International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
204
SANOAT KORXONALARI FAOLIYATINI INNOVATSIYALAR ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH
Salomova Sarvinoz Salimovna
Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti
Annotatsiya:
Maqolada sanoat korxonalari faoliyatida innovatsiyalar va
ularning ahamiyati, innovatsiyalarni qo‘llashda mablag‘larning holati tahlili
keltirilgan. Xususan neft va gaz sanoatining hozirgi holati va uni rivojlantirish
maqsadida investitsiyalarni yillar davomida jalb qilish dinamikasi keltirilib, tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiyalar, investitsiyalar, neft va gaz, dinamikasi, jalb
qilingan, mahalliy investitsiyalar,xorijiy investitsiyalar, gaz kimyo majmuasi.
Annotation:
The article presents an analysis of innovations and their
importance in the activities of industrial enterprises, the state of funds for the
application of innovations. In particular, the current state of the oil and gas industry
and the dynamics of attracting investments for its development over the years are
presented and analyzed.
Keywords:
innovations, investments, oil and gas, dynamics, attracted, local
investments, foreign investments, gas chemical complex.
XX asr oxirida rivojlangan davlatlar sanoat korxonalarida “Sanoat 4.0” inqilobi
bo‘yicha yondashuvlar va prinsiplar sezilarli darajada o‘zgardi. Mamlakatlarda sanoat
korxonalarining texnik holati, mexanizmlari va inson omilining aralashuvi kamayishi
boshlandi. Sanoat korxonalaridagi innovatsiyalar aosida takomillashtirish bo‘yicha
Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Xindiston va Erondagi muvaffaqiyatli xalqaro
tajribalar o‘rganib chiqildi. O‘tgan yillar mobaynida innovatsiyalardagi o‘sish va
ularning hayotimizga ta’siri sezilarli darajada o‘zgardi. Neft-gaz tarmog‘i
kompaniyalari faoliyatiga talab ortishi natijasida birinchi o‘ringa chiqadi va
iqtisodiyotni innovatsion resurs bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan o‘sish nuqtalariga
aylandi.
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalar tomonidan innovatsiyalarga
yo‘naltirilgan investitsiyalar YAIMning 0,12% ini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich
rivojlangan mamlakatlarda 5-7% ni tashkil etadi. Osiyo mamlakatlari ichida Xitoyda
innovatsiyalarning ulushi 2020 yilda mamlakat YAIM ga nisbatan 30 foizni tashkil
etgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2020 yil 6 fevralda
neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib
olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan
64
64
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
205
yig‘ilish o‘tkazdi.“Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya
manbai, ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo etkazib beradigan muhim sohadir. SHu
bois neft-gaz, energetika, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar,
raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
So‘ngi yillarda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi
takomillashtirilib borilmoqda. Uning tarkibida bo‘lgan “O‘ztransgaz” va
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil
etildi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 18 noyabrdagi “Neft va gaz geologiya-qidiruv
ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi
zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan
edi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan investitsiyalarni yangi qurilish ob’ektlariga jalb
qilish jadvalining taxlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yilda yangi qurilish ob’ektlariga
investitsiyalarni jalb qilish 2019 yilga nisbatan 3,2 % ga, 2015 yilga nisbatan esa
qariyb 1,8 barobarga ko‘proq ko‘rsatkich qayd etilgan. SHu jumladan xususiy
mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni jalb qilish 2017 yilda 96,9 mln.doll.ga teng
bo‘lgan xolda eng past natijaga erishilgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich ancha
yaxshilangan va 311,98 mln.doll.ga etkazilgan. 2020 yilda pandemiya oqibatlari
o‘laroq xususiy mablag‘larni jalb qilish 2019 yilga nisbatan 8,6 %ga ortgan va 220
mln. dollarga teng bo‘lib, 2018 yilga qaraganda qariyb 29,5% ga pasayish kuzatilgan.
2020 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot
Jamg‘armasi hisobiga 200 mln.doll.ga teng bo‘lib, 2019 yilga nisbatan qariyb 1,7
barobarga ko‘proq bo‘lgan hamda so‘nggi 6 yilda eng katta hajmda investitsiya
mablag‘larini aynan shu yo‘nalishga qaratilgan.
1-jadval
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan investitsiyalarni modernizatsiya va
rekonstruksiya ishlariga jalb qilish dinamikasi (mln.doll)
Yillar
2015
2016
2017
2018
2019
2020
Jami, shu jumladan
moliyalashtirish manbalari
bo‘yicha
623,28 849,90 654,57 847,03 607,07 378,02
Xususiy mablag‘lar
404,73 493,08 333,67 362,53 199,67 123,57
Xorijiy investitsiyalar va
kreditlar
7,60
8,77
124,70 135,40 200,10 112,50
Tijorat banklarning
kreditlari
41,98 237,54 40,00 214,70 58,50 101,95
65
“Ўзбекнефтгаз” АЖ маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
206
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan investitsiyalarni modernizatsiya va
rekonstruksiya ishlariga jalb qilish jadvaliga ko‘ra 2020 yilda ob’ektlarni ta’mirlash
bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish keskin pasaygan. Unga ko‘ra 2020
yilda 2019 yilga nisbatan 37,8 %ga, 2018 yilga nisbatan 55,4 %ga, 2017 yilga
nisbatan 42,3%ga, 2016 yilga nisbatan 55,6%ga hamda 2015 yilga nisbatan 39,4%ga
investitsiyalarni jalb qilish kamayganligini ko‘rish mumkin. Bunda 2020 yil yakuniga
ko‘ra xususiy mablag‘lar hisobiga 123,57 mln.doll., O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va Taraqqiyot Jamg‘armasi hisobiga 40 mln.doll., xorijiy investitsiyalar va
kreditlar hisobiga 112,5 mln.doll., tijorat banklarining kreditlari hisobiga 101,95
mln.dollarga teng bo‘lgan. SHunga qaramay yagona ijobiy ko‘rsatkich tijorat
banklarining kreditlari hisobiga to‘g‘ri kelgan xolda 2020 yilda 2019 yilga nisbatan
qariyb 1,75 barobarga ko‘proq bo‘lgan, lekin 2018 yilga qaraganda deyarli 52,5 %ga
pastlagan
Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari etarli emasligi, gaz etkazib berishda
yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Aholining
suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan
aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha
3 ta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi.
Ana shunday o‘zgarishlar amalga oshirilsa, yalpi ichki maxsulot, uning tarkibida
sanoatning ulushi tobora ortib boradi. Mamlakatimizda neft-gaz sanoatini
modernizatsiyalash ishlari yil sayin kengaytirilayotgani bejiz emas, albatta. CHunki
texnologik yangilanishlar jahon tendensiyasi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
YA’ni dunyo energetika hamjamiyatining xulosasiga ko‘ra, hozirgi paytda
energiya resurslari orasida tabiiy gaz iste’moli etakchi o‘ringa chiqib oldi. 1991
yildan 2001 yilgacha bo‘lgan davrda tabiiy gaz iste’moli 400 milliard kub metr ortib,
yiliga o‘rtacha 2,4 trillion kub metrni tashkil etgani, 2030 yilga borib, gazning dunyo
energetikasidagi ulushi yana ikki barobar oshishi kutilayotgani buning yaqqol
dalilidir. SHu ma’noda, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda Muborak gazni qayta
ishlash zavodi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi O‘zbekistonimizning
dunyo bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlaydi
Bugungi kunda sohada diversifikatsiyalash evaziga xavfsiz, ekologik toza
yonilg‘i-suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bunday
mahsulot tayyorlashning asosiy texnologik jarayonlaridan biri, bu-tabiiy gazni
oltingugurt va uning birikmalaridan tozalashdir. Oltingugurtdan esa, o‘z navbatida,
turli sanoat hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kimyoviy mahsulotlar
tayyorlanadi. SHuningdek, “O‘zbekneftgaz”: “SHo‘rtan” bosh inshootidagi qurilmani
modernizatsiya qilish orqali yiliga 20,0 mlrd kub metr tabiiy gazni sifatli tozalashga
erishiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 28 dekabrda qabul
66
Ўзбекистон Республикасини 2030 йилгача комплекс ривожлантириш концепцияси
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
207
qilingan
“O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan
investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “SHo‘rtan bosh inshoatlarida gazni seolit bilan
tozalash qurilmasini modernizatsiya qilish” bo‘yicha qiymati 15,25 mln dollarlik
investitsiya loyihasini amalga oshirilmoqda
Loyixa doirasida mavjud Seolit bilan tozalash qurilmasining uskunalarini
modernizatsiya qilish orqali yiliga 20,0 mlrd kub metr tabiiy gazni suyuqlik va
vodorod sulfididan tozalash va uning sifatini oshirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «SHo‘rtan gaz-
kimyo kompleksining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab
chiqarish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15
oktyabrdagi «SHo‘rtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan negizida suyuq
sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-1206-son hamda 2011 yil 19 sentyabrdagi «SHo‘rtan gaz-kimyo
kompleksining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish»
loyihasini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1618-
son qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha «Uzbekistan GTL» MCHJ va «Sasol
Technology (Pty) Ltd.» (JAR) kompaniyasi o‘rtasida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab
chiqarish uchun SASOL SPD
tm
tomonidan litsenziyalangan texnologiyalar taqdim
etilishi, suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishni loyihalashtirish va qurish,
litsenziyalangan uskunalarni tayyorlash jarayonida muhandislik xizmatlarini
ko‘rsatish, hamda qo‘llaniladigan texnologiyalarning unumdorligiga kafolat berish
bo‘yicha bitimlar imzolanganligi, umumiy qiymati 3 733 mln AQSH dollariga teng
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqarilganligi va belgilangan
tartibda ekspertizadan o‘tkazilganligi, «Sasol Synfuels International Netherlands
Cooperatief U.A.» (Niderlandiya) va «Petronas International CorporationLtd.»
(Malayziya) kompaniyalari investitsiya loyihasini bekor qilish va bunda chiqish
to‘g‘risida investitsiya shartnomasi ishtirokchilarini xabardor qilganligi mazkur
qarorda ko‘rsatib o‘tilgan
«Uzbekistan GTL» texnologiyasi asoslangan mega loyihalar dunyoda sanoqli.
Ularning biri Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan yana biri Negeriya davlatida
va yana bittasi Qatarda. Demak, O‘zbekistonda barpo etilayotgan GTL zavodi
to‘rtinchisi hisoblandi.
E’tibor beradigan bo‘lsak, aynan gazni qayta ishlash bo‘yicha loyiha dunyodagi
eng yirigi hisoblanadi. So
atiga 290 tonna, yiliga 3,6 mlrd m3 metan gazni chuqur
67
https://www.ung.uz/press/page/9428-3949
68
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёев., 2016 йил 29 декабрдаги ПҚ-2706-сон қарори
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
208
qayta ishlash quvvatiga ega. Birgina qiyos, Qatardagi GTL texnologiyasi asosida
faoliyat ko‘rsatuvchi GTL zavodida bir yilda 1,2 mln tonna suyuq sintetik yonilg‘i
ishlab chiqariladi yoki Nigeriyadagi GTL zavodi 1,3 mln tonna yonilg‘i ishlab
chiqarish quvvatiga ega. O‘zbekistondagi bu zavod ishga tushgandan so‘ng bu
ko‘rsatkich 1,5 mln tonnaga etadi.
Eng muhimi zavodning ishga tushirilishi xisobiga yiliga 1 mlrd dollargacha neft
xomashyosi uchun kerak bo‘ladigan valyutalar iqtisod qilinadi.
Umumiy
qiymati 3,6 mlrd dollardan ziyodni tashkil etadigan bu zavod o‘z miqyosiga ko‘ra
nafaqat O‘zbekistonda balki butun mintaqadagi yirik investitsion loyihalardan biri
hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining oldida uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmini
jiddiy oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish, bular
bilan ichki bozorni ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish
uchun neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha texnologik jarayonlarni chuqurlashtirish,
import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish va eksport bozorlariga chiqish,
neft-gaz sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratish kabi dolzarb vazifalar turganligini alohida qayd etishimiz
mumkin.
Mazkur “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida rivojlanishning
yana bir yo‘nalishi yuqori tezlikdagi piroliz texnologiyasi asosida yonuvchi
slanetsdan sintetik neftni ishlab chiqarish jarayonidir.
SHuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2015-2019 yillar davomida jami
54 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa mamlakatda
xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishga alohida e’tibor ko‘rsatilganligini aytishimiz
mumkin. Eng muhimi investitsion loyihalar qatorida "Gazprom" va "Lukoyl"
(Rossiya), "CNODC" (Xitoy), "Petrovetnam" (Vetnam), "KNOC" (Janubiy Koreya
Respublikasi), "SASOL" (Janubiy Afrika Respublikasi), Orol loyihasi bo‘yicha
kompaniyalar Konsorsiumi va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga
oshirilayotgan loyihalarni alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan investitsiyalarni boshqa yo‘nalishlardagi
ob’ektlarga jalb qilish dinamikasiga ko‘ra ushbu yo‘nalish bo‘yicha jami korxonaga
2020 yilda kiritilgan investitsiyalarning 22,8% ga teng bo‘lgan. YA’ni 2020 yilda
boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar uchun 1190,62 mln.doll. jalb qilingan. SHu
jumladan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha xususiy mablag‘lar salmog‘i 2020
yilda 84 %ni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot
Jamg‘armasi hisobiga 6 yil mobaynida 10,6 mln.doll. bu albatta juda past ko‘rsatkich
hisoblanadi. SHu bilan birga xorijiy investitsiyalar va kreditlar tomonidan 2020 yilda
190 mln.doll investitsiya jalb qilinib, 2015-2020 yillar oralig‘ida 1239,52 mln.doll.ni
tashkil qilgan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, 2015-2020 yillar davomida aynan
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
209
ushbu yo‘nalishga 7369,62 mln.doll. jalb qilingan bo‘lsada, jamiyat uchun foyda
keltirgan bo‘lsada, bu neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish uchun xizmat qilmaydigan,
ixtisoslik nuqtai nazaridan butunlay boshqa yo‘nalishdagi loyihalar hisoblanadi.
2 -jadval
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2015-2020 yillarda jalb qilingan
investitsiyalar hajmi, (mln.doll)
Yillar
2015
2016
2017
2018
2019
2020
Jami, shu jumladan
moliyalashtirish
manbalari bo‘yicha
3741,40
3809,64
4135,19
5727,60
5386,92
5213,64
Xususiy mablag‘lar
1530,35
1718,21
1444,87
1684,71
1412,15
1343,88
FRRU (O‘zTTJ)
mablag‘lari
279,66
152,10
211,20
249,40
268,80
240,00
Xorijiy investitsiyalar
va kreditlar
1876,94
1680,07
2412,94
3541,40
3589,34
3302,50
Tijorat bank
kreditlari
54,45
259,26
66,18
252,10
116,63
127,26
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2015-2020 yillar davomida umumiy jalb
qilingan investitsiyalar hajmi 28014,39 mln.doll.ni tashkil etgan. Jahonda
koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay 2019-2020 yillarda investitsiyalarni jalb
qilish ko‘rsatkich sezilarli darajada pasayib ketmagan. Xususan xorijiy investitsiyalar
va kreditlarni jalb qilish ko‘rsatkichi 2020 yilda 3302,5 mln.dollarga teng bo‘lib,
2017 yilga nisbatan 36,9%ga ortgan, lekin 2019 yilga nisbatan 8%ga pastlagan.
Tijorat banklarining kreditlari 2020 yilda 127,26 mln.dollarni tashkil qilib, 2019
yilga qaraganda 9,1%ga ko‘tarilish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Lekin pandemiya
korxonaning xususiy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan investitsiyalar
hajmiga o‘z ta’siri o‘tkazgan. 2020 yildagi natijalar 2016 yildagi ko‘rsatkichlarga
nisbatan 21,8%ga pastroq bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, sohani rivojlanishi uchun uzoq muddatli,
birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay
ijtimoiy va investitsiya muhitini shakllantirilishini tashkil etish lozim.
Xulosa o‘rnida aytganda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida neft-gaz sanoatini -
modernizatsiya qilish bo‘yicha boy tajriba to‘pladi. Bu esa xorijiy kompaniyalarda
katta qiziqish uyg‘otib, sohaga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yirik loyihalarni
amalga oshirishga katta turtki bo‘layapti. Natijada jahon neft-gaz jabhasida yuz
berayotgan murakkab vaziyatga qaramasdan, yurtimiz uglevodorodlar bozorida
egallab turgan mavqeini tobora mustahkamlab, eksport hajmini yil sayin ko‘paytirib
bormoqda.
69
“Ўзбекнефтгаз” АЖ маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
210
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Blaug M. Economic Theory of Space Utilization and the Classical
Theory of Production Location Archived 2022-01-21 at the Wayback Machine //
Economic Thought in Retrospect. — Moscow: Delo, 1994. — P. 568-585. — ISBN
5-86461-151-4
2.
Salomova, S. (2023). Ways to use intellectual platforms in the Republic
of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 384, p. 01060). EDP Sciences.
3.
Lazarev I.A., Khizha G.S., Lazarev K.I. New information economy and
network development mechanisms. – M.: Publishing and trading corporation
“Dashkov and Co”, 2006. p. 187.
4.
Salomova, S. S. (2022). Effective corporate management in joint stock
companiesimplementation mechanisms. Asian Journal of Multidimensional Research,
11(5), 312-315.
5.
Саломова, С. (2023). Пути использования интеллектуальных
платформ в Республике Узбекистан. В E3S Web of Conferences (т. 384, с. 01060).
EDP Sciences.
6.
Саломова, С. С. (2021). Саноат корхоналарини интеллектуал
платформа асосида самарали ривожлантириш. Оҳангаронцемент” АЖ
мисолида)”, Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (phd) диссертацияси
автореферати Тошкент.
7.
Саломова, С. (2022). Ўзбекистон Республикасида интеллектуальный
платформалардан
фойдаланиш
йўллари:
https://doi.
org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a32. Иктисодийот ва талим, 23 (3), 214–219.
8.
Саломова, С. С. (2022). Способы использования интеллектуальных
платформ в республике узбекистан. In Потребительская кооперация: теория,
проблемы и опыт (pp. 89-94).
9.
Саломова, С. С., & Зияева, Д. (2018). Диверсификации деятельности
промышленных предприятий: основные результаты производства товаров
легкой промышленности. Интернаука, (20-1), 92-94.
10.
Саломова, С. С. (2017). Expenditures of the state budget of the
Republic of Uzbekistan. Молодой ученый, (11), 253-255.
11.
Курбанова, Д. А., & Саломова, С. С. (2017). Становление и развитие
страхования в Узбекистане. научно-издательский центр «ИМПЕРИЯ», 62.
12.
Salomova S.S. Neft va gaz qazib chiqarish korxonalarida investision –
innovasion faoliyatini tahlili. Raqamli iqtisodiyot.2024,9
13.
Salomova S.S. Energetika korxonalari faoliyatini samaradorligini
ta’minlash. Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi. 2024,4 (Maxsus son) 2011-215b
14.
Salomova S.S. Dunyo neft va gaz sanoatining mamlakatlar
iqtisodiyotidagi ahamiyati. Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti. 2024,8 181-184.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
211
15.
S.S. Salomova. The use of an intellectual platform in the Republic of
Uzbekistan. Potrebitelskaya cooperation: theory, problems and opyt Sbornik
nauchnyx statey mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy internet-konferensii April
28, 2022. Belarus.
16.
Salomova S.S. Oʻzbekiston neft va gaz sanoati korxonalari faoliyati
samaradorligini oshirish. Raqamli iqtisodiyot.2024,9
17.
Salomova S.S. The Importance of the World Oil and Gas Industry in The
Economy
of
Countries.
AmericanJournalofEconomicsand
Business
ManagementVol.7Issue12|pp.1414-1418|ISSN:2576-5973
18.
Salomova S.S. State Of Production Process at The Enterprises Of The
Oil and Gas Industry Of Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on
Tourism Management and Finance.
19.
Begmullayev, O. I., Soatov, F. Y., & Irisaliyev, A. O. (2024).
O‘zbekistonda issiqlik energetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy
xususiyatlari. Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 84-92.
20.
Begmullayev, O. I. (2024). Sanoat korxonalarini bozor sharoitlariga
moslashtirish samaradorligini oshirish (Monografiya). Interpretation and researches,
2(15).
21.
Sayfutdinova, N., & Xikmatov, R. (2024). Investitsion muxitni
shakllanishi va baxolashning metodologik masalalari. Interpretation and researches,
2(24).
22.
Бегмуллаев, O., Мирсаидова, Ш., Ибрагимова, К., & Ирисалиев, А.
(2024). Анализ эффективности деятельности предприятий энергетической
отрасли Узбекистана. Interpretation and researches, 2(24).
23.
Begmullayev, O. (2024). O‘zbekistonda elektr energiya tizimini
ta’minlash muammolari. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (8), 712-726.
24.
Бегмуллаев, О. И. (2008). Оценка финансово-экономического
состояния промышленного предприятия. Вопросы экономических наук, (5), 25-
26.
