Авторы

  • Гозалой Ёдгорова
    Buxoro davlat pedagogika institute

Биография автора

  • Гозалой Ёдгорова , Buxoro davlat pedagogika institute
    magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103960

Ключевые слова:

Imom al- Buxoriy metodika tarbiyaviy imkoniyatlar diniy qadriyatlar axloqiy tarbiya boshlang‘ich sinflar hadislar ahamiyati ma’naviyat madaniyat.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axloqiy tarbiya berishda Imom al- Buxoriy merosiga tayanilgan holda hadislarni o‘rgatishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. Ayniqsa yosh avlod qalbida ezgulik, halollik, hurmat, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantirishda hadislarning tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada hadislarni dars jarayonida qo‘llash usullari, interfaol metodlar, hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos yondashuvlar asosida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari, boshlang‘ich sinflarda ma’naviy- ma’rifiy tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek o‘quv jarayonida hadislarni samarali o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

262

IMOM AL- BUXORIY MEROSI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA

HADISLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH

Yodgorova Go‘zaloy Olim qizi

Buxoro davlat pedagogika institute magistranti

g973433717@icloud.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axloqiy tarbiya

berishda Imom al- Buxoriy merosiga tayanilgan holda hadislarni o‘rgatishning
metodik imkoniyatlari yoritilgan. Ayniqsa yosh avlod qalbida ezgulik, halollik,
hurmat, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantirishda hadislarning tarbiyaviy ahamiyati
tahlil qilinadi. Maqolada hadislarni dars jarayonida qo‘llash usullari, interfaol
metodlar, hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos yondashuvlar asosida fikr
yuritiladi. Tadqiqot natijalari, boshlang‘ich sinflarda ma’naviy- ma’rifiy tarbiya
jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek o‘quv
jarayonida hadislarni samarali o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Imom al- Buxoriy, metodika, tarbiyaviy imkoniyatlar, diniy

qadriyatlar, axloqiy tarbiya, boshlang‘ich sinflar, hadislar ahamiyati, ma’naviyat,
madaniyat.

ВОСПИТАНИЕ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ЧЕРЕЗ ХАДИТЫ НА

ОСНОВЕ НАСЛЕДИЯ ИМАМА АЛЬ-БУХАРИ

Аннотация:

В статье рассматриваются методические возможности

преподавания хадисов на основе наследия имама аль-Бухари в нравственном
воспитании учащихся начальной школы. Анализируется воспитательное
значение хадисов, особенно в формировании в сердцах подрастающего
поколения таких добродетелей, как доброта, честность, уважение и терпение. В
статье рассматриваются методы использования хадисов на уроках,
интерактивные методы, а также подходы, соответствующие возрастным
особенностям учащихся. Результаты исследования будут способствовать более
эффективной организации процесса духовно-просветительского воспитания в
начальных классах. Также даны рекомендации по эффективному преподаванию
хадисов в процессе обучения.

Ключевые слова:

Имам аль-Бухари, методология, образовательные

возможности, религиозные ценности, нравственное воспитание, начальные
классы, важность хадисов, духовность, культура.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

263

MORAL EDUCATION IN PRIMARY CLASSES THROUGH HADITHS

BASED ON THE LEGACY OF IMAM AL- BUKHARI


Abstract:

This article discusses the methodological possibilities of teaching

hadiths based on the legacy of Imam al-Bukhari in providing moral education to
primary school students. The educational significance of hadiths is analyzed,
especially in the formation of such qualities as goodness, honesty, respect, and
patience in the hearts of the younger generation. The article discusses methods of
using hadiths in the teaching process, interactive methods, and approaches
appropriate to the age characteristics of students. The results of the study serve to
more effectively organize the process of spiritual and educational education in
primary school students. Recommendations are also given for effective teaching of
hadiths in the educational process.

Keywords.

Imam al-Bukhari, methodology, educational opportunities, religious

values, moral education, primary grades, importance of hadiths, spirituality, culture.


Kirish:

Yuksak ma’naviyatli jamiyat qurish har bir xalqning asosiy orzusi va

maqsadidir. Bunday jamiyatni shakllantirishda yosh avlodga axloqiy tarbiya berish
muhim o‘rin tutadi. Axloqiy qadriyatlar bolalikdan singdirilsa, u jamiyatga foydali,
vatanparvar va insonparvar bo‘lib voyaga yetadi. Bu borada buyuk allomamiz Imom
al- Buxoriy qoldirgan bebaho ilmiy meros, xususan, uning hadis to‘plamlari asos
bo‘la oladi. Bugungi ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilarning nafaqat bilimli, balki
ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa,
boshlang‘ich ta’lim bosqichida berilgan tarbiyaviy ta’sirlar bolaning butun hayoti
davomida shakllanadigan axloqiy fazilatlarning asosini tashkil etadi. Shu nuqtai
nazardan, buyuk muhaddis Imom al- Buxoriy merosida keltirilgan hadislar yosh
avlodga ezgulik, halollik, sabr-toqat, mehr-oqibat kabi yuksak qadriyatlarni
singdirishda muhim vosita bo‘la oladi. Bugungi globallashuv davrida bolalarning
axloqiy dunyoqarashlariga salbiy ta’sirlar kuchayib borayotgan bir paytda, ularni
milliy va diniy qadriyatlar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda.
Hadislar mazmunan chuqur, axloqiy-ruhiy tarbiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi
ibratli saboqlar majmuasidir. Ularni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yoshiga mos,
tushunarli va hayotiy misollar asosida o‘rgatish orqali ularning tafakkuri, odobi va
jamiyatdagi tutgan o‘rni shakllanib boradi hadislarni o‘quvchilarning yoshiga mos,
sodda va tushunarli shaklda o‘rgatish orqali ularning axloqiy yetukligi, odob –axloqiy
madaniyatini shakllantirish mumkin. Ushbu maqolada aynan Imom al- Buxoriy
hadislarini boshlang‘ich sinflarda o‘rgatish orqali axloqiyntarbiya berishning metodik
imkoniyatlari va amaliy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

264

Asosiy qism

. Imom al- Buxoriy (810-870) islom olamining eng yirik

muhaddislaridan biri bo‘lib, u to‘plagan "Al-Jome’ as-Sahih" nomli hadislar to‘plami
eng ishonchli hadis kitoblaridan hisoblanadi. Ushbu asar nafaqat diniy hayot, balki
axloqiy, ijtimoiy, oilaviy hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Imom al-Buxoriy
hadislarni tanlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lgan, ularni ishonchli roviylardan olib,
ularning ishonchliligini chuqur tahlil qilgan. Shuning uchun ham bugungi kunda
uning hadislaridan tarbiya jarayonida foydalanish – ishonchli va samarali usuldir.

2. Boshlang‘ich sinflarda hadislar orqali tarbiya berish zarurati
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotiy tushunchalarni yangi o‘zlashtirayotgan,

taqlid qilishga moyil bo‘lgan davrda bo‘ladilar. Bu davrda ularning qalbiga ezgulik,
rostgo‘ylik, sabr, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni singdirish juda muhim.
Hadislar esa mana shu axloqiy qadriyatlarni qisqa, sodda va chuqur mazmunli tarzda
yetkazadi. Boshlang‘ich sinflarda hadislar orqali tarbiya berishning dolzarbligi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — hali shaxsiy fazilatlar, dunyoqarash, axloqiy

tamoyillar shakllanish arafasidagi yosh toifasidir. Ularning ongi beg‘ubor, qalblari
ochiq, har qanday ta’sirni tez qabul qiluvchi bo‘ladi. Shu sababli ularning tarbiyasida
eng sodda, tushunarli, lekin chuqur ma’noga ega vositalardan foydalanish muhim.
Hadislar aynan shunday manbalar hisoblanadi. Ular qisqa, obrazli va esda qolarli
bo‘lib, bolalar uchun qulay tilda tushuntirilishi mumkin. Har bir hadis o‘zida bir
fazilatni targ‘ib qiladi, bu esa har bir darsda axloqiy bir g‘oyani yoritishga imkon
beradi. Halollik haqida: “Halollik najotdir.” Bu hadis o‘quvchilarga har qanday
vaziyatda rostgo‘ylik, poklikni saqlash kerakligini o‘rgatadi. Mehnat haqida: “Kim
odamlar oldida tilanchilik qilsa, qiyomatda yuzida dog‘ bilan turadi.” Bu orqali
mehnat qilishga, mustaqil bo‘lishga undash mumkin. Hurmat haqida “Kattalarga
hurmat, kichiklarga mehr-muhabbat ko‘rsatmagan bizdan emas.” Bu esa maktabdagi
muomala madaniyatini shakllantiradi.

3. Tarbiyaviy jarayonda hadislarni qo‘llash usullari hadislar orqali axloqiy

tarbiya berishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin: Tushuntirish va
muhokama – har bir hadis mazmuni o‘quvchilar bilan sodda tilda tahlil qilinadi; rolli
o‘yinlar – hadis mazmuni asosida kichik sahnachalar tashkil etiladi; Rasmlar orqali
tushuntirish – hadisda aytilgan fazilatlar tasvirlar yordamida ko‘rsatiladi; She’r va
hikoyalar bilan bog‘lash – hadis mazmuniga mos xalq og‘zaki ijodi elementlari bilan
integratsiya qilinadi. Axloqiy hikoyalar bilan bog‘lash Har bir hadisga mos axloqiy
hikoyalar, rivoyatlar tanlab o‘qiladi. Bu hikoyalar hadis mazmunini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Tasviriy vositalardan foydalanish boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun rasmlar, chizmalar, komiks uslubidagi ko‘rgazmalar hadislarni
tushunishni osonlashtiradi. Masalan, mehr-oqibat haqida hadisga mos tarzda ota-
onaga yordam berayotgan bola rasmi orqali izohlash mumkin. Interaktiv usullar “Ha-
yo‘q” o‘yini – hadis mazmuniga mos keladigan xatti-harakatlar haqida fikr yuritiladi;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

265

“Qanday bo‘lishi kerak?” savol-javoblari – hadisga zid holat keltiriladi, o‘quvchi
to‘g‘ri yo‘lni topadi.

4. Hadislar asosidagi tarbiya natijalari. Agar boshlang‘ich sinflarda hadislar

asosida axloqiy tarbiya tizimli yo‘lga qo‘yilsa, quyidagi natijalarga erishish mumkin:
O‘quvchilarda ezgulik va halollikka moyillik shakllanadi; Og‘zaki va amaliy
muomala madaniyati rivojlanadi; Ular kattalarga hurmat, kichiklarga mehr bilan
yondashishni o‘rganadilar; Dars jarayonlari ma’naviy jihatdan boyib, bolalar qalbida
ilmga muhabbat, diniy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat kuchayadi; Ular hayotiy
qarorlarni qabul qilishda axloqiy mezonlarga tayana boshlaydilar.

Xulosa:

Imom al-Buxoriy hadislaridagi chuqur ma’no va hayotiy ibratlar orqali

boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axloqiy tarbiya berish – hozirgi davrda dolzarb va
zaruriy vazifadir. Bu nafaqat bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi,
balki ularni ezgulik, rostlik, halollik yo‘liga yetaklaydi. Imom al-Buxoriy merosi – bu
faqat diniy kitob emas, balki axloqiy va ma’naviy komillik maktabidir. Uning
asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda yosh avlod tarbiyasida, xususan,
boshlang‘ich ta;lim tizimida keng qo‘llanishi lozim bo‘lgan bebaho qadriyatlarni o‘z
ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda hadislar orqali axloqiy
tarbiya berish – bu nafaqat diniy-ma’naviy tarbiya, balki, zamonaviy pedagogikaning
talablari asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi muhim
qadamdir. Hadislar insonparvarlik, adolat, halollik, sabr-toqat, mehnatsevarlik, odob-
axloq, hamjihatlik kabi asosiy axloqiy qadriyatlarni singdirish uchun qulay va
samarali vositadir. Ular o‘quvchining yoshi va aqliy salohiyatiga mos bo‘lgan tarzda
tanlanib, didaktik jihatdan qayta ishlansa, bu jarayon nafaqat tarbiyaviy, balki
ta’limiy jihatdan ham boyitiladi. Yuqorida ta’kidlangan metodik yondashuvlar, ya’ni
hadislarni dramatizatsiya qilish, hayotiy misollar bilan boyitish, axloqiy hikoyalar
bilan bog‘lash va tasviriy vositalardan foydalanish — bu hadislarni o‘quvchiga
yanada yaqinlashtiradi, ularning ongida mustahkam joy olishiga xizmat qiladi.
Ayniqsa, hadislar orqali tarbiya bolalar ongida “majburiyat” emas, balki “hayotiy
ehtiyoj” sifatida shakllanishiga olib keladi. Bu esa shaxs tarbiyasida eng muhim
bosqich hisoblanadi. Shuningdek, bu yondashuv orqali boshlang‘ich sinflarda:
Muomala madaniyati yuqori bo‘lgan, hurmat-izzatni biladigan, ezgulikka intiladigan
yosh avlod shakllanadi; Ota-ona, ustoz, yurtga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat
singari tamoyillar mustahkamlanadi; O‘quvchilar diniy va dunyoviy bilimlarni
uyg‘unlashtira oladigan tafakkurga ega bo‘ladilar; Ta’lim jarayoni ma’naviyat va
axloq asosida boyib, bu esa kelajak avlodning yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga
zamin yaratadi. Shu sababli Imom al-Buxoriy merosiga tayanib, hadislarni
boshlang‘ich sinf darslariga integratsiya qilish nafaqat foydali, balki zaruriydir. Bu
boradagi ishlar tizimli tashkil etilsa, ta’lim tizimida sifat va ma’naviyat uyg‘unligiga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

266

erishiladi. Kelajakda sog‘lom, fidoyi, axloqiy jihatdan yetuk jamiyat vakillari voyaga
yetadi — bu esa har qanday islohotning eng katta yutug‘idir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Jo‘rayev, M. Hadis ilmi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2010.
2. To‘xtaxodjayev, N. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlar metodikasi. –

Toshkent: O‘qituvchi, 2017.

3. Qur’on va Hadislar mazmun-mohiyati. (Talimiy va tarbiyaviy jihatlari). –

Toshkent: O‘zbekiston Islom akademiyasi nashriyoti, 2019.

4.Yunusov, S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent:

Fan, 2015.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyatni yuksaltirish bo‘yicha

davlat siyosati to‘g‘risida”gi farmoni. – 2023 yil.

6.Nasriddinov, H. Diniy va ma’naviy tarbiya asoslari. – Buxoro: BuxDU

nashriyoti, 2020.

7.UNESCO. Global Citizenship Education: Preparing learners for the challenges

of the 21st century. – Paris, 2014.

Библиографические ссылки

Jo‘rayev, M. Hadis ilmi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2010.

To‘xtaxodjayev, N. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017.

Qur’on va Hadislar mazmun-mohiyati. (Talimiy va tarbiyaviy jihatlari). – Toshkent: O‘zbekiston Islom akademiyasi nashriyoti, 2019.

Yunusov, S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyatni yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosati to‘g‘risida”gi farmoni. – 2023 yil.

Nasriddinov, H. Diniy va ma’naviy tarbiya asoslari. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2020.

UNESCO. Global Citizenship Education: Preparing learners for the challenges of the 21st century. – Paris, 2014.