Авторы

  • Ёсин Ортиков
    Namangan davlat universiteti dotsenti

Биография автора

  • Ёсин Ортиков , Namangan davlat universiteti dotsenti
    tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103880

Ключевые слова:

Selung‘ur Ashel davri arxantrop Olduvay davri qurol-aslahalar madaniy qatlam tarixiy rekonstruksiya.

Аннотация

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘orining geografik joylashuvi va o‘rganilishi hamda uning tarixiy rekonstruksiyadagi o‘rni haqida tahliliy ma'lumotlar beradi. Bu makon vodiyning eng muhim arxeologik yodgorliklaridan biri bo‘lib, uning ilmiy ahamiyati katta.

G‘or, ayniqsa, qadimiy tarix va madaniyatlarni o‘rganishda, shuningdek, qadimgi odamlar turmushi va hayot tarzini rekonstruksiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu joydan topilgan materiallar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning qadimiy tarixini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Makon o‘zining geologik va madaniy xususiyatlari bilan alohida e'tiborni tortadi, chunki u o‘sha davrda yashagan odamlarning turmush tarzi va madaniy rivojlanishini tushunishga yordam beradi.

G‘or ichida topilgan tosh asboblar odamlarning ovchiligi, terimchilik va dastlabki mashg‘uloti haqida ma'lumot beradi. Bu topilmalar esa Markaziy Osiyo hududida yashagan qadimiy odamlarning hayotini yanada chuqurroq o‘rganish uchun vosita bo‘ladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

107

SELUNG‘UR G‘ORINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI HAMDA UNING

TARIXIY REKONSTRUKSIYADAGI O‘RNI

Ortiqov Yosin Abdulboqiyevich

Namangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘orining

geografik joylashuvi va o‘rganilishi hamda uning tarixiy rekonstruksiyadagi o‘rni
haqida tahliliy ma'lumotlar beradi. Bu makon vodiyning eng muhim arxeologik
yodgorliklaridan biri bo‘lib, uning ilmiy ahamiyati katta.

G‘or, ayniqsa, qadimiy tarix va madaniyatlarni o‘rganishda, shuningdek,

qadimgi odamlar turmushi va hayot tarzini rekonstruksiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu
joydan topilgan materiallar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning
qadimiy tarixini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Makon o‘zining geologik va madaniy xususiyatlari bilan alohida e'tiborni

tortadi, chunki u o‘sha davrda yashagan odamlarning turmush tarzi va madaniy
rivojlanishini tushunishga yordam beradi.

G‘or ichida topilgan tosh asboblar odamlarning ovchiligi, terimchilik va

dastlabki mashg‘uloti haqida ma'lumot beradi. Bu topilmalar esa Markaziy Osiyo
hududida yashagan qadimiy odamlarning hayotini yanada chuqurroq o‘rganish uchun
vosita bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

Selung‘ur, Ashel davri, arxantrop, Olduvay davri, qurol-aslahalar,

madaniy qatlam, tarixiy rekonstruksiya.

ARCHAEOLOGICAL STUDIES OF SELUNG‘UR CAVE AND ITS ROLE IN

HISTORICAL RECONSTRUCTION

Ortikov Yosin Abdulbokiyevich

Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in History, Namangan State

University

Abstract:

This article provides analytical information about the geographic

location and study of the Selungur cave in the Fergana Valley, as well as its role in
historical reconstruction. This site is one of the most important archaeological
monuments in the valley, and its scientific significance is considerable.

The cave plays a crucial role, especially in the study of ancient history and

cultures, as well as in the reconstruction of the lives and lifestyles of early humans.
The materials found here have served as a primary source for reconstructing the
ancient history not only of Uzbekistan but also of Central Asia as a whole.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

108

The site attracts special attention due to its geological and cultural features, as it

helps to understand the way of life and cultural development of people who lived in
that era.

The stone tools found in the cave provide information about the hunting,

gathering, and early activities of humans. These findings, in turn, will serve as a tool
to further study the lives of ancient humans who inhabited the Central Asian region.

Keywords:

Selungur, Acheulean period, Archaic humans, Oldowai period,

weapons and tools, cultural layer, historical reconstruction.

АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ПЕЩЕРЫ СЕЛУНГУР И ЕЕ

РОЛЬ В ИСТОРИЧЕСКОЙ РЕКОНСТРУКЦИИ

Ортиков Ёсин Абдулбокиевич

Доцент Наманганского государственного университета, доктор философии

(PhD) по историческим наукам

Аннотация:

Эта статья предоставляет аналитическую информацию о

географическом расположении и исследовании пещеры Селунгур в Ферганской
долине, а также о её роли в исторической реконструкции. Этот памятник
является одним из самых важных археологических объектов в долине, и его
научное значение велико.

Пещера играет ключевую роль, особенно в изучении древней истории и

культур, а также в реконструкции жизни и образа жизни древних людей.
Материалы, найденные здесь, стали основным источником для восстановления
древней истории не только Узбекистана, но и всей Центральной Азии.

Место привлекает особое внимание благодаря своим геологическим и

культурным особенностям, поскольку оно помогает понять образ жизни и
культурное развитие людей той эпохи.

Каменные орудия, найденные в пещере, дают информацию о охоте,

собирательстве и первых занятиях людей. Эти находки, в свою очередь, служат
инструментом для более глубокого изучения жизни древних людей,
населявших Центральную Азию.

Ключевые слова:

Селунгур, ашельский период, архаичные люди,

олдувайский период, орудия и инструменты, культурный слой, историческая
реконструкция.


KIRISH

Farg‘ona vodiysi o‘ziga xos tabiiy joylashuvga ega bo‘lib, atrofidagi tog‘lar

hududni issiq va sovuq iqlim oqimlaridan himoyalaydi. Vodiyning bunday tabiati,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

109

unumdor tuprog‘i va boy hayvonot olami qadimdan insonlarni o‘ziga jalb etib kelgan.
Hududning qulay iqlim sharoiti bu yerda yashovchi insonlar jamoalari o‘troq turmush
tarziga birinchilardan bo‘lib o‘tishiga omil vazifasini o‘tagan.

Farg‘ona vodiysida dastlabki odamlar yashagan manzilgohlar va ularning

qoldiqlari, bu yerda paleolit davridan beri insonlar yashaganligini ko‘rsatadi.
Arxeolog O‘. Islomovning tadqiqotlariga ko‘ra, bu hududdagi eng qadimgi odamlar
Selung‘ur g‘origa oid bo‘lib, ashel davriga mansubdir. Ashel davri – ilk paleolit
madaniyati. Shu davrga oid tosh cho‘qmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o‘tkir
qilingan turli shakldagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab, Fransiyaning
Amen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan
atalgan.

Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida

g‘orlarda, daryo bo‘ylaridagi pana yerlarda to‘dalashib yashab, ovchilik bilan hayot
kechirgan, olovdan foydalangan. Ashel madaniyati G‘arbiy va Sharqiy Yevropada,
Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. O‘rta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid
qarorgohlar Janubiy Qozog‘istondan (Qoratov), Toshkent viloyati (Ko‘lbuloq),
Farg‘ona vodiysida (Selung‘ur) va boshqa joylarda uchragan.

METODLAR

Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘orida o‘tkazilgan qazishmalar va topilmalarni

tahlil qilish asosida, qadimiy odamlarning hayoti, ishlatilgan asboblar, ovchilik va
madaniyat haqida ma'lumotlar yig‘ilgan. Arxeologik materiallar, jumladan, tosh
asboblar, suyaklar, tishlar, hayvon suyaklari va boshqa moddiy madaniyat qoldiqlari
tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, topilgan suyaklar va tishlar
orqali qadimiy odamlarning biologik xususiyatlari, ularning evolyutsion bosqichlari
va boshqa populyatsiyalar bilan genetik aloqalari aniqlanishi uchun antropologik
tahlil metodlari qo‘llanilgan.

G‘orning qatlamlari va geologik tuzilishini o‘rganish orqali tarixiy va ekologik

sharoitlarni aniqlash uchun geologik metodlar ishlatilgan. Qazilmalardan topilgan
tosh asboblar, qurollar va boshqa materiallarning turli davrlarga oid texnologik
uslublarini aniqlash va ularni boshqa yodgorliklar bilan solishtirishda tipologik
metodlar ishlatilgan. Masalan, ashel va olduvay davrlariga oid tosh asboblar tahlil
qilingan.

Topilgan materiallar yordamida Selung‘ur g‘orining vaqtini aniqlash uchun

xronologik usullar qo‘llanilgan, jumladan, fosil materiallarning yoshini belgilash va
turli davrlarni aniqlash uchun qiyosiy tahlillar. Selung‘ur g‘oridagi topilmalar boshqa
O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyodagi arxeologik yodgorliklar bilan solishtirib,
mintaqadagi madaniy va ekologik o‘zgarishlarni aniqlashda qiyosiy metoddan
foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUNOZARA


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

110

Selung‘ur g‘or makoni O‘zbekiston hududida ashel bosqichiga oid eng mashhur

g‘orlardan biri hisoblanadi, chunki shu yerdan ilk odamlarning nishonasi – odam
suyaklari qoldiqlari topilgan. Selung‘ur g‘ori Farg‘ona shahridan janubi-g‘arbda
Xaydarkonning g‘arbiy chekkasida joylashgan. G‘orning ichkari tomon uzunligi 120
m, eni 34 m, balandligi 25 m ni tashkil etgan.

Ushbu yodgorlik 1955-yilda A. P. Okladnikov va P. T. Konoplya tomonidan

kashf etilgan. U bu joyning qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida g‘orning
o‘ng tomoniga tekshiruv shurfini solgan. Natijada dastlab u yerdan bir necha
uchrindilar topib uni so‘nggi paleolit davriga oid deb aytadi va uning sanasini 40-30
ming yilliklar bilan belgilangan [1. B – 19]. U yerda 1960-yillarda Y. G‘. G‘ulomov
boshchiligida Farg‘ona paleolit otryadi Xaydarkon atrofida tadqiqot ishlari olib
borgan.

Makonning eng muhim topilmalari bo‘lgan odam suyaklari ikkinchi va uchinchi

qatlamlardan topilgan. U yerdan odamning yelka suyagining bir bo‘lagi, bosh suyagi
engak qismining bir bo‘lagi va 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib,
ashel davrida yashagan arxantroplar deb topganlar. Selung‘ur odamining yashash
davri va uning tuzilishi to‘g‘risida munozaralar hali tugagan emas. Bu yerda topilgan
tishlar 4 ta alohida insonga mansubligi aniqlangan. Shulardan biri pastki tish bo‘lib,
40 yoshlar atrofidagi ayolga tegishli degan fikr aytib o‘tilgan. Topilgan tishlarning
birortasida ham karies alomatlari sezilmagan. Ushbu kolleksiyada qo‘l cho‘qmori,
yirik tosh qirg‘ichlar va pichoqlar, ko‘p miqdorda o‘yib-kertib ishlangan tishsimon
qurollar mavjud. Ular asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli
ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli,
mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqlari topilib, tadqiq
etilgan [2. B – 11]. Tadqiqotlar natijasida qadimgi davr tabiiy sharoiti, iqlimi,
xronologik davrini aniqlashga erishilgan. Mazkur tishlarning tahlili hali to‘liq
yakunlangan emas. Ayrim xorijlik mutahassislar bu tishlarni bug‘u yoki g‘or ayig‘iga
tegishli ekanligi haqidagi fikrlarni ham aytmoqda [4. B – 173]

Selung‘ur odami o‘ziga xos tuzilishiga ega, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, u

arxantroplar va poleantroplar o‘rtasida oraliq masofani egallagan. Unda arxaik
tuzilishning saqlanishi olimlar fikricha, dag‘al o‘simliklar bilan oziqlanganligidir.
Antropolog A. Zubov fikricha esa, u arxantroplarning mahalliy turidir [6. B – 142].
Bu bilan u arxantroplarning tarqalish doirasi nihoyatda keng va mahalliy turlari ham
ko‘p bo‘lganligini isbotlashga intilgan. Olimlar uning o‘ziga xos tomonlarini
ko‘rsatish uchun unga Fergantrop deb nom berilgan. Mazkur odam olovdan
foydalangan, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan. Fergantropning topilishi
O‘rta Osiyoning ilk paleolit davrida o‘zlashtirilganligini ko‘rsatgan [3. B – 17].

Selung‘ur makonining yoshini aniqlashda ham ilgari olimlar uni bundan 800

ming yillar oldin yashagan degan umumiy xulosani bergan edilar. Lekin keyingi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

111

davrlarda arxeolog O‘. Islomovning olib borgan tadqiqotlari va bu ishga ko‘pgina
soha mutaxassislarini jalb qilishi natijasida makonning yoshini 1,2 mln. yil deb
ko‘rsatgan. Mazkur kompleks ashel davriga oid deb hisoblangan, chunki
tadqiqotchilar tomonidan g‘or majmuasidan klyuverlar va qo‘l chopqilari kabi
asboblarning mavjudligi aniqlangan [5. B - 70]

O‘. Islomovning Selung‘urda topilgan asboblarda Olduvay yodgorliklari va

Yaqin Sharqdagi Ubayda tosh sanoati bilan qiyosiy o‘rganishlar ular o‘rtasidagi
o‘xshashlikni ko‘rsatgan.

1980-yilda arxeolog O‘. Islomov boshchiligidagi O‘zSSR FAga qarashli

Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selung‘ur makonini qayta tekshirib,
g‘orning g‘arbiy tomonida tekshiruv shurfini solgan. U yerda tadqiqot ishlari 1988-
yillargacha davom etgan. Tadqiqotlar davomida o‘rtacha qalinlikda 20-40 sm dan
iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ular o‘rta qalinlikdagi 60-70 sm dan iborat
tabiiy qatlam bilan ajratilgan. Bu yerdagi qadimgi odamlar o‘z makonlarini 5
marotaba tark etib yashaganlar. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat
qurollari: qo‘l cho‘qmori, to‘mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko‘plab tishli
qurollar, qush tumshug‘iga o‘xshash qurollar qazib olingan. To‘rtinchi qatlamdan
og‘ir va to‘mtoq tosh bolta topilgan. U ham ishlanish jihatidan ancha primitiv bo‘lib,
undan qadimgi aholi uzoq vaqt foydalanganliklarining izlari saqlanib qolgan.
Beshinchi qatlamdan Ashel davriga mansub qo‘l cho‘qmori topilgan. U nayzasimon
shaklga ega bo‘lib, qizil yashma toshdan tayyorlangan. Uning faqat bir tomoniga tosh
bolg‘alar bilan bir necha uchrindilar uchirib ishlov berilgan. Yon tomonida yirik
uchrindilar olinganligining izlari saqlanib qolgan, mayda uchrindilarning esa izlari
ko‘rinmagan. Qurollarning huddi shu jihatlari uning eng qadimiy qurol ekanligini
tasdiqlagan [3. B – 17]. Ilgarigi davrlarda xuddi shu tarzda ishlangan qurollarni, ya’ni
bir tomoniga ishlov berilgan qurollarni shel davriga, ikki tomoniga ishlov
berilganlarni ashel davriga oid deb hisoblaganlar. O‘. Islomov keyingi davrda ilk
paleolitni olduvay va ashel davrlariga bo‘linishini inobatga olib, mazkur chopqini
ham ashel davriga deb ko‘rsatgan.

Tipologik jihatdan aniqlanadigan nukleuslar radial bo‘linish tizimiga tegishli

bo‘lib, uning maqsadi silliq zarba maydonchalaridan kichik massiv bo‘laklarini olish
edi.

Shunday qilib, Markaziy Osiyoning tosh davri tadqiqotlarining hozirgi

bosqichida Selung‘ur yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarning tiklanishi juda
dolzarb deb topilgan. Ushbu g‘or makonni o‘rganish 2015-yilda Xalqaro Qirg‘iz-
Rossiya-Germaniya ilmiy ekspeditsiyasi tomonidan yangi bosqichga ko‘tarildi [4. B
– 173].

Selung‘ur g‘oridan topilgan moddiy ashyolar, jumladan tosh asboblar,

paleoantropologik qoldiqlar va hayvon suyaklari, tarixiy rekonstruksiya jarayonida


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

112

muhim ahamiyatga ega. Ular insoniyatning eng qadimiy madaniy va ekologik
muhitini, texnologik rivojlanishini va biologik evolyutsiyasini aniqlashda xizmat
qiladi. Toshdan yasalgan asboblar turli davrlarga xos texnik usullarni o‘rganishga
yordam beradi. Masalan, ashel uslubidagi qo‘l chopqilar, klyuverlar insonning ish
qurollaridan foydalanish qobiliyatini ko‘rsatadi [7. B – 95]. G‘orning turli qatlamlari
o‘rtasidagi texnologik va madaniy farqlar o‘sha davr odamlari hayot tarzini
aniqlashga yordam beradi.

Bosh suyak, yelka suyagi va tishlar orqali Selung‘ur g‘orida yashagan

odamlarning biologik xususiyatlari, ularning evolyutsion bosqichlari aniqlanadi. Bu
ma’lumotlar insonning arxaik turdan zamonaviy turga o‘tish bosqichlarini
tushunishga

xizmat

qiladi.

Tishlarning

morfologiyasi

yoki

suyaklarning

strukturasidan foydalanib, ushbu insonlar boshqa populyatsiyalar bilan qanday
genetik aloqada bo‘lganini aniqlash mumkin.

Topilgan hayvon suyaklari (bug‘u, g‘or ayig‘i) o‘sha davrdagi ekologik sharoit

va hayvonot dunyosini aniqlashga imkon beradi. Bu ma’lumotlar insonning qanday
muhitda yashaganini va o‘z hayot faoliyatini qanday olib borganini tushunishga
yordam beradi [6. B – 137]. Agar o‘simlik izlari aniqlansa, ularning tahlili o‘sha davr
iqlimiy sharoitini tiklashda qo‘shimcha dalil bo‘lib xizmat qiladi.

Selung‘ur g‘orida topilgan ashyolar mintaqada yashagan qadimgi odamlarning

migratsion yo‘nalishlarini tushunishga yordam beradi. Bu orqali insoniyatning
Yevrosiyo hududida qanday tarqalganligi aniqlanadi. Selung‘ur topilmalari Farg‘ona
vodiysi va Markaziy Osiyoning boshqa qadimiy yodgorliklari bilan qiyoslanib,
mintaqada turli davrlar o‘rtasidagi uzviylik va madaniy aloqalarni tiklash imkonini
beradi [7. B – 97].

Umuman olganda, Selung‘ur g‘oridan topilgan moddiy ashyolar insoniyatning

biologik, texnologik va madaniy rivojlanishi haqida yanada aniqroq tasavvurga ega
bo‘lishga yordam beruvchi eng muhim manbalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, Selung‘ur g‘orining o‘rganilishi arxeologiya va

paleontologiya sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, insoniyat tarixi va uning
evolutsiyasini aniqlashda katta yordam bergan. Manzilgohning o‘rganilishi
insoniyatning dastlabki davrlarini, jumladan, ilk odamlar va ularning madaniyati
haqidagi yangi ma’lumotlarni kashf qilish imkonini bergan. Bu g‘or ko‘plab ashyoviy
madaniy yodgorliklar va qoldiqlarni o‘z ichiga olgan holda, ilgari insoniyatning
dastlabki bosqichlariga oid o‘ziga xos dalillarni taqdim etgan. Joydagi topilmalar,
o‘sha davrda yashagan odamlarning hayoti, ovqatlanish, boshpana qurish, asbob-
uskuna ishlatish va jamiyat tuzish kabi masalalarga doir qimmatli ma’lumotlarni
bildirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

113

1.

Egamberdiyeva N. Arxeologiya. O‘quv qo‘llanma. – T. 2014. – 122 b.

2.

Xolboyev Z., Alimov A. O‘zbekistonning arxeologik yodgorliklari. – T.

“Tafakkur qanoti”. 2014. – 91 b.

3.

Turganov B. Arxeologiya. – Nukus. “Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat

Pedagogika instituti”. 2021. – 179 b.

4.

Viola B., Krivoshapkin A. Sel’ungur – Middle Pleistocene hominins in

Central Asia? // Cultural developments in the Eurasian Paleolithic and the origin of
anatomically modern humans: Proc. of the Internat. Symposium. –Novosibirsk: Publ.
Dept. of the Inst. of Archaeology and Ethnography SB RAS, 2014. – P. 172–178.

5.

Исламов У. И., Крахмаль К. А. Палеоэкология и следы древнего

человека в Центральной Азии. – Ташкент: ФАН, 1995. – 220 с.

6.

Зубов А.А. Еще раз о зубах из пещеры Сельунгур // Археология,

этнография и антропология Евразии. – 2009. – № 2 (38). – С. 135–143.

7.

Кривошапкин А.И., Виола Б., Колобова К.А., Чаргынов Т., Бакчиев

Д. Возобновление исследования пещеры Сельунгур (Кыргызстан) // Проблемы
археологии, этнографии, антропологии Сибири и сопредельных территорий.
XXI. 2015. – C. 95-98.

8.

Ortikov, Y. (2024). ISLAM IN DUNGAN CULTURE. Talqin Va

Tadqiqotlar, (9(46). 91-98.

Библиографические ссылки

Egamberdiyeva N. Arxeologiya. O‘quv qo‘llanma. – T. 2014. – 122 b.

Xolboyev Z., Alimov A. O‘zbekistonning arxeologik yodgorliklari. – T. “Tafakkur qanoti”. 2014. – 91 b.

Turganov B. Arxeologiya. – Nukus. “Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti”. 2021. – 179 b.

Viola B., Krivoshapkin A. Sel’ungur – Middle Pleistocene hominins in Central Asia? // Cultural developments in the Eurasian Paleolithic and the origin of anatomically modern humans: Proc. of the Internat. Symposium. –Novosibirsk: Publ. Dept. of the Inst. of Archaeology and Ethnography SB RAS, 2014. – P. 172–178.

Исламов У. И., Крахмаль К. А. Палеоэкология и следы древнего человека в Центральной Азии. – Ташкент: ФАН, 1995. – 220 с.

Зубов А.А. Еще раз о зубах из пещеры Сельунгур // Археология, этнография и антропология Евразии. – 2009. – № 2 (38). – С. 135–143.

Кривошапкин А.И., Виола Б., Колобова К.А., Чаргынов Т., Бакчиев Д. Возобновление исследования пещеры Сельунгур (Кыргызстан) // Проблемы археологии, этнографии, антропологии Сибири и сопредельных территорий. XXI. 2015. – C. 95-98.

Ortikov, Y. (2024). ISLAM IN DUNGAN CULTURE. Talqin Va Tadqiqotlar, (9(46). 91-98.