Авторы

  • Сурайё Ёлдошова
    SHDPI
  • Азизбек Умрзоков
    SHDPI

Биографии авторов

  • Сурайё Ёлдошова , SHDPI
    Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabasi
  • Азизбек Умрзоков , SHDPI
    Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103948

Ключевые слова:

E’tiqod diniy e’tiqod ishonch ma’naviyat axloq bag’rikenglik tolerantlik dinlararo totuvlik diniy erkinlik vijdon erkinligi.

Аннотация

Mazkur mavzuda e’tiqod va diniy e’tiqod tushunchalarining mohiyati, o‘zaro farqi va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. E’tiqod – bu insonning ichki ishonchi, dunyoqarashi va ma’naviy tamoyillariga asoslangan holat bo‘lib, diniy e’tiqod esa bu ishonchning muayyan diniy qarashlar, ibodatlar va qadriyatlar orqali ifodalanishidir. Shuningdek, mutaassiblik va diniy ekstremizm kabi salbiy hodisalar bilan sog‘lom diniy e’tiqodning farqi ajratib ko‘rsatilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

203

E’TIQOD VA DINIY E’TIQOD TUSHUNCHASI

Yo‘ldoshova Surayyo Ulug‘murod qizi

Umrzoqov Azizbek Otabek o‘g‘li

SHDPI Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

yo‘nalishi 1-kurs talabalari

Anottatsiya:

Mazkur mavzuda e’tiqod va diniy e’tiqod tushunchalarining

mohiyati, o‘zaro farqi va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. E’tiqod – bu
insonning ichki ishonchi, dunyoqarashi va ma’naviy tamoyillariga asoslangan holat
bo‘lib, diniy e’tiqod esa bu ishonchning muayyan diniy qarashlar, ibodatlar va
qadriyatlar orqali ifodalanishidir. Shuningdek, mutaassiblik va diniy ekstremizm kabi
salbiy hodisalar bilan sog‘lom diniy e’tiqodning farqi ajratib ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

E’tiqod, diniy e’tiqod, ishonch, ma’naviyat, axloq, bag’rikenglik,

tolerantlik, dinlararo totuvlik, diniy erkinlik, vijdon erkinligi.

“Biz bugun аmаlgа оshirаyotgаn Hаrаkаtlаr strаtеgiyasining bеshinchi ustuvоr

yo`nаlishidа hаm millаtlаrаrо tоtuvlik vа diniy bаg`rikеnglikni tа’minlаsh bo`yichа
eng muhim vаzifаlаr bеlgilаb bеrilgаn”.

Shаvkаt Mirziyoyеv, 2017- yil 15-iyun.

Hоzirgi kundа jаmiyatimizdа milliy vа diniy qаdriyatlаr uyg`unligigа erishish,

diniy bаg`rikеnglik hаmdа millаtlаrаrо tоtuvlikni tа’minlаsh, diniy ekstrеmistik vа
tеrrоristik buzg`unchi g`оyalаrgа qаrshi yoshlаrdа mаfkurаviy immunitеtni
shаkllаntirish, ulаr qаlbidа оbоdlik, bunyodkоrlik kаbi ulug`vоr tuyg`ulаrni uyg`оtish
dаvr tаlаbigа аylаnmоqdа. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyoyеv 2017- yil 15- iyundа
“Ijtimоiy bаrqаrоrlikni tа’minlаsh, muqаddаs dinimizning sоfligini аsrаsh – dаvr
tаlаbi” mаvzusidаgi so`zlаgаn nutqidа tа’kidlаgаnidеk, “Bugungi kundа ijtimоiy-
mа’nаviy muhitni vа аhоli turmush shаrоitini yaхshilаsh, yoshlаrni turli diniy
ekstrеmistik оqimlаr tа’siridаn аsrаsh mаsаlаsi bаrchаmiz uchun eng аsоsiy mаsаlа
bo`lib turibdi” O`zbеkistоn аhоlisining tахminаn 92 fоizini ya’ni аsоsiy qismini
musulmоnlаr tаshkil etаdi. Shu bоisdаn hаm dаvlаt vа nоdаvlаt tаshkilоtlаri diniy
bаg`rikеnglik g`оyasini o`zining “Оzоd vа оbоd Vаtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot”
bаrpо etish bоsh g`оyasining аsоsiy g`оyalаridаn biri hisоblаnаdi.

O`zbеkistоn dаvlаti dunyoviylik аsоsidа shаkllаngаn vа bаrchа dinlаr tеng

hisоblаnib, diniy bаg`rikеnglik rivоjlаngаn. Hаmmа dinlаrgа hurmаt bilаn qаrаlаdi.
O`zbеkistоn аhоlisining аsоsiy qismi musulmоnligi sаbаbli islоm dinigа аlоhidа
e’tibоr bеrilаdi. Din vа dunyoviy dаvlаt оrаsidаgi munоsаbаt hаqidа gаp kеtаr ekаn,
eng аvvаlо, dinnning dаvlаtdаn аjrаtilishi tаmоyili uning аsоsini tаshkil etishini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

204

tа’kidlаsh zаrur. Bu hаqdа Kоnstitutsiyamizning 75-mоddаsidа shundаy dеyilаdi:
“Diniy tаshkilоtlаr vа birlаshmаlаr dаvlаtdаn аjrаtilgаn hаmdа qоnun оldidа
tеngdirlаr. Dаvlаt diniy birlаshmаlаrning fаоliyatigа аrаlаshmаydi.”

Mаzkur mоddаdа muhim qоidаlаr mustаhkаmlаb qo`yilgаn. Аvvаlо diniy

tаshkilоtlаr qаysi kоnfеssiyagа tааlluqligidаn qаt’i nаzаr, bir хil huquqiy mаydоndа
fаоliyat оlib bоrаdi. Qоlаvеrsа, diniy birlаshmаlаr fаоliyatini tаshkil etish ulаrning
ichki ishi hisоblаnаdi vа dаvlаt nаzоrаtidаn хоlidir. Mustаqillikning dаstlаbki
kunlаridаnоq mаmlаkаtimizning bаrchа fuqаrоlаri hаqiqiy e’tiqоd erkinligini his etа
bоshlаdilаr. Bugungi kundа O`zbеkistоndа turli din vаkillаrining hеch qаndаy
to`siqlаrsiz o`z dinlаrigа e’tiqоd qilishlаri uchun bаrchа shаrоitlаr yarаtilgаn. Sоbiq
sho`rо dаvridа rеspublikаizdа bоr-yo`g`i 87 tа mаsjid vа 2 tа mаdrаsа fаоliyat
ko`rsаtgаn bo`lsа, hоzir O`zbеkistоn musulmоnlаri idоrаsi bоshqаruvi оstidа rаsmiy
ro`yхаtdаn o`tgаn, bаrchа qulаyliklаr yarаtilgаn 2054 (2019 y.) dаn оrtiq mаsjid, 10
tа mаdrаsа vа Tоshkеnt Islоm isntituti fаоliyat ko`rsаtib turibdi. Mustаqillik yillаridа
110 mingdаn оrtiq musulmоn hаj vа 80 mingdаn оrtiq Umrа sаfаrini аmаlgа
оshirdilаr. E'tiqod tushunchasi. E'tiqod (arabcha «i'taqada» fe'lidan) ishonch, imonli
bo‘lish ma'nolarini anglatadi. Keng ma'noda e'tiqod inson faoliyati uchun ma'naviy
asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida
anglangan bilim, g‘oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini hamda
ularning to‘g‘riligiga ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik holatni ifodalaydi.
Bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirib olinganidagina
e'tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e'tiqod shaxs, guruh va ommani
jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a'zosiga aylantiruvchi omil
hisoblanadi. E'tiqodi zaif ishilar ko‘pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib
yashaydilar. Sharoitga qarab goh u, goh bu tomonga og‘adilar.Bunday e'tiqodiy
zaiflik, bo‘shliq shaxs kamolotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.Agar e'tiqod mutaassib,
irqiy, millatchilik, tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo‘lsa, bunday
holda u buzg‘unchilik, beqarorlikk xizmat qiladi, rivojlanishga to‘siq
bo‘ladi.Taraqqiyot, hurlikka yetaklovchi ishonch va e'tiqod bilan buzg‘unchi,
aldamchi, adashtiruvchi, yolg‘on «e'tiqod»ni farqlash juda muhim.Shu nuqtai
nazardan qaraganda, sog‘lom e'tiqod shaxs dunyoqarashi tizimida muhim o‘rinni
egallaydi. Uning ahamiyati birinchidan, shaxs dunyoqarashidagi barqarorlikni
belgilovchi halqa sifatida chiqishida, ikkinchidan, mavjud yoki yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslik ularga qarshi tura olish va bartaraf
etishning oqilona yo‘llarini izlashga, uchinchidan xulqidagi sobitlik, izchillik va
amaliyotdagi faollikni ta'minlashga xizmat qilishida ko‘rinadi.Shuning uchun,
kishilarda ijtimoiy qadriyatlar, buyuk kelajak, taraqqiyotga bo‘lgan ishonchni, ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga bo‘lgan e'tiqodni shakllantirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Diniy e'tiqod bu– inson irodasidan yuqori turgan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

205

zotga imon keltirish, undan madad olish, asotiriy voqea-hodisalarning takror sodir
bo‘lishi va unga daxldorlik hamda muayya tasavvur, aqida, muqaddas kitob,
payg‘ambar,avliyo va hokazolarga ishonch demakdir.Diniy e'tiqodda muayyan
timsollar (buyum, harakat, so‘z, matnlar)diniy ma'no va mazmun kasb etadi. Ularning
9 majmui diniy yo‘nalishning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi. Har
bir din yoki diniy konfessiya (yo‘nalish)ning sobit aqidalari mavjud.Islom dinida
imoni mufassal quyidagi aqidani – Alloh, Uning farishtalari, muqaddas kitoblari,
payg‘ambarlari, oxirat kuni, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan
bo‘lishi)ga va o‘lgandankeyin tirilishga ishonishni o‘z ichiga oladi. Diniy e’tiqod-
Allohning kalomi haqiqiy ekanligiga astoydil ishonish, iymonning 3 unsurlaridan
biri. Etiqodning sinonimi sifatida turli aqidaviy maktablar tasdiq, aqida, akd
terminlarini ishlatganlar. Mazmuni jihatdan Etiqodga eng yaqin turadigani tasdiq
(bilan-qalb) bo‘lib, Alloh va Uning Qur’on orqali yetkazgan so‘zlari,haqiqiy ekanini
chin qalbdan e’tirof etishdir. Ular o‘rtasidaga farq atiga shundaki, tasdiq Allohning
so‘zlari haqiqiy va ishonchli ekanligani ichki mulohaza bilan anglash, E’tiqod bo‘lsa
mana shunga qo‘shilish,unga qalbdan imon keltirishdir. Dinning bag‘rikenglik
mohiyati. «Bag‘rikenglik» tushunchasiilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli
sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sosiologiya, filosofiya, ilohiyot,
qiyosiydinshunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri
hisoblanadi. Lotincha tolerare, ya'ni «chidamoq», «sabr qilmoq»ma'nosini anglatgan
bu so‘z, asosan bir insonning boshqa inson dunyoqarashiga toqat qilishini bildirsa-da,
etimologik tahlil doim ham uning tom ma'nosini ochib beravermaydi. Diniy
bag‘rikenglik turli din vakillari e'tiqodidagi mavjud.Aqidaviy farqlardan qat'i nazar,
ularning yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Diniy bag‘rikenglik
turli din vakillari e'tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat'i nazar, ularning
yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Har kim o‘z e'tiqodiga amal
qilishda erkin bo‘lgani holda bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e'tirof etmog‘i
lozim.Islom, hinduiylik, xristianlik yoki boshqa dinlardan qay biriga mansub
bo‘lishidan qat'i nazar, inson deyarli bir xil histuyg‘ularni boshidan kechiradi.
O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda
munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu
tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma'rifiy davlatda diniy e'tiqodi
va dunyoqarashidan qat'i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning
teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.

Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati–O‘zbekiston Respublikasi

Konstitusiyasining 35-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan “Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoidada o‘zining aniq huquqiyqonuniy
ifodasini topgan. Demak, «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

206

xohlagan dinga e'tiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik
ixtiyorini ham qamrab oladi. Har bir fuqaro haqli bo‘lgan bunday huquqning
buzilmasligi uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi” degan muhim qoida bilan to‘ldirilgan. Buning zamirida vijdon
erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi

yotadi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida aniq-tiniq belgilab qo‘yilgan

davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri - inson farovonligi
ta'minlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir
xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligiga
asoslangan jamiyatni barpoetishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma'naviyat va
hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo‘lgan jamiyatni barpo
etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma'nodagi
vijdon 29 erkinligi, jumladan, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida ushbu hayotiy masalaga umume'tirof
etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.Tom ma'nodagi vijdon
erkinligi huquqini kafolatlash va amalda ta'minlash uchun va diniy e’tiqod inson
hayotining ajralmas tarkibiy qismlaridan O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy tizim
yaratilgan. “

Xulosa:

E’tiqod va diniy e’tiqod inson hayotining ajralmas tarkibiy qismlaridan

biri bo‘lib, shaxsning ma’naviy yetukligi, axloqiy qarashlari va jamiyatdagi tutgan
o‘rnini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Sog‘lom e’tiqod insonni ezgulikka,
halollikka, sabr-toqat va bag‘rikenglikka undaydi. Diniy e’tiqod esa nafaqat shaxsiy
hayotga, balki jamiyatdagi ijtimoiy muhitga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Bugungi
kunda diniy e’tiqod erkinligi insonning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri sifatida
himoya qilinadi. Shu bilan birga, diniy e’tiqodning noto‘g‘ri talqin qilinishi, diniy
mutaassiblik va ekstremizm xavfi jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishi mumkinligi
sababli, bu masalaga yondashishda bilim, hushyorlik va ma’rifat zarur.

Shu bois, har bir inson o‘z e’tiqodi va diniy qarashlariga hurmat bilan

yondashishi, boshqalarning e’tiqod erkinligiga ham bag‘rikenglik bilan qarashi
jamiyat taraqqiyoti va tinchligi uchun muhim omil hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.M.Mirziyoyev ”Yangi O‘zbekiston strategiyasi” Toshkent 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr.-Toshkent:

“O‘bekiston” nashriyoti, 2023.-120 b.

3. Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place

in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences
10.1S (2023): 5000-5006.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

207

4. Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

5. Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora

Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.

6. Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental

Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental
Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

7. Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

8. Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

9. Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.

10. Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

11. Azamova, Sitora Ayanovna. "PROBLEMS OF FORMATION OF

ECOLOGICAL

CULTURE

IN

THE

CONTEXT

OF

ECOLOGICAL

GLOBALIZATION." BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE,
RESEARCH AND DEVELOPMENT 3.5 (2024): 743-749.

11. Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

12. Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

13. Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

208

GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.

14. Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

15.

OMONOV, Bahodir. "“DASTUR UL-MULUK” VA “SADDI

ISKANDARIY” ASARLARIDA GEOSIYOSIY QARASHLAR." News of the
NUUz 1.1.2 (2024): 180-183.

16. Nurillaevich, O. B. "THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS VALUES IN

THE FORMATION OF A PERSONAL ECOLOGY CULTURE." Archive of
Conferences. Vol. 15. No. 1. 2021.

17. Omonov, Bahodir. "IS ARAL SEA OR LAKE?(SOME THOUGHTS

ABOUT THE REASONS THAT TURNED THE ARAL SEA INTO THE LAKE,
MORE PRECISELY INTO THE DESERT" ARALKUM")." Theoretical & Applied
Science 3 (2016): 63-67.

18. Nurillaevich, A. B. "Shortage and Problem of Drinking Water in Central

Asia." American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769) 1.9 (2023): 504-509.

19. Omonov, B. N. "O ‘zbekiston ekologik siyosatining strategik asoslari."

Философия и право 28.2 (2024): 41-43.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev ”Yangi O‘zbekiston strategiyasi” Toshkent 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr.-Toshkent: “O‘bekiston” nashriyoti, 2023.-120 b.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3 (2023): 15-28.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Azamova, Sitora Ayanovna. "PROBLEMS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION." BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT 3.5 (2024): 743-749.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o‘g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

OMONOV, Bahodir. "“DASTUR UL-MULUK” VA “SADDI ISKANDARIY” ASARLARIDA GEOSIYOSIY QARASHLAR." News of the NUUz 1.1.2 (2024): 180-183.