Авторы

  • Назокат Палванова
    UrDu

Биография автора

  • Назокат Палванова, UrDu
    o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70021

Аннотация

Ushbu maqolada o’zbek tilimizda “Uyg’onish” so’zi harbiy atama ekanligi yoritilgan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

283

UYGʻONISH SO‘ZI HARBIY ATAMA

Nazokat Palvanova

UrDu o‘qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’zbek tilimizda “Uyg’onish” so’zi harbiy atama

ekanligi yoritilgan

Annotasiya:

В этой статье обьясняется.что слово «Подьём » в нашем

узбекском языке является военным термином.

Annotation:

This article explains that “Uygonish “ is a military term in our

Uzbek language

Kalit so’zlar:

tong, tun,

harbiy qism, uyqu,

modernizasiya, maydonga

chiqmoq, fahr - iftihor, bahor, shijoat.

Ключевые слова:

утро, ночь, воинская часть, сон, модернизация, выход в

поле, гордость, весна, энтузиазм.

Keywords:

dawn, night, military unit, sleep, modernization, going out into the

field, pride, spring, enthusiasm.

Kirish

Uygʻonish deganda avvalambor erta tonggi payt hayolimizga keladi. Ona

zaminda yashayotgan barcha insonlar odatda ertalab uyqudan turishadi. Ayniqsa
harbiylarda bu tadbir buyruq bilan bajarilishi uygʻonish samarasini ta'minlaydi. Shu
boisdan uygʻonish soʻzi ham harbiy atama hisoblanadi. Ha, ishonavering. “Harbiy
atamalarning qisqacha izohli lugʻati” kitobida bu qadrdon soʻzimizning ruscha
tarjimasini qavs ichida (pod'yom) deb yozib ham qoʻyibdi. Yonida izohiyam bor:
Harbiy qismning kun tartibida koʻrsatib oʻtilgan, harbiy xizmatchilarning tungi
(kunduz kungi) hordigʻidan soʻng oʻtkaziladigan tadbir.

Avvalambor, aytib oʻtishimiz zarur, harbiy atamalarning deyarli yarmidan koʻpisi

ruscha va internasional soʻzlardir. Bu soʻzlar sobiq ittifoq davrida rus halqi bilan
doʻstona aloqada boʻlganligimiz, oʻsha paytlarda barcha yosh yigitlarimiz koʻpincha
Rossiyada oʻz harbiy xizmat burchini oʻtaganligi bilan

izohlanadi. Ayniqsa,

ikkinchi

jahon urushi yillaridagi tariximizni oʻrganish borasida yangi ma'lumotlar aniqlandi.
Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551
ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok
etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma'lumotlarga koʻra, Oʻzbekistondan 1
million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch
nafar oʻzbekistonlikdan bittasi qoʻliga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan. Ilgari
396 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi urushda halok boʻlgan, deb aytilardi. Aslida bu
raqam 538 mingdan ziyod boʻlgan. Shuningdek, oʻsha davrda “quloq” sifatida boshqa
oʻlkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

284

armiyaga safarbar etilgani ma'lum boʻldi. Yangi ma'lumotlarga asosan 200 mingdan
ziyod askar va ofiserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani
aniqlandi. Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan oʻzbekistonlik Sovet
Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 nafar ekani, 70 nafar yurtdoshimiz uchala
darajadagi Slava ordeniga sazovor boʻlgani hujjatlar orqali oʻz tasdigʻini topdi.”
Harbiy atamalar haqida gap ketar ekan, albatta, ikkinchi jahon urishida qatnashib,
mardlik va matonat koʻrsatib jonini qurbon qilgan barcha vatandoshlarimiz bilan
doimo fahrlanib yuramiz, ularning ruhlari barhayot boʻlib, Ollohdan jannatdan joy
berishini iltijo qilib qolamiz.

Demak, uygʻonish soʻzining harbiy atamaligi ruschadagi pod'yom soʻzi bilan

isbotlandi, deylik. Ya'ni, u askarlarni uyqudan uygʻotadi, dam olishayotganida
oromini toʻxtatib, jangga yoki harbiy mashqlarga yoʻllaydi.

Demak, xarbiylarning hayotida “pod'yom!” soʻzi xar kuni bir necha bora

yangraydi. Xoʻsh, Oʻz tilimizda-chi? Uygʻonish soʻzining qanday faoliyati va
amallari bor ekan? U yana nimalarga va kimlarga ma'naviy va koʻchma ma'nolarda
xizmat qilar ekan? Jumladan, bahor uygʻonishi, tabiat uygʻonishi, jamiyat uygʻonishi,
insonlar uygʻonishi, qoʻyingki, bunday misollarni istagancha keltirish mumkin.
Yaxshisi bu safar insonlarning ma'naviy, gʻoyaviy va siyosiy uygʻonishlari tarixi
haqida soʻz yuritsak ma'qul boʻlardi.Chunki davrimiz ham shuni taqozo etayotir.

Jahon tarixida Gʻarb va Sharq xalklarinig ma'naviy - ijtimoiy uygʻonish davrlari

boʻlgan. Gʻarbda renessans (fransuscha-uygʻonish) davri XV1-XV11 asrlarga toʻgʻri
keladi. Gʻarb olimlari bu hisobdan oʻzlarini ilgʻor hisoblashadi, Vaholanki uygʻonish
davri Sharqda ancha oldin paydo boʻlgan. Xususan markaziy Osiyo mintaqasida,
jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududi tarixida ham ilm-fan, madaniyat va san'at
qadimdan rivojlana boshlagan. Xususan “Avesto”da ham ma'naviy hayot, ta'lim-
tarbiya borasida ilgʻor gʻoyalar ilgari surilgan. Ammo, Birinchi Sharq Uygʻonish
davri 1X-X11 asrlarda mintaqada yuz bergan ”Musulmon Renessansi” nomi bilan
mashhurdir. Birinchi Sharq uygʻonish davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim
egalari, ulugʻ mutafakkirlar etishib chiqqan. Dunyoviy olimlar Muhammad
Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino, Hofiz Sheroziy,
Nizomiy Ganjaviylarning ijodiy faoliyati va kashfiyotlari bashariyat taraqqiyotiga
katta hissa boʻlib qoʻshildi va gʻarb davlatlari xalqlari ham bu ta'limotlardan
hanuzgacha foydalanishmoqda. Xususan, Muhammad Xorazmiyning matematika,
Abu Rayhon Beruniyning falakiyot sohasidagi kashfiyotlari, Abu Ali ibn Sinoning
tabobatga doir qonuniy asarlari gʻarb mamlakatlari maktablari va universitetlarida
xozir ham qoʻllanma boʻlib oʻqitilmoqda.

“ X1V-XV1 asrlar Turon tarixining “oltin davri” – Uygʻonish davrining alohida

bosqichi “Musulmon – Renassansi”(A.Mes), “Sharq Uygʻonishi” (N.I.Konrad)
hozirda “Temuriylar Renessansi” nomlari bilan jahonda e'tirof etildi va tarixga abadiy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

285

muhrlandi. Mashhur fransuz olimi Lyusen Keren ta'kidlaganidek, evropalik ijodkorlar
Amir Temurni Sharq Renessansining bunyodkori sifatida qadrlaydilar.

XV asrda Sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz asos solgan va uning munosib

avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uygʻonish, ya'ni
ikkinchi Renessans davrini boshlab bergan. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo
Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy,
Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz
shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharofaddin Ali Yazdiy, Mirxond,
Xondamir kabi tarixchilar, Maxmud Muzahhab, Kamoladdin Bekzod singari
mussavirlar, koʻplab hattot va sozandalar, musiqashunos va me'morlarning shuhrati
dunyoga yoyilgan”.

XX asr boshlarida Uchinchi Renessansni yurtimizda ma'rifaparvar jadidlar

amalga oshirishga harakat qilganlar. Ammo bu fidoyi insonlar oʻz umrlarini butunlay
uygʻonish gʻoyasiga bagʻishlashib, koʻpchiligi nobud boʻlishgan. Nega desangiz,
aholining koʻpchiligi savodsizligi va kambagʻalligidan ma'rifiy gʻoyalarni tushunmas
edilar. Koʻpincha ular boylar va toʻralarni yoʻqotamiz deyayotgan inqilobchilarga
ishonishgan va ularga ergashishgan. Uchinchi uygʻonish davri samarasi uchun
kurashganlar Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat,
Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va yana koʻplab insonlar milliy uygʻonish
harakatlari oldingi saflarida turib kurashishgan. Ular yangi tipdagi maktablarni ochish
bilan bir qatorda, gazeta va jurnallar, kutubxonalar tashkil qilib, insonlarning
turmushini farovon qilishga, ijtimoiy dunyoqarashlarini ravshan qilishga urinishgan.

Dunyo tarixida xalqlarning ijtimoiy uygʻonishiga omil boʻlgan sharoitlar haqida

gap ketganda, shu xalqlar yashayotgan oʻlkaning tabiiy oʻrniga ham bogʻlik
imkoniyatlarni hisobga olmoq zarur. Tabiatan qulay mintaqada joylashgan
mamlakatimiz hududlari azaldan insoniyat sivilizasiyasining qadimgi manbalaridan
biri boʻlib kelgan. Hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan zamonaviy
islohotlar natijalariga koʻra suyukli Vatanimizni Yangi Oʻzbekistonimiz desak
arziydi. Oʻtgan toʻrtgina yilda bevosita Prezidentimiz tashabbuslari va harakatlari
bilan amalga oshirilayotgan yutuqlarimizni nainki xalqimiz, balki xorijlik ekspertlar
ham e'tirof etishmoqda. Bu “Mamlakatimizga iqtisodiy modernizasiya va
liberializasiya izchil amalga oshirilganligi sabab yurtimizga xorijiy investisiyalar kun
sayin oqib kelayotir. Respublikamizning barcha hududi ulkan qurilish maydoniga
aylangan, barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, savdo va koʻngilochar markazlar
hamda boshqa ijtimoiy ob'ektlar barpo etilmoqda”.

Prezidentimizning “Moʻ'jizaga ishonsang, u roʻyobga chiqadi” degan olijanob

fikrining isboti boʻlib, Yangi Oʻzbekistonimiz moʻ'jizalar mamlakatiga aylanishiga
shak- shubha yoʻq. Aynan shu maqsadda Sharq Birinchi va Ikkinchi Uygʻonishlar
davrlaridagi buyuk ajdodlarimizning ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish borasidagi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

286

tajribalariga e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh
Assambleyasining 72 sessiyadagi nutqida tarixda birinchi marotaba

:”Markaziy

Osiyo Uygʻonish davrining koʻplab yarqin nomayondalarining islom va jahon
sivilizasiyasiga qoʻshgan beboho hissasini alohida qayd etmoqchiman”,

deb

ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbari 2020 yil 31 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi
Mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali morosimda shu
mavzuni davom qildirib :”Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda,
“Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning
mutlaqo

yangi

bosqichiga

qadam

qoʻyganimiz,

erishayotgan

zarvarli

yutuqlarimizning e'tirofidir. Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi
zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish-Uchinchi Renessans davriga poydevor
yaratilmoqda, desak ayni haqiqat boʻladi”.

Ha, yangi Oʻzbekistonimizni yanada gullab-yashnatish va jahondagi ilgʻor

mamlakatlar safiga olib chiqish maqsadada Uchinchi Renessans masalasini strategik
vazifa sifatida oldimizga qoʻyib, uni milliy gʻoyamiz deya qalblarimizga joylab
oʻrganamiz va, unga yuragimiz amri bilan amal qilamiz.

Mana, birgina uygʻonish soʻzini harbiy atama sifatida oʻrganish bahonasida

Vatanimiz tarixida yuz bergan Renessanslarning ham qisqacha mazmun-mohiyati
bilan tanishishga muvaffaq boʻldik.

Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjonning bir kichik she'ri bizga yordamga

keladi, uning ham sarlavhasi “Uygʻonish” deb ataladi;

UYGʻONISH

Quyoshdan bir nurli koʻchki qoʻzgʻotgan,
Qishning muz chayshabin parchalab otgan,
Gʻaflat uyqusidan erni uygʻotgan,
Bu bahor emasmi,
Savolim shuldir?!
Tongga oʻchoqboshi singari shoshib,
Eshikka qoʻshqonot bagʻishlab ochib,
Farzandin uygʻotgan mehrlar sochib,
Bu ona emasmi,
Savolim shuldir?!
Davrboshi boʻlib aldov, xiyonat,
Burchakka qisilgan paytlar diyonat,
Vijdonni uygʻotgan, solgan qiyomat,
Bu imon emasmi,
Savolim shuldir?!
Olam biryoq, seni biryoq etolgan,
Vafoni yurakka bayroq etolgan,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

287

Tunni yulduz bilan uygʻoq etolgan,
Bu sevgi emasmi,
Savolim shuldir?!
Lekin bir xalq mudrab etinqirasa,
Har kimga oʻz tinchi yoqinqirasa,
Shoirlari qoʻrqib, bosinqirasa,
Xalqni kim uygʻotar,
Savolim shuldir?!
She'rning birinchi toʻrtligida fasllarning erkasi va goʻzali bahorning azmu

shijoati talkin qilinadi; u hatto quyosh nurlariga ham xarorat qoʻshadi, qishning muz
kiyimlarni eritadi, erni gʻaflat uyqusidan uygʻotib, tabiatni yashnatadi. Ikkinchi
toʻrtlgida mushfiq va mehribon ona siymosini koʻrib, dilimiz yorishadi; u tong bilan
turib farzandlariga eguliklar tayyorlab, ularni otashin mehri bilan uygʻotadi. She'rning
uchunchi toʻrtlgida imon bosh rolni oʻyraydi; agar davra boshida aldamchi va
xiyonatchi odamlar tursa, diyonatchilar burchakka qisilib qolsalar, shunda imon
ularning vijdonlarini uygʻotadi demoqchi.

Toʻrtinchi toʻrtligida sevgi qudrati vasf etiladi.Chin sevgiga uchragan inson

uchun uning oʻzi bir yoq, olam bir yoq boʻladi, u oʻz yuragiga vafoni bayroq
etib,tunlarni yulduz bilan uygʻoq etaoladi. Yuqoridagi toʻrtliklarning oxirida
qoʻyilgan savollarga, sezgan boʻlsangiz, javoblar har bir satrning oʻzidan
chiqayapti.She'rning oxirgi satridagi savolga esa javob yoʻq! Chunki xalqning oʻzi
mudrab etinqirasa, har kimga oʻz tinchi aziz boʻlsa, shoirlari qoʻrqib, bosinqirasa,
xalqni kim uygʻotar?! She'rda bahor, ona, imon va sevgi oʻz vazifalarini a'lo darajada
bajarishadi, badiiy koʻchma ma'nolarda albatta.

Xulosa

Oxirgi satrdagi savol nega javobsiz qoldi? Kimga qaratilgan oʻzi bu savol?. Buni

bilish uchun she'rning yozilgan vaqtini aniqlaylik. Talantli shoir Omon Matjon bu
she'rini 1989 yilda yozgan. Demak 1991yilgacha - Mustaqillikka chiqqunimizgacha
yana 2 yil bor edi. Toʻgʻrisi, sobiq ittifoqning raxbarlari ham, odamlarning ham
garang boʻlib yurgan vaqtlari edi bu davr. Demak, Omon Matjon xalqni kim
uygʻotar? degan savolni oʻz vaqtida butun rahbariyatga, hammadan ham olimlar,
yozuvchi va shoirlarga qaratgan. Unga kim ham javob berardi deysiz. 1991yil
sentyabr oyidagina Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz tom ma'noda
uygʻona boshladi. Ayniqsa davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning soʻnggi 4 yillik
faoliyati davomida chindan ham yangi Oʻzbekiston barpo boʻlayotir. “Inson
manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat
idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyillar samarasini koʻrib,
xalqimizning gʻoyaviy va siyosiy ongi oʻsib yuksalib bomoqda. Ha, ruhan, ma'naviy va
siyosiy jihatdan xalqning uygʻonishi ham katta baxt- uygʻonish baxti. Bu uygʻonish


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

288

natijasida Yangi Oʻzbekiston xalqi toboro birlashib, mamlakatimizning siyosiy,
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotini tubdan yangilash, “

Milliy

tiklanishdan – milliy yuksalish sari

” gʻoyasiga amal qilib, jamiyat hayotini

faravonlashtirishga munosib hissasini qoʻshaveradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.“Buyuk ajdodlarimiz“ Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent, 2017.
2. Gʻiyosiddin Ali ibn Jamolal-Islomninng Amir Temurning Hindistonga

urishlari haqidagi xotiralari.

3. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari.
4. Ibn Arabshohning “AmirTemurtarixi” asari.
5. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992.
7.Omon Matjon “Muhabbat she’rlari” Ziyo nashriyoti.2000/

Библиографические ссылки

“Buyuk ajdodlarimiz“ Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent, 2017.

Gʻiyosiddin Ali ibn Jamolal-Islomninng Amir Temurning Hindistonga urishlari haqidagi xotiralari.

Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari.

Ibn Arabshohning “AmirTemurtarixi” asari.

Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992.

Omon Matjon “Muhabbat she’rlari” Ziyo nashriyoti.2000/

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)