Авторы

  • Муяссар Набиева
    SHIDPI
  • Мухлиса Ортикова
    SHIDPI

Биографии авторов

  • Муяссар Набиева , SHIDPI
    Milliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq talimi 1- kurs talabalari
  • Мухлиса Ортикова , SHIDPI
    Milliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq talimi 1- kurs talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103927

Ключевые слова:

Diniy savodsizlik ekstrimizm radikallashuv manipulatsiya mafkura fundamintalizm fanatizm takfir.

Аннотация

Mazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolada diniy savodsizlikning ekstremistik mafkuralarning rivojlanishiga ta’siri, muqaddas matnlarning noto‘g‘ri tushunilishi, yoshlar orasida radikallashuv xavfi va diniy manipulyatsiya usullari yoritib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy misollar orqali diniy bilimsizlik natijasida yuzaga kelgan ekstremistik harakatlar tahlil qilinadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

121

EKSTREMISTIK G‘OYALARNING JAMIYATIMIZ BARQARORLIGIGA

TAHDIDI

Nabiyeva Muyassar Abdurasul qizi

Ortiqova Muxlisa Ravshan qizi

SHIDPI Milliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq talimi 1- kurs talabalari


Annotatsiya:

Mazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi

bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning
tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolada diniy
savodsizlikning ekstremistik mafkuralarning rivojlanishiga ta’siri, muqaddas
matnlarning noto‘g‘ri tushunilishi, yoshlar orasida radikallashuv xavfi va diniy
manipulyatsiya usullari yoritib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy misollar
orqali diniy bilimsizlik natijasida yuzaga kelgan ekstremistik harakatlar tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Diniy savodsizlik, ekstrimizm, radikallashuv, manipulatsiya,

mafkura, fundamintalizm, fanatizm, takfir.


Bizga ma`limki dinning ilk shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida

ibtidoiy odamning dunyoqarashi ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘sha davrlardan
buyon din insonning ehtiyojlari va mayllarini jilovlash vositasi, madaniyatning
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Ijtimoiy
hayotdagi o‘zgarishlar diniy ta’limotda ham o‘ziga xos jarayonlarni keltirib
chiqargan. Ular ta’sirida davlat va milliy dinlar vujudga kelgan. Qudratli xudolarga
sig‘inish va ko‘pxudolik shakllangan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning yanada rivojlanishi, yirik saltanatlarning paydo bo‘lishi natijasida
dinlar davlat va elatlar doirasidan chiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etdi va jahon
dinlari darajasiga ko‘tarildi. Diniy qarashlarning rivojlanish jarayoni hozir ham
davom etmoqda. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi,
u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli
ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar
ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini
mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.

XX asrning oxirlarida xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi global muammolar

qatoriga diniy ekstremizm va fundamentalizm ofati qo‘shildi. Yadroviy urush xavfi,
ekologik fojia kabi global muammolar insoniyat taqdiriga qanchalik vayronkor tahdid
qilayotgan bo‘lsa, diniy ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchilik ta’siri ko‘lami
ulardan kam emas. Diniy ekstremizm (lotinchada – extremum eng keyingi, oxirgi
degan ma’nolarni anglatadi) ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

122

paydo bo‘ladi va uning ildizlari uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Zero, diniy
ekstremizm diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan ijtimoiy
voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilmaxil ko‘rinish, shakl va mazmunda
namoyon bo‘ladi. Diniy ekstremizmning manbai mutaassiblik (fanatizm)dir.
Mutaassiblik kishilarning muayyan narsa, fikr yoxud g‘oyaga ko‘r-ko‘rona, uning
chuqur mohiyatiga yetmasdan, butun vujudi bilan qattiq ishonishi, uni boshqa hamma
narsa va g‘oyalardan to‘g‘riroq deb bilishi natijasida boshqalarga ham turli vositalar
bilan singdirishga harakat qilishidir. Jamiyatda mutaassiblik quyidagi sabablar
natijasida vujudga keladi: a) aholi turmushi darajasining pastligi va ijtimoiy
munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi; b) fuqarolarining diniy bilimi
va saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, diniy jaholatning ustunligi.

Sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod erkinligi

ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga keng imkoniyatlar
yaratildi. E’tiqod erkinligiga tashna xalq ichida diniy tasavvurlarga ehtiyoj nihoyatda
ortdi. Ammo bu holatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar
ham paydo bo‘ldi. Din, uning tarkibi va vazifasi haqida deyarli tasavvurga ega
bo‘lmagan kishilar, diniy savodsizliklari sababli, turli makkor siyosiy kuchlarning
tuzog‘iga ilindilar. Din niqobi ostida ish ko‘ruvchi manfur kimsalar azaliy diniy
qadriyatlarimizning tiklanishiga yo‘l qo‘ymay, diniy bilishni janggarilik va
takabburlik o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Bunday harakatlarning misoli
sifatida Namangan viloyatidagi 1991–1992-yillar voqealarini keltirishimiz mumkin.
U yerda bir guruh unsurlar diniy poklanish, azaliy diniy qadriyatlarni tiklash niqobi
ostida mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish, mustaqil taraqqiyot yo‘liga
kirgan yosh davlatni diniy davlat taraqqiyoti o‘zaniga burib yuborishga harakat
qildilar. Ular xalqimizning azaliy diniy qadriyatlaridan farq qiluvchi vahhobiylik
g‘oyalarini targ‘ib qilib, diniy bilimlardan uzoq kishilarni haqiqiy islom niqobi ostida
o‘z ta’sir doirasiga tortdilar. Ular manfur maqsadlarini amalga oshirishda turli
jinoyatchi unsurlardan, janggari kallakesarlardan foydalandilar. 2005-yilning may
oyidagi Andijon voqealari esa diniy mutaassiblik va terrorizmning haqiqiy qiyofasini
yana

bir

marta

namoyon

qildi.

Uning

tashkilotchi

va

ishtirokchilari

mamlakatimizdagi barqarorlikni qurolli fitna va xorijdagi «demokratiya» uchun
yollanma kurashchilar yordamida buzishga urinib ko‘rdilar. Islom bayrog‘i ostida
konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga da’vatlar xalqimizning g‘azab to‘lqiniga
urilib, parchalanib ketdi. Afsuski, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organ
vakillarining muammoni tinch muzokaralar bilan hal qilishga urinishlari samara
bermadi. Diniy ekstremistlar va terrorchilar murosasizlik yo‘lini tutib, tinch aholining
qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. Demokratiya xavf ostida qolgan yuqoridagi
vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov olib borgan oqilona siyosati tufayli
mustaqilligimizga tahdid bartaraf etildi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

123

Diniy savodsizlik – insonning o‘z diniy ta’limotlarini yetarli darajada

tushunmasligi yoki noto‘g‘ri talqin qilishi natijasida yuzaga keladigan holat. Bu turli
sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin masalan,sifatli diniy ta’limning yo‘qligi diniy
manbalarni mustaqil va noto‘g‘ri tushunish, jamiyatda diniy tushunchalarning buzib
ko‘rsatilishi, radikal guruhlarning yolg‘on targ‘ibotlardir. Mashhur faylasuflardan biri
ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahli etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan:
«Dushmanlardan qo‘rqma—nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan
qo‘rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq
— ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab
turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi». E'tiqodi zaif ishilar
ko‘pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Sharoitga qarab goh u,
goh bu tomonga og‘adilar.Bunday e'tiqodiy zaiflik, bo‘shliq shaxs kamolotiga salbiy
ta'sir ko‘rsatadi.Agar e'tiqod mutaassib, irqiy, millatchilik, tor siyosiy va iqtisodiy
manfaatlar bilan cheklangan bo‘lsa, bunday holda u buzg‘unchilik, beqarorlikk
xizmat qiladi, rivojlanishga to‘siq bo‘ladi.Taraqqiyot, hurlikka yetaklovchi ishonch
va e'tiqod bilan buzg‘unchi, aldamchi, adashtiruvchi, yolg‘on «e'tiqod»ni farqlash
juda muhim.Shu nuqtai nazardan qaraganda, sog‘lom e'tiqod shaxs dunyoqarashi
tizimida

muhim

o‘rinni egallaydi. Uning ahamiyati birinchidan, shaxs

dunyoqarashidagi barqarorlikni belgilovchi halqa sifatida chiqishida, ikkinchidan,
mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslik ularga
qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‘llarini izlashga, uchinchidan
xulqidagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta'minlashga xizmat qilishida
ko‘rinadi.Shuning uchun, kishilarda ijtimoiy qadriyatlar, buyuk kelajak, taraqqiyotga
bo‘lgan ishonchni, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga bo‘lgan
e'tiqodni shakllantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Muqaddas dinimizni ekstrimest terroristlar o`zlariga niqob qilib olib ko`plab

g`arazgo`y ishlarini amalga oshirmoqdalar .Bularga misol qilib mo‘'tazila oqimi –
Yaratganning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilishi oqibatida IX asrda Bag‘dodda
inkvizitsiya joriy etildi. Mo‘'tazila g‘oyalariga qo‘shilmagan kishilar qiynoqqa
duchor qilindi. Xorijiylar oqimi – gunohkorni imonsizga chiqarishi va rahbarga itoat
tamoyilini buzishi natijasida o‘nlab ekstremistik va terrorchi guruhlar yuzaga kelib,
asrlar davomida tinchlik va barqarorlikka tahdid soldilar. “Hizbut-tahrir” oqimi –
rahbarga itoat tamoyilini qo‘pol buzganlari va “xalifalik” soxta g‘oyasini ilgari
surganlari qanchadan-qancha ziddiyat va to‘qnashuvlarga olib kelgani tarixdan
ma'lum. Bunday misollar qatorini uzoq davom ettirish mumkin. Har bir ongli inson
aqida va aqidaparastlik orasidagi katta farqni yaxshi anglashi darkor. Ayniqsa,
mafkura poligonlari yadro poligonlaridan-da xavfliroq bo‘lgan bugungi tahlikali
davrda tashqi ko‘rinishi, libosi zamonaviy va ko‘rkam bo‘lishiga muntazam e'tibor
qiladigan inson ichki dunyosi, e'tiqodi va ma'naviyatining go‘zalligi borasida kuniga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

124

loaqal bir marotaba bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rishi zarurligini dunyoda kechayotgan
ziddiyatli jarayonlar ko‘rsatib turibdi. Aslida, tashqi kiyofadan ko‘ra inson qalbi,
ichki dunyosining jamoli muhimroqdir. Husn to‘yda kerak, aql kunda kerak,
ma'naviyat va musaffo e'tiqod har daqiqa, kerak bo‘lsa, har soniyada kerak. Posbon
o‘z xizmat vazifasida bir lahza uyquga ketsa, bir soniya ogohlikni unutsa, mamlakat
xatar ostida qolgani kabi, qalbdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan kichik e'tiborsizlik tanani
vayron qilishi mumkinligini isbotlash qiyin emas. Inson tanasining shohi uning qalbi.
Hazrat Navoiy: “Erursan shoh — agar ogohsen sen, Agar ogohsen — shohsen sen”
deya ta'kidlaganlarida, qalbni ehtiyot qilish, uni zararli, buzg‘unchi g‘oya va
mafkuralardan himoya qilishni nazarda tutgan bo‘lsalar ajab ermas. Shuning uchun
ham qalbni aqidaparastlik, shuhratparastlik, molparastlik, shahvatparastlik kabi turli
illatlardan muhofaza qilish har bir shaxsning eng dolzarb vazifasi bo‘lib
qolmoqda.Bunday illatlarning kelib chiqishining asosiy sababi ham aslida diniy
bilimsizlik dunyoqarashning torligidandir Ekstrimestik mafkuralar bilan diniy
mafkuralarni solishtiradigan bo`lsak bir biridan mutlaqo farq qililishini
ko`ramiz.Ekstremistik jamoalarning mafkurasida,,takfir’’yani,,kofirga chiqarish’’
tamoyili muhim o`rin tutadi .,,Takfir’’-musulmonni imonsizlikda ayblash demakdir .
Jihodchilar ularga ergashmagan musulmonlarni,,kofir’’ yani,,dinsiz’’ deb asossiz
hukm chiqaradi. Hadisda,,Kimki mo`min kishini,,kofirsan’’ deb haqoratlasa, go`yoki
uning qonini to`kkanchalik gunoh qilgan bo`ladi.’’deyiladi Yani, hech bir odamga
musulmon insonni,,kofir’’ deb hukm chiqarish huquqi berilmagan.Endi shuni
ko`rishimiz mumkinki ular o`zlariga dinni niqob qilib kishilar mafkurasini buzishga
harakat qilmoqdalar.Asl dinning mohiyatini bilgan inson bu g`oyalarni albatta farqlay
oladi

Xulosa qilib aytganda diniy savodsizlik terrorizmning ildiz otishiga sabab

bo‘luvchi asosiy omillardan biridir. Dinning asl mohiyatini tushunmagan odam
noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishi, ekstremistik guruhlarning manipulyatsiyasiga
uchrashi mumkin. Bu esa nafaqat alohida shaxslarga, balki jamiyatga ham katta zarar
yetkazadi.Terrorizm va diniy savodsizlikka qarshi samarali kurashish uchun sifatli
diniy va dunyoviy ta’lim berish, radikal g‘oyalar tarqalishining oldini olish hamda
yoshlarni to‘g‘ri ma’lumot bilan qurollantirish lozim. Jamiyatda ilm, ma’rifat va
tanqidiy tafakkurni rivojlantirish orqali biz terrorizm tahdidini kamaytirishimiz va
barqaror, tinch hayot sari intilishimiz mumkin.Har bir inson bu jarayonda o‘z
hissasini qo‘shishi lozim – o‘z bilimini oshirish, atrofdagilarga to‘g‘ri ma’lumot
yetkazish va mutaassiblikka qarshi kurashish orqali biz sog‘lom jamiyatni
shakllantira olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

125

1.

S. Azamova,, Ekstremizm va Terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy –

ma`rifiy asoslari fanidan o`quv uslubiy majmua’’-SHAHRISABZ:2024

2 .

Narbekov A .V,,Dinshunoslik asoslari (O`quv qo`llanma)’’- T:

O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,2008

3.

Z. Husniddinov,,Diniy ekstremizm va Terrorizmga qarshi kurashning

ma`naviy- ma`rifiy asoslari ’’-Toshkent:,,Toshkent islom universiteti’’, 2005

4.

Q. O. Maxkumov,,Dinshunoslik(o`quv qo`llanma)’’-Namangan:2020

5. .

Azamova, Sitora Ayanovna. "PROBLEMS OF FORMATION OF

ECOLOGICAL

CULTURE

IN

THE

CONTEXT

OF

ECOLOGICAL

GLOBALIZATION." BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE,
RESEARCH AND DEVELOPMENT 3.5 (2024): 743-749.

6.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

7.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of

Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

8.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

9.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

10.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.

11.

Azamova

S.

EKOLOGIK

TA’LIM

VA

TARBIYANING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

12.

OMONOV, Bahodir. "“DASTUR UL-MULUK” VA “SADDI

ISKANDARIY” ASARLARIDA GEOSIYOSIY QARASHLAR." News of the
NUUz 1.1.2 (2024): 180-183.

13.

Nurillaevich, O. B. "THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS VALUES

IN THE FORMATION OF A PERSONAL ECOLOGY CULTURE." Archive of
Conferences. Vol. 15. No. 1. 2021.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

126

14.

Omonov, Bahodir. "IS ARAL SEA OR LAKE?(SOME THOUGHTS

ABOUT THE REASONS THAT TURNED THE ARAL SEA INTO THE LAKE,
MORE PRECISELY INTO THE DESERT" ARALKUM")." Theoretical & Applied
Science 3 (2016): 63-67.

15.

Nurillaevich, A. B. "Shortage and Problem of Drinking Water in Central

Asia." American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769) 1.9 (2023): 504-509.

Библиографические ссылки

S. Azamova,, Ekstremizm va Terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy –ma`rifiy asoslari fanidan o`quv uslubiy majmua’’-SHAHRISABZ:2024

. Narbekov A .V,,Dinshunoslik asoslari (O`quv qo`llanma)’’- T: O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,2008

Z. Husniddinov,,Diniy ekstremizm va Terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy- ma`rifiy asoslari ’’-Toshkent:,,Toshkent islom universiteti’’, 2005

Q. O. Maxkumov,,Dinshunoslik(o`quv qo`llanma)’’-Namangan:2020

. Azamova, Sitora Ayanovna. "PROBLEMS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION." BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT 3.5 (2024): 743-749.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

OMONOV, Bahodir. "“DASTUR UL-MULUK” VA “SADDI ISKANDARIY” ASARLARIDA GEOSIYOSIY QARASHLAR." News of the NUUz 1.1.2 (2024): 180-183.

Nurillaevich, O. B. "THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS VALUES IN THE FORMATION OF A PERSONAL ECOLOGY CULTURE." Archive of Conferences. Vol. 15. No. 1. 2021.

Omonov, Bahodir. "IS ARAL SEA OR LAKE?(SOME THOUGHTS ABOUT THE REASONS THAT TURNED THE ARAL SEA INTO THE LAKE, MORE PRECISELY INTO THE DESERT" ARALKUM")." Theoretical & Applied Science 3 (2016): 63-67.

Nurillaevich, A. B. "Shortage and Problem of Drinking Water in Central Asia." American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769) 1.9 (2023): 504-509.