International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
91
JANGOVAR HARAKATLARDA PIYODALARGA QARSHI
TO‘SIQLARDAN YO‘LAK OCHUVCHI MINASIZLANTIRISH
ZARYADLARI
Maxmudov Maqsud Ibroximovich
O‘R QK Akademiyasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ma’lumki, Jangovar harakatlarda yuklatilgan vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarish ta’minotining asosiy vazifalariga bog‘liq. Ushbu maqolada
muhandislik bo‘linmalari yuzaga kelgan vaziyat, o‘zlarida mavjud bo‘lgan kuch va
vositalar bilan piyodalarga qarshi to‘siqlarda yo‘lak ochish tizimi to‘g‘risida so‘z
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Jangovar, portlovchi, to‘siq, mina, faol, muhandis, bo‘linma,
zaryad, maydon.
Аннотация:
Как известно, успешное выполнение поставленных в боевых
действиях задач зависит от основных задач обеспечения. В данной статье
рассматривается ситуация, в которой оказались инженерные подразделения,
система открытия коридоров в противопехотных заграждениях имеющимися у
них силами и средствами.
Ключевые слова:
Боевой, взрывной, заградительный, минный, активный,
инженерный, дивизионный, зарядный, полевой.
Abstract:
As you know, the successful fulfillment of the tasks set in combat
operations depends on the main tasks of support. This article examines the situation
in which engineering units found themselves, the system of opening corridors in anti-
personnel barriers with their available forces and means.
Keywords:
Combat, explosive, barrage, mine, active, engineering, divisional,
charging, field.
Jangovar harakatlarda yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda
muhandislik ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Jangovar harakatlarda muhandislik
ta’minotining asosiy vazifalaridan biri mina portlovchi to‘siqlardan yo‘laklar ochish
va ularni qo‘shinlar o‘tishi uchun soz holatda saqlab turish hisoblanadi. Ushbu
vazifalarni muhandislik bo‘linmalari yuzaga kelgan vaziyat, o‘zlarida mavjud bo‘lgan
kuch va vositalardan kelib chiqib turli usullar va vositalar bilan bajarishadi. Bunday
usullardan biri portlatish yo‘li bilan mina maydonidan yo‘lak ochish hisoblanadi.
Portlatish usuli bilan mina maydonidan yo‘lak ochishda asosan bo‘linmalar
o‘zlari bilan olib yuradigan kichik o‘lchamdagi uzaytirilgan zaryadlardan, katta
o‘lchamdagi texnikalarga o‘rnatiladigan uzaytirilgan zaryadlardan va ayrim
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
92
davlatlarning armiyalarida raketali minasizlantirish tizimidan ya’ni snaryadlardan
foydalaniladi.
To‘siqlardan yo‘lak ochishga mo‘ljallangan dastlabki uzaytirilgan zaryad
Bagalor shahrida muhandislik polkida xizmat qilgan ingliz harbiy muhandisi Mak-
Klinton tomonidan 1912-yilda yaratilgan. Zaryad uzunligi 5,5 metr bo‘lgan metal
trubaga 27 kg og‘irlikdagi piroksilin to‘ldirilgan. Zaryadni nomi “Bangalor
torpedasi” deb nomlanib, asosan simli to‘siqlardan piyodalar uchun yo‘lak ochish
uchun mo‘ljallangan.
Ushbu zaryad birinchi va ikkinchi jahon urushi yillarida qo‘llanilgan hamda
keyinchalik takomillashtirib borilgan. “Bangalor torpedasi” ikkinchi jahon urushi
yillarida faol qo‘llanilgan, truba uzunligi 200 m.ni tashkil etgan, trubalar bir-biriga
maxsus quluf yoki rezbali mufta bilan mahkamlangan. Bunday zaryad mina trali
bilan birga tankka mahkamlanib mina maydonidan boshqa tanklar uchun yo‘lak
ochish vazifasini bajargan.
APOBS (Anti-Personnel Obstacle Breaching System - piyodalarga qarshi
to‘siqlardan yo‘lak ochish tizimi) uzaytirilgan zaryaddan iborat bo‘lib, dushmanning
piyodalarga qarshi mina maydonidan va simli to‘siqlaridan o‘t ochish vaqtida yo‘lak
ochish uchun mo‘ljallangan.
Piyodalarga qarshi to‘siqlarni yo‘lak ochish tizimi AQSh armiyasi muhandislik
maktabi tomonidan nashr etilgan operatsion talablar hujjati sifatida paydo bo‘ldi.
Qo‘shma talablar to‘g‘risidagi hujjat 1994-yil aprel oyida armiya va dengiz
piyodalari tomonidan imzolangan. Tizim AQSh armiyasining tadqiqot, ishlab chiqish
va muhandislik qo‘mondonligi – qurollarni tadqiq qilish, rivojlantirish va
muhandislik markazi (RDECOM-ARDEC), Pikatinni Arsenal, Nyu-Jersi va Ensign-
Bickford Aerospaceand Defence tomonidan ishlab chiqarilgan. Keyinchalik taklif
qilingan va juda muvaffaqiyatli to‘qilgan neylon o‘rash hozirda 2002-yilda
chiqarilgan Mk 7 Mod 1 va 2006-yilda chiqarilgan Mod 2 da qo‘llaniladi [3].
Ushbu tizim olib yurishga qulay bo‘lganligi sababli, ikkita askar ryukzakda
ko‘tarib yurishi va 2 daqiqa ichida ishga shay holatga keltirishi mumkin.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
93
APOBS tizimi raketasi o‘rnatilgandan so‘ng ishga tushiriladi. Raketa uchish
jarayonida uzaytirilgan zaryadni mina maydoni tomonga havo orqali tortib ketadi va
parashyut tizimi ochilib raketa to‘xtatiladi va zaryadni mina maydoniga tushib
portlashi ta’minlanadi. Zaryad portlashi natijasida piyodalarga qarshi mina
maydonida uzunligi 45 m va eni 1-1,5 m yo‘lak hosil bo‘ladi.
“Bangalor torpedasi”ni barcha seksiyalarini yig‘ish va qo‘llashga ko‘p vaqt
ketadi va dushman bilan to‘qnash kelgan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati yo‘q. Shu
sababli APOBS tizimi “Bangalor torpedasi”ni almashtiradi. Bu tizim olib yurish va
qo‘llash uchun zarur bo‘lgan askarlar sonini qisqartiradi.
AQSh armiyasi va AQSh dengiz piyodalari korpusi APOB-dan Afg‘oniston
janubidagi qo‘lbola portlovchi moslamalarni zararsizlantirish uchun foydalangan.
ZRP-2 “Tropa” uzaytirilgan zaryad piyodalarga qarshi mina maydonidan
portlatish usulida yo‘lak ochish uchun mo‘ljallangan. Hosil qilingan yo‘lak
piyodalarning bir kolonna bo‘lib o‘tishini ta’minlaydi.
Zaryadning portlashi piyodalarga qarshi bosganda harakatga keluvchi
minalarining (PMD-6m, PMN, PMN-2, PMN-4 kabi) portlatkichlalarini ishonchli
ishga tushirishni ta’minlaydi. Zaryad portlashining ta’siri rastyajka (sim tortqi) bilan
o‘rnatilgan oskolkali minalarning simini uzilishiga yoki portlashiga olib keladi.
ZRP-2 zaryadi ixchamligi va olib yurishga qulayligi sababli bir yoki ikkita askar
uni olib yurishi mumkin.
Anker qozig‘i
Olib yurish
uchun g‘lof
Portlatkich
Reaktiv dvigatel
Uzaytirilgan zaryad
Tormoz arqoni o‘ramda
UP-60 uchirish qurilmasi
Zaryad
Konteyner
Raketa
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
94
ZRP-2 zaryadining ishlash prinsipi APOBS tizimidan farqli tomoni bunda
reaktiv dvigatel parashyut yordamida emas, balki arqon yordamida to‘xtatiladi.
Tormoz arqoni tortilishi natijasida zaryad mina maydoniga tushadi va portlatkich
ishga tushib zaryadni portlatadi. Zaryad portlashi natijasida piyodalarga qarshi mina
maydonidan uzunligi 54 metr va eni 40-60 sm bo‘lgan yo‘lak ochiladi.
ZRP-2 zaryadi quyidagi jangovar harakatlarda qo‘llanilgan:
birinchi chechen urushida (1994-yil 11-dekabr – 1996-yil 31-avgust) ham
chechen jangarilari ham federal qo‘shinlar tomonidan;
ikkinchi chechen urushida (1999-yil 7-avgust – 2000-yil 20-aprel) ham chechen
jangarilari ham federal qo‘shinlar tomonidan;
Ukrainadagi jangovar harakatlarda (2014-yil, 2022-yil 24-fevraldan buyon) [4].
ZRP-2 zaryadining asosiy taktik-texnik tavsifi
Hisob
1-2 kishi
To‘plamning taxlamdagi og‘irligi
50 kg
Olib yuriladigan holatda og‘irligi
34 kg
Zaryad uzunligi
60 m
Portlovchi modda og‘irligi
9 kg, A-IX-I (geksogen 1 m.da
0,15 kg)
Zaryadni otish uzoqligi
140-160 m
Ochiladigan yo‘lak o‘lchamlari
uzunligi 54 m, eni 40 sm
Ishga tayyorlash vaqti
5 daqiqa
POMINS-2 (Portable mine neutarlization system) minalarni zararsizlantiruvchi
portativ tizim piyodalarga qarshi har qanday mina maydonidan va simli to‘siqlardan
yo‘lak ochish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizim IMI (Israel Military Industries-Isroil
harbiy sanoati) kompaniyasi tomonidan Isroil armiyasi uchun ishlab chiqilgan.
POMINS-2 tizimining ishlash prinsipi APOBS tizimiga o‘xshash bo‘lib, mina
maydoniga uzaytirilgan zaryadni raketa yetkazib boradi va parashyut yordamid raketa
to‘xtatilib zaryad mina maydoniga tushadi. Zaryad portlashi natijasida uzunligi 50 m
va eni 0,5 m bo‘lgan yo‘lak hosil bo‘ladi. Ushbu tizim piyodalarga qarshi mina
maydoni va simli to‘siqlardan bor yo‘g‘i 30 soniya ichida yo‘lak ochishni ta’minlab
beradi. POMINS-2 zaryadini yelkaga taqib, vazifalarni bajarish joyiga olib boriladi
va o‘rnatishni ikki kishi amalga oshiradi. Uzaytilgan zaryadni tungi vaqtlarda ham
qo‘llash mumkin. POMINS-2 granatomyot ko‘rinishiga o‘xshaydi [5].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
95
Tizim xavfsizlik talablariga va NATO standartlariga javob beradi.
Ushbu tizimdan Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘tkazgan jangovar
harakatlarida mina maydonidan yo‘lak ochishdan tashqari aholi yashash punktida
joylashgan dushmanning o‘t ochish istehkomlarini yo‘q qilishda ham foydalangan.
Xitoy armiyasida ham piyodalarga qarshi mina maydonidan tezda yo‘lak ochish
uchun ko‘tarib yuriladigan minasizlantirish zaryadlari mavjud. Ushbu zaryad
konteyner ko‘rinishida bo‘lib, zaryadni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan to‘plam
konteynerga joylashtirilgan. Zaryadni bir nafar askar olib yuradi va ishga tushiradi.
Uzaytirilgan zaryadni ishga tayyorlash jarayoni va shay holati.
Mina maydonidan yo‘lak ochuvchi yangi tizimning og‘irligi 15,5 kg tashkil
etadi. Zaryadni otish uzoqligi 66 m. Ochiladigan yo‘lak uzunligi 20 m, eni 0,9 m.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki hozirgi zamonaviy janglarda muhandislik
bo‘linmalarinig roli juda muhim o‘rin tutadi. Piyoda va jangovar mashinalarda
harakatlanganda xavsiz yo‘laklar ochish uchun xizmat qiladi. Muhandislik
bo‘linmalari bilim darajasini doimiy tarzda rivojlantirib borish xozirgi kunning asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бангалорская торпеда [Электронный ресурс]. Режим доступа https://ru.
wikipedia.org/w/index.php?title=Бангалорская_торпеда&oldid=140900868. Дата
обращения 19.10.2024.
2.Пироксилин
[Электронный
ресурс].
Режим
доступа
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
96
3. Система преодоления противопехотных препятствий (APOBS)
[Электронный
ресурс].
Режим
доступа
https://translated.turbopages.
org/proxy_u/en-ru. Дата обращения 08.12.2024.
4. ЗРП-2 [Электронный ресурс]. Режим доступа https://ru.wikipedia.org/
wiki/ ЗРП-2. Дата обращения 08.12.2024.
5. Израильская система разминирования POMINS-2 [Электронный ресурс].
Режим доступа https://ok.ru/cbsandal/topic/67103509143639. Дата обращения
08.12.2024.
6. Новая китайская ранцевая система разминирования на учениях
подразделений РХБЗ НОАК [Электронный ресурс]. Режим доступа
https://dambiev.livejournal.com/2304875.html. Дата обращения 08.12.2024.
