International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
51
HUVAYDO G‘AZALLARIDA TASAVVUF VA ZIKR MASALASI
Hayotjon Abdullayev
FarDU magistranti
Annotatsiya:
ushbu maqolada Huvaydo ijodidagi g‘azal janridagi she’rlarda
tasavvuf va tariqat, zikrning qanday ulug‘ amallardan ekaniga va g‘azallardagi
she’riy san’atlar hamda tasavvufiy qarashlarning badiiy ifodasi kabi qator o‘ziga xos
masalalar yuzasidan fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Huvaydo, g‘azal, tasavvuf, orif, tariqat, she’riy san’at, tatabbu,
ma’rifat, aruz, hazaj, ramah, rajaz va mutaqorib, bahr, tazod, tashbeh, irsoli masal,
xusni ta’lil, kitobat, talmih, ruju, zikr.
Xojanazar Huvaydoning asarlarida asosan hasbi hol, ya’ni o‘zining ahvolini
bayon qilgan holda, boshqalarga ma’rifat tarqatish maqsadi birinchi planga
ko‘tarilgan. Uning g‘azallari asosan aruz vazninig mumtoz milliy adabiyotimiz uchun
an’anaviy bo‘lgan hazaj, ramah, rajaz va mutaqorib bahrlarida bo‘lib, o‘ziga xos
musiqiylikni kasb etgan. Shu bilan birga ulug alloma Ahmad Yassaviyning
hikmatlarida bo‘lgani kabi o‘zini analiz qilish va shu orqali hayotiy xulosalar
chiqarish ustuvorlik qiladi.
Masalan Xojanazar Huvaydo devonidan joy olgan “Majnuni benavo kabi…”
g‘azalida ham o‘z ahvolini bayon qilish orqali atrofdagilarni Haq yo‘lida odimlash
mashaqqatlari haqida so‘z yuritadi.
Majnuni benavo kabi Layliga yig‘lag‘on o‘zum,
Dashti jununda loladek bag‘rini tig‘lag‘on o‘zum.
Mazkur g‘azalning birinchi misrasida solik, ya’ni tariqat yo‘lidagi oshiq
o‘zining holatini xuddi sahrodagi Layli ishqida azoblangan Majnunga qiyoslaydi. Bu
o‘rinda tashbihx va talmih san’atlari yuzaga keladi. Tashbihning turli navlarni bor
bo‘lib, bu misrada ulardan fe’l-atvorini, holatini, xatti-harakatini o‘xshatish o‘rinlari
o‘xshaydi. O‘zidan avval yashab ijod qilgan ustozlarning asarlaridagi qahramonlarni
o‘z asariga kiritish she’riy san’atlar orasida talmih deb ataluvchi san’atni yuzaga
chiqarishini bilamiz. Yuqoridagi misrada ham mashxur “Layli va Majnun” dostoni
qahramonlari tilga olinadi. Baytning ikkinchi misrasida ham talmih hamda tashbih
she’r san’atlari namoyon bo‘ladi, “dashti junun” va “loladek” so‘zlari bunga yaqqol
misol bo‘la oladi.
Tashbih – o‘xshatish demak. Shoir tasvirda biror narsani ikkinchi biror narsaga
o‘xshatsa, tashbih san’ati bo‘ladi. O‘xshatishlar esa behad xilma-xil: hajman
o‘xshatish, rangini o‘xshatish, hidini o‘xshatish, xatti-harakatini o‘xshatish, fe’l-
11
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 163-b.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
52
atvorini o‘xshatish, narsani odamga va odamni narsaga o‘xshatish… Tashbihdan
maqsad: o‘sha o‘xshatilgan narsani aniqroq tasavvur etish; butun ta’sirchanligi bilan
ko‘z oldiga keltirish; o‘xshatib suydirish va o‘xshatib bezdirish; o‘xshatib maqtash va
o‘xshatib rasvoyi jahon qilish… Xullas, bu tashbeh degan san’at imkoniyatlari chek-
chegarasizdir.
Yetti baytdan iborat bo‘lgan yuqoridagi g‘azalning qolgan o‘rinlarida ham o‘z
holini bayon qilish yo‘sini davom ettiriladi, ishq yo‘lida, katta orzular bilan Haq
jamoliga yetishga bel bog‘lagan solik o‘zi duch kelgan mashaqqatu azoblarni bir-ma-
bir bayon qiladi. Jumladan, g‘azalning so‘nggi baytida shunday deydi:
Xasta Huvaydoni biling jumla taaluqotini,
Misli kulolning loyidek yerda ayoqlag‘on o‘zum.
Mazkur g‘azal aruz she’r tizimining ramal bahrida yozilgan bo‘lib, a-a, b-a, d-a
shaklida qofiyalangan va yakpora g‘azalga misol bo‘ladi. G‘azalning dastlabki ikki
misrasida, yani matlada kelgan va qilgan baytlarning ikkinchi misrasida qo‘llangan
“o‘zim” so‘zi radif vazifasini o‘tagan. Bundan kelib chiqadiki, Huvaydoning bu
she’rini “O‘zim” radifli g‘azali deyish mumkin. G‘azalning maqtasida muallif
o‘zining tahallusini kiritib ketgan. Bu jarayon Huvaydoning ko‘plab g‘azallarida
uchraydi. Shoir bu yondashuv bilan o‘zini ta’kidlabgina qolmay, ko‘p o‘rinlarda
o‘zini koyidi.
Mazkur asarda boshdan-oyoq tariqat yo‘lidagi orifning dardu azoblari rang-
barang tashbih va boshqa vositalar misolida tasvirlangan. Xojanazar G‘oyibnazar
o‘g‘li Huvaydo ijodining butun mazmun- mohiyati Alloh rizoligiga yetishish, bu
yo‘lda sobitqadam bo‘lib, islomiy arkonlarnito‘kis bajarish, Haq ishqi bilan g‘ofil
ko‘zlarni ochishni ko‘zda tutadi. So‘fiy ijodkor bu borada o‘z maqsadini
zamondoshlari va kelajak avlodga yetkazish uchun she’riy yo‘lni tanlagan. Huvaydo
o‘zi yashab, ijod qilgan davrida ham, hozirgi kunda ham milliy adabiyotimizning
oldingi qatorlarida tilga olinadi.
Huvaydo g‘azallarida majoziy ishqdan ko‘ra, haqiqiy, ya’ni Alloh ishqini
kuylash yetakchilik qiladi. Uning g‘azallarining bir baytida ham bir katta hajmli
asarda uchrashi mumkin bo‘lgan ma’no va mazmun mujassamligini anglash mumkin.
Hozir ana shunday baytlardan birini tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz. Masalan
avliyo ijodkor devoniga kiritilgan g‘azallardan birining bir baytini olaylik.
Yig‘lagil Haq yodi birla kecha-kunduz zor-zor,
Ko‘z yoshingni oquzub, monandi abri navbahor.
12
Rahmonov V. She’r san’atlari, “Sharq” nashriyoti. Toshkent – 2020. 127-b.
13
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 163-b.
14
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
53
Mazmuni: Haqning, ya’ni Allohning yodi birla kecha-yu kunduz erta bahor
yomg‘iri kabi zor-zor yig‘lagin. Ushbu bayt tasavvufiy baytdir va unda Allohni zikr
etish haqida so‘z yuritilgan.
Zikr olovi har narsani yoqib, kul etuvchi qudratga ega. Zikr qalbni yomon
illatlardan poklab, qalb uyini nurga to‘ldiradi.
Tasavvufdagi zikr turlaridan biri va yassaviya tariqatiga tatbiq etilgani “zikri
arra”dir. Bu zikr “Huv” deb ham ataladi. U haqda “Sharafnomayi shahiy”da
naqshbandiya peshvolaridan Xoja Muhammad Islomga tegishli bir rivoyatda bunday
deyilgan”: «U bolalik chog‘larida ul hazratni (Hazrati ali ko‘zda tutilgan) – uch marta
tushda ko‘rdilar: birinchi tushda bu janobni huzuriga chaqirib, fasohat bayon
qilg‟uvchi og‟izlarini uning og‟izlariga qo‟yib, “Huv” zikrini dam urdilar va
dedilarkim, “Huv” zikri xosul-xosdir. Sen uni zikr qilib, xosul-xoslardan bo‘lib
qolursan. Binobarin, senga “Huv” zikrini talqin qildim”. Tariqat vakillaridan ba’zi
kishilar “Huv” zikrida “vov” harfi talaffuz qilinsa, “g‘aybiy huvviyat”ga ishora bor
desalar, ba’zilari “vov” harfi tilga olinmaydi deydilar. Huvaydo ham keyingi qarashni
yoqlagan bo‘lsa kerak, “Hu” zikridan she’rlarida ko‘p foydalanadi. Albatta bu kabi
she’rlarda “Hu” dan maqsad Alloh Taolodir.
Visolingni so‘rog‘lab ro„baro„ darbadar yurdim,
Gadolardek eshiklarda borib “hu” deb sado qildim.
Allohni har dam, har lahza yodga olish, faqat va faqat undan najot so‘rash va bu
zikrlar chin dildan hamda beg‘araz bo‘lishi lozimligi huvaydoning boshqa asarlarida
ham bot-bot takrorlanadi. Tasavvufda so‘z va amal birligi solik kamolotida, uning
ma’rifat va haqiqatga yetishishida eng muhim unsur sanaladi, zikr bobida juda ko‘p
adabiyotlarda o‘qish va ma’lumot olish mumkin. Jumladan, Zero zikr insonni
Allohga yaqinlashtiradi. Har bir olayotgan nafasingdan so‘raladi. Shuning uchun
Allohni zikr qilish jannat eshiklarini ochuvchi kalitlardan hisobladadi. Zikrning eng
afzali “La ilaha illallohdir. Hadislarda: Ey imon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr
qilinglar. Xabarda elganki, har kuni ming-inglab nafas olib, chiqariladi. Kishidan har
bir nafasini nima uchun olgani haqida so‘raladi
Baytdagi “yig‘lagil kecha-kunduz zor-zor” jumlasida muridning munojot holati
tasvirlanadi. Undagi solikning holatidan keyinchalik munojot janri yuzaga keladi.
“Abri navbahor” birikmasi tasodifiy emas. Qishdan so‘ng erta bahor yomg‘iri
tabiatga yangi hayot baxsh etadi. Shuningdek, Allohning zikri ham inson qalbini
yangilaydi va gardlardan poklaydi. Haqni yod etish va doim qalbda saqlash yomon
illat va amallarga to‘siq qo‘yadi, hamda faqat ezgulikning yo‘llarini yoritadi.
15
Najmiddin Kubro: “Tasavvufiy hayot”.– Toshkent; Movarounnahr, 2004. – b.111.
16
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 236-bet.
17
Tasavvuf va Naqshbandiylik, – Toshkent. 2019.– b.15.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
54
Yuqorida keltirilgan baytda solikning tasavvufdagi oriflik maqomiga yetganini
ko‘rish mumkin.
Orif
" - irfon sohibi, anglagan va tanigan degan ma'nolarda keladi.
Sofiylarning nuqtai nazarida irfon Alloh tuhfasi bolgani uchun ilmdan ustun erur.
Orif –
Allohning shuhud, asmo va sifotlarini idrok etgan, mavhum borlig^idan
kechib, Haq borlig^i ila bor bolgan kishidir.
Orif –
aslida ilohiy ilmlar sohibi
demak1dir. Ham diniy ham dunyoviy ilmlarning egasi bo‘lgan
orif
Alloh jamolining
orzusida yashaydi, uni sifatlarini anglash, tanish bilan umr o 'tkazadi. Haqqa yetishish
ilmini o 'rganib, bu ilmni boshqalarga ham ulashaolgan.
Orif tasavvufda marifat bosqichiga yetgan inson hisoblanadi. Bu bosqichdagi
solik o‘z amali, zikri va hayot tarzi bilan Allohga yaqinlashgan. Allohni o‘zi bilan
ruhan birga ekanini anglab yetgan shaxsdir.
Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va
diniy ilmlarni birga qo‘shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha,
zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq boshqa bir nuqtai nazar ham bor:
garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo‘lsa-da, lekin dunyoni
bilish Ollohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Allohni bilish dunyoni bilishdan
boshlanishi kerak, chunki dunyo – kasrat ko‘plik olami, Allohning ijodi. Uning
sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko‘zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri
Abdurazzoq Koshoniy Ibn Arabiy qarashlariga suyanib, ma’rifatga bunday ta’rif
bergan: «Ma’rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma’rifat
ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish
demak». Buning ma’nosi shuki, muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi)
Allohning o‘zi bo‘lib, Uning ilmi kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi.
Bundan yana quyidagi fikr kelib chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning
to‘plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Allohga tegishli,
Alloh – hikmatlarning jamuljami, bizning Olimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak,
biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.
Tahlilga tortilgan bu bayt aruz she’r tizimining ramali musammani maqsur
vaznida yozilgan bo‘lib, unda bir qancha she’riy san’atlar qo‘llangan. Masalan,
“kecha-kunduz” so‘zlari orqali tazod san’atidan foydalanilgan bo‘lsa, “zor-zor”
birikmasi bilan takrir san’ati ham qo‘llanilgan. Bundan tashqari, baytdagi “monandi
abri navbahor”birikmasi orqali tashbeh san’ati yuzaga chiqqan va xuddi shu jumla
bilan husni ta’lil sanati ham aks etgan. Bunda orif qalbidagi tirilish nazarda tutilgan.
Bu baytda shu kabi she’riy sanatlardan yana bir qanchasini ko‘rish mumkin. Tahlilga
chuqurroq yondashilsa, kifoya.
Xalq og‘zaki ijodi, ya’ni folklor Huvaydoning she‟rlariga ijobiy ta’sir o‘tkazib,
ularning xalqchilligi va badiiyligini kuchaytirishga xizmat qilgan. Buni uning xalq
18
"G'iyos ul-lug'ot". – Toshkent. 2006.
19
Najmiddin Komilov, “Tasavvuf –Ma’rifat va haqiqat”, 4-maqola, – https://kh-davron.uz/kutubxona
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
55
maqollari va matallaridan ustalik bilan foydalana olganidan ham bilish mumkin.
Masalan, u bir g‘azalida “Boshingg‘a qilich kelsa ham rost gapir” maqoliga monand:
“Rost aytgil, egri hargiz so‘zlama,
Ey Huvaydo, kelsa boshingg‘a qilich.”
misralarini keltiradi. Yoki Navoiyning
“Xazoyin ul-maoniy” devoni fotihasi hisoblanmish:
“Ashraqat min aksi kaasi anvorul hudo,
“Yor aksin mayda ko‘r” deb jomdin chiqdi sado” baytiga hamohang tarzda:
“Bir sado chiqsa qadahdin yorni ko‘r mayda deb,
“Ko‘ra olmassan dedi to etmaguncha mayni sof”.
bayti orqali “ishq sof,
haqiqiy bo‘lmas ekan, unda, ko‘ngilda yor aksi – Alloh tajallisini ko‘ra olmaysan,”
degan sado chiqdi, deb tushunishimiz mumkin.
Huvaydoning she’rlari orasida Allohning sifatlarini nomma-nom sanagan
o‘rinlarni ham ko‘ramiz:
“Sifotingdur sani Subhon Rauf-u ham Rahim Rahmon,
Qaim-u “lam yazal” Sansan, Karim-u Hay-yu lo mavto.”
Huvaydo aruzning‘ deyarli hamma bahrlarida ijod etgan san’atkordir.
Chunonchi: Ramal (ramali musammani mahzuf): G‘uncha yanglig‘qon yumuq
ishqing bilan xomushmen, Bu Huvaydodek sango bag‘ri to‘la qon qaydadur. foilotun
foilotun foilotun foilun -V-- | -V-- |-V-- | -V-
Hazaj (hajazi musammani solim): О‘luk denglar Huvaydoni, tirik bilmang
burodarlar, Yururman shunchaki bir o‘lmagan tan ichra jonim bor. mafoilun mafoilun
mafoilun mafoilun V--| - V -- | - V -- | - V-- Mutaqorib (mutaqoribi musammani
aslam): Arzimni aydim bodi sabog‘a, Etkursa holim ul dilrabog‘a. fa’lan faulo‘n
fa’lan faulo‘n - | V -- | -- |V --.
Mutaqorib (mutaqoribi musammani aslam):
Arzimni aydim bodi sabog‘a,
Etkursa holim ul dilrabog‘a.
fa’lan faulo‘n fa’lan faulo‘n - | V — | — |V —
Lekin aksariyat g‘azallari asosan turkiy g‘azalnavislikka xos bo‘lgan bahrlar –
“hazaj”, “ramal” va “rajaz bahrida bitilgan bo‘lib, ularning aksariyati radifli g‘azallar
sanaladi. Shoir ijodining asl mazmun-mohiyati diniy-tasavvufiy masalalarga
qaratilgan bo‘lsa-da, uning g‘azallari qatorida yor visoli, ishq-muhabbat mavzusiga
bag‘ishlanganlari ham uchraydi.
Kiyib gulgun qabo, o‘tti ko‘zimdan bir pariro‘y,
Sarosima qilib ketti fusungar chashma joduyi.
20
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 65-бет.
21
Yuqoridagi manba, 153-bet.
22
Yuqoridagi manba, 5-bet.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
56
Minib g‘amza otin shamshiri nozin bog‘lanib o‘tti,
Sadoyi na’rai, vo hasrato chiqti ba har suyi.
Yozib zulfin sabo dilbar, muattar qildi jonimni,
Dimog‘img‘a Ho‘tan dashtidin endi mushki ohuyi...
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Alisher Navoiy (2011). To‟la asarlar toʼplami, X jildlik – Toshkent:
Gʼ.Gʼulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
2. Rahmonov V. She’r san’atlari, “Sharq” nashriyoti. Toshkent – 2020. 127-b.
3. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar.-Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1990
4. Najmiddin Komilov, “Tasavvuf –Ma’rifat va haqiqat”, 4-maqola, – https://kh-
davron.uz/kutubxona
5. Najmiddin Kubro: “Tasavvufiy hayot”.– Toshkent; Movarounnahr, 2004
6. So‘fi Olloyor. Sabotul ojizin.
7. Tasavvuf va Naqshbandiylik, – Toshkent. 2019
8. Xojanazar Huvaydo (2005). Devon (Nashrga tayyorlovchilar: I.Abdulloh,
Q.Roʼzmatzoda). – Toshkent: “Yangi asr avlodi”.
23
Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 223-b.
