International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
57
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI ISH YURITISH TERMINLARINING
OʻZARO TARJIMASIDAGI MUAMMOLAR
PROBLEMS IN TRANSLATIONS OF ADMINISTRATIVE TERMS
BETWEEN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Turdiyev Islomjon Mamadaminovich
ToshDO‘TAU Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqola ayrim ish yuritishga oid terminlarning ingliz va
o‘zbek tillaridagi tarjimasi muammolarini tahlil qilish va natijalariga yechimlar
berishga bag‘ishlangan bo‘lib, turli olimlarning ushbu sohada olib brogan
tadqiqotlaridan iqtiboslar keltirilib, ularga qo‘shimcha munosabatlar beriladi.
Annotation:
This article is devoted to analyzing the problems of translating
some business terms into English and Uzbek and providing solutions to the results. It
cites and provides additional references to research conducted by various scholars in
this field.
Kalit so‘zlar:
kalka, mahalliysahtirish, chet ellashtirish, o‘zlashma leksema, ish
yurutush terminlari.
Key words:
kalka, mahalliysahtirish, chet ellashtirish, o‘zlashma leksema, ish
yurutush terminlari.
Har bir sohada bo‘lgani kabi tarjimonlar ham ma’lum bir matn yoki atamani
tarjima qilishda muarkkablikka duch kelishi bu tabiiy hol, albatta. Ushbu o‘rinda
tarjima qilinayotgan obyektning qaysi sohaga tegishliligi hamda uning o‘quvchisi
kim ekanligni bilish muhim ahamiyatga egadir. Tarjima jarayonining murakkabligiga
ishora qilib bir qancha tadqiqotchilar o‘z xulosalarini taqdim qilishgan. Jon
Draydenning taniqli metaforasi tarjimani “oyoqlari bog‘langan arqonlarda raqsga
tushish” bilan solishtiradi
, boshqa manbalar tarjimani “sharobni suvga aylantirish”
yoki “to‘kilmasin amalga oshirib bo‘lmaydigan dekanatsiya” bilan qiyoslaydi va
tarjimonlarni esa “pijamadagi gladiatorlar”ga qiyoslaydi. Shuningdek, Robert M.
Grantning ta’kidl ashicha, hech qachon mutlaqo yakuniy tarjima bo‘lishi mumkin
emas
, ya’ni qaysidir tarjimani aynan tarjima deb hisoblab bo‘lmaydi. Yuqorida
aytib o‘tilgan olimlarning tarjimaga nisbatan qo‘llagan qiyoslashlari tarjimani
murakkab va qiyin mashg‘ulot sifatida tavsiflovchi ekspressiv usuldir. Bundan
24
Dryden, John. 2012. Dancing on ropes with fetter’d legs. https://jacket2.org/commentary/dancing-ropes-
fetter%E2%80%99d-legs [Accessed 15th March 2018].
25
Baker, Mona and Gabriela Saldanha (ed). 2009. An International Encyclopedia of Translation Studies, Volume 2.
[Online] Berlin, NewYork.:C:/Users/asus/Contacts/Downloads/Routledge_Encyclopedia_of_ Translation_Studies.pdf.
[Accessed 27 March 2018].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
58
tashqari, Riga Texnika Universiteti Amaliy tilshunoslik instituti tadqiqotchilari
ta’kidlaganidek "ko‘rib chiqilayotgan obyekt ixtisoslashgan bo‘lsa, murakkablilik
yanada ortadi"
. Ish yuritish sohasining maxsus terminlar sistemasi ekanligni
hisobga olsak ushbu fikr o‘z tasdig‘ini topadi deyishimiz mumkin. Tarjimonlar uchun
muhim vazifalar bu tarjima qilishda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan
xabardor bo‘lish va ularga yechim tiopishga tayyor bo‘lishlaridir. Aynan soha
terminologiyasi haqida gap ketganda rasmiy uslub dominant hisoblanadi va unda
yuqori darajadagi sifatli va aniq tarjima talab qilinadi. Adekvat sifatli tarjima deganda
tarjimonlar o‘z subyektiv fikrlarini berishlari mumkin, ammo Hatim va Munday
fikriga ko‘ra, yakuniy xulosa "ma’noning so‘zma-so‘z talqini, shaklga rioya qilish va
umumiy aniqlikka urg‘u berish" bo‘ladi
. Ushbu tadqiqotda tarjima qilingan terminni
o‘quvchi o‘z mazmunini olish uchun ko‘p kuch sarflamasligi kerak, shuning uchun
tarjima sodda va tushunarli bo‘lishi kerakligi haqidagi fikr olg‘a suriladi. Biroq aynan
termin tarjimasini sodda qilish juda murakkab vazifadir. Shunga qaramasdan mavjud
terminlarning tarjimasida aniqlik va bir vaqtning o‘zida jozibadorlik jihatidan tahlil
qilinishi zarur.
Tadqiqotchi Enoch Ajunva ta’kidlaganidek, tarjima muammolarini ikkita asosiy
toifaga bo‘lish mumkin - tashqi va ichki yoki o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan. Tashqi
qiyinchiliklar, birinchidan, manba tilidagi matnning o‘ziga xos xususiyati tufayli
yuzaga kelishi mumkin, masalan, u nisbatan katta, murakkab, yuqori ilmiy va texnik
bo‘lsa.
Ikkinchidan,
tarjimadagi
muammolar
polisemantik
atamalarning
ma’nolarining noaniqligi yoki tarjima qilinayotgan tilda terminologiyaning
etishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Olim Aiga Dukate bu muammolarni matn tarjimasining gibrid tabiati bilan
bog‘laydi. Dukatega ko‘ra, har qanday tarjima "ikki tegishli madaniyatga - manba
madaniyati va tadqiq etilayotgan madaniyatga bog‘langan gibrid matn sifatida tarjima
qilish xususiyatiga ko‘ra gibrid matnning ba’zi xususiyatlariga ega.
tarjimon matnni tushunishida muammolarga duch kelishining asosiy sabablaridan biri
bo‘lishi mumkin, bu adekvat va tushunarli tarjima chiqarishda asosiy shartdir.
Tarjimaning gibrid tabiati bilan kurashish uchun “mahalliylashtirish” va “chet
ellashtirish” olimlar tomonidan taklif qilingan va soha mutaxassislari tomonidan
qo‘llaniladigan
asosiy
tarjima
strategiyalari
hisoblanadi.
IAL
talabalari
telekommunikatsiya, qurilish va iqtisodiyot sohalarida ixtisoslashgani sababli, u
yerda ushbu sohalarda qo‘llaniladigan terminologiya bilan bog‘liq bo‘lgan tarjima
26
Costeleanu,
Mirela.
2009.
Difficulties
in
Translating
Specialized
Texts.
Editura
Eiroplus.
http://www.diacronia.ro/ro/indexing/details/A3362/pdf. [Accessed 28 March 2018].
27
Hatim, Basil and Jeremy Munday. 2004. Translation. An advanced resource book. London/ New York:Routledge.
28
Ajunwa,
Enoch.
2015.
Fidelity
Challenges
in
Translation.
Translation
Journal,
January
2015.
https://translationjournal.net/January-2015/fidelity-challenges-in-translation.html [Accessed 12 July 2019].
29
Dukāte, Aiga. 2007. Manipulation as a Specific Phenomenon in Translation and Interpreting. Riga.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
59
muammolarining keng doirasi bo‘lib, asosiy terminologiya muammolari orasida
quyidagilarni ta’kidlash lozim.
• mavjud polisemantik atamalarning ma’nolari noaniq va/yoki sinonimdir;
• bir atama bir nechta tushunchalarni bildiradi;
• bir nechta atama bir tushunchaga ishora qiladi;
• termin yaratishda izchillik yo‘qligi;
• tarjima qilinayotgan tilda tegishli atama yo‘qligi
Ushbu terminologiya muammolari tajribali hamda yangi tarjimonlar tomonidan
duch kelinishi mumkin. Latviyada ushbu muammolarni hal qilish uchun Latviya
Fanlar Akademiyasining Terminologiya komissiyasi tuzilgandir;
Bu komissiya yaratilgan terminlarni tasdiqlaydi va yangilarini qabul qiladi.Ular
kiritgan terminlar quyidagicha:
• latvcha kelib chiqqan yangi so‘zlar;
• xorijiy so‘zlarning transliteratsiyasi yoki transkripsiyasi;
• kalkalar
Bundan tashqari, aniq va ishonchli tarjima qilish uchun tarjimon tarjima
qilayotgan sohasi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun
tarjimonlar o‘zlarining ixtisoslashgan sohalari bilan bog‘liq eng so‘nggi
ma’lumotlardan xabardor bo‘lishlari va garchi ixtisoslashgan tarjimonlar uchun
doimiy ravishda o‘sib borayotgan terminologiyaga rioya qilish oson bo‘lmasa ham
lug‘at va terminologiya bilimlarini kengaytirishga tayyor bo‘lishlari lozim.
Shuningdek, tarjimon tarjima jarayonida yordam berishi mumkin bo‘lgan tegishli
hujjatlar va materiallardan xabardor bo‘lishi kerak, chunki lug‘atlar texnik
terminologiya muammolariga yechim taklif qila olmasligi mumkin
. Shuni ham tan
olish kerakki, tarjimonlar duch keladigan qiyinchilik tez-tez kuzatiladi. Tarjima
jarayonida ichki va tashqi muammolar tarjima qilinayotgan terminning tarjima
qiayotgan tildacheklangan lug‘at boyligi yoki texnologiya rivojlanishi tufayli yangi
paydo bo‘lgan terminlarga duch kelinganda yaqqol yuzaga chiqadi.
Bir til oilasiga mansub bo‘lmaganligi sababli ingliz va o‘zbek tillarining og‘zaki
va yozma nutqida nafaqat terminllarning qo‘llanilishida balki umuman nutq
jarayonida ham sezilarli tafovutlarni ko‘rish mumkin. Ingliz tilida ko‘p
qo‘llaniladigan hamda nutq jarayonini rang-barng qilib beradigan sinonimiya hamda
polisemiya, maxsus terminlarni tarjima qilish jarayonida birmuncha murakkablik
yuzaga keltiradi. Soliq terminlarining o‘zbek tiliga tarjimasi ustida tadqiqot olib
borgan olim O.Ahmedov o‘zining “Ingliz va oʻzbek tillarida soliq-bojxona
30
Pūtele, Iveta. (ed.) 2013. Aktuālas tendences terminoloģijas teorijā un praksē. Rakstu krājums. Rīga:
LatvijasUniversitātes Latviešu valodas institūts.
31
Veisbergs, Andrejs. 2001. Word-Formation in English and Latvian. Contrastive Analysis. University ofLatvia, Riga
32
Costeleanu,
Mirela.
2009.
Difficulties
in
Translating
Specialized
Texts.
Editura
Eiroplus.
http://www.diacronia.ro/ro/indexing/details/A3362/pdf. [Accessed 28 March 2018].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
60
terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” nomli doktorlik
dissertatsiyasida amaliyotda sohaga oid terminlarning maʼnolari yetarlicha
farqlanmayotgani bois bunday terminlar meʼyoriy hujjatlarda turlicha sharhlanmoqda
ekanligini hamda tarjima adekvatligining yuzaga kelishiga monelik qilayotgan
ekanligini, shuningdek, polisemantik va sinonimik terminlar, ularning tarjimadagi
variantlari (absolyut, nisbiy, ideografik, kontekstual, dialektal, stilistik, aralash)
sinonimlar tez-tez uchrab turishi kuzatilishini ta’kidlaydi
Terminlar va umumadabiy soz’larning lug‘atlarida albatta aniqlik jihatidan farq
bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz, ya’ni sohaga oid terminlar lug‘ati birmuncha izohlar
bilan ta;minlangan va aniqroq tarjimaga ega bo‘lishi lozim. Lug‘atshunos olim
L.V.Shcherba lugʻatlarga qoʻyiladigan talablar turlicha boʻlishi lozimligini nazarda
tutgan va umumadabiy tilga oʻzlashgan u yoki bu soha terminlarining filologik va
ensiklopedik lugʻatlarda turlicha talqin qilinishini taʼkidlagan edi
Boshqa soha terminlari kabi ish yuritsih terminlari ham ingliz tilidan tarjima
qilinganda bir qancha sinonimik tarjimalar (dubletlik)ga ega bo‘lishi kuzatiladi. Shu
o‘rinda dubelt so‘ziga izoh berib o‘tish muhimdir. Fransuzcha doublet, double –
so‘zlaridan olingan dublet leksemasi “ikkinchi nusxasi, ikkinchi shakldagi koʻrinishi”
ma’lum bir so‘zning ikki va undan ortiq nusxa bo‘lganda qo‘llaniladi (maslan: Clerk /
Cleric – kotib/ruhoniy, Census / Sensus-ro‘yxatga olish/ tuyish). Etimologiyada bir
tildagi ikki yoki undan ortiq soʻzlar turli fonologik shakllarga ega boʻlsa-da, bir xil
etimologik ildizga ega boʻlsa, dublet yoki etimologik egizak (yoki ehtimol uchlik va
boshqalar) deyiladi. Ko‘pincha, lekin har doim emas, bunday so‘zlar so‘zlar tilga turli
yo‘llar orqali kirdi. Sohaviy terminlar tarjimasidagi muammolar haqida o‘z fikrini
bergan holda olim O.Ahmedov dublet so‘zlarga o‘z munosabatini bildirib “Dublet
soʻzlar derivatsion-etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin yoki bir xil
boʻlgan, ammo tilning muayyan bosqichidagi tadrijiy rivojlanish taʼsiri natijasida
semantik va stilistik jihatdan differensial xususiyatga ega boʻlgan leksik birliklardir.
Shunga koʻra terminologiyada muayyan tushuncha ikki xil qoʻllanganda ular
orasidagi farqqa aniqlik kiritish masalasi hanuz munozarali hol boʻlib kelmoqda”
deya ta’kidlagan. Bundan tashqari dublet so‘zlarga olimlarning qarashlari turlicha
ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Olimlarning bir guruhi bunday so‘zlarni
ma’lum tushunchani turli shakllarda ifoda etuvchi birlik deb qarasalar, boshqa guruh
olimlar doubletlar bular sinonimlar emas ularni birbiridan farqlash muhim ekanligini
qayd etishadi. Yana bir guruh olimlar esa dublet terminlarni bir xil so‘zlarning turli
variyantlari emas balki bir shkali chet tilidan kirib kelgan bo‘lsa boshqasi o‘sha tildan
kelib chiqqan juf terminlar deb hisoblashadi.
Tilshunos olim A.A.Reformatskiy bir
33
O.Ahmedov “Ingliz va oʻzbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” diss.
2016
34
Щчерба Л.В. Русско - французский словарь. М.: 1959.-249 б.
35
Мадвалиев А. Ўзбек терминологиясида дублетлик масаласи //Ўзбек тили ва адабиёти. 1982. № 3.-123 б.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
61
tushunchani ifodalovchi tushunchalardan farqli o‘laroq, bir nechta termin bir
tushunchani tasvirlashini dubletlar deb atashni (bunga misol qilib o‘zbek tilidagi
“guvohnoma” so‘zining ingliz tilida “certificate, reference kabi ekvivalentlari bor)
taklif qilgan bo‘lsa
, Tilshunos V.A. Sitkina undan farqli oʻlaroq sinonimiya
hodisasini variantlilik deb atab, uning leksik, fonetik, morfologik jihatlarini ajratib
koʻrsatadi
. Terminologik sistemlarining sinonimlar qatorida dubletlar ham
uchrashini ta’kidlab o‘tgan V.P. Danileko ularni 3 holatda yuzaga kelishini qayd
etadi:
1. Oʻzlashma leksema paydo boʻlishi bilan oʻzlashtirayotgan tilda uning
maʼnosiga teng keladigan soʻz hosil qilinib, isteʼmolga kiritiladi (distance learning-
masofaviy ta’lim);
2. Oʻzlashma bilan maʼlum tildagi soʻz teng (parallel) qoʻllanadi; (analyst-
tahlilchi yoki analitik)
3. Bir tushuncha uchun turli tillardan oʻzlashgan bir necha termin qoʻllanganda
(direktor- principal, schoolmaster, rus tilidan kirib kelgan- директор)
Terminlarni tarjima qilishda izohli yoki terminologik lug‘atlarda ularning
umumiy va xususiy aspektlari batafsil yoritilib, ularning qanday ma’noda
kelayotganligi kengroq tavsiflanishi, uning yozma va og‘zaki nutqda qo‘llanilishining
yanada erkinlashishiga yordam beradi degan fikrdamiz. Shuningdek, ularning
etimologiyasi haqida ma’lumot berilib, ayni termin bilan bog‘liq iboralar va so‘z
birikmalari misollar bilan taqdim qilinishi terminning adekvat tarjimasiga erishish
yo‘li deb hisoblaymiz.
Texnik va ish yuritish matnlarini tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyati,
asliyatda mavjud bulgan axborotni aniq yetkazib berishga, maxsus atamalarni aniq
tarjima qilishga yukori talablar qoyilishidadir. Ish yuritish va texnik matnlar tarjimasi
badiiy tarjimadan farqli o‘laroq, balandparvoz uslubiy bezaklardan xolis bo‘ladi
Umuman olganda terminlarning tillararo tarjimasida bir tilda mavjud termini bir
so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan yoki ikkinchi tilda muqobili topilmaydigan
holatlar uchrab turadi. Bunday leksemalrga muqobilsiz leksika atamasi qo‘llaniladi.
Muqobilsiz leksikani tilshunosolimlar asosan lakunalar va realiyalar sifatida ikki
turga ajratgan. Bu ikki hodisa birbiriga yaqin bo‘lib uni farqash biroz murakkablik
tug‘dirishi mumkin. Muqobilsiz leksika ma’lum xalqning o‘ziga xos bo‘lgan
madaniyatini va unga tegishli bo‘lgan obyektlarni tavsiflaydi, bunga misol qilib o‘sha
xalqning, milliy kiyimi, urf-odati, pul birligi, milliy taomlari, o‘lchov birliklari, xat-
hujjatini keltirishimiz mumkin. Muqobilsiz leksika o‘zga madaniyatning ramzi
36
Реформатский А. Мысли о терминологии/Современные пробемы русской терминологии. -М.: 1966.- 297 с.
37
Циткина Ф.А. Терминология и перевод. // К основам сопоставительного терминоведения. - Львов: 1988. – 213
с.
38
Даниленко В.П. Лингвистические требования к стандартизуемой терминологиий//Терминология и норма.-М.:
1972.-128 с.
39
Xayrulla Hamidov “Tarjima masalalari” 2-qism Toshkent-2014 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 108-bet
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
62
sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling – Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon,
cho‘l – O‘rta Osiyo; sakura, geysha, ikebana, sake – yapon madaniyatining belgilarini
assotsiatsiyalaydi. O‘zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak,
ko‘rpacha, belbog‘ (belida belbog‘i bor), do‘ppi (do‘ppisi osmonda, do‘ppi tor) va
h.k. so‘zlarda ko‘rish mumkin
Yuqorida keltirilgan muqobilsiz leksikaning lakuna va realiya hodisasini hozirgi
kundagi terminologik tarjima muammolaridan deyishimiz mumkin. Kanadalik
olimlar J.Vine va J.Drabelne o‘zlarining “Fransuz va ingliz tillarini qiyoslash uslubi”
nomli kitobida birinchi bo‘lib lakuna atamasini ikki til o‘rtasidagi tarjima jarayonida
hosil bo‘ladigan holat sifatida qo‘llashgan hamda lakunalarni ma’lum bir tildagi
terminning boshqa tilda muqobili bo‘lmagan o‘rinda voqelanishini ta’kidlashgan
Garchi lakuna termini ushbu davrgacha turli xil semantik o‘zgartishlarga uchragan
bo‘lsa ham uning asl terminologik xossasi saqlanib qolgan. Yuqoridagi izohlardan
ko‘rinib turibdiki lakunalar har qancday tillar tarjimasida ham duch kelinishi aniq
bo‘lgan holatdir. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda lakuna hodisasiga misol
tariqasida “online” so‘zini oladigan bo‘lsak ushbu so‘z “masofadan turib internet
aloqasi yordamida aloqada bo‘lish” ma’nosini beruvchi termindir. Ushbu termin
hozirgi kunda o‘zbek tilida ish yurituv jarayonida keng miqyosda qo‘llaniladi.
Lakunaga yana bir misol “business plan” o‘zbek tilida “biznes-reja” atamasi mavjud,
lekin reja tuzish jarayonida har bir qadam, vazifa va maqsadlar aniq keltirilishi talab
etiladi, bu esa aslida "business plan" ga muvofiq tushunilmay qolishi mumkin.
Shuningdek, “outsourcing” termini tashqi xizmatlar taqdim etish jarayoni ma’nosini
berib o‘z-o‘zidan lakuna tashkil qiladi, chunki O‘zbekistonda bu atama ko‘plab
hozirgi ish yuritish jarayonlarida batafsil muhokama qilinib o‘tirmasdan amalda
qo‘llanadi. Ingliz tiliga fransuz tilidan kirib kelgan “budget” so‘zi o‘zbek tilida
“byudjet” deb qabul qilingan va uning muqobil variyanti yo‘q.
Lakunalar bilan birga unga yaqin bo‘lgan va yuqorida qayd etilgan tushuncha
hamda tillararo tarjimada muammo tug‘diradigan hodisa bu realiyalardir. Realiylarni
ma’lum “xalqning turmush tarzi, madaniyati va urf odatlarini o‘zida aks ettirgan,
boshqa xalq va til uchun begona bo‘lgan so‘z”
tarzida tavsiflanishi bu atama uchun
eng o‘rinlisidir. Lakunalardan farqli o‘laroq realiya aynan qaysidir xalqqa tegishli
bo‘lib uni boshqa tilga tarjima qilishda tarjima qilayotgan tilda bu kabi atama mavjud
bo‘lmaganligi sababli o‘z holicha olinadi ammo ularga izoh berilishi muhimdir.
O‘zbek tiliga ingliz tilidan kirib kelgan va madaniy jihatdan aynan ingliz xalqiga xos
“coffe break” termini oladigan bo‘lsak bu so‘zning, ta’rifi “biron bir majlis yoki ish
faoliyati davomida qahva ichib yengil tamaddi qilish uchun olinadigan qisqa
40
З.Н.Худойберганова. “ТАРЖИМАНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ МАСАЛАЛАРИ” модули бўйича ЎҚУВ –
УСЛУБИЙ МАЖМУА. Тошкент – 2016, 50-51 betlar
41
Vinay J., Darbelnet J. Stylistique comparee du fraicais et de I'anglais. - Paris, 1958. p.10.
42
Kasimova Z. Dunyo tilshunosligida realiyalar tasnifi // “Til va adabiyot ta'limi” jurnali, 2020-yil 9-son, 39-bet.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
63
tanaffus”dir. Ushbu terminning o‘zbek tilida ayni tarjimasi yo‘q, o‘zbek xalqida
qahva ichish urfga kirmaganligi bois, ish faoliyati davomida ishchilar qahva ichish
uchun tanaffus olishmaydi. Realiyalarga yana bir misol bu “stand-up” termini ushbu
terminning ham o‘zbek tilida muqobili mavjud emasligining sababi bu atama ingliz
tilida so‘zlashuvchi mamalakatlarda ish jarayoni davomida ma’lum muddatga
xodimlar tik turgan holda korxona yoki tashkilotdagi o‘sish yoki muammolarni tahlil
qilish jarayonidir. Bunday faoliyat o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lmaganligi uchun ham
terminning muqobili mavjud emas.
Xulosa
Yuqorida sanab o‘tilgan terminologiya, xususan ish yuritish terminologiysining
tarjima muammolariga sabab bo‘luvchi holatlarni tushunish hamda ularga yechim
bera olish juda ham muhimdir. Quyida terminlarni tarjima qilish bo‘yicha bir qancha
takliflar keltiriladi:
1.
Terminlarni tarjima qilishda foydalaniladigan onlayn yoki boshqa
manbaalartdan qo‘llanilganda, terminlarning Grammatik strukturtasi hamda semantik
xusuiyatlari inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir.
2.
Lakuna yoki realia hodisasi yuzaga kelganda so‘zlarni aynan olib
kirishdan ko‘ra ularni adaptatsiyali tarjima qilish soha bo‘yicha tushunchaga ega
bo‘lmaganlar uchun ham tushunarli bo‘lishiga olib keladi.
3.
Toʻgʻri va sifatli tarjimalarni taʼminlash uchun professional tarjimon
yoki tarjimon agentligini yollang.
Tarjimalar madaniyatga mos va toʻgʻri boʻlishini taʼminlash uchun ona tilida
soʻzlashuvchilar yoki mavzu boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga
muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Costeleanu, Mirela. 2009. Difficulties in Translating Specialized Texts.
Editura Eiroplus. http://www.diacronia.ro/ro/indexing/details/A3362/pdf. [Accessed
28 March 2018].
2.
Kasimova Z. Dunyo tilshunosligida realiyalar tasnifi // “Til va adabiyot
ta'limi” jurnali, 2020-yil 9-son, 39-bet.
3.
Pūtele, Iveta. (ed.) 2013. Aktuālas tendences terminoloģijas teorijā un
praksē. Rakstu krājums. Rīga: LatvijasUniversitātes Latviešu valodas institūts.
4.
Veisbergs, Andrejs. 2001. Word-Formation in English and Latvian.
Contrastive Analysis. University ofLatvia, Riga
5.
Vinay J., Darbelnet J. Stylistique comparee du fraicais et de I'anglais. -
Paris, 1958. p.10.
6.
Xayrulla Hamidov “Tarjima masalalari” 2-qism Toshkent-2014
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 108-bet
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
64
7.
Даниленко В.П. Лингвистические требования к стандартизуемой
терминологиий//Терминология и норма.-М.: 1972.-128 с.
8.
З.Н.Худойберганова.
“ТАРЖИМАНИНГ
ЛИНГВОМАДАНИЙ
МАСАЛАЛАРИ” модули бўйича ЎҚУВ –УСЛУБИЙ МАЖМУА. Тошкент –
2016, 50-51 betlar
9.
Мадвалиев А. Ўзбек терминологиясида дублетлик масаласи //Ўзбек
тили ва адабиёти. 1982. № 3.-123 б.
10.
Реформатский А. Мысли о терминологии/Современные пробемы
русской терминологии. -М.: 1966.- 297 с.
11.
Циткина Ф.А. Терминология и перевод. // К основам
сопоставительного терминоведения. - Львов: 1988. – 213 с.
