARINING YERGA EGALIK HUQUQLARI: QONUNCHILIK VA AMALIY TAHLIL
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi subyektlarining yerga egalik qilish huquqlari, ushbu huquqning huquqiy asoslari va amaliy muammolari tizimli tarzda tahlil qilingan. Xususan, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va boshqa yuridik subyektlarning yerga egalik qilish huquqi shakllari, ularni cheklovchi va kafolatlovchi me’yorlar, ijara munosabatlari, yerga doimiy yoki vaqtincha egalik qilish shakllari o‘rganilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha talabaviy takliflar bildirilgan.
FEATURES OF THE INCLUSIVE EDUCATION MODEL IN THE NEW UZBEKISTAN
This article focuses on the fact that the political, economic, social and cultural changes taking place in New Uzbekistan necessitate rethinking the usual views and attitudes towards the problem of people with disabilities. The article argues that the problem of socialization of a person with disabilities is not only one of the important humanitarian problems of our time, but is also of a general humanitarian nature, and therefore it cannot be considered as purely practical or economic. It is shown that today disability is not a problem of one person, but of the entire society as a whole. That is why its solution is one of the priority areas of the state’s social policy. In the author's opinion, special attention when studying the problems of people with disabilities should be directed to the analysis of the ongoing legal and actual regulation of various aspects of the protection of the rights of people with disabilities. The article analyzes regulatory documents on the protection of the rights of people with disabilities in Uzbekistan, and pays special attention to state policy in the field of inclusive education.
ENERGIYA TEJAMKORLIKKA LINTER MASHINASINING AVTOMATIK BOSHQARUVI ORQALI ERISHISH
Mazkur maqolada paxta chigitini qayta ishlovchi linter mashinalarida avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish orqali energiya tejamkorligiga erishish masalasi ko‘rib chiqilgan. An’anaviy boshqaruv tizimlarining kamchiliklari – yuqori energiya sarfi, lint sifatining pastligi va texnik ishonchlilikning yetarli darajada emasligi tahlil qilinadi. Avtomatik boshqaruv tizimi komponentlari – sensorlar, chastota o‘zgartgich, PID regulyator va boshqaruvchi modullar tavsiflanadi. Tajriba asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvning energiyani 40% gacha tejash, lint sifatini barqaror ushlab turish va mashinaning ishonchliligini oshirish kabi afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ABT linter mashinalarida samaradorlikni oshirishda muhim texnologik yechim hisoblanadi.
TILSHUNOSLIKDA TEATR LEKSIKASI BILAN BOGʻLIQ ILMIY FARAZLAR
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda teatr leksikasini o‘rganishning nazariy masalalari yoritilgan. Ayniqsa, “termin” tushunchasining ilmiy asoslari, uning asosiy farazlari hamda teatrga oid leksik birliklarning tarkibi va tasnifi tahlil qilingan. Shuningdek, teatr terminologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi, ularning integratsion tahlili orqali ochib berilgan. Maqola teatr tilini o‘rganish uchun nazariy zamin yaratadi va teatrshunoslik bilan tilshunoslik o‘rtasidagi ilmiy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
ON THE APPLICATION OF COMBINATORICS AND PROBABILITY THEORY IN ARTIFICIAL INTELLIGENCE
This article rigorously examines the foundational role of combinatorics and probability theory in modern artificial intelligence (AI). It focuses on how combinatorial structures and probabilistic frameworks model learning processes, decision-making, uncertainty, and optimization in machine intelligence. Specific attention is paid to mathematical derivations and theoretical underpinnings that guide AI systems, supported by formal proofs, algorithmic schemas, and numerical simulation outcomes. Emphasis is placed on the methodological value of combinatorial optimization and probabilistic inference in training large-scale models, managing uncertainty in prediction systems, and designing efficient search algorithms. The findings contribute to a broader understanding of how discrete mathematics underpins cognitive computing frameworks and machine reasoning.
SPEECH ACTS OF REPROACH: A CROSS-CULTURAL COMPARISON
This study explores how speech acts of reproach are realized across different cultures, highlighting variations in linguistic strategies, socio-pragmatic norms, and contextual influences. Drawing on data from [insert languages/cultures], the paper compares directness, politeness strategies, and the role of power and distance in reproach expressions.
SELUNG‘UR G‘ORINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI HAMDA UNING TARIXIY REKONSTRUKSIYADAGI O‘RNI
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘orining geografik joylashuvi va o‘rganilishi hamda uning tarixiy rekonstruksiyadagi o‘rni haqida tahliliy ma'lumotlar beradi. Bu makon vodiyning eng muhim arxeologik yodgorliklaridan biri bo‘lib, uning ilmiy ahamiyati katta.
G‘or, ayniqsa, qadimiy tarix va madaniyatlarni o‘rganishda, shuningdek, qadimgi odamlar turmushi va hayot tarzini rekonstruksiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu joydan topilgan materiallar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning qadimiy tarixini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
Makon o‘zining geologik va madaniy xususiyatlari bilan alohida e'tiborni tortadi, chunki u o‘sha davrda yashagan odamlarning turmush tarzi va madaniy rivojlanishini tushunishga yordam beradi.
G‘or ichida topilgan tosh asboblar odamlarning ovchiligi, terimchilik va dastlabki mashg‘uloti haqida ma'lumot beradi. Bu topilmalar esa Markaziy Osiyo hududida yashagan qadimiy odamlarning hayotini yanada chuqurroq o‘rganish uchun vosita bo‘ladi.
FITOTERAPIYA: O‘SIMLIKLARDAN DORI VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada fitoterapiyaning mohiyati, dorivor o‘simliklardan dori vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari, afzalliklari va zamonaviy farmatsevtikadagi roli tahlil qilinadi. Tabiiy davolash vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani, o‘simliklar tarkibidagi biofaol moddalarning terapevtik samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ilmiy asoslar yoritilgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston florasida uchraydigan ba’zi dorivor o‘simliklar misolida fitoterapiya salohiyati ko‘rsatib beriladi.
GERONTOPSIXOLOGIYA – QARILIK DAVRIDAGI O‘ZGARISHLAR
Ushbu maqolada gerontopsixologiya fanining mazmun-mohiyati, predmeti va asosiy tadqiqot yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Gerontopsixologiya — qarilik davrida inson psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, ularning sabablari va oqibatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi bo‘lib, inson hayotining kechki davridagi emotsional, kognitiv, ijtimoiy va motivatsion xususiyatlarini chuqur o‘rganadi. Maqolada keksayish jarayonining psixologik jihatlari, shaxsning o‘zini anglash darajasi, hayotdan qoniqish, yolg‘izlik, psixologik moslashuv va o‘z-o‘zini realizatsiya qilish kabi muhim jihatlar yoritiladi. Shuningdek, keksalarda uchraydigan psixologik muammolarni bartaraf etishda psixoprofilaktika, psixokorreksiya va psixoterapiyaning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Keksalar bilan ishlovchi psixologlar, gerontologlar hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun gerontopsixologiyaning ahamiyati alohida ta’kidlanadi.
EKSTREMISTIK G‘OYALARNING JAMIYATIMIZ BARQARORLIGIGA TAHDIDI
Mazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolada diniy savodsizlikning ekstremistik mafkuralarning rivojlanishiga ta’siri, muqaddas matnlarning noto‘g‘ri tushunilishi, yoshlar orasida radikallashuv xavfi va diniy manipulyatsiya usullari yoritib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy misollar orqali diniy bilimsizlik natijasida yuzaga kelgan ekstremistik harakatlar tahlil qilinadi.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KASRLAR TUSHUNCHASINI O‘RGATISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasrlar tushunchasini shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Unda kasrlarni tushuntirish jarayonida ko‘rgazmali vositalar, amaliy mashg‘ulotlar, o‘yin texnologiyalari va zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, kasrlar mavzusida o‘quvchilarda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola kasrlar haqida dastlabki bilimlarni berish, mavzuga qiziqish uyg‘otish hamda mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladi.
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarida kasb tanlash muammosining psixologik xususiyatlari kontekstida ko‘rib chiqiladi. Shaxsning kasbiy tanlovga psixologik tayyorligi tushunchasi ochib berilgan. Kasbiy tanlovni amalga oshirishda yuqori sinf o‘quvchilarining kasbiy tanlov strategiyalari va ta’lim trayektoriyalari ko‘rib chiqiladi. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishining asosiy yo‘nalishlari taklif etiladi.
TAKRORLI O‘RIN ALMASHTIRISHLAR
Ushbu maqolada kombinatorikada oldin qaralgan birlashmalardan tashqari tarkibidagi elementlari takrorlanishi mumkin bo‘lgan boshqa birlashmalar ham o‘rganiladi. Masalan, takrorlanuvchi elementlar qatnashgan o‘rin almashtirishlar, o‘rinlashtirishlar va gruppalashlar. Avval o‘rganilgan o‘rin almashtirishlar shunday tuzilmalar ediki, ular tarkibidagi elementlar bir-biridan farq qilardi. Endi o‘rin almashtirishlar tarkibidagi elementlar takrorlanishi mumkin bo‘lgan holni qaraymiz.
OTA-ONANING MULOQOT MADANIYATI VA UNING BOLA YOZMA NUTQIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada ota-onalarning muloqot madaniyati — ya’ni ularning farzandlari bilan qanday tilda, ohangda va mazmunda muloqot qilishi — bola yozma nutqining shakllanishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Ota-onaning emotsional yondashuvi, savodxonlik darajasi, bolaga beriladigan og‘zaki topshiriqlar va yozma muloqotlar orqali bolaning nutq faoliyati, xususan yozma nutqi qanday shakllanishi misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, oiladagi muloqot muhitining ijobiy yoki salbiy bo‘lishi bola til madaniyati va savodxonligiga qanday ta’sir qilishi yoritiladi. Mazkur mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tilini rivojlantirishda oilaning pedagogik salohiyatini baholash nuqtai nazaridan ham muhimdir.