Авторы

  • Назокат Палванова
    UrDU

Биография автора

  • Назокат Палванова, UrDU
    o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69989

Ключевые слова:

vatanparvar jasorat mardlik sarkarda lashkarboshi jinoyat xiyla dushman.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilimizda harbiy atamalarning davriy funksional o‘rganilishi yoritilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

88

MILLIY TILIMIZDA HARBIY ATAMALARNING OʻRGANILISHI

Palvanova Nazokat Oktambaevna

UrDU o‘qituvchisi


Annotasiya.

Ushbu maqolada o‘zbek tilimizda harbiy atamalarning davriy

funksional o‘rganilishi yoritilgan.

Annotatsiya.

В

данной

статье

рассматривается

периодическое

функциональное изучение военных терминов в нашем узбекском языке.

Annotasiya.

This article discusses the periodic functional study of military terms

in our Uzbek language.

Kalit soʻzlar.

vatanparvar, jasorat, mardlik, sarkarda, lashkarboshi, jinoyat,

xiyla, dushman.

Klyuchevie

slova.

патриот,

мужество,

храбрость,

командир,

главнокомандующий,преступление, уловка,враг

Key words.

patriot, courage, bravery, commander, commander-in-chief, crime,

trick, enemy.

Kirish

“Oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni

ulugʻ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqdi. “ 2020
yilda Vatanimiz hayotida biz tilshunoslar uchun ham tarixiy voqealar sodir boʻldi.
Ayniqsa, 20 oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
“Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni qabul qilingani va 21 oktyabrda oʻzbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligini birinchi marta bayram qilishimiz vujudimizni kuch-
gʻayrat va qalblarimizni fahr-iftihorga toʻldirib yubordi. Birinchi marta
deyishimizning sababi bu sanani Oʻzbek tili bayrami kuni boʻlsin, deb 2019 yilda
qonun qabul qilingan edi. Yaqindagi farmonga muvofiq, biz til oʻqituvchilari
zimmasiga ham katta vazifalar yuklangan: oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida
obroʻsini koʻtarish, unib- oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana
va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda bu sohada oʻzimizning bilim va
tajribalarimizni takomillashtirishimiz juda zarur.

Harbiy atamalar haqidagi ilmiy izlanishlar

Harbiy atamalar bir qarashda biz fuqarolarga unchalik yaqin emasdek seziladi,

biroq ular bilan tanishib koʻrsak, ularning koʻpchiligi rus tilidan kirib kelgan hamda
oʻzimizning milliy tilimizda davrlar mobaynida paydo boʻlgan soʻzlardan iboratligini,
tushunarli va ma'nodor ekanligini his qilamiz. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy kengashi tomonidan tavsiya
etilgan, 2007 yilda nashr etilgan “Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati”


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

89

kitobini mutolaa qilib, ishonch hosil qildik. Lugʻatning soʻzboshisida qoʻllanmaning
ahamiyati va undan foydalanish haqida,jumladan, shunday deyiladi; -“Biz bugun
gʻurur va iftihor bilan shuni ayta olamizki, yoshlarimiz uchun mamlakatimiz Qurolli
Kuchlarida xizmat qilish nafaqat Konstitusiyaviy burch, balki yuksak maqsad, tom
ma'nodagi shon –sharaf ishiga aylanmoqda. Armiyada ular harbiy mutaxassisliklarni
puxta egallash bilan birga, jismoniy va ma'naviy tomondan ham chiniqishmoqda,
irodasi toblanib, Vatan himoyasi yoʻlida doimo tayyor turadigan mard va jasur
insonlar boʻlib kamol topishmoqda”. Mazkur lugʻat harbiy atama va tushunchalarni
yagona tizim va bir xil mazmunda tushunish hamda shaxsiy tarkibning jangovar va
ijtimoiy- siyosiy tayyorgarlik samarasini oshirish maqsadida yaratilgan. Mustaqillik
davrida xarbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirishga, harbiy bilim yurtlari
va serjantlar tayyorlash maktablaridagi oʻquv tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashga,
ularni zamonaviy texnika va jihozlar, oʻquv qoʻllanmalari va ta'lim texnologiyalari
bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni muvaffaqiyatini
ta'minlashda va yosh harbiylarning savodxonligini oshirishda harbiy atamalarning
qisqacha izohli lugʻatining foydasi tabiiydir. “Lugʻatda harbiy sohaga taalluqli harbiy
atama va tushunchalarning izohlari berilgan boʻlib, Qurolli Kuchlarimizda qoʻllanilib
kelinayotgan hamda xorijiy armiyalarda mavjud texnika va qurol-aslaha vositalari
namunalarining tavsiflari keltirilgan. Unga Qurolli Kuchlarimiiz hayoti, faoliyati va
jangovar ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, qoʻshinlar xizmati kabi, deyarli barcha
masalalarni qamrab olgan jami 1570 dan ortik atama va ularning izohlari kiritilgan.”

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining me'yoriy hujjatlarni tayyorlash boʻlimidan

podpolkovnik Sh.Z. Dolimov tomonidan tayyorlangan bu lugʻat oʻqish uchun juda
qulay boʻlib, koʻpchilik ruscha harbiy atamalarning oʻzbekcha ma'nolari bilan birga
izohlari ham mukammal berilgan. Masalan: Vatan(Родина) soʻzi barchamizning
yurak-yuragimizga yaqin harbiy atama hisoblanadi. Aslida bu soʻzni izohlashga hojat
yoʻqday tuyuladi, chunki Vatan doimo qalbimizda, har tomonlama goʻzal sevikli ona
Vatanimizdir. Lekin u ham lugʻatda atroflicha izohlangan, ya'ni: “kishilarning turar
joyi, yurti, mamlakati. Tarixan biror xalqqa tegishli hudud, hamda uning tabiati,
aholisi, oʻziga xos tarixiy taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari
majmui”. Bu izohning samarasi shuki, har bir vatanparvar inson, ayniqsa yoshlar oʻz
Vatanining tabiati, aholisi, tili, madaniyati, urf-odatlari bilan kengroq tasavvur
qilishlariga oʻrgatilayotir. Bunga misol qilib “harbiy” soʻzining oʻzini olsak ham
boʻladi. Lugʻatning oʻzida “harbiy” soʻzi bilan boshqa soʻzlarni qoʻshish hisobiga
yuzdan ortiq yangi harbiy atamalar yasalgan: harbiy intizom, harbiy unvon, harbiy
jasorat, harbiy mukofot, harbiy orden, harbiy sport koʻp kurashlari, harbiy mojaroni
bartaraf etish va hokazo. Xususan, “harbiy jinoyatchilar” atamasining izohlarini
oʻrganish uchun ularni bu erda toʻla keltiramiz: “Xalqaro huquqda harbiy hamda
tinchlik va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlarning tashkilotchilari, vositachilari,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

90

rahbarlari, ijrochilari va ishtirokchilari. Bu jinoyatlarning turlari va tarkibi hamda
jazo choralari xalqaro harbiy tribunallarning nizomlarida belgilab berilgan. Harbiy
jinoyatchilar uchun alohida jinoiy javobgarlik bir qancha xalqaro shartnomalar va
bitimlar bilan, harbiy jinoyatlarning ayrim turlari uchun esa- ayrim mamlakatlarning
jinoyat qonunlari bilan belgilanadi. Harbiy jinoyatchilar uchun hech qanday jinoiy
javobgarlikka tortish muhlatlari qoʻllanilmaydi, boshpana huquqi ham berilmaydi.
Harbiy jinoyatchilar qaerda va qanday holatda boʻlishlaridan qat'iy nazar tutib
berilishlari kerak!”

Izohlardan koʻrinib turibdiki, tinchlik va insoniyatga qarshi qilingan harbiy

jinoyatchilarga hech qanday shafqat yoʻq.Umuman, izohlarni oʻqigan har bir
vatanparvar kishining qalbida harbiy jinoyatchilarga nisbatan nafrat hissi paydo
boʻladi. Shuningdek, bu izohlar insonlarni harbiy jinoyatchilikka qarshi kurashga
ham chorlaydi.

Ayniqsa harbiylikka qiziqayotgan yoshlarning bilimlarini oshirishga boʻlgan

izohlar lugʻat sahifalarida koʻplab uchraydi. Bunga “harbiy akademiya” atamasining
izohlari misol boʻla oladi. Avvalambor atamaning tarixidan jonli dalil keltirilib, uning
har bir oʻquvchiga qiziqarli va oson boʻlishi uchun zamin yaratiladi: “Afina
yaqinidagi Platon maktabi boʻlgan joy nomi. XV111 asr oxiri va X1X asr oʻrtasida
vujudga kelgan. Oliy –harbiy va maxsus- harbiy ma'lumotli ofiser kadrlarni
tayyorlash uchun moʻljallangan oliy harbiy ta'lim muassasi, harbiy muammolarni
tadqiq etish ilmiy markazi...” Keyin 1995 yil 5 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Akademiyasi tashkil etiladi. Yangi oʻzbek harbiy Akademiyasida tinglovchilar ikki
yil muddatda saboq olishib, Qurolli Kuchlarimiz safiga oliy ofiserlar boʻlib
qoʻshiladilar.

Mazkur lugʻatdagi bayon qilingan harbiy atamalar bilan ilk tanishuv

jarayonidagi dastlabki xulosalarimizni qisqa qilib aytadigan boʻlsak, asosan sobiq
ittifoq davrida milliy tilimizga kirib kelgan harbiy atamalarning ruscha-oʻzbekcha
variantlari atroflicha va mukammal izohlari bilan berilib, bu harbiy atamalarning
ma'no va mazmunlarini qiyosiy oʻrgatadigan hammabop darslikka oʻxshatish
mumkin. Uning yoshlarning harbiy savodxonligini oshirishdagi muhim ahamiyati
ham shunda.

“Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati”

kitobidagi barcha harbiy

atamalar bilan tanishib, shunga amin boʻldikki, qoʻllanmaga oʻzbek milliy tilida
mavjud boʻlgan harbiy atamalarning koʻpchiligi kiritilmagan. Unda faqat
Oʻzbekistonning sobiq ittifoq vaqtidagi hayoti va keyingi mustaqillik davridagi
faoliyati davomidagi, ya'ni, koʻpi bilan bir asr davomidagi oʻzbek tiliga kirib kelgan
harbiy atamalar haqidagina soʻz yuritiladi. Ma'lumki, oʻzbek tili mavjud boʻlganidan
buyongi vaqtlar davomida tilimizda yashayotgan harbiy atamalardan birortasi bu


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

91

lugʻatga kiritilmagan. Masalan: lashkar, lashkarboshi, otliq, qilich, nayza, sarkarda
degan soʻzlar yo harbiy atamadir. Shu boisdan qadimgi harbiy atamalarni oʻrganish
va izohlash uchun oʻzbek tilimizning tarixiga murajaat qilishimiz tabiiydir.

Taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Maxmudov

oʻzining “Hurriyat” gazetasi muxbiri bilan boʻlgan “Til-millatning hamiyati”
sarlavhali suhbatida aytganidek –“Oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga kiradigan eng katta
tillardan bittasi hisoblanadi. Turkiy tilni va shuning barobarida oʻzbek tilining
manbalari, ibtidosi eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. Demak ana shu davrdan
buyon bu til turkiy til sifatida va uning ichida oʻzbek tili ham taraqqiy etib, rivojlanib
kelayapti. Bu tilning eng rivojlangan davri bu XV asr, hazrat Navoiy yashab ijod
qilgan davr hisoblanadi. Navoiy bobomiz oʻzbek tilining yozma durdonalari
zaminlarini yaratganini alohida ta'kidlashimiz zarur. Oʻzbek tilining yozma an'analari
Navoiydan keyin ham boshqa shoir va yozuvchilar tomonidan muntazam rivojlantirib
kelingan”. Oʻzbek tilining ibtidosi eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladigan
boʻlsa, demak, xalq ogʻzaki ijodlarida, qadimgi ertak va dostonlarda, koʻpgina
qadimgi ajdodlarimizning, to hazrat Navoiy davrigacha yashagan shoir va
yozuvchilarimizning asarlarida ham harbiy atamalar istagancha topilishi kerak. Yo u
paytlarda harbiylar boʻlmaganmi? Boʻlgan albatta. Oʻzbekiston – ilm-fan, madaniyat,
davlatchilik qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biri. Qadimiy Turon,
Movaraunnahr va Xorazm hududlarida yashagan xalqlar tashqi dushmanlarga
mardlik va matonat bilan kurashishgan. Toʻmarisning jasorati va harbiy –siyosiy
faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqilgan.

Harbiy atamalarni tarixiy oʻrganish jarayonida ulugʻ ajdodlarimizdan xorazmlik

shayx Najmiddin Kubro hazratlari oʻzlarining 76 yoshida elni Chingizxon
bosqinchilariga qarshi boshlab chiqqanini va gʻanimning bayrogʻini qoʻlidan tortib
olib, hech qoʻyib yubormay, mardlarcha haloq boʻlganligini oʻqib koʻrib, yuragimiz
larzaga kelgandi. Alisher Navoiyning yozishicha, hazrat bir hamlada dushman
bayrogʻini tortib oldi va uni hatto oʻlgandan keyin ham boʻshatmagan. Oʻnta yogʻiy
harchand urinmasin, bayroqni ajratib ololmaydi, shunda ular shayxning barmoqlarini
bittalab chopadilar. Vaholanki ul hazrat oʻta tinchliksevar, dono olim boʻlganlar. Oʻz
zamonasida ilmu urfonda shayx Najmiddin Kubro bilan bellasha oladigan birorta
olim boʻlgan emas. Shu boisdan ham u kishiga Kubro ismi berilgan. “Kubro”-
ulugʻlarning ulugʻi demakdir. Bu haqda buyuk bobomiz Alisher Navoiy “Nasoyimul
muhabbat” asarida shunday yozadilar: “Alargʻa Kubro ondin laqab boʻldiki...har kim
bilakim munozara va mubohasa qilsalar ermish – ul kishiga gʻolib boʻlurlar ermish”.

Mana, buyuk ajdodimiz Najmiddin Kubroni esga olish davomida ham bir

qancha harbiy atamalarni uchratdik. Chingizxon bosqinchilari, gʻanimlar bayrogʻi,
mardlarcha halok boʻlish, oʻta tinchliksevar, oʻnta yogʻiy harchand urinmasin, qoʻliga
qilich olib, Xorazmshoh tashlab qochgan jang maydoni, vatanparvar insonlar kabi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

92

harbiy atamalar xizmatimizda boʻlib, tushunchalarimiz ma'no va mazmuniga ruhiy
hamdardlik hamda iftihor bagʻishlashdi. Birgina “Xorazmshoh tashlab qochgan jang
maydoni” degan harbiy atamalar birikmasining mazmuni bilan tanishib koʻraylik:
Xorazmshohlar davlatida soʻngi vaqtlarda manmanlik, kibru havo, boylik ketidan
quvish illatlari avj olib, hurfikrlilik, huquq toptalayotgan davr edi. Ayiqsa Chingiz
bosqinchilarining Gurganchga qadar kelishi Xorazmshoh va uning lashkarboshilarini
gangitib qoʻydi. Ularning koʻpchiligi xoinlik qilib, yogʻiylar tomoniga oʻtib ketdi.
Xorazmshoh Muhammadning oʻzi jang maydonida Vatanni himoya qilish oʻrniga
qandaydir orolga qochib qoldi. Jang maydoniga esa Vatan va erk qadrini biladigan
insonlar qoʻliga qilich olib jang qilishdi va shahid boʻlishdi. Ularning mardligi va
jasorati, ona yurtga vatanparvarligi bizlar uchun har doim namunadir.

Xulosa.

Xarbiy atamalarning davriy funksional oʻrganish jarayonida biz shunga

amin boʻldikki, harbiy atamalar hozirgi zamondami yoki oʻtgan zamondami adabiy
asarlarda qoʻllanilishi milliy tilimizni har jihatdan boyitishga va rivojlanishiga xizmat
qiladi. Ayniqsa badiiy asarlarda, tarixiy ertak, afsonalar va dostonlarda uchraydigan
harbiy atamalar voqealarning jonli va, qiziqarli boʻlishini ta'minlab, kishilarning oʻz
tarixiga va ulugʻ ajdodlarga boʻlgan mehr-mahabbatini oshiradi. Chunki, necha asrlar
osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kalayotgan ona tilimizning ravnaqi va
istiqbolini oʻylab, biz ilmiy xodimlar milliy tilimizga oid barcha ilmiy va nazariy
ma'lumotlarni yanada mukammalroq oʻrganishimiz zarur boʻladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “ Buyuk ajdodlarimiz” Davlat ilmiy nashryoti, Toshkent- 2017.
2

. Shayx Najmiddin Kubro “Jamoling menga bas” Ruboiylar, Toshkent. 1994

3

. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi 29.12.2020.

4

. Sh. Dolimovning «Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati» Oʻzbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi. Toshkent – 2007

5

. Qudrat Masharipov, Jaloladdin Manguberdi – buyuk vatanparvar sarkarda,

Toshkent – 2009

6

. Erkin Vohidov, Oʻzbekiston qahramoni, xalq shoiri.Ibrohim Haqqulov,”

Zanjirband sher qoshida”, 7-bet,Toshkent, “Yulduzcha”, 1989

7

. Erkin Samandar “Sulton Jaloliddin” Gʻofur Gʻulom nashryoti, Toshkent-2007

Библиографические ссылки

“ Buyuk ajdodlarimiz” Davlat ilmiy nashryoti, Toshkent- 2017.

. Shayx Najmiddin Kubro “Jamoling menga bas” Ruboiylar, Toshkent. 1994

. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020.

. Sh. Dolimovning «Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati» Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Toshkent – 2007

. Qudrat Masharipov, Jaloladdin Manguberdi – buyuk vatanparvar sarkarda, Toshkent – 2009

. Erkin Vohidov, Oʻzbekiston qahramoni, xalq shoiri.Ibrohim Haqqulov,” Zanjirband sher qoshida”, 7-bet,Toshkent, “Yulduzcha”, 1989

. Erkin Samandar “Sulton Jaloliddin” Gʻofur Gʻulom nashryoti, Toshkent-2007

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)