Авторы

  • Фариза Махмуджонова
    SamDAQU akadedmik litsey

Биография автора

  • Фариза Махмуджонова, SamDAQU akadedmik litsey
    ingliz tili fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.68344

Ключевые слова:

pragmatic adabikyotshunoslik mutolaa fenomenologiyasi semiotika.

Аннотация

Jahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarining badiiy matn poetikasidagi o‘rni va roli, badiiy pragmatik xususiyatlari borasidagi izlanishlar salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu sababli hozirda zamonaviy adabiyotshunoslikda badiiy pragmatika hamda uning xossalarining matnda namoyon bo‘lishi masalalarini qiyosiy planda tadqiq etish, har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qiladigan muhim ilmiy masalalardan hisoblanadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

309

PRAGMATIK ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SOHASI SIFATIDA:

MUTOLAA FENOMENOLOGIYASI MISOLIDA

Maxmudjonova Fariza

SamDAQU akadedmik litsey

ingliz tili fani o’qituvchisi


Annotatsiya:

Jahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan

bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan
tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarining badiiy
matn poetikasidagi o‘rni va roli, badiiy pragmatik xususiyatlari borasidagi izlanishlar
salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu sababli hozirda zamonaviy adabiyotshunoslikda
badiiy pragmatika hamda uning xossalarining matnda namoyon bo‘lishi masalalarini
qiyosiy planda tadqiq etish, har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qiladigan muhim
ilmiy masalalardan hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

pragmatic adabikyotshunoslik, mutolaa fenomenologiyasi,

semiotika.


O‘zbekistonda ijtimoiy gumanitar fanlar sohasining uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan

filologiya fanlari borasida aksariyat yangicha izlanishlar, yangiliklar, o‘ziga xos
novatorlik so‘nggi yillarda ko‘proq tilshunoslik-lingvistikaga oid bo‘lmoqda. E’tirof
etish joizki, nazarimizda, tilshunoslar erishgan yutuqlar, ularning ilmiy kashfiyotlari
adbiyotshunoslar tomonidan nisbatan sustroq idrok etilmoqda. Buning oqibatida bir
fanning ikki tarmog‘i vakillari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida
uzilish, bo‘shliq paydo bo‘lib qolayotgandek go‘yo. Linvistika ilgarilab ketib,
adabiyotshunoslik zamonaviy nazariyalarni idrok etishda, talqin qilishda ikkilanib
joyida turib qolayotgandek tuyuladi. Vaholangki, til va adabiyot bir sohaning
o‘rganish ob’ekti, shu sababli ham ilmiy tadqiqotlar jarayoni o‘zaro bog‘liq tarzda,
uzviy kechmog‘i shart. Yurtimizda adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan
ko‘pdan ko‘p tadqiqotlar orasida badiiy pragmatikaga oid ishlarning deyarlik yo‘qligi
(bitta-ikkita maqola inobatga olinmaganda), pragmatik lingvistika oliy ta’lim tizimida
alohida mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yillar bo‘lishiga qaramay [1],
pragmatik adabiyotshunoslik to‘g‘risida hatto tushunchalar to‘liq shakllanmaganligi
yuqoridagi fikrlarimizni dalillaydi hamda bu yo‘nalishida jiddiy izlanishlar zaruratini
taqozo qiladi.

Aytilganidek, pragmatika filologiya sohasining alohida mustaqil bo‘limi sifatida

dastlab tilshunoslikda shakllandi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan
shakllangan, insonning nutq faoliyatini o’rganishga, bunday faoliyatning maqsadi,
mazmuni, ushbu maqsad va mazmunning og‘zaki hamda yozma matnda verbal va


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

310

noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o’rnini, kommunikativ
ta’sirini, so’zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda
ifodalanishini o’rganuvchi fan tarmog‘idir. Lisoniy belgilarining o’ziga xos
xususiyatlari haqidagi nazariyalar allaqachonlardan beri mavjud, ammo lisoniy
hodisalarni o’rganishga nisbatan pragmatik yondashuv XX asrning 60-70- yillaridan
boshlab jadal rivojlana boshlab, bugungi kunga kelib alohida fan tarmog‘iga aylangan
bo‘lsa-da, hozirgacha “ilmiy munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda” [2].

Pragmatika fanining shakllanishining ilk bosqichlari XIX asr oxirlari va XX asr

boshlaridagi Ch. Pirs, U. Djeyms, D.Dyui, Ch. Morris kabi olimlarning falsafiy
konsepsiyalariga asoslanadi. Dastlab pragmatika tushunchasi lisoniy vaziyat
strukturasini-tarkibini (so’zlovchi va tinglovchi munosabatlari sifatida) dinamik
protsessual aspektda o’rganishga bag‘ishlangan semiotik ilmiy tadqiqotlarda
qo’llanila boshlandi va «pragmatika» atamasi ilmiy tadqiqotlar nazariyasiga
amerikalik olim Charlz Morris tomonidan kiritildi. U S.Pirsning bu boradagi
qarashlarini yanada rivojlantirib semiotikani lisoniy belgilarni o’rganuvchi fan
sifatida uch bo’limga: lisoniy belgilarning o‘zaro munosabatini o’rganuvchi
sintaktika, lisoniy belgilarning ob’ektlarga munosabatini o’rganuvchi semantika va til
belgilarining so’zlovchi va tinglovchi munosabatlarini o’rganuvchi pragmatikaga
bo’lib o’rganish g‘oyasini ilgari surdi. Bular to‘g‘risida pragmatik lingvistikaga oid
tegishli adabiyotlardan ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin...

Shu tarzda G‘arb tilshunosligida, keyinchalik o‘zbek tilshunosligida ham,

pragmatikaning lingvistik fan sifatida ajralib chiqishi bilan bir qatorda, xorijda so‘z
san’ati - badiiy adabiyot borasidagi izlanishlar asta-sekinlik bilan pragmatik
adabiyotshunoslik tomon ham qadam tashladi.

Pragmatik adabiyotshunoslik

sohasining o‘ziga xos

predmeti

sifatida matnning o‘zidagi muayyan usullar va

figuralar tizimida va real mutolaa amaliyotida voqelanadigan badiiy muloqot-
kommunikatsiya

xizmat qiladi.

Pragmatik adabiyotshunoslikni badiiy pragmatika va matn pragmatikasi kabi

badiiy asar va muayyan matn doirasidagi pragmatik tahlil masalalari bilan
shug‘ullanish kabilardan farqlash kerak. Zero, pragmatik adabiyotshunoslik alohida
fan sohasi xisoblansa, badiiy pragmatika esa matnning lisoniy xossasini anglatib,
matnning pragmatik tahlilida kontekst doirasidagi umumiy va xususiy ma’nolarni
tushunish muhim. Ular o‘rtasidagi aloqadorlikni rad etib bo‘lmaydi, ammo shu bilan
birga mavjud farqni ham anglash muhimdir.

Rus olimlarining fikrlariga ko‘ra, adabiy matn va uning adresanti o‘rtasidagi

munosabatlarni o‘rganish so‘nggi yillarda eng ko‘p “toptalgan yolg‘izoyoq
so‘qmoqqa aylandi” [3]. Ammo, xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar etarli darajadaligi va
hatto ko‘pligiga qaramasdan, O‘zbekistonda adabiyotshunoslik pragmatikasi alohida
fan sifatida o‘rganilmasdan e’tirof etilmay kelinayotir. Zero, sohaga oid tadqiqotlar


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

311

etarli emas, barmoq bilan sanarlidir. Bundan tashqari, pragmatik adabiyotshunoslik
sohasining shakllanish tarixi, o‘rganish predmeti va sohalari ham hali hamon batafsil
va yaxlit tarzda bayon etilmagan. Holbuki, hozirda badiiy muloqot yoki
kommunikatsiya pragmatikasi ulkan hajmdagi va fanlararo refleksiyadan iborat. Shu
sababli xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijasida jamlangan
mavjud ma’lumotlar asosida, pragmatik adabiyotshunoslik fanining tarkibiy
qismlarini shunday sohalar tashkil etishi e’tirof qilinadi [4]: 1) mutolaa
fenomenologiyasi; 2) adabiy vosita ta’siridagi hatti-xarakatlarni o‘rganishga
bag‘ishlangan tadqiqotlar; 3) badiiy retsepsiyalarning tadrijiy tarixi; 4)
hikoyachilikning pragmatik nazariyasi.

Pragmatik adabiyotshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari hamda

ahamiyati to‘g‘risida istiqbolda ilmiy asoslangan mulohaza yuritish va g‘oyalarni
ilgari surish uchun, fanning sanab o‘tilgan sohalaridan

birinchisi tavsifiga batafsil

to‘xtalamiz.

Mutolaa fenomenologiyasi yoki badiiy idrok fenomenologiyasi

tushunchasi,

tilshunoslar tili bilan aytganimizda esa paradigmasi, G‘arbiy Yevropa gumanitar
tafakkurida XX asrning 60-yillarida – Rolan Bart [“Muallif o‘limi”, 1968] va Mishel
Fuko [“Muallif

nima

o‘zi?”, 1969] kabilarning mashhur asarlarida nazariy jihatdan

asoslangan “muallif o‘limi” konsepsiyasining shakllanishi bilan parallel ravishda -
faol shakllana boshlaydi.

Mutolaa fenomenologiyasi borasidagi fikrlarimizni davom ettirishdan oldin,

pragmatik va kognitiv adabiyotshunoslikning G‘arb ijtimoiy madaniyatshunosligida
nazariy asoslarining shakllanishida muhim metodolik vazifani bajargan R.Bartning
“muallif o‘limi” g‘oyasi borasidagi O‘zbekistonda to‘rt-besh yil avval kechgan
bahsni yodga olish muhim. Zero, yurtimizdagi eng nufuzli nashrlardan bo‘lgan
“Sharq yulduzi” jurnali sahifalarida tashkil etilgan ushbu bahsda ishtirok etgan taniqli
adabiyotshunoslar, tarjimonlar va yozuvchilarning fikrlari, ushbu g‘oyaning idroki va
talqinlari so‘z san’ati nazariyasi bilan bog‘liq bugungi holatni o‘zida yaqqol aks
ettirganligi bilan e’tiborga molik [5].

Yurtimizda R.Bart qarashlari borasidagi bahsni boshlab bergan taniqli yozuvchi

va adabiyotshunos, hurmatli Ulug‘bek Hamdam ushbu mavzuda bir necha qismdan
iborat maqolani yozishining boislariga to‘xtalib, dastlab plagiat-adabiy o‘g‘rilik,
ko‘chirmachilik kabi sharmandalik borasidagi voqealarni haqli ravishda qoralaydi.
Maqolaning intertekstuallik nazariyasi va adabiy taqlid san’atiga to‘xtaladi, sub’ektiv
fikrlarini bayon qiladi.Olim intertekstuallik borasida G‘arb olimlari qarashlari
qo‘shilmaydi: “matn muallifi intertekstual o‘yin proeksiya qilinadigan bo‘shliq deb
tushuniladi, matnga esa individning maqsadli faoliyati emas, ongsiz tarzda amalga
oshuvchi “intertekstual o‘yin” mahsuli sifatida qaraladi. Bu esa badiiy ijodda
individuallikni inkor etib, tabiiy ravishda “sub’ekt o‘limi” (Fuko), “avtor o‘limi”


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

312

(R.Bart) konsepsiyalariga bog‘lanadi” [5]. Olimning bu borada o‘z qarashlari
izchillik bilan bayon etiladi, muayyan konsepsiya yaratiladi: “muallifning paydo
bo‘lishi ham tabiiy jarayon edi. XX asrga kelib, muallifning “o‘limi” haqida gapirar
ekanmiz, demak, biz bu bilan insonning individuallashishining barham topgani
haqida bong urayotgan bo‘lib chiqmaymizmi?.. Nahotki? Axir, bu gap “ko‘cha”dagi
mavjud haqiqatga zid-ku!.. YOki bu hol tamomila yangi bir jarayondan darakmi?..
Nazarimda, masala shu nuqtai nazardan ham jiddiy tadqiq etilishi kerak.” [5]
U.Hamdam maqolasining uchinchi qismida ““muallif o‘limi” masalasi o‘z yo‘lida
ko‘plab boshqa yondosh (taqlid, ko‘chirmakashlik, o‘xshab qolish, atayinlik,
chalkashlik, ijodiy ta’sirlanish, ta’sir va taqdir, mushtarak sharoit va o‘xshash ijod,
an’anani davom ettirish, mushtarak mavzu, mimesis va h.k.) masalalarni ham qamrab
olar ekan” ularga ham to‘xtalish zarur deygan fikrdan kelib chiqib, bu hodisalarning
sharhiga to‘xtaladi, ma’naviy-estetik xulosalar chiqaradi. Bu xulosalar maqolaning
to‘rtinchi qismida yana bir karra mantiqiy chuqurlashtiriladi, boyitiladi. Olimning
an’anaviy ijtimoiy-gumanitar adabiyotshunoslik pozitsiyasida turib aytgan fikrlariga
qo‘shilish mumkin. To‘g‘ri, o‘zlari aytganlaridek, bahslashish mumkin bo‘lgan
o‘rinlari ham yo‘q emas. Ushbu maqoladan so‘ng katta bahsga qo‘shilishgan
N.Rahimjonov, M.Maxmudov, H.Boltaboev, Q.Quronov boshqalar ham o‘z fikrlarini
bayon qilishadi. Biroq bahs, R.Bart maqolasini asosiy maqsadidan, ta’bir joiz bo‘lsa
mantiqidan anchayin chetlashib ketadi. Professor H.Boltaboev ushbu bahsga
qo‘shilib, haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “Aslida, R.Bart maqolasi Balzak
novellasi haqida ham, intertekstuallik haqida ham emas... Maqola muallifi “yangi
tanqid” tarafdorlarining “muallif individi” haqidagi konsepsiyasiga tayanib ish
ko‘rishlariga qarshi munaqqidlar diqqatini badiiy matn strukturasiga burmoqchi
bo‘lgan. Aytish mumkinki, maqola biz tushungan ma’nodan tashqarida,
adibning...hozirgi kunda retseptiv estetika sifatida qabul qilinayotgan professional
kitobxon mahorati haqidagi qarashlarni qamrab olganki, “Adabiyotshunoslik
lug‘ati”dagi talqinlar ham, R.Bart maqolasi va uni U.Hamdam tomonidan
sharhlanishi-yu bundan M.Maxmudovning R.Bart Balzakni tanqid qilgan deb gumon
qilib aytgan so‘zlaridan... ancha yiroqda” [6]. Ko‘rganimizdek, yurtimizdagi eng
etakchi ustozlarning ba’zilari badiiy matn talqinining yangicha nazariyasiga talqiniga
nisbatan turlicha yondoshadilar. Afsuski, uni yaxshi anglab tushunganlar ham,
fikrlarini

chuqurlashtirmasdan,

batafsillikdan

cheklanishadi.

O‘sha

bahs

ishtirokchilaridan bo‘lgan muhtaram I.G‘afurov teranlik bilan ta’kidlaganlari bejiz
emas: “nazariyada turg‘unlik, tanqidning inqirozi, amaliyotda qanday natijalar
ko‘rsatayotganligiga rang-barang, bir-biridan achinarli misollar keltiriladi”[7]. Ustoz
bu fikrlarini adabiyotimiz va tanqidchiligimizning bugungi holatiga nisbatan
aytganlar albatta. Ammo uni kengroq ma’noda, yangi nazariyalarni to‘g‘ri idrok
etish, chuqur anglab zamonaviy milliy adabiyotimiz tadqiqotlariga qo‘llash


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

313

jihatlaridan talqin etsak ham foydadan holi bo‘lmaydi. Zero, R.Bart o‘sha
maqolasining o‘zida muammoning qanchalik muhimligini alohida ta’kidlaydi, keskin
urg‘u beradi: “Matn turli tuman madaniyatlardan kelib chiqqan va o‘zaro dialog,
parodiya, bahs munosabatlariga kirishuvchi ko‘pdan ko‘p yozuv turlaridan
shakllanadi, ammo bu ko‘plik muayyan bir nuqtaga jamlanadi, bu nuqta esa
yaqingacha ta’kidlangan muallif bo‘lmasdan, balki o‘quvchidir. O‘quvchi – bu
shunday makonki, unda matnni shakllantiruvchi barcha jihatlar oxirgi iqtibosgacha
aks etadi... Shu sababli eng yangi yozuvni qandaydir gumanizm nomidan qoralashga
urinish, o‘zini inson huquqlari himoyachisi deb riyokorona ko‘rsatish kulgulidir.
An’anaviy-mumtoz yo‘nalish tanqidchilarining o‘quvchi-kitobxon bilan hech qachon
ishlari bo‘lmagan, ular uchun adabiyotda faqat yozuvchi mavjud edi... Endi biz
bilamiz: yozuv (bu erda asar-A.E.) kelajagini ta’minlash uchun, u haqidagi mifni
unutish kerak – kitobxonning tug‘ilishi uchun Muallif o‘limi bilan tavon to‘lashga
to‘g‘ri kelyapti”.[8, 390 s.]

Kitobxonning

mazmun

shakllantiruvchilik

faoliyatiga

mutoalaa

fenomenologiyasi doirasida ikki xil qaraladi:

a) matn semantikasini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan xarakat sifatida;
b) ekzistensial plandagi semantikani shakllantirishga yo‘nalti-rilgan xarakat

sifatida.

Agar birinchi nuqtai nazardan mazmun-ma’no shakllantiruvchi ob’ekt sifatida

matn qaralsa, ikkinchisi doirasida – o‘quvchining o‘z vaziyati, bu vaziyatning ma’no
mazmuni anglashiladi. Idrok etish aktida bu tarkibiy qismlar (matnni tushunish va
o‘zini tushunish) – o‘quvchi ongining intensionalligi-biron ob’ektga yo‘nalganligi
sababli – o‘zaro o‘ta mustahkam aloqaga kirishadi. “Biroq retseptivistika ularni
nazariy

refleksiyaning

turlicha

predmetlari

sifatida

farqlaydi,

differensiatsiyalaydi”[4]. O‘quvchi faoliyati to‘g‘risidagi nazariy refleksiyaning
variantlarini ikki aspektda ham o‘rganib chiqamiz. Birinchi akt o‘quvchi faoliyatini
matn semantikasini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan xarakat sifatida bayon qilishni
nazarda tutadi. Ushbu muammo nazariyasi G.G. Gadamer tomonidan nazariy jihatdan
ishlangan bo‘lib, retsepsiyalanish davomida adabiy asar bilan

nima

sodir bo‘lishini

hamda o‘quvchining matn ustida ishlashining mohiyati

nimadan iborat

ekanligini

o‘rganish bilan bog‘liq. Bu masalalar majmui R.Ingarden va Konstansiya maktabi
faoliyatidan boshlab tizimli ravishda ishlanadi. Ma’lumki, Ingarden o‘quvchi
faoliyatini lisoniy materialni konkretlashtirilishi sifatida tavsiflaydi. Bu akt davomida
o‘quvchi semantik jihatdan mavhum o‘rinlarni individual ma’no bilan to‘ldiradi va
bu yo‘l bilan badiiy asarning “sxematikligini” engib o‘tadi [4].

Buning oqibatida matn kitobxon ongida “jonli voqelik” tarzida namoyon

bo‘ladi. “Adabiy matnning geshtaltini yaratish” va “bunda xayotiyga o‘xshash
tasavvurning paydo bo‘lishi” jarayoni har doim “kitobxonni bu voqelikka jalb etish”


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

314

bilan birga kechadi. Izer bu jarayonni “illyuziyalar shakllanishi” deb ataydi, xususan,
kitobxon matnda mazmunan “bo‘m-bo‘sh” ko‘ringan joylarni o‘z tasavvurlari
xisobidan “to‘ldiradi”.

Illyuziya-xayoliy tasavvurlarning mutolaa aktida shakllanish jarayonini Izer

xayotiy tajribani o‘zlashtirish jarayoniga o‘xshatadi, bu jarayon mexanizmi badiiy
matn tomonidan ishga tushiriladi. Shu sababli olim mutolaa jarayonini kitobxon
o‘qigan narsalari olami bilan identifikatsiyalash-tenglashtirish tushunchalari doirasida
bayon qilishni rad etadi. Uning fikricha, mutolaa jarayonida identifikatsiyalash emas,
balki “kitobxon shaxsiyatini sun’iy o‘zgartirish” sodir bo‘ladi, inentifikatsiya-
tenglashtirish

esa,

mutolaa

hosilasi,

“o‘zgalar tajribasini o‘zlashtirish”

mexanizmining bir ko‘rinishidir. “O‘quvchi tomonidan badiiy mazmunning
yaratilishi” o‘z-o‘zini yaratish, shaxsiyatni takomillashtirish jarayonidan ajralmasdir:
bu jarayon kitobxonga “o‘zligini shakllantirish” va shaxsiy xayotiy tajribasini
asoslash uchun yangidan yangi asoslar topish imkoniyatini beradi. V. Izer o‘zining
“Der Lesevorgang” asarida shunday yozadi: “Adabiyot bizning, shaklantirilmagan
(matn muallifi tomonidan) narsalar orqali shakllanish imkoniyatini beradi” [“Mutolaa
jarayoni”, 10, 275 s.].

Kitobxon-o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirishda matnning roli nimadan iborat

ekanligi masalasiga Pol Reker ham to‘xtaladi. Uning konsepsiyasi doirasida o‘z
shaxsiyatini yaratishda kitobxoning faoliyati doimo vositali kechadi, ya’ni unga doim
madaniy asori atiqalar, birinchi o‘rinda, nasriy badiiy asarlar katta ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zingni tushunish matn oldida o‘zingni tushunishni anglatadi ” deb yozadi P.Riker
[11, 87 s.]. Ushbu nazariyaga muvofiq inson o‘zini faqat nasriy-hikoyanavislik
usulidagi matnlar bilan aloqaga kirishganida tushunishi mumkin. Yoki bunga faol
anglab etishi (kitobxon bo‘lsa), yoki yaratishi, nasriy intrigalarni yozishi (narrativ
muallifi bo‘lsa) orqali erishishi mumkin. Bunda Riker hikoyachilik faoliyatini
maqsad nuqtai nazaridan uni hosil qilgan sub’ektni anglashga yo‘naltirilgan faoliyat
sifatida belgilaydi. Hikoyachilik faoliyatining har qanday shaklidan maqsad (xat,
hikoya, mutolaa), Riker fikriga ko‘ra, doimo bir xil – uning sub’ektini (muallifini,
hikoyachini yoki o‘quvchini) o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan xarakatdir.

Shu o‘rinda umum e’tirof etayotgan pragmatik adabiyotshunoslik fanining

tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan

mutolaa fenomenologiyasiga

to‘g‘risida batafsil

fikrlardan

to‘xtalamiz.

Nazariyamizda

keltirilgan

dalillar

pragmatik

adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan birini ilmiy asoslash va ilmiy jihatdan
muhimligini ta’kidlash uchun uchun etarli bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz

ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir mavzusida O‘zbekiston


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

315

ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2019 yil, 4-
avgust.

2.

4.Апресян Ю.Д. Дейксис в лексике и грамматике и наивная модель

3.

мира// Семиотика и информатика. 1986, вып. 28.-с.5-33.

4.

5. Апресян Ю.Д. Прагматическая информация для толкового

словаря

5.

Текст.//Прагматика

и

проблемы

интенсиональности.М.:Ин-т

языкознания АН СССР, 1988. - С. 7-44.

6.

6. Арнольд, И.В. Импликация как прием построения текста и

предмет

7.

филологического изучения // Вопросы языкознания, 1982.- №4.-С.

83-91.

8.

7. Арутюнова, Н.Д. Истоки, проблемы и категории прагматики. //

Новое

9.

в зарубежной лингвистике. М.: Прогресс, 1985. - Вып. XVI:

Лингвистическая

10.

прагматика. - С.3-42.

11.

8. Арутюнова, Н.Д. Типы языковых значений: Оценка. Событие.

Факт.-

12.

М.: Наука, 1988. - 341 с.

13.

Сафаров Ш.С. Прагмалингвистика. Тошкент, 2008.- 285,б.




Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir mavzusida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2019 yil, 4-avgust.

4.Апресян Ю.Д. Дейксис в лексике и грамматике и наивная модель

мира// Семиотика и информатика. 1986, вып. 28.-с.5-33.

5. Апресян Ю.Д. Прагматическая информация для толкового словаря

Текст.//Прагматика и проблемы интенсиональности.М.:Ин-т языкознания АН СССР, 1988. - С. 7-44.

6. Арнольд, И.В. Импликация как прием построения текста и предмет

филологического изучения // Вопросы языкознания, 1982.- №4.-С. 83-91.

7. Арутюнова, Н.Д. Истоки, проблемы и категории прагматики. // Новое

в зарубежной лингвистике. М.: Прогресс, 1985. - Вып. XVI: Лингвистическая

прагматика. - С.3-42.

8. Арутюнова, Н.Д. Типы языковых значений: Оценка. Событие. Факт.-

М.: Наука, 1988. - 341 с.

Сафаров Ш.С. Прагмалингвистика. Тошкент, 2008.- 285,б.