International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
26
BOSHQARUV JARAYONLARIDA RAXBARLIK QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISH
Urazbeyava Sevinchoy Toxtaboy qizi
CHDPU Pedagogika fakulteti
Menejment yo‘nalishi 24.1 guuruh talabasi
urazbayevasevinchoy9@gmail.com
Annotatsiya:
Xozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan barcha davlarda xar
qanday soxa bo‘lishidan qat’iy nazar albatta raxbarga muhtojlik bor.
Ushbu maqolada
boshqaruv jaroyonini qanday olib borish hamda rahbarlik faoliyatini qanday
rivojlantirish kerakligi haqida ma’lumotlar yozilgan.
Kalit so‘zlar:
rahbarlik,boshqaruv, boshqaruv jarayoni, raxbarlik mas’ulyati,
mas’ulyat.
Kirish:
Har bir inson vaqt, mehnat sarflayotgan ijtimoiy zaruriyati, vazifasi yohud
topshiriqlari yig‘indisi yanada samarali, foydali va manfaatli bo‘lishi uchun harakat
qiladi.o‘z o‘rnida bu harakatlar individual (yakka) va kollegial (jamoviy) holatlarda
amalga oshiriladi.Bunda harakatlar ko‘zlangan maqsad, maqsadga erishish yo‘lidagi
amallar hamda amallarga prinsipial yondashuv bilan harakterlanadi. Hammamizga
ma’lumki, yakka tarzda ishlash nisbatan qulayroq, jamoaviy ishlashda esa har qanday
yulaylik, yutuqlar va inqiroz hamda jamoaning ijtimoiy muhiti, hamda jamoaga
boshchilik qiladigan shaxsning boshqaruvchanlik qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tom
ma’noda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv ko‘p jihatdan e’tiborli hisoblanadi. Bizda
shunday savol paydo bo‘lishi bu tabiiy holat. Boshqaruv o‘zi nima?
Boshqaruv - boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga
muvofiq va doimiy ta’sir etish jarayoni hisoblanadi. [1]
Umumiy ma’noda boshqaruv subyekti rahbar bo‘lsa, obyekti xodim hisoblanadi.
Rahbar korxona yoki tashkilot manfaati uchun qaror qabul qiluvchi va unga javobgar
shaxsdir, xodim esa ijroji vazifasini bajaardidigan shaxs hisoblanadi. Korxona va
tashkilotda iqtisodiy, ilmiy, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish kabi ko‘plab
sohalarda faoliyat olib borilar ekan, faoliyatning ham ko‘zlangan va erishilgan
natijalarning ham asosida rejalashtirilgan, muvofiqlashtirilgan, kommunikativ
boshqaruv jarayoni yotadi.
Boshqaruv jarayoni - tashkilot resurslarini u tomonidan o‘zining maqsadlariga
erishish uchun shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha uzluksiz o‘zaro
bog‘liq harakatlarning majmuasi.[2]
Ta'kidlangan jarayonni ya'ni uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar majmuini
maqsadlarga erishish uchun har tomonlama to‘g‘ri yo‘naltirish eng avallo rahbar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
27
zimmasiga yuklanadi. Shuning uchun rahbar shaxs doimo rivojlanish uchun
harakatda bo‘lishi va faoliyatining ijobiy izchilligini ta’minlay olishi zarur.
Boshqaruv jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- ma’lumotlar bazasini tayyorlash;
- prognozlashtirish;
- faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish;
- xodimlarni halol va samarali mehnatga da'vat etish;
- mehnatlarini nazorat qilish;
- boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish;
- maqbul qarorlar qabul qilish.
Boshqaruvning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’iy nazar, rahbar o‘z faoliyati
natijalari va o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘linma faoliyatiga javobgardir.
Rahbar
Mas’uliyati tushunchasi mansabdor shaxslarning boshqaruv faoliyatiga baho
berishda, ularning o‘ziga topshirilgan ishga munosabatini tavsiflashda keng
qo‘llaniladigandi. Boshqaruv mansabdor shaxs anglab yetgan va qabul qilgan barcha
vazifalarni sifatli bajarish zaruriyatini ifodalaydi.[3]
Darhaqiqat, har bir rahbarda birinchi navbatda shaxsiy javobgarlik va mas’uliyat
tushunchalari shakllangan bo‘lishi kerak. Chunki unga berilgan mansab yoki
unvonning o‘zi avallo ishonch va ikki barobar mas’uliyatdir.
Bildirilgan ishonchni oqlash uchun xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan
yondashish tashkilot yutug‘ining yarmiga tengdir. Shunday ekan boshqaruv jarayoni
va rahbarlar faoliyatida “Rahbar mas’uliyati” eng muhim tushunchalardan biridir.
“Rahbarlik” so‘zi forschadan “yo‘lboshchilik” ma’nosini bildiradi, rahbarlik
tashkilot rasman mavjud joyda qaror topadi, liderlik esa psixologik munosabatlar
jarayonida vujudga keladi. Rahbarning faoliyati huquqiy me’yorlar bilan ta’minlanadi.
Ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvi yoki
birlashtirilishi guruhni tashkil etadi.
Rahbarning vazifasi rejalashtirish, ishni tashkillashtirish va vazifalarni bo‘lib
berishdan iborat. Undan tashqari rahbar:
• Rahbar rejalarni amalga oshirish jarayonini boshqaradi;
• Rahbarga bo‘ysunuvchi hodimlar bor;
• Rahbarning e'tibori tizim va tashkillashtirishda bo‘ladi;
• Rahbar boshqaruv jarayonini tashkil qiladi, nazorat qiladi.
Rahbar mas’ulyati - rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib, uning
ma’lum sohaga javobgarligini aks ettiradi hamda alohida shaxs, xodim mas’ulyatidan
faqr qiladi,ko‘lami kengligi,salmog‘i bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham rahbar
mas’ulyati har doim muhim sanalgan. Mas’ulyat, avvalo, har bir kishining vijdoni,
iymoni, qolaversa, o‘zgalar oldidagi, jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi burchini
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
28
teran anglashdir. Umuman, mas’uliyat rahbarning zimmasidagi vazofasiga nisbatan
javobgarlik tuyg‘usidir. Mas’uliyatli rahbar, eng avvalo, o‘ziga, so‘ngra boshqalarga
nisbatan talabchan bo‘ladi.
Har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va
uddaburon va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun ham rahbarlik faoliyatini
tafakkur va harakat biligiga taqqoslaymiz. Fikrlash va harakat bir paytning o‘zida
ro‘y beradi, boshliq o‘zi o‘ylashi, o‘zi mantiqiy xulosaga kelishi va ularning amalga
oshirishga kirishishi lozim.[4]
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yo‘llari
majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishidan,
ya’ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Lekin shuni
e’tiborga olish lozimki, metod bu tamomila ob’ektiv rahbarga bog‘liq bo‘lmagan
mustaqil tushunchadir. Uslub garchi u ham ta’sir o‘tkazish usullari majmuasidan
iborat bo‘lsada, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning sub’ektiv, individual
xususiyatlari bilan belgilanadi. Boshqaruv sogasida ham jamiyatni, davlat tanazzul
uchratadigan ayanchli holat bo‘lgan korrupsiyaning asta-sekinlik bilan bo‘lsada
yo‘qolishi, muammolar, takliflar joyida hal etilishi yoki ko‘rib chiqilishi bu sohada
ham o‘siz kuzatilishiga asos bo‘lmoqda. Albatta har bir sohaning rivojlanishi va
o‘sishi biz uchun muhim. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlikning ham rivoji asosiy
jihat bo‘lishi kerak. Chunki hamma sohalar o‘zaro bog‘liq bu bog‘liqlik negizi
boshqaruvdir.
XULOSA:
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak raxbar boshqaruv jarayonida raxbarlik qobilyatini
rivojlantirish uchun raxbarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lib ish jarayonida manaviy -
marifiy xislatlari rivojlanadi va yanada takomillashadi. Qachonki raxbar o‘z
xodimlarini boshqara olsagina bu ish jarayonda xamjihatlik, xamfikrlik va rivojlanish
bo‘ladi. Har doim rahbar o‘z jamoasini birlashtirib bir maqsad yo‘lida birlashtira
olishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.Xojiev. Davlat va jamiyat boshqaruvining asoslari. // Toshkent. - “Yangi
kitob”, 2017. 257 bet
2.
A.Xolov. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda rahbar mas'uliyati. // -
Toshkent: "Akademiya", 2014
3.
A.Xolov. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlashda rahbar mas’ulyati. // -
Toshkent: “Akademiya”,2012, 124 bet
4.
N.Boymurodov. Rahbar psixologiyasi. Toshkent, “Yangi asr avlod” 2016-132
bet
