Авторы

  • Муниса Адхамова
    Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Madaniy faoliyatini rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho‘basi

Биография автора

  • Муниса Адхамова, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Madaniy faoliyatini rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho‘basi
    bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70249

Ключевые слова:

Folklor san’at kompozitor qo‘shiq ko‘p ovozlilik ijro musiqa janr.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqa madaniy merosining o‘rni va ahamiyati, folklor qo‘shiqlarini ko‘p ovozli ijroga moslashtirish va zamonaviylashtirish hamda bastakor va kompozitorlarning folklor san’ati sohasidagi ijodi xususida fikr yuritilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

86

O‘ZBEK KOMPOZITORLARI HAMDA BASTAKORLARINING FOLKLOR

ANSAMBLLARI VA BOSHQA IJODIY GURUHLARI UCHUN

MOSLASHTIRILGAN ASARLARI

Munisa Adhamova

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Madaniy faoliyatini rivojlantirish va xalq

ijodiyoti sho‘basida bosh mutaxassisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqa madaniy merosining o‘rni

va ahamiyati, folklor qo‘shiqlarini ko‘p ovozli ijroga moslashtirish va
zamonaviylashtirish hamda bastakor va kompozitorlarning folklor san’ati sohasidagi
ijodi xususida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Folklor, san’at, kompozitor, qo‘shiq, ko‘p ovozlilik, ijro, musiqa,

janr.

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль и значение

культурного наследия узбекской народной музыки, адаптация и модернизация
народных песен к многоголосию, а также творчество композиторов и
бастакоров в области народного искусства.

Ключевые слова:

Фольклор, искусство, композитор, песня, многоголосие,

исполнение, музыка, жанр.

Annotation:

This article ehamines the role and significance of the cultural

heritage of Uzbek folk music, the adaptation and modernization of folk songs to
polyphony, as well as the work of composers and bastakors in the field of folk art.

Keywords:

Folklore, art, composer, song, polyphony, performance, music,

genre.


Xalqimizning milliy-ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur etib

bo‘lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida
shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’anaviy tarzda avlodlardan
avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk ma’naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda.
Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san’ati,
kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa
san’atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlari uchun asos bo‘lib
xizmat qilib kelmoqda. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa
san’ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har tomonlama ravnaq
topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamizda
xalqimiz o‘tmishini o‘rganishga, buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok
etishga, sohaning amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim
olishga katta e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni komil


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

87

inson sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni
tarbiyalashdan iboratdir. Zero, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,
mamlakatimizning

jahon

hamjamiyatidagi

obro‘-e’tibori

avvalambor

farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga
bog‘liq”. Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining ko‘zgusidir.
San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi
hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-
mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining
ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Musiqa san’atining muhim tarmog‘i musiqa
ijodiyoti va ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni
o‘z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali
insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va qo‘shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti
bilan bog‘liqdir. Bu, albatta, musiqa san’atining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi.
Demak, musiqa yaratuvchilari, ya’ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma’naviyati,
madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi axborot manbayi
vazifasini ham o‘taydi. Bastakorlik san’ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib
aytganda, xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va ijro etilib
kelinadi. Demak, bu ham bastakorlik san’atining bir ko‘rinishidir. Faqat ular
xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va udumlariga bog‘liqligi bilan ajralib turadi.
Ana shu jarayonning ravnaqi, ya’ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri,
ma’naviyati, ma’rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy ohanglarda
muayyan shakllarga solib tasvirlab berish – bastakorlik amallari desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Zotan, bu amal muayyan shaxs, ya’ni musiqa bilimdoni tomonidan amalga oshiriladi.
Eng muhimi shundan iboratki, bastakorlik ijodiyotining mahsuli, xalqning ma’naviy
dunyosini zamonasiga mutanosib holda aks ettirib, yana xalqqa taqdim etishdan
iboratdir. Unda zamon nafasi, milliy an’analar, xalqning dunyoqarashi, ruhiyati,
falsafasi, e’tiqodi, estetikasi kabi jihatlar mukammal uyg‘unligini topishi lozim.
Musiqashunoslik ilmida bastakorlik ijodiyotini o‘rganish va tahlil etishga alohida
e’tibor berib kelinganligini qayd etish lozim. Ushbu ilm-fan yo‘nalishida, folklor va
og‘zaki professional musiqaning o‘ziga xosliklari, yaratuvchi namoyandalari haqida
so‘z yuritilgan ilmiy risolalar, monografiya va ilmiy maqolalar orqali bastakorlik
ijodiyoti yoritilib kelinadi. Bastakorlik ijodining nazariy va amaliy ildizlari haqida
ko‘plab olimlarning ilmiy izlanishlari, ushbu soha tushunchasi hamda qarashlarni
kengaytirishga qaratilgan. Shulardan Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Abdurahmon
Jomiy, Darvesh Ali Changiy kabi allomalar hamda zamonamizning musiqashunos
olimlari I. Rajabov, F. Karomatli, T. Vizgo, M. Ahmedov, K. Olimboyeva, A.
Jabborov, T. G‘ofurbekov, O. Matyoqubov, R. Abdullayev, R. Yunusov, A. Nazarov
kabilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini keltirish lozimdir. Hozirgi davrga kelib, o‘zbek
an’anaviy musiqa ijrochiligi har tomonlama mukammal, teran mazmunli, an’ana va


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

88

zamonga mos sayqal topayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bu, albatta, mustaqillik davrida
milliy musiqa ijodiyoti va ijrochiligiga bo‘lgan e’tiborning yuksakligidir. An’anani
saqlab, davom ettirish uchun davr yoshlari mohir ijrochi bo‘lishlari barobarida,
kelgusida shu sohaning yetuk mutaxassisi, kamolotga yetaklovchi o‘qituvchisi, ya’ni
har tomonlama bilimdon ustoz sifatida kamolga yetishishlari lozim. Ma’lumki, XX
asr musiqa ijodiyoti yangi oqimlar bilan boyidi. O‘zbekiston musiqa madaniyati
tarkibida Yevropadan ko‘p ovozli kompozitorlik ijodi va ijrochiligi kirib keldi,
musiqa ta’limida va 6 ijodda ustuvor yo‘nalish sifatida unga katta e’tibor qaratildi.
Uzoq o‘tmishli, muayyan shakl tarkibiga ega bo‘lgan va ajdodlardan avlodlarga o‘tib
kelayotgan an’anaviy bastakorlik ijodiyoti nazardan chetda qoldi. Shunday bo‘lsa-da,
bastakorlik ijodiyoti o‘ziga xos tarzda davom ettirilganligi hamda zamonga mos
yaratilgan asarlar o‘zining shakl-u shamoyilini asragan holda, ammo uslub jihatidan
davrga moslashganligini kuzatish mumkin. Bastakorlarning yangi avlodi, o‘tmish
ijodkorlar an’analarini davom ettirgan holda o‘ziga xos uslublarni yaratdilar. Ijod
etilgan asarlar ham xalqonaligi, an’anaviyligi va zamonaviyligi bilan ijro amaliyotida
ommalashib, rivojlandi. Ijodiyotda janrlik xususiyat kengaydi. Qolaversa, bastakorlik
ijodiyoti an’anasi zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan boyiganligini e’tirof etish
mumkin. O‘zbek kompozitorlik ijodiyotining negizida ham bastakorlik an’analari,
tafakkuri va musiqa merosiga bo‘lgan munosabatlari o‘z aksini topganligi bunga
sababdir. Oxirgi chorak asr xalq musiqa ijodiyotida o‘ziga xos davr bo‘ldi.
Bastakorlik ijodiyotida ushbu davrni qayta tiklanish sinovi desa bo‘ladi. Chunki
bastakorlikda turli uslublarning jonlanishi va ularning ichida an’anaga xos uslubning
afzalligi isbotini topayotgandek. Bular, asosan, kuylarni qayta ishlash, nag‘ma
pardozlikka (aranjirovka), taqlid va ko‘chirmachilikka e’tibor kuchaygan jabhaga
taalluqlidir. Mumtoz musiqaga bo‘lgan e’tiborning tiklanishi va qayta inobatga
olinishi, ommaviy musiqa madaniyatining kirib kelishi va taqlidchilikning
kuchayishi, ularga ergashish va badihago‘ylikka berilib ketishlik o‘z natijasini
ko‘rsatdi. Oqibatda, o‘zbek bastakorligining azaliy an’analari, ustoz-shogird
saboqlarining asosliligi, tarix davomida shakllangan bastakorlik ijodiyoti hamda
ta’limi amaliyotda o‘z ijobatini topdi. Mustaqillik davrida esa, ana shu barcha tarixiy
jarayon, ijrochilik amaliyotining bosqichlari, bastakorlik ijodiyotining uslub,
yo‘nalish va namoyandalar faoliyatini teran o‘rganish imkoniyatlari 7 yaratilmoqda.
Bu imkoniyatlar ta’lim jarayoniga joriy etilgan, yoshlarning bu boradagi ma’naviy
dunyosini rivojlantiradi. Kelajakda milliy musiqa merosimizning rivoji, bastakorlik
ijodiyotining kamoloti xalqimizning qadriyatlariga xos, an’analariga mos, zamon
talabidagi jihatlar bilan sug‘orilgan holda rivoj topishi begumondir.

O‘zbek xalq musiqa merosi xazinasida kattalar bilan kichik yoshdagi bolalar

ma’naviy dunyosini o‘zida uyg‘unlashtirgan bolalar folklor musiqa asarlari, bolalar
qo‘shiqlari ham muhim o‘rin tutadi. Bunday qo‘shiqlar o‘zida bolalar hayoti, ruhiyati,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

89

bolalarga xos turli o‘yinlar, aytishuvlar, hayvonot va o‘simliklar tabiat hodisalari
bilan bog‘liq holatlarni o‘ziga xos ifoda etishi bilan ajralib turadi. Bolalar qo‘shiqlari
ham xalq musiqasining ommaviy turlari singari badiiy va g‘oyaviy mazmunga ega
bo‘lib, matni sodda, nihoyatda ixcham, o‘yin-raqsbop xarakterga egaligi bilan o‘ziga
xoslik kasb etadi. Bunday qo‘shiqlar bolalarning ruhiy, aqliy dunyoqarashiga mos
soddaligi, ko‘proq harakatli o‘yinlar bilan ijro etilishi, kuylashga osonligi va bolalar
diqqatini o‘ziga tez jalb qilish xususiyati tufayli ulardan ta’lim-tarbiya tizimida keng
foydalanish uchun qulaylik tug‘diradi. Shuning uchun ham umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinflaridan o‘quvchilarda milliy musiqa namunalariga
havas va ishtiyoq uyg‘otish, xalq musiqasini o‘rganishda ularning g‘oyaviy-badiiy
mazmunini anglash, idrok qilish va ularga tavsif bera olishga o‘rgatish, shu asosda
musiqaning jiddiy va murakkab turlariga ham ijobiy va ijodiy munosabatni
shakllantirish bugungi kunda musiqa ta’limi va tarbiyasi uchun mas’ul tarbiyachi-
pedagoglar

oldidagi

dolzarb

vazifalardandir.

Umumta’lim maktablarining

boshlang‘ich sinflarida bolalar tafakkuriga xos, ko‘proq o‘yin bilan bog‘liq folklor
qo‘shiqlar, kuy va yengil aytimlarni o‘rgatish musiqa ta’limining milliy asosini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, musiqa darslarida xalqimizning milliy
musiqa merosi tarkibidagi bolalar folklor qo‘shiqlaridan maqsadga muvofiq holda
foydalanish, ularni ijro etish uslublarini e’tiborga olgan holda tatbiq etish har bir
musiqa o‘qituvchisidan o‘ziga xos pedagogik yondashuv, bilim va mahoratni talab
qiladi. Shu bois biz ham musiqa darslarida bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rganishning
ayrim jihatlariga ilmiy-ijodiy nuqtayi-nazardan yondashish va uning milliy musiqiy
ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tishga harakat
qildik. Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarini kuzatish, ularda
xalq musiqasi, xususan bolalar folklor namunalariga e’tiborni o‘rganish davomida
o‘quy dasturlariga kiritilgan bolalar folklor qo‘shiq aytimlarini tinglash, o‘rganish,
kuylash, ular haqida zarur bilim, tushunchalarni olib borish borasida jiddiy
kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda birinchi galda xalq musiqa merosiga
oid namunalarni, shu jumladan bolalar folklor qo‘shiqlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga
tatbiq etish bo‘yicha zarur o‘quv-uslubiy manbalarning yetishmasligini ta’kidlash
o‘rinlidir. Zamonaviy kompozitorlarning bolalarga atab yaratayotgan asarlari
to‘plamlari ehtiyojni qondiradigan darajada nashr qilinmoqda. Lekin, xalq musiqa
folklori va ularni ta’lim jarayonida o‘rganish uchun sinflar kesimida joylashgan
to‘plamlarning yaratilmaganligi, bu o‘rinda musiqa o‘qituvchilarining ham yetarlicha
tashabbus ko‘rsatmayotganliklari jiddiy muammolardandir. Bunday holat umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida ko‘plab musiqa o‘qituvchilarining maktab musiqa fani
bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan xalq kuylari, qo‘shiqlari bilan bir qatorda bolalar
folklor namunalarini chetlab o‘tishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday namunalar
o‘rganilayotgan holatlarda esa musiqa o‘qituvchilarining aksariyati asarning qanday


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

90

holatda, qanday o‘yin-raqs harakatlari bilan ijro etilishi, eng muhimi uni o‘rgatish
uslublaridan

bexabarligi

darslarning

badiiy-estetik

saviyasiga

putur

yetkazayotganligini

ham

ta’kidlash o‘rinlidir. Maktab boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining xalq musiqasi va shu o‘rinda bolalar folklor namunalari bilan zarur
ehtiyojni qondiradigan darajada tanishtirib borish eng birinchi navbatda musiqa
o‘qituvchilaridan o‘z kasbiga fidoiylikni, xalq musiqa ijodiyotiga chuqur muhabbat
va yuqori darajadagi kasbiy mahoratni talab qiladi. Dars jarayoniga bolalar folklor
qo‘shiqlarini samarali tatbiq etish o‘z o‘rnida bir qator vazifalarni ijobiy hal etishni
taqozo etishni ham ta’kidlash o‘rinlidir.

1. Milliy musiqiy qadriyatlar, xalq musiqasining ommaviy janrlari tarkibidagi

bolalar folklor qo‘shiqlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tadbiq etish, shu orqali
o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni teran his qiluvchi, xalq
musiqasiga hurmat, uni sevish, qadrlash orqali ong, milliy nafosat ruhida tarbiyalash
ishlarini eng avvalo pedagog kadrlarni tayyorlovchi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida
yaxshi yo‘lga qo‘yish kerak.

2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa san’atining milliy va ommaviy

turlari bo‘yicha badiiy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etishga e’tiborni
kuchaytirish lozim.

3. Xalq qo‘shiqlari, bolalar folklor qo‘shiqlari maqsadli ravishda o‘yin-raqs,

harakatlari va milliy cholg‘ular jo‘rligida, bolalar ijodiy jamoalari ijrosidagi video
yozuvlarni chiqarish va barcha maktablarni ta’minlash;

4. “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha pedagog-kadrlar tayyorlaydigan o‘rta

maxsus va oily ta’lim tizimida xalq musiqasi, an’anaviy va folklor qo‘shiqlari
bo‘yicha maxsus kurs, tanlov fanlari, qo‘shimcha mutaxassislik fanlarini tashkil etish;

5. Xalq musiqa janrlari bo‘yicha folklor ansambllari faoliyatiga va ularning

ijodini targ‘ib qilishga, jamoalarni respublika, viloyat va tumanlar miqyosidagi
ko‘rik-tanlovlarni o‘tqazib turish.

Xullas, bolalar folklor qo‘shiqlari orqali o‘quvchi-yoshlarning musiqiy

madaniyatini, ma’naviy va badiiy estetik tarbiyalashning pedagogik va metodik
tizimini yaratish, bugungi kungacha to‘plangan mavjud tajribalarni o‘rganish, turli
viloyatlarda faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik ansambllar faoliyatini o‘rganish,
ular repertuaridagi bolalar folkloriga tegishli namunalarni to‘plash, umumlashtirish
va ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali musiqiy ta’limning milliy asoslarini
mustahkamlashga erishish mumkin.