Авторы

  • Ильёсжон Захриддинов
    Namangan davlat universiteti
  • Ферузабону Шарофиддинова
    Namangan davlat universiteti
  • Диёра Бекмирзаева
    Namangan davlat universiteti

Биографии авторов

  • Ильёсжон Захриддинов , Namangan davlat universiteti
    Biotexnologiya kafedrasi oʻqituvchisi
  • Ферузабону Шарофиддинова , Namangan davlat universiteti
    Biotexnologiya kafedrasi 3-bosqich talabasi
  • Диёра Бекмирзаева , Namangan davlat universiteti
    Biotexnologiya kafedrasi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103957

Аннотация

Ushbu tajriba 2025-yil 13-aprelda laboratoriya sharoitida Topinambur (Yer olmasi) o‘simligi urug‘larining har xil substratlar — perlit, biogumus, torf va vermikulitda unib chiqish xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Har bir variantda bitta urug‘dan foydalanilgan bo‘lib, umumiy hisobda to‘rt xil substrat sharoiti sinovdan o‘tkazildi. Tajribaning muhim jihatlaridan biri sifatida namlikni optimal darajada ushlab turish va o‘simliklarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida Karnavin stimulyatoridan foydalanildi. Ushbu tajriba Topinambur urug‘larining har xil substratlarda unish tezligi va boshlang‘ich rivojlanish bosqichlaridagi farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda qaysi substrat turi eng samarali ekani yuzasidan xulosa chiqarishga yordam beradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

245

TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS L) TURLI OZIQA

SHAROITIDA O‘SISH RIVOJLANISHINI FENOLOGIK KUZATUVLAR

ASOSIDA BAHOLASH TAHLILI

Zahriddinov Ilyosjon Ilhomjon o‘g‘li

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi oʻqituvchisi

E-mail:

ilyosbek1616@icloud.com

Sharofiddinova Feruzabonu Jaloliddin qizi

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi 3-bosqich talabasi

sharofiddinovaferuzabonu@gmail.com

Bekmirzayeva Diyora Dilmurod qizi

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi 3-bosqich talabasi

diyorichka2004bb@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu tajriba 2025-yil 13-aprelda laboratoriya sharoitida

Topinambur (Yer olmasi) o‘simligi urug‘larining har xil substratlar — perlit,
biogumus, torf va vermikulitda unib chiqish xususiyatlarini o‘rganish maqsadida
tashkil etildi. Har bir variantda bitta urug‘dan foydalanilgan bo‘lib, umumiy hisobda
to‘rt xil substrat sharoiti sinovdan o‘tkazildi. Tajribaning muhim jihatlaridan biri
sifatida namlikni optimal darajada ushlab turish va o‘simliklarning o‘sishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatish maqsadida Karnavin stimulyatoridan foydalanildi. Ushbu tajriba
Topinambur urug‘larining har xil substratlarda unish tezligi va boshlang‘ich
rivojlanish bosqichlaridagi farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda qaysi substrat
turi eng samarali ekani yuzasidan xulosa chiqarishga yordam beradi.

ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF JEJUANAMBUR (HELIANTHUS

TUBEROSUS L) IN DIFFERENT FEEDING CONDITIONS BASED ON

PHENOLOGICAL OBSERVATIONS

Zakriddinov I.Z.

Lecturer, Department of Biotechnology, Namangan State University

ilyosbek1616@icloud.com

Sharofiddinova F.J

3rd year student of the Department of Biotechnology, Namangan State University

sharofiddinovaferuzabonu@gmail.com

Bekmirzayeva D.D.

3rd year student of the Department of Biotechnology, Namangan State University

diyorichka2004bb@gmail.com


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

246

Annotatsiya:

This experiment was organized on April 13, 2025 in order to

study the germination properties of Jerusalem artichoke seeds in various substrates -
perlite, biohumus, peat and vermiculite - in laboratory conditions. One seed was used
in each variant, and a total of four different substrate conditions were tested. As an
important aspect of the experiment, the Carnavin stimulator was used to maintain
optimal moisture levels and positively affect plant growth. This experiment allows us
to determine the differences in the germination rate and initial development stages of
Jerusalem artichoke seeds on various substrates and helps to draw conclusions about
which type of substrate is the most effective.


KIRISH

.

O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish,

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish
borasida qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning
“2020–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–5853-sonli qarori (2020-yil 23-oktabr)da
agrobiotexnologiyalardan foydalanish, muqobil oziq-ovqat manbalarini joriy etish va
yuqori hosildor, iqlimga chidamli ekin turlarini o‘rganish dolzarb vazifa sifatida
belgilangan.

Shuningdek, Prezidentning 2022-yil 17-martdagi PQ–167-sonli qarori orqali

biologik faol qo‘shimchalar, funktsional oziq-ovqatlar va dori-darmonlar ishlab
chiqarishda mahalliy xomashyo resurslaridan unumli foydalanishga alohida urg‘u
qaratilgan. Bu jarayonda Topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligining
agrobiologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, xususan uning fenologik rivojlanish
bosqichlarini kuzatish va tahlil qilish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Topinambur
— tarkibida inulin moddasi yuqori bo‘lgan, diabetga qarshi xususiyatga ega, tuproq
va iqlim sharoitiga chidamli, agroekologik qiymati yuqori bo‘lgan ekin turidir. Uning
fenologik rivojlanish bosqichlarini o‘rganish esa, bu o‘simlikni O‘zbekistonning turli
hududlarida joriy qilish, seleksiya ishlarini olib borish va optimal agrotexnik
tadbirlarni ishlab chiqishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur
maqolada Topinambur o‘simligining turli sharoitlarda o‘sishi davomida olib borilgan
fenologik kuzatuvlar asosida uning o‘sish fazalari, adaptatsion imkoniyatlari va
agrotexnik samaradorligi baholandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Topinamburning ilmiy nomi - Heliantuhus tuberosus. Topinambur murakkab

guldoshlar (Asteraclae) oilasiga mansub, ko‘p yillik tugunakli o‘simlik hisoblanadi.
O‘.Ahmedov., A.Ergashev., A.Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D. Mustafakulov.
“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent 2020-yil 64-bet.
231 bet [1]


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

247

Topinamburning vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, u boshqa davlatlarda ham turli

yo‘nalishlarda foydalanish uchun yetishtirib kelinmoqda. Masalan, Fransiya, Angliya,
Norvegiya, Shvetsiya, Ukraina va O‘rta Osiyo davlatlarida keng qamrovda
yetishtirilmoqda. O‘. Ahmedov., A. Ergashev., A. Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D.
Mustafakulov. “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent
2020-yil 64-bet. 231 bet [2]

Topinambur ekstraktining kuchli antitoksidant faollikka ega ekanligi aniqlangan.

Tadqiqotda topinamburdagi xloragen va 1,5-dekaffeoilxin kislotasi kabi birikmalar
aniqlanib, ularning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari o‘rganilgan. Sharopov F.,
Wetterauer B., Gulmurodov I. [3]

Topinambur yer ostki va yer ustki qismlarida A, B1, B2 va C vitaminlarini

o‘zida saqlaydi. Tugunaklarida 16-18 % inulin va qand moddalar mavjud, 16 xil
aminokislotalar va pektin moddasi ham uchraydi.

Topinamburning tibbiy xususiyatlari, plazmadagi glyukoza, umumiy xolesterin

va triglitserid darajalarini pasaytirish o‘rganilgan. Bu tajribada topinamburdagi inulin
moddasining prebiotik xususiyatlari va sog‘liq uchun foydali tomonlari topilgan.
Sawicka B., Skiba D., Pszczolkowski P. [4]

Xalq tili bilan aytganda yer noki barglari yirik (bo‘yi 15-20 sm), cho‘ziq

yuraksimon shaklda, uchi o‘tkirlashgan, cheti tishli, orqa tomoni tuk bilan qoplangan.
To‘pguli esa diametrik 3-4 sm keladigan savatcha bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra
kungaboqar savatchasiga o‘xshaydi. Har bir savatchasida 50-60 ga yaqin gul bo‘ladi.
O. Yaqubjanov., S. Tursunov. “O‘simlikshunoslik” o‘quv qo‘llanma Toshkent- 2008.
224-bet. 303 bet [5]

Yer nokining tugunaklari birmuncha mayda, noksimon, duksimon, noto‘g‘ri

shaklda, oq-sariq, och jigarrang yoki qizg‘ish-binafsha rangda bo‘ladi.
Tugunaklarining sirtida ko‘zchalar bo‘lib, ular chuqurchada emas, balki
do‘mboqchalarda joylashgan. Topinambur deyarli tugunaklardan, ya’ni vigetativ yo‘l
bilan ko‘payadi. O. Yaqubjanov., S. Tursunov. “O‘simlikshunoslik” o‘quv qo‘llanma
Toshkent- 2008. 225-bet. 303 bet [6]

Topinamburning biologiyasi: u sovuqqa chidamli, qisqa kun o‘simlik bo‘lgani

uchun shimoliy tumanlarda ham yetishtirish mumkin. Uni yerustki qismi - 6 C

0

bardosh beradi. Tugunagi muzlagandan so‘ng erib o‘z holiga qaytish xususiyatiga
ega. X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov “O‘simlikshunoslik” darslik Toshkent-2018.
283-bet. 407 bet [7]

Shifobaxsh topinamburning navlari “Fyuzo”, “Patat”, “Kiyevskaya”, “Belaya”,

“Severokavkazskaya krasnaya”, “Durdurskaya”, “MOS-650YU”, “Oq hosildor”,
“Vadim”, “Krasnoklupneviy” va boshqa navlari keng tarqalgan. X. N. Atabayeva, J.
B. Xudayqulov “O‘simlikshunoslik” darslik Toshkent-2018. 283-bet. 407 bet [8]


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

248

Topinambur tabiatda inson omilisiz ham ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lib,

o‘rmon, o‘rmon- cho‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda, ochiq yalangliklarda va
quruq o‘tloqliklar, qirlar, yo‘l yoqalari, o‘rmon chetlari va boshqa yerlarda o‘sadi. I.
J. Sulaymonov, M. I. Botirov, Q.D. Abdiyeva, D. T. Ergashev “Dorivor o‘simliklarni
yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent-2022. 242-bet. 466 bet [9]

Zahiriddinov I. I. TIMES FOR CARRYING OUT AGROTECHNICAL

MEASURES TO INCREASE THE YIELD OF ATROPA BELLADONNA L
//Innovative Development in Educational Activities. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 99-
103.

TADQIQOT OBYEKT VA USULLARI

Topinambur o‘simligini fenologik kuzatish

davomida biz birinchi bo‘lib, uning tugunaklarini 4
xil tuproq muhitiga: perlit, biogums, torf, vermikulit
o‘g‘itlarini

labaratoriya

sharoitida

plyonka

idishlarga joyladik. Topinambur urug‘ tugunaklari
yuqorida keltirilgan tuproq muhitiga joylashtirib
chiqdik. O‘simlikni 4 xil tuproq muhitida o‘sib
chiqishi,

namlikni

salash

uchun

karnovin

stimulyatoridan foydalangan holda tajriba tizimini
joylashtirdik. Kuzatish mobaynini 1 oy davomida

olib borildi.

2025-yilning aprel va may oylarida o‘rtacha 22,3 °C haroratda Topinambur

(Helianthus tuberosus) o‘simligi turli xil tuproq sharoitlarida o‘sishiga baho berildi.
Tajriba torf, vermikulit, biogumus va perlit substratlarida o‘tkazildi.

Biogumusda ekilgan o‘simlik eng yaxshi natijalarni ko‘rsatdi: 17-aprel kuni 2,5

sm, 27-aprelda 18 sm va 8-mayda 55 sm balandlikka yetib, umumiy o‘sish 75,5 smni
tashkil etdi. Torf tuprog‘ida o‘simlik 27-aprelda 14 sm, 8-mayda esa 50 sm
balandlikka yetib, umumiy o‘sishi 64 smni tashkil etdi. Vermikulit va perlit
substratlarida esa o‘simlikning hech qanday o‘sishi qayd etilmadi.

Ushbu natijalar asosida, biogumus Topinambur o‘stirish uchun eng qulay tuproq

sharoiti ekani, vermikulit va perlit esa bu o‘simlik uchun mos emasligi aniqlangan.

Aprel va may oyida topinamburning o‘sish tezligi 2025-yil
(1-jadval)

T/r



O‘simlik nomi

T

u

p

roq

s

h

ar

oiti

Aprel va may

O‘rtacha

harorat va

o‘sish tezligi

Naz

or

at

var

ian

tlar

i

17.04.2025

27.04.2025

08.05.2025

O'

sis

h

te

zli

gi

O'

rtac

h

a

h

ar

or

at

1-rasm


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

249

1

Topinambur

(Helianthus

tuberosus)

Torf

1

-

14

sm

50 sm

64

sm

22,3

Vermukulit

2

-

-

-

-

22,3

Biogumus

3

2,5
sm

18

sm

55 sm

75,5

sm

22,3

Perlit

4

-

-

-

-

22,3


XULOSA
Olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, Topinambur (Helianthus

tuberosus) o‘simligining o‘sishiga tuproq sharoiti sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rtacha 22,3 °C haroratda o‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra:

1.

Biogumus eng samarali substrat bo‘lib, o‘simlikning maksimal o‘sishini

ta’minladi (75,5 sm).

2.

Torf ham nisbatan yaxshi natija berdi (64 sm), biroq biogumusga

nisbatan o‘sish sur’ati pastroq bo‘ldi.

3.

Vermikulit va perlit substratlarida esa o‘sish umuman kuzatilmadi, bu

esa ularning ushbu o‘simlik uchun mos emasligini ko‘rsatadi.

Demak, Topinambur yetishtirishda biogumus substrati afzal hisoblanadi, bu esa

kelgusidagi agrotexnik tadbirlarda e’tiborga olinishi lozim.

Foydanalilgan adabiyotlar:

1 . O‘.Ahmedov., A.Ergashev., A.Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D. Mustafakulov.

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent 2020-yil 64-bet.
231 bet [1]

2 . O‘.Ahmedov., A.Ergashev., A.Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D. Mustafakulov.

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent 2020-yil 64-bet.
231 bet [2]

3 . Sharopov F., Wetterauer B., Gulmurodov I. [3]
4. Sawicka B., Skibs D., Pszczolkowski P. [4]
5. O. Yoqubjanov, S. Tursunov. O‘simlikshunoslik o‘quv qo‘llanma Toshkent-

2008. 224-bet. 303 bet [5]

6 . P. Yoqubjanov, S. Tursunov. “O‘simlikshunoslik” o‘quv qo‘llanma Toshkent-

2008. 225-bet. 303 bet [6]

7.

X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov “O‘simlikshunoslik” darslik Toshkent-

2018. 283-bet. 407 bet [7]

8. X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov “O‘simlikshoslik” ddarslik Toshkent-2018.

283-bet. 407 bet

9. I.J. Sulaymonov, M.I.Botirov, O.T.Abdiyeva, D.T.Ergashev “Dorivor

o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent-2022. 242-bet. 466 bet [9]

Библиографические ссылки

. O‘.Ahmedov., A.Ergashev., A.Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D. Mustafakulov. “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent 2020-yil 64-bet. 231 bet [1]

. O‘.Ahmedov., A.Ergashev., A.Abzalov., M. Yo‘lchiyeva., D. Mustafakulov. “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent 2020-yil 64-bet. 231 bet [2]

. Sharopov F., Wetterauer B., Gulmurodov I. [3]

Sawicka B., Skibs D., Pszczolkowski P. [4]

O. Yoqubjanov, S. Tursunov. O‘simlikshunoslik o‘quv qo‘llanma Toshkent- 2008. 224-bet. 303 bet [5]

. P. Yoqubjanov, S. Tursunov. “O‘simlikshunoslik” o‘quv qo‘llanma Toshkent- 2008. 225-bet. 303 bet [6]

X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov “O‘simlikshunoslik” darslik Toshkent-2018. 283-bet. 407 bet [7]

X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov “O‘simlikshoslik” ddarslik Toshkent-2018. 283-bet. 407 bet

I.J. Sulaymonov, M.I.Botirov, O.T.Abdiyeva, D.T.Ergashev “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” darslik Toshkent-2022. 242-bet. 466 bet [9]