Авторы

  • Серобжон Хамракулов
    Qo‘qonDU
  • Гульхаё Мамазохирова
    Andijon davlat universiteti

Биографии авторов

  • Серобжон Хамракулов , Qo‘qonDU
    T.f.b.f.d. (PhD)
  • Гульхаё Мамазохирова , Andijon davlat universiteti
    tarix yo‘nalishi II kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103955

Ключевые слова:

Jadidlar Qo‘qon shahri gazetalar rus ustamlakachiligi davriy matbuot.

Аннотация

Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan hissasi yoritib o‘tilgan. Bu davrda Qo‘qon shahrida chop etilgan “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, Ravnaqul – islom” kabi gazetalar xaqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

236

QO‘QON JADIDLARI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN GAZETALAR

Xamraqulov Serobjon Soliyevich

Qo‘qonDU, T.f.b.f.d. (PhD)

Mamazohirova Gulhayo Bahodirjon qizi

Andijon davlat universiteti,tarix yo‘nalishi II kurs magistranti

Annotatsiya:

Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va

rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon
shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan
hissasi yoritib o‘tilgan. Bu davrda Qo‘qon shahrida chop etilgan “Sadoi Farg‘ona”,
“Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, Ravnaqul – islom” kabi gazetalar xaqida ma’lumotlar
berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Jadidlar, Qo‘qon shahri, gazetalar, rus ustamlakachiligi, davriy

matbuot.


KIRISH

1870 yildan boshlab Turkiston General Gubernatori nazorati ostida

“Turkistanskie vedomosti” chop etila boshlangan bo‘lsada u jadidlarning
hurfikrligiga yo‘l bermas edi. Shu boisdan 1906 yildan boshlab o‘lkaning Toshkent,
Qo‘qon, Smamrqand shaharlarida ham jadidlar tomonidan mustaqil gazetalar chop
etila boshlandi.Bu o‘rinda albatta jadidlar va o‘lkadagi mahalliy sarmoyadorlar
xizmatini ta’kidlab o‘tish joiz.

1876 yilda Qo‘qon xonligi tugatilib, uning o‘rnida Farg‘ona viloyati tashkil

etilgach, viloyat markazi sifatida Qo‘qon emas balki Skobelev (Yangi Marg‘ilon)
belgilandi. Ammo Qo‘qon shahri xonlik markazi sifatida o‘z salohiyatini
yo‘qotmagan edi. Bu yerdagi sarmoyadorlarning rus burjuaziyasi bilan hamkorligi
hududda yangi madaniyatning ham shakllanishiga olib keldi. Bular qatoriga davriy
matbuotni ham qo‘shib o‘tish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilsak, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:

Birinchi guruhga – shu davr mualliflari tomonidan davriy matbuot tahlil etilgan

maqolalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin[1].

Ikkinchi guruhga – sovet davrida chop etilgan ilmiy adabiyotlarni kiritish

mumkin [2]. Ushbu adabiyotlarda milliy matbuotdan ko‘ra sovet matbuotiga,
matbuotning yuzaga kelishida Oktabr inqilobing ahamiyatiga ko‘proq urg‘u berilgan.

Uchinchi guruhga mustaqillik yillarida chop etilgan tadqiqotlarni kiritish

mumkin [3]. Ushbu tadqiqotlarda milliy matbuotimizning tarixi va uning o‘lkadagi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

237

taraqqiyparvarlik o‘rni ochib berilgan. Shuningdek ushbu tadqiqotlarda milliy
matbuotimizning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ham ko‘rsatib berilgan.

Tadqiqot jarayonida tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash,

muammoviy-xronologik hamda fanlararo yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Qo‘qonda chop etilgan milliy tildagi nashrlarning to‘ng‘ichi bu “Sadoi

Farg‘ona” gazetasi edi[4:44-b]. O‘z davrining taraqqiyparvari va sarmoyadorlaridan
bo‘lgan Obidjon Mahmudov muassisligida chop etilgan ushbu gazetaning musahhihi
(korrektori) Ashurali Zohiriy bo‘lgan.Usmon Nuriy tarjimon bo‘lib ishlagan. Bu
gazeta 1914 yil 3 apreldan – 1915 yil iyun oyigacha chop etilgan bo‘lib, jami 123 ta
soni chiqqan[5:35-b]. Gazetaning 1914 yil 3 aprel kuni chiqqan №1 sonida “Haftada
uch marta chiqadurg‘on ilmiy, fanniy, siyosiy turkcha gazetadur” deb ma’lumot berib
o‘tilgan. “Sadoi Farg‘ona” ning maqsadi haqida uning noshiri va muharriri Obidjon
Mahmudov gazetaning 1-sonida bosilgan “Maqsad va maslak” maqolasida shunday
yozadi: “Gazetani nashr etishdan maqsadimiz tijorat emas, balki xalqimizga
qo‘limizdan kelgan qadar xizmat etmoqdir. Xalqimizda matbuot va jaridai milliyaga
kundan – kun shavq va rag‘bat o‘zgardi. Gazeta moddiy jihatdan ta’minlangan”[10]
deb takidlab o‘tgan. “Sadoi Farg‘ona” gazetasining 1914 yil 17 iyuldan chiqqan
“Ferganskoe exo” nomli ruscha varianti ham bo‘lgan[8:40-b]. Gazeta A- 2 formatda,
to‘rt sahifada Qo‘qon shahar Haydarbek mahallasidagi Obidjon Mahmudovning
shaxsiy bosmaxonasida 500 – 600 nushada chop etilar edi.

Gazetaning obuna narxi Qo‘qon shahri va Rossiya shaharlari aholisi uchun 1

yilga 5 so‘m, 6 oyga 3 so‘m, 3 oyga 2 so‘m, 1 oyga 60 tiyin bo‘lgan.Xorijiy
mamlakat fuqarolari uchun esa narx 2 barobar qimmat bo‘lgan,ya’ni:1 yilga 12 so‘m,
6 oyga 7 so‘m, 3 oyga 4 so‘m, 1 oyga bir yarim so‘m bo‘lgan[13:159-b].

Ziyo Said gazetaning muhbirlari kam ekanligi xaqida ma’lumot berib o‘tgan

bo‘lsada, ammo gazeta sahifalariga nazar tashlasak, unda o‘z davrining mashxur
ziyolilari H.H. Niyoziy, Cho‘lpon, Tavallo (To‘lagan Ho‘jamyorov), Hamid Said,
Saidahmad Vasliy, Ibrohim Davron, Mulla Abdullabek Musobekxoji o‘g‘li, Shokirali
Muxtorov o‘z maqola va materialllari bilan ishtirok etganligini ko‘rib o‘tishimiz
mumkin.

Ushbu gazeta aholini ma’naviyatini yuksaltirishda salmoqli o‘rin egalladi.

Xususan gazetaning faol hodimi bo‘lgan Ashurali Zohiriy gazetaning birinchi sonida
“So‘z boshi” nomli maqolasida “Gazeta har bir millatning tilidur, gazetasiz millat
tilsizdur. Zero, tili va adabiyoti yo‘q millat millat emasdur” [3] deb, gazeta va
adabiyot har bir millatni millat sifatida ko‘rsatuvchi oyna ekanligini birinchilardan
bo‘lib takidlab o‘tgan edi.

Nashr moddiy qiyinchiliklar sababli o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

238

1917 yil 2 apreldan boshlab Obidjon Mahmudov “Tirik so‘z” nomli yana bir

gazetani nashr eta boshlaydi [8:24-b]. Gazeta mushtariylariga “haftada 3 martaba
chiqadurgon adabiy, iqtisodiy, taraqqiy gazetadur” deb tanishtirilgan. “Pechatnoe
delo” matbaasida chop etilgan. Gazetaning nima maqsadda tashkil qilingani xaqida
muharriri: “...ahvoli zamonag‘a qarab ba’zi puxta joylarda eshitkan va bilgan
so‘zlarni gazet orqalik bildurib turmoqni zarur fahmlab, ya’ni “Tirik so‘z” gazetasini
chiqarmoqg‘a majbur bo‘ldim” deb aytib o‘tgan[7:157-b]. Ammo bu nashr ham
ommalasha olmay o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Hozirgi kunda ushbu gazetaning birgina
soni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasining “Nodir nashrlar”
bo‘limida saqlanadi.

1917 yil sentyabr oyidan boshlab Qo‘qonda “G‘ayrat” kutubxonasi

muassisligida “El bayrog‘i” gazetasi chop etila boshlandi. Nashr dastlab Qo‘qondagi
mahalliy savdo – sanoat egalarining fikr tarqatuvchisi bo‘lib chiqqan bo‘lsada,
noyabr oyida Qo‘qonda “Turkiston Muxtoriyati” e’lon qilingach, gazeta ushbu
hukumatning nashri sifatida faoliyat yurita boshladi[6].

Muxtoriyat nashriga aylangach, uning sahifalarida rus istibdodining vatanimizda

yuritayotgan mustamlakachilik siyosati, uning bu o‘lkadagi bir yoqlama paxta
etishtirish va uni tashib ketish siyosatlari tanqid ostiga olinib, jumladan, “Turkistonda
etishgan xom-ashyo bundan so‘ng chetga chiqarilmaydi. Turkistonda paxta o‘rniga
habobot (g‘alla) ekilur” deb o‘z fikrini ochiq bayon eta olgan.

Gazeta muharrirlari Po‘lat Soliyev (1882 – 1938 ) va Ashurali Zohiriy edi.

Gazetada Abdulla Begiy, No‘sherovon Yovushev, Ismoil Obidiy, Yunusjon
Og‘aliqov va bir nechta ziyolilar o‘z maqolalari bilan ishtirok etganlar. Gazeta
haftada ikki marta, 800 – 1000 ta nushada mix bosmada Turkiston Muvaqqat
hukumati bosmaxonasida chop etilar edi.

1918 yil fevralda Turkiston Muxtoriyati tugatilgach, gazeta ham o‘z faoliyatini

to‘xtatadi.Gazetaning bor – yo‘g‘i 20 soni chop etilgan[8:24-b].

Abdulhamid Cho‘lponning ma’lumoticha 1917 yilda Qo‘qonda “Ravnaqul –

islom” nomli gazeta ham chop etilgan [9:44-b]. Ushbu nashr “Xaloyiq” jamiyati
muassisligida chop etilgan. Nurmuhammad o‘g‘li Toshmuhammad muharrir sifatida
faoliyat yuritgan.

Davr muarrixlari bu gazeta xaqida: “ ...ushbu gazeta o‘z davrida “demokrat

tarфfdorlarining gazetasi” sifatida nom qozonganligini e’tirof etganlar. Yani bu
davrda o‘zlarini demokratlar deb atovchi qatlam tomonidan chop etilganligini qayd
etib o‘tadilar.

Ammo bir – ikki oy faoliyat yuritgandan so‘ng moddiy qiyinchiliklar sababli o‘z

faoliyatini to‘xtatadi. Abdulla Avloniy 1917 yilda Qo‘qonda Ahmad Devishev
mutasaddiligida “Xalq g‘ayrati” nomli gazeta ham chop etilganligi xaqida ma’lumot
berib o‘tgan. Ammo u ham bir necha son chiqqach o‘z faoliyatini to‘xtatgan[10].


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

239

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Qo‘qon

shahri ham matbuot shakllangan hududlardan biri bo‘lgan va bu erda chop etilgan
gazeta va jurnallar ham o‘lka xalqlari ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy hayotini
yuksaltirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Mazkur holat ham ushbu davrda aholini ma’rifatli qilish masalalari asosiy

masala ekanligidan dalolat beradi. Suningdek, ushbu davrda Sovet davlati
hukmronlik

qilgan

bo‘lsa-da,aholini savodli qilish masalasida to‘siqlar

qo‘yilmaganligini ko‘rish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Abdulla

Avloniy. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi // Turkiston. –

1924. № 295. Ziyo Said. Qizil yoshlar matbuoti va uning tarixi // Turkiston. – 1924.
№ 294.

2. Ziyo Said. (Tanlangan asarlar to‘plami. – T.: G‘afur G‘ulom, 1974. Ernazarov

T. E. (O‘zbekistonda vaqtli matbuot (1870-1924). – T., 1959) Ernazarov T.E.
(Акбаров А.И., История печати Туркестана (1870-1925). Уч. пособие, – T.:
O‘qituvchi, 1976;) Avsharova M.P. (Русская периодическое печат в Туркистане
(1870 – 1917) Библиографическое указател литературии). Агеев А.И.Латипова
М.Н.(Национальная периодическая печат Узбекистана (1917 – 1939) – T.: 1947).

3. Jalolov A., O‘zganboyev H. (O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining

taraqqiyotida vaqtli matbuotning o‘rni. – T.: Fan, 1993). Rajapova R. (Turkiston
tarixi (1917-1993). – T.: O‘qituvchi, 1994;) (Туркестан а начале ХХ века: к истории
истоков националной независимости. Научный редактор Р.Я.Раджапова. – Т.:
Шарк, 2000), A’zamxo‘jayev S. (Turkiston muxtoriyati. – T.: Fan, 1996;)
A’zamxo‘jaev S (Turkiston muxtoriyati: milliy-demokratik davlatchilik qurilishi
tajribasi. – T.: Ma’naviyat. 2000.). Shodmonova S. (Turkiston tarixi – matbuot
ko‘zgusida (1870–1917 yillar). – T.: Yangi nashr, 2011), Mingnorov A.
(Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilishi (1917–
1918 yillar). – T.: Istiqlol nuri, 2013), Tayronov Y. (Общественно- политическая
деятелност Туркестанских предпринимателей в начале ХХ века. – Т., 2011).

4. Ziyo Said. Tanlangan asarlar. – T.: G‘afur G‘ulom, 1974.
5. Do‘stqorayev B. Farg‘onada milliy davriy matbuotning yuzaga kelishi va

shakllanishi tarixidan. Sadoi Farg‘ona. “Sadoi Farg‘ona” gazetasining milliy matbuot
shakllanishi va jadidchilik harakatidagi o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. – Farg‘ona, 2024.

6. Obidjon. Maslak va maqsad. – Sadoi Farg‘ona. 1914 yil. №1.
7. Turkiston matbuoti tarixi (1870 – 1917). Tuzuvchi N.Abduazizova. – Т.:

Akademiya, 2000.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

240

8.Mingnarov A. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilishi. –

T.: Istiqlol nuri. 2013.

9.Cho‘lpon. Turkistonda matbuot. Jamiyat va boshqaruv. 1998. № 2. – B.44.
10.Abdulla

Avloniy. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi // Turkiston,

1924. № 295.

Библиографические ссылки

Abdulla Avloniy. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi // Turkiston. – 1924. № 295. Ziyo Said. Qizil yoshlar matbuoti va uning tarixi // Turkiston. – 1924. № 294.

Ziyo Said. (Tanlangan asarlar to‘plami. – T.: G‘afur G‘ulom, 1974. Ernazarov T. E. (O‘zbekistonda vaqtli matbuot (1870-1924). – T., 1959) Ernazarov T.E. (Акбаров А.И., История печати Туркестана (1870-1925). Уч. пособие, – T.: O‘qituvchi, 1976;) Avsharova M.P. (Русская периодическое печат в Туркистане (1870 – 1917) Библиографическое указател литературии). Агеев А.И.Латипова М.Н.(Национальная периодическая печат Узбекистана (1917 – 1939) – T.: 1947).

Jalolov A., O‘zganboyev H. (O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining taraqqiyotida vaqtli matbuotning o‘rni. – T.: Fan, 1993). Rajapova R. (Turkiston tarixi (1917-1993). – T.: O‘qituvchi, 1994;) (Туркестан а начале ХХ века: к истории истоков националной независимости. Научный редактор Р.Я.Раджапова. – Т.: Шарк, 2000), A’zamxo‘jayev S. (Turkiston muxtoriyati. – T.: Fan, 1996;) A’zamxo‘jaev S (Turkiston muxtoriyati: milliy-demokratik davlatchilik qurilishi tajribasi. – T.: Ma’naviyat. 2000.). Shodmonova S. (Turkiston tarixi – matbuot ko‘zgusida (1870–1917 yillar). – T.: Yangi nashr, 2011), Mingnorov A. (Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilishi (1917–1918 yillar). – T.: Istiqlol nuri, 2013), Tayronov Y. (Общественно- политическая деятелност Туркестанских предпринимателей в начале ХХ века. – Т., 2011).

Ziyo Said. Tanlangan asarlar. – T.: G‘afur G‘ulom, 1974.

Do‘stqorayev B. Farg‘onada milliy davriy matbuotning yuzaga kelishi va shakllanishi tarixidan. Sadoi Farg‘ona. “Sadoi Farg‘ona” gazetasining milliy matbuot shakllanishi va jadidchilik harakatidagi o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Farg‘ona, 2024.

Obidjon. Maslak va maqsad. – Sadoi Farg‘ona. 1914 yil. №1.

Turkiston matbuoti tarixi (1870 – 1917). Tuzuvchi N.Abduazizova. – Т.: Akademiya, 2000.

Mingnarov A. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilishi. – T.: Istiqlol nuri. 2013.

Cho‘lpon. Turkistonda matbuot. Jamiyat va boshqaruv. 1998. № 2. – B.44.

Abdulla Avloniy. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi // Turkiston, 1924. № 295.