International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
290
TIJORAT
BANKLARIDA
KAPITALNING
MONANDLIGIGA
QO‘YILADIGAN
TALABLARNI
TAHLIL
QILISH
Tuxsanov Eldor Dilmurod o‘g‘li
Fan va texnologiyalar universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”
kafedrasi o’qituvchisi
Shodmonova Dilnoza Maxmudjon qizi
Fan va texnologiyalar universiteti 3-bosqich talabasi
Abstract:
Based on the requirements for capital adequacy in commercial banks,
it is important to develop capital requirements in order to increase the financial
stability of banks and develop their resource base, maintain timely and accurate
financial statements, and cover or prevent possible losses in banks in the event of a
financial crisis or crisis. This means that by increasing this requirement, commercial
banks try to increase their own capital, i.e. authorized capital, and commercial banks
direct their annual profits to increase bank capitalization, and as a result, commercial
banks form a stable resource base for issuing loans and leasing. This article presents a
description of research aimed at developing a methodology for transforming capital
adequacy requirements in commercial banks into international standards.
Keywords:
capital reserves, special reserves, intangible assets, reserves created
for standard assets, regulatory capital, Tier I capital, Tier II capital, additional capital.
Annotatsiya:
Tijorat banklarida kapitalning yetarliliga qo‘yiladigan talablar
asosida banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish hamda ularning resurs bazasini
rivojlantirish, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri yuritish hamda banklarda
moliyaviy tanglik yoki inqiroz bo‘lganda ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash yoki oldini
olish maqsadida kapitalga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Bu esa tijorat banklari ushbu talabni oshirishi bilan o‘z kapitalini, ya’ni ustav
kapitalini oshirishga harakat qilishadi hamda tijorat banklari olgan yillik foydasini
bank kapitallashuvini oshirishga yo‘naltirishadi va buning natijasida esa tijorat
banklari kreditlar va lizinglar berish uchun barqaror resurslari bazasini shakllantirib
boradi. Mazkur maqolada tijorat banklarida kapital monandligiga qo‘yiladigan
talablarni xalqaro standartlarga transformasiya qilish metodikasini ishlab chiqishga
qaratilgan tadqiqotlar bayoni keltirilgan.
Kalit so’zlar:
kapital zaxiralar, maxsus zaxiralar, nomoddiy aktivlar, standart
aktivlarga yaratiladigan zaxiralar, regulyativ kapital, I darajali kapital, II darajali
kapital, qo‘shimcha kapital.
Аннотация:
Исходя из требований к достаточности капитала в
коммерческих банках, важно разрабатывать требования к капиталу в целях
повышения финансовой устойчивости банков и развития их ресурсной базы,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
291
ведения своевременной и точной финансовой отчетности, покрытия или
предотвращения возможных потерь банков в случае финансового кризиса или
кризиса. Это означает, что увеличивая данное требование, коммерческие банки
пытаются увеличить собственный капитал, т.е. уставный капитал, а
коммерческие банки направляют свою годовую прибыль на увеличение
капитализации банка, и в результате коммерческие банки формируют
устойчивую ресурсную базу для выдачи кредитов и лизинга. В данной статье
представлено описание исследований, направленных на разработку
методологии трансформации требований к достаточности капитала в
коммерческих банках в международные стандарты.
Ключевые
слова:
резервы
капитала,
специальные
резервы,
нематериальные активы, резервы, созданные для стандартных активов,
нормативный капитал, капитал I уровня, капитал II уровня, дополнительный
капитал.
KIRISH
Mustaqilligimizning dastlabki davrlaridan boshlab mamlakatimiz banklar
tizimida islohotlar olib borish va ularning samaradorligini oshirish mamlakatimiz olib
borayotgan siyosatning ustuvor hamda dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buni
mamlakatimizda hukumat tomonidan qabul qilinayotgan bir qator farmonlar va
qarorlar hamda nizomlarda ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu farmon va qarorlar bank tizimida raqobatbardoshlikni oshirish, ularning
samaradorligini oshirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirish va isloh qilish,
tijorat banklarining mustaqilligini oshirish hamda ularni investitsion loyihalarni
amalga oshirish jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish kichik biznes
subyektlarini hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kreditlash hajmini
oshirish, banklarning omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish,
banklaning samaradorligi hamda likvidliligini oshirish, muammoli kreditlar (NPL)
hajmini qisqartirish, banklar kapitali yetarliligini nazorat qilish hamda tijorat banklari
bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini
shakllantirish va xorij banklari bilan o‘zaro hamkorlikni oshirish va kengaytirish
maqsadida qabul qilingan.
Buning natijasida bugungi kunda Respublikamiz bank tizimi bir qancha xalqaro
talab darajasiga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biridir va ayni vaqtda
belgilangan qator me’yorlar bo‘yicha ham yuqori reyting tizimiga ega va bank
faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech
qanday cheklovlarsiz qoplashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxiralarga
ham ega.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
292
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarorining «Tijorat
banklari kapitalining yetarliligiga qo‘yiladigan talablar» to‘g‘risidagi 2693-sonli
Nizomga muvofiq, «Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar
talablariga asosan tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, ushbu sohaga
xususiy kapitalning o‘rnini oshirish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini
yaxshilash, bank faoliyatini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy
barqarorligini hamda daromadliligi (likvidligi)ni oshirish respublika bank-moliya
tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Ushbu Nizom tijorat banklari kapitalining
yetarliligi (monandligi)ni aniqlashga nisbatan tatbiq etiladi»
69
.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bugungi kunga kelib tijorat banklari
kapitali tarkibi va uni shakllantirishda hamda samarali yuritishda Bazel qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilgan standartlar andoza sifatida foydalanib kelinmoqda. Bazel
qo‘mitasi standartlariga ko‘ra bankning jami kapitali birinchi darajali va ikkinchi
darajali kapital yig‘indisidan, birinchi darajali kapital esa asosiy kapitali hamda
qo‘shimcha kapitaliga ajratilgan, hamda ularning minimum miqdori va tarkiblari ham
alohida ajratilgan. Ushbu xalqaro standartlar birinchi marta 1988-yilda ishlab
chiqilgan va amaliyotda 1993-yildan tadbiq etila boshlangan.
Bank kapitaliga turli davrlarda iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha ta’riflar
berilib kelinadi. Ko‘pchilik adabiyotlarda tijorat banki kapitaliga bank faoliyatini
moliyalashtirishning manbasi, bank operatsion faoliyati davomida kutilmaganda
yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkonini beruvchi o‘ziga xos himoya vositasini
amalga oshiruvchi vosita sifatida yakuniy ta’riflar keltirilgan. Shuningdek,
mamlakatimizda ham Markaziy bank tomonidan Bazel talablari asosida ishlab
chiqilgan Markaziy bank Boshqaruvining 2693-sonli nizomida regulyativ kapitalga
va uning tarkibi haqida quyidagicha ta’rif berilgan: «Regulyativ kapital tarkibiga
xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg‘armalar/zaxiralardan belgilangan
maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va
boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas. Birinchi
darajali kapital birinchi darajali asosiy kapital va birinchi darajali qo‘shimcha
kapitalni o‘z ichiga oladi. Birinchi darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining
60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim»
70
.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tijorat banklari o‘z faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish maqsadida
turli xil tizimli ko‘rsatkichlardan, «Fitch Retying’s», «Moody’s» va «Standard &
69
https://www.lex.uz/uz/docs/-2699536
70
https://www.lex.uz/uz/docs/-2699536#-2701349
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
293
Poor’s» kabi xalqaro reyting agentliklari xizmatlari va bank tizimini
muvofiqlashtiruvchi «Basel Committee», «CAMELS» kabi tashkilotlar tavsiyalaridan
foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuni aytish lozimki, deyarli barcha moliyaviy
holatni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarda yoki baholovchi tashkilotlarning baholash
tizimida asosiy o‘rinida bank kapitali va u bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar turadi.
Bank kapitalining yetarliligini aniqlashga ikki xil usulda yondashish mumkin:
Bazel qo‘mitasi tavsiyasi;
CAMELS - tizimi tavsiyasi.
Bazel kelishuviga asosan kapitalning yetarlilik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar
yordamida ifodalanadi:
1.
1-darajali kapital (asosiy) bilan 2-darajali (qo‘shimcha) kapital o‘rtasidagi
nisbat;
2.
Bank umumiy kapitalining risklilik darajasi bo‘yicha tortilgan aktivlarga
nisbatini belgilaydigan kapital yetarlilik me’yorlari;
Yuqoridagi ko‘rsatilgan yondashuvlardan kelib chiqgan holda bank kapitalining
ikki tomonini ko‘rsatib o‘tish kerak: a) statistik; b) dinamik.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga
ko‘ra: «Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul
mablag‘laridan tashkil topadi. Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy
bank tomonidan belgilanadi»
71
.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari turli mulk shakliga
asoslangan tijorat banklari soni yildan-yilga soni ko‘paymoqda. Mamlakatimizda
tijorat banklarining aksariyati aksiyadorlik banklaridir. Ularning ustav kapitali
ta’sischilar qo‘shgan mablag‘lardan tashkil topgan. Bankning ustav kapitali bank
faoliyati boshlang‘ich bosqichida ko‘plab xarajatlar amalga oshirilayotganda
nihoyatda zarur mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda ham, bankning
operatsiyalarini amalga oshirishda, bankning o‘z kapitali ahamiyatli hisoblanadi.
Bankning o‘z kapitali hisobiga yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli
xildagi zaxiralar tashkil qilinadi. Xorijiy davlatlarda garchi bank operatsiyalarini
kengaytirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar manbasi bank foydasi
bo‘lsada, ba’zan yangi aksiyalarni va uzoq muddatli zayomlarni muomalaga
chiqarish orqali yirik strukturaviy xarakterdagi (bo‘limlarni kengaytirish va qo‘shib
yuborish kabi) tadbirlar amalga oshiriladi.
Bank kapitalining o‘sib borishi banklarni bozor iqtisodiyotining yetakchi
subyekti sifatida faoliyat olib borishga olib kelmoqda.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida banklarning likvidliligini oshirish,
zararlarni o‘z vaqtida qoplay olish hamda mijozlari orasida ishonchliligini
71
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.11.2019 yildagi O‘RQ-580-son
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
294
mustahkamlash uchun Markaziy bank tomonidan tijorat banklarda ustav kapitalning
minimal miqdori o‘rnatiladi.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilgan standartlar va bugungi kunda uning takomillashtirilgan
varianti bo‘lgan Bazel IIda tijorat banklari kapitali tarkibini shakllantirishga bevosita
ta’sir qiluvchi talablar mavjud. Tijorat banklari kapitalini samarali yuritish ko‘pqirrali
jarayonlardan biri bo‘lib, ushbu jarayonda asosiy e’tibor kapitalning tarkibiga
qaratiladi. Chunki bank kapitalini samarali yuritish asosiy jihatlaridan biri bo‘lib,
bank kapitalining tarkibi va dinamikasi hisoblanadi. Yuqorida bank kapitalini tarkibi
hamda uni samarali boshqarishni ko‘rib chiqdik, endi bank kapitalini boshqarishning
obyektlaridan kelib chiqqan holda uning bank faoliyatiga ta’sirini ko‘rib chiqish
uchun quyidagi rasmdan ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm. Tijorat banklarining kapitalini samarali yuritishda amalga
oshirishning asosiy obyektlari
72
.
Yuqoridagi rasmdan bank kapitalini samarali yuritishning obyektiv asoslari
keltirilgan. Bunda tijorat banklarining kapitalini barqaror darajasini ta’minlash bank
kapitalini tarkibi va ularga qo‘yiladigan minimum talablarning asosiy jihatlaridan biri
hisoblanadi.
Bu
yerda
asosiy
e’tibor
tijorat
banklarining
kapitalini
shakllantirilishidagi barqaror manbalarga e’tibor qaratiladi. Tahlil natijalaridan shuni
ko‘rdikki, tijorat banklari kapitali tarkibida barqaror manbalar sifatida ularning ustav
kapitalini, qo‘shilgan kapital hamda o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi
hisobiga shakllanadi. Chunki banklarning ustav kapitali bank o‘z asosiy faoliyatini
boshlashi bilan shakllantirilib boriladi va bank faoliyati tugatilgunga qadar hisobda
turadi yoki ko‘paytirib boriladi. Xalqaro banklar amaliyotida ustav kapitali asosiy va
barqaror manba hisoblanadi. Respublikamiz banklarida ham ustav kapitaliga nisbatan
asosiy va barqaror element sifatida qaraladi.
Tijorat banklarining o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydasi real mablag‘lar
hisobidan shakllantirilib faqatgina bank aksiyadorlari yig‘ilishining qarori asosida
ma’lum bir maqsadlaruchun yo‘naltirilishi mumkin.
72
Ablullaeva Sh.Z., Omonov A.A. Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish.-T.:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
Bank kapitalini samarali yuritishning asosiy obyektlari
Banklar ustav
kapitalning
barqaror darajasini
ta’minlash
Bank umumiy
kapitalining
yetarliligini
ta’minlash
Bank kapitalidan
samarali
foydalanishni
ta’minlash
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
295
XULOSA
Tadqiqot
ishini
bajarish
natijasida
quyidagi
xulosalarni
shakllantirdik:
Respublika bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 17,4 foizni tashkil qilib,
qabul qilingan xalqaro me’yorga nisbatan 4,4%ga yoki 1,34 barobar yuqori.
Banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega, eng barqaror manba sifatida e’tirof
etladigan elementi bank kapitali ekanligini bilib oldik. Tijorat banki kapitali – bu
bank faoliyatini moliyalashtirish uchun barqaror manba bo‘lib xizmat qilishi,
bankning operatsion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan yo‘qotishlarni
qoplash uchun o‘ziga xos himoya vositasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik.-T.: “Iqtisod-Moliya”,
2018y.
2.
Abdullayeva Sh., Omonov A. «Tijorat banklari kapitali va uni
boshqarish» –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006 yil.
3.
Abdullayeva Sh., Karimov F., Navro‘zova K., Ortiqov U. «Bank
resurslari va ularni shakllantirish asoslari». O‘quv qo‘llanma. 1-kitob T.:TMI, 2006
yil.
4.
Abdullayeva Sh., Karimov F. va.b «Tijorat banklari moliyaviy
resurslarini boshqarish». O‘quv qo‘llanma. 2-kitob T.: TMI, 2015 yil.
5.
Abdullayeva Sh. «Bank ishi». Darslik.– “IQTISOD-MOLIYА”, 2017
Toshkent.
6.
Bobokulov T., Yusupov A. Tijorat banklari kapitali yetarliligini
ta’minlash. // Bozor, Pul va Kredit. №10, 2014 yil.
7.
http//www.cbu.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
rasmiy sayti)
8.
http//www.stat.uz - (O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasining
rasmiy sayti)
