International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
36
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA BO‘LAJAK
TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Bozorova Adiba Xudayarovna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Yunusobod tumani 30-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
zamonaviy
ta'lim
tizimida
bo‘lajak
tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tarbiyachilar bolalar bilan ishlash jarayonida nafaqat pedagogik bilimlariga, balki
kommunikatsiya va albatta ijodiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi.
Zamonaviy metod va yondashuvlar asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirishda innovatsion metodlar, axborot texnologiyalaridan
foydalanish, va pedagogik tajribalarini integratsiyalash orqali malakali mutaxassislar
oshib boradi. Shu tarzda, zamonaviy yondashuvlar bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirishda katta ro‘l o‘ynaydi va bu, o'z navbatida, ta'lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarbiyachilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish
va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni o‘zlashtirish kerak bo‘ladi. Tarbiyachilar kasbiy malakasini oshirish
kurslari va seminarlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiqdir.
Kalit so‘zlar:
Interaktiv metodalr,
mustaqil fikrlash, psixologik ko‘nikmalar,
tarbiyachi, kasbiy malaka oshirish, integratsiya, zamonaviy yondashuvlar, axborot
texnologiyalari.
Abstract
: In this article, the issue of developing the professional competence of
future teachers in the modern education system was considered.
In the process of
working with children, educators need to acquire not only pedagogical knowledge,
but also communication and, of course, creative skills. Based on modern methods and
approaches, qualified specialists will increase by integrating innovative methods,
information technologies, and pedagogical experiences in the development of
professional competence of future educators. In this way, modern approaches play a
major role in the development of future educators' professional competence, which, in
turn, improves the quality of education. It is also necessary to master modern
pedagogical technologies to develop educators' ability to think independently,
analyze and make decisions. It is desirable for educators to conduct professional
development courses and seminars.
Key words:
Interactive methods, independent thinking, psychological skills,
educator, professional development, integration, modern approaches, information
technology.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
37
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimida qilgan
nutqida: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuqori intellektual va ma'naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qanday sohada
orqada qolmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz
va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz,” deb ta'kidladi.
Ushbu fikrda yoshlarning barkamol rivojlanishi, ularning intellektual va ma'naviy
jihatdan shakllanishi jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Ta'lim muassasalarida aynan shu nuqtai-nazar bilan yondashilib, barkamol shaxslar,
innovatsion kasbiy va shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatdagi ta'lim tizimining muvaffaqiyatli
natijalarini keltirib chiqaradi. Yillarning so‘ngida mamlakatimizda ta’lim tizimi
rivojlanib bormoqda va albatta pedagog kadrlarni professional tarzda tayyorlab,
malaka oshirish uchun har xil sharoitlar yaratib berilmoqda. Nafaqat mamlakat, ba’lki
dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, chuqur bilimga ega, mehnat bozorida
salohiyatli va raqobatbardosh bo‘lgan bo‘lajak pedagoglarni innovatsion kasbiy
faoliyatga tayyorlashni yanada takomillashtirish, o‘qitish sifatini va samaradorligini
oshirish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ilmiy savodxonlikni oshirishga
alohida e'tibor qaratilmoqda. Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy kompetentligini yanada
oshirish maqsaqi tarbiyachilar uchun doimiy va uzluksiz ravishda ta’lim tizimidagi
ilmiy yangiliklar va innovatsiyalar haqida ma’lumotlar va albatta tarbiyachilar bilim
va ilmlarini mustahkamlash maqsadida interaktiv metodlar, muommoli vazifalar va
ilg‘or pedagogik texnologiyalrni o‘rgatib ular haqida ko‘proq ma’lumotlar berish
kerak
bo‘ladi.
Shu
bilan
birga
tarbiyachilarga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanishni,
hamda
onlayn
ta’lim platformalaridan
foydalanishni va elektron resurslar, virtual ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish
maqsadga muvofiq bo‘ladi albatta. Tarbiyachilar va bolalarning orasidagi muloqot,
ota-onalar bilan aloqa, tarbiyachilarning psixologik holati, bolalar bilan ishlashda
zarur bo‘lgan emotsional intellektni oshirish kabi muhim bo‘lgan narsalar yanada
ko‘proq o‘rganilib amaliyotga singib bormoqda. Ta’lim tizimida yana bir ulkan
qadam, ta’lim tizimlaridagi xalqaro standartlarini o‘rganib, o‘qitish metodlarini
global tajribalar bilan moslashtirish bo‘lmoqda. Zamonaviy yondashuvlar deganida
albatta birinchi bo‘lib raqamli texnologiyalar ko‘z oldimizga keladi. Bo‘lajak
tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni
qo‘llash o‘qitish jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish imkonini beradi va
raqamli texnologiyalar yordami bilan tarbiyachilarning metodik va pedagogik
ko‘nikmalarini oshirishda yordam beradi. Ta'lim jarayonini o‘zgartirish va yangilash
uchun gamifikatsiya
metodlarini qo‘llash. Bu orqali tarbiyachilar o'qish jarayonida
1
Gamifikatsiya - bu o’yin mexanikasini ishtirok etishini oshirish uchun veb-sayt va onlayn ta`limni boshqarish tizimi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
38
o'yin texnologiyalarini qo'llab, bolalarning faol ishtirokini ta’minlaydilar. MTTlarda
raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi yangilik emas albatta, lekin ushbu metodlar
orqali ta’lim tizimi unumdorligi sezilarli daraja oshadi. Bo‘lajak pedagoglarni kasbiy
faolligini oshirish daoimiy ravishda diqqat markazida bo‘lgan va ushbu savolga javob
topish uchun juda ham ko‘p metodlar qo‘llanilgan. Bu metodlar har bir tarbiyachi
uchun o‘z kreativligidan kelib chiqqan holda individual ishlab chiqariladi.
Tarbiyachilarning kreativligi ularning bolaga bo‘lgan yondashuvi va ta’lim jarayonini
qanday o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
qiziqarli o‘yinlar va ertaklar orqali o‘tilgan va o‘rgatilgan ma’lumotlar samarali
hisoblanadi. Albatta tarbiyachilar o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib kolmaydi. Ular o‘z
ustidan uzluksiz va to‘xtovsiz ishlashlari kerak bo‘ladi. Bu qobilyatni yangiliklarga
intilish, zamon talablari va texnologiyalar bilan birga qadam tashlash, muntazam
ravishda harakatlar orqali shakillantiriladi. Tarbiyachi qanchalik kreativ bo‘lib har bir
darsga individual yondashsa dars bolalar uchun shunchalik qiziq va zavqli o‘tadi.
Tarbiyachining kreativligini ko‘rib bola ruhlanadi va kundan kunga bola ham kreativ
fikr yuritishni, shu orqali mustaqil bo‘lishni, ilmi va bilimi oshishiga katta bir qadam
bo‘lib hizmat qiladi. Hozirda MTTlarda eng muhim metodlardan biri ham kreativ
o‘yinlar bilan ta’lim tizimiga yondashuv hisoblanmoqda. Shu bilan birga, bolaning
rivojlanishi uchun o‘yinning ahamiyati deyarli barcha mutaxassislar tomonidan
e’tirof etilgan. Turli mamlakatlardan kelgan ko'pchilik o'qituvchilar, pediatrlar va
neyrofiziologlar o'yin bolaning rivojlanishida asosiy, muhim ro‘l o'ynashini
isbotladilar. Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy yangi shakllarini shakllantirish
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan o'yin faoliyati ekanligi isbotlangan:
ixtiyoriy xulq-atvor, ijodiy tasavvur, o'z-o'zini anglash va boshqalar. Aynan o'yin
maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot mazmuni; unda shaxslik munosabatlar va
bolalarning kommunikativ qobiliyatlari shakllanadi. Biroq, bu umumiy qabul
qilingan dalillarga qaramasdan, o'yin maktabgacha ta'lim tizimidan tobora ko'proq
rivojlanmoqda. Bolani to‘g‘ri yo‘lda yo‘naltirish esa albatta tarbiyachilarning
zimmasidadir. Tarbiyachilar o‘zlarida mavjud bilimlar bilan to‘xtab qolmasdan,
doimiy ravishda yangi ilm va bilimlarga chanqoq bo‘lishlari zarur. Zamonaviy
metodlar va innovatsiyalarni o‘zlashtirish, interfaol metodlar va raqamli
texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishiga
yordam beradi. Tarbiyachilar tomonidan yagona qo‘yilgan talab bo‘lsa, yangi
bilimlarga chanqoq bo‘lishlari, innovatsiyalarga ochiq bo‘lishlari va albatta kasbiy
malakalarini doimiy ravishda oshirish istagidir. Bu esa nafaqat tarbiyachilarning
o‘zini rivojlanishiga, ba’lki ta’lim tizimi sezilarli darajada oshirishda ham xizmat
qiladi. Innovatsion pedagogik metodlarni o‘zlashtirish, masalan, interfaol metodlar,
guruhli ishlash, kreativ yondashuvlar va bolalar bilan samarali muloqot qilish,
va xodimlar ning o’zaro fikr almashishlari, o’zaro aloqalarni rag’batlantirishdir.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
39
tarbiyachilarga o‘z kasbiy faoliyatlarini yuqori darajaga ko‘taradi. Shuningdek,
raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ta'lim jarayonini yanada interaktiv va
qiziqarli darajaga olib chiqish mumkin bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar hozirgi kunda
hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurdi va ulardan to‘g‘ri foydalanish nafaqat
ta’lim samaradorligini oshiradi, ba’lki bolalar bilan ishlash uchun juda ham ko‘p
imkoniyatlar yaratib beradi. Raqamli kompetentlikni rivojlantirish zamonaviy ta'lim
tizimini juda muhim qismi hisoblanadi va tarbiyachilarni raqamli texnologiyalarni
samarali va maqsadli tarzda qo‘llash qobiliyatini oshirishga qaratilgan jarayondir.
Raqamli kompetentlik o‘z ichiga samarali va xavfsiz ishlatish, raqamli ma'lumotlarni
tahlil qilish, yaratish, almashish va ularni boshqarishni o‘zlashtirishni oladi. Bu
kompetentlik har bir sohada, jumladan ta'lim va pedagogik jarayonda ham, muhim
ahamiyatga ega. Interaktiv darslar, video materiallar, onlayn testlar va boshqa raqamli
resurslar orqali tarbiyachilar bolalar bilan yangicha usullar bilan muloqotda bo‘lishi
mumkin. Bu tarbiyachilarga o‘z kasbiy ko‘nikmalarini kengaytirish va bolalarning
o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish imkonini beradi. Natijada, tarbiyachilar
doimo o‘zlarini rivojlantirishga intilishlari, yangi bilimlarni o‘rganish va qo‘llash
orqali nafaqat o‘z kasbiy muvaffaqiyatlarini, balki ta'lim tizimining umumiy sifatini
ham oshiradilar. Yangi bilimlarga chanqoq bo‘lish, bu zamonaviy ta'limning
poydevori bo‘lib, bolalar ta'limining sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Shu
bilan birga ta’limda integratsiyalashgan yondashuv, pedagogik tadqiqotlar va ilmiy
faoliyati, kognitiv rivojlanish yondashuvi, xalqaro tajriba va metodlar o‘rganish,
pedagogik coaching, reflektiv yondashuvlar kabi zamonaviy yondashuvlar bilan
tarbiyachilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish mumkin. Xulosa qilib shuni
aytish kerakki, bo‘lajak tarbiyachilarimizning kasbiy kompetentligini oshirishda
interaktiv darslar, kreativ fikrlashni rivojlantirish va albatta tajriba almashishi muhim
o‘rin egallaydi. Zamonaviy metodlar va pedagogik texnologiyalar yordamida
tarbiyachilar o‘z pedagogik yondashuvlarini rivojlantirish, bolalar bilan ishlashda
yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ularni
doimiy zamonaviy bilimlar bilan tanishtirish orqali kasbiy o‘sishga rag‘batlantirish
kerak. Bu, o‘z navbatida, ta'lim sifatini yaxshilashga va bolalar ta'limini yangi
shakllarda rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarbiyachilar uchun ijodiy
fikralshlarini rivojlantirishlari, mustaqil qarorlar qabul qilishlari, amaliyotga yangi
yondashuvlar olib kiradi. Bu metodlar orqali tarbiyachilar nafaqat o‘zlari o‘qitish
usullarini o‘rganadilar, ba’lki o‘zlarining pedagogik yondashuvlarini qayta ko‘rib
yangi metodlar o‘ylab chiqadilar. Yana bir ustunlik, o‘zaro tajriba almashib, seminar
va treninglarda qatnashgan holda, o‘zlarinign bilim va tajribalarini boshqalar bilan
bo‘lishish imkoniyatini yaratadilar. Bu, pedagogik hamjamiyatning o‘zaro aloqalarini
kuchaytirib, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini oshirish, ta'lim tizimini
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
40
modernizatsiya qilish va bolalar ta'limining sifatini yaxshilash orqali jamiyatning
barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Sh.M. Mirziyоyеv О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti “О‘zbеkistоn”
nаshriyоti, 2016 y
2.
