Авторы

  • Зулфия Раимбердиева
    Andijon davlat pedagogika instituti

Биография автора

  • Зулфия Раимбердиева, Andijon davlat pedagogika instituti
    tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70253

Ключевые слова:

o‘quv matni interpretatsiya adresant pragmatika o‘quv faoliyati kommunikativ samaradorlik nutqiy kompetensiya o‘qib tushunish punktuatsiya intonatsiya semiotik belgi tinish belgi.

Аннотация

Mazkur maqolada matnning har qanday kommunikatsiya, shu jumladan, pedagogik kommunikatsiya jarayonining ham asosiy birligi sifatidagi xususiyatlari, shuningdek, o‘quv matnlarining tushunarli bo‘lishida va unda ifofadalangan mazmunning o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishida tinish belgilarining ahamiyati bayon qilingan. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan tajriba natijalari keltirilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

110

O‘QUV MATNLARI MAZMUNINI O‘ZLASHTIRISHDA TINISH

BELGILARINING AHAMIYATI

Rayimberdiyeva Zulfiya Raxmonberdiyevna

Andijon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

E-mail:

zrayimberdiyeva@gmail.com


Annotatsiya.

Mazkur maqolada matnning har qanday kommunikatsiya, shu

jumladan, pedagogik kommunikatsiya jarayonining ham asosiy birligi sifatidagi
xususiyatlari, shuningdek, o‘quv matnlarining tushunarli bo‘lishida va unda
ifofadalangan mazmunning o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishida tinish
belgilarining ahamiyati bayon qilingan. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan tajriba
natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘quv matni, interpretatsiya, adresant, pragmatika, o‘quv faoliyati,

kommunikativ samaradorlik, nutqiy kompetensiya, o‘qib tushunish, punktuatsiya,
intonatsiya, semiotik belgi, tinish belgi.

ЗНАЧЕНИЕ ПУНКТУАЦИИ В ОСВОЕНИИ СОДЕРЖАНИЯ УЧЕБНЫХ

ТЕКСТОВ

Аннотация.

В данной статье описываются характеристики текста как

основной единицы любого общения, в том числе и процесса педагогического
общения, а также значение знаков препинания в понимании учебных текстов и
полном усвоении учащимися выраженного в них содержания. Представлены
результаты эксперимента, проведенного в рамках исследования.

Ключевые слова:

учебный текст, интерпретация, адресат, прагматика,

учебная

деятельность,

коммуникативная

эффективность,

речевая

компетентность,

понимание

прочитанного,

пунктуация,

интонация,

семиотический знак, знак препинания.

THE IMPORTANCE OF PUNCTUATION IN MASTERING THE CONTENT

OF EDUCATIONAL TEXTS

Abstract.

This article describes the characteristics of the text as the basic unit of

any communication, including the process of pedagogical communication, as well as
the importance of punctuation marks in the understanding of educational texts and the
complete assimilation by students of the content expressed in them. The results of the
experiment conducted as part of the study are presented.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

111

Keywords:

educational text, interpretation, addressee, pragmatics, educational

activity, communicative effectiveness, speech competence, reading comprehension,
punctuation, intonation, semiotic sign, punctuation mark.

Kirish

Tilshunoslikning va til ta’limining so‘nggi yillardagi taraqqiyoti natijasida lison

sohibi – inson omiliga asosiy e’tiborning qaratilishi, oʻz navbatida, matnga, uning
muloqot jarayonidagi kommunikativ ahamiyatiga va bu bilan bogʻliq holda matnning
tushunilishi hamda interpretatsiya qilinishi bilan aloqador boʻlgan muammolarga ham
e’tiborning kuchayishiga olib keldi. Ayniqsa, ta’lim amaliyotida har qanday fanga oid
nazariy materiallarning o‘quv matni ko‘rinishida taqdim etilishi o‘quvchilarning
umumiy o‘zlashtirish darajasi o‘qish savodxonligiga bevosita bog‘liq ekanini yana bir
karra asoslaydi. Maktab darsliklarida berilgan o‘quv matnlari mazmunining
o‘zlashtirilishi uning mantiqiy-mazmuniy va grammatik-uslubiy tuzilishi bilan bir
qatorda shakliy-grafik ko‘rinishiga ham bog‘liq. Xususan, matnning e’tibordan
chetda qoladigan grafik elementlaridan biri bo‘lmish tinish belgilari matn
interpretatsiyasida, ya’ni tushunilishida muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot
o‘quv matnlarining tushunarli bo‘lishida va unda ifofadalangan mazmunning
o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishida tinish belgilarining rolini ko‘rsatishga
qaratilgan. Matnni oʻrganish bilan bogʻliq tadqiqotlarda uning mazmunini
tushunishga oid bir qancha atamalar qo‘llanadi: tushunish, anglash, dekodlash,
oʻzlashtirish, interpretatsiya qilish. Biz mazkur maqolada tushunish atamasini
adresantning

kommunikativ

maqsadini

tushunish,

ya’ni

kommunikativ

samaradorlikka

erishish

ma’nosida

qoʻllaganmiz.

Shuningdek,

adresant

kommunikativ maqsadining amalga oshish samaradorligini ta’minlashda, ya’ni
yozma matnni adresat (retsepiyent) tomonidan muallif istaganidek dekodlanishida
(oʻzaro tushunilishida) tinish belgilarining qanchalik ahamiyatli ekanligini koʻrsatib
bermoqchimiz.

Adabiyotlar tahlili

Matn

har

qanday

kommunikatsiyaning,

shu

jumladan,

pedagogik

kommunikatsiya jarayonining ham asosiy birligi sanaladi. Kommunikatsiyaning
samarali bo‘lishi, ya’ni muloqot subyektlarining bir-birini tushunishi matnning
semantik-struktur qurilishi bilan bog‘liq. Aynan shu oʻrinda tadqiqotimiz pragmatika
bilan oʻzaro tutashadi. Zero, “ Pragmatika tinglovchi (oʻquvchi)ni uzatilayotgan
axborotni xuddi so‘zlovchi (yozuvchi) istaganidek qabul qilishga undash maqsadi
uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini
tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini
aniqlash bilan shugʻullanadi, deyish demakdir” [1]. Ayrim olmon olimlari
pragmatikani keng ma’noda talqin qilishni, uni tilshunoslikning umumlashtiruvchi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

112

sohasi sifatida e’tirof etishni ma’qul ko‘rishadi. Masalan, «Olmon lingvistik
qomusi»ning mualliflaridan biri, matn tilshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis
Z.Shmidt «pragmalingvistika» va «matn lingvistikasi» tushunchalari yagona bir
mazmun anglatishini va ular birgalikda lisoniy muloqot umumiy nazariyasini
shakllantirishini hamda ushbu nazariya kommunikativ tilshunoslik sohasi sifatida
matn grammatikasi va an’anaviy grammatikani ham qamrab olishini isbotlash
niyatida ekanligini bildiradi. Koʻrinadiki, olim pragmalingvistikani matn bilan
chambarchas bogʻliqlikda talqin qiladi. Chunki matn ham bevosita komminikativ
faoliyatning natijasidir.

Pragmatikaning XX asrning ikkinchi yarmidagi rivoji nutqiy akt nazariyasining

to‘liq ko‘rinishdagi lingvofalsafiy ta’limot sifatida shakllanishi bilan bog‘liqdir.
Nutqiy akt tushunchasi V Humboldt, Sh. Balli, M.Baxtin, K.Byuller kabi olimlarning
tadqiqotlarida ham uchraydi, ammo nutqiy akt nazariyasi to‘liq bir ta’limot sifatida
ingliz mantiqshunosi J.Ostin, amerikalik psixolog J.Syorl va boshqalarning ishlarida
shakllandi. Aksariyat olimlar lisoniy faoliyatning ko‘pvazifaviyligi va inson ijtimoiy
faoliyatidan ayri holda mavjud bo‘la olmasligiga e’tibor qaratdilar. Tilning
mavjudligi insonlarning so‘zlash yoki yozish harakatlarini bajarishi bilan bogliqdir.
Bu harakatlarning bajarilishi jarayonida lisoniy birliklar (gap, matn) asl ma’nosidan
tashqari, tasdiqlash, buyurish, ogohlantirish, va’da berish kabi mazmunni ifodalash
imkoniyatini namoyon qiladi. Masalan, Shu vaziyat bo‘yicha o‘z fikringizni bayon
eta olasizmi? gapi undagi leksemalarning sintaktik aloqasi ifodalagan obyektiv
mazmundan tashqari o‘quvchini ishni bajarishga undash mazmuniga ham ega. Bu
ma’nolar so‘zlovchi shaxs tomonidan bajarilayotgan nutqiy faoliyat natijasidir.
Demak, nutqiy akt so‘zlovchining ma’lum muhitda, aniq maqsadda tinglovchiga
lisoniy murojaatidir. R. Yakobson nutqiy aktning 3 tarkibiy qismini sanab oʻtadi:
adresant(yuboruvchi), adresat(qabul qiluvchi) va kontekst, ya’ni nutqiy vaziyat [2].
Muloqot jarayonida hosil bo‘ladigan nutqiy harakatlarni alohida lisoniy birlik sifatida
talqin qilish va ularni mazmunan tasniflash goyasini ilk bor kun tartibiga qoʻygan
olimlardan biri Oksford universiteti professori Jon Ostin edi. U nutqiy aktga uch
bosqichli faoliyat sifatida qarash fikrini ilgari suradi. Bu bosqichlarda uch xil harakat
bajariladi. Ular – lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlardir [3].

Matnning pedagogik jarayonning asosiy birliklaridan biri sifatida talqin etilishi

A.E.Babaylova, T.M.Dridze, I.P.Bogatiryova, A.R.Gabidullina, E.K.Chernichkina va
Z.A. Yariginalarning izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur tadqiqotlarda o‘quv
matni “ma'lum bir fan bo'yicha belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar tizimining
didaktik maqsadlarga ko‘ra semantik, mazmuniy, lingvistik va kompozitsion jihatdan
uyg‘unlashtirilishi asosida shakllantirilgan”[4], “o'quvchini bilimlar, ijtimoiy
qadriyatlar va me'yorlar, amaliy va nazariy faoliyat jarayonida insoniyat tomonidan
to'plangan turli xil ma'lumotlar bilan tanishtirish asnosida ijtimoiy faoliyatga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

113

tayyorlash, o‘quvchi ongida dunyo qiyofasini aks ettirish” [5] vazifasini bajaruvchi
muhim pedagogik obyekt sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, Z.A. Yarigina
zamonaviy darsliklardagi o‘quv matnlarining metastrukturasi “murakkab iyerarxik
mazmuniy

tuzilishga

ega

ekanligi,

uning

tarkibi

3

tipdagi

metokomponent(informativ, intensional, intertekstual)larning eksplitsit (ochiq,
ravshan) hamda implitsit (yashirin) vositalar orqali namoyon bo‘lishidan tashkil
topishi”ni ta’kidlaydi. O‘quv matnining tushunarli bo‘lishini ta’minlovchi implitsit
vosita(метамаркер)lar qatorida tinish belgilarini ham sanab o‘tadi[6].

Tadqiqot usullari va materiallari

Nutq yordamida odamlar ma’lum natijalarga erishishlari, dunyoda va

suhbatdoshining ongida o‘zgarishlar qilishlari mumkin, ya’ni nutq akti natijasi
so‘zlovchining asl kommunikativ maqsadiga mos kelishi mumkin. Buning uchun
lokutsiya jarayonining mukammal boʻlishi, shu jarayonda illokutsiyada nazarda
tutilgan kommunikativ maqsadni aniq va ta’sirchan ifodalovchi til vositalarini tanlay
olish muhim. Muloqot jarayonida lingvistik vositalar bilan bir qatorda
ekstralingvistik vositalar(ohang, to‘xtam, tana holati va harakati, mimika) ham hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Agar nutqiy akt yozma shaklda yuzaga chiqayotgan bo‘lsa
matnni shakllantirish jarayonida implitsit munosabatlarni ifodalash uchun, shak-
shubhasiz,

tinish

belgilaridan

foydalaniladi.

Demak,

retsipiyent

bizning

kommunikativ maqsadimizni tushunishi til vositalarini, jumladan, tinish belgilarini
toʻgʻri va oʻrinli qoʻllashimizga bogʻliq.

Uyga qaytasanmi?
Uyga qaytasanmi?!
Uyga qaytasanmi!!!
Uyga qaytasanmi…
Keltirilgan

misollarning

barchasi

lokutiv

nuqtayi

nazardan

toʻgʻri

shakllantirilgan. Lekin illokutsiya jihatidan yondashilganda, ularning har biri farqli
kommunikativ maqsadlarni ifodalaydi:

1-gapda soʻrash maqsadi;
2-gapda buyurish, da’vat etish maqsadi;
3-gapda kutilmagan xabardan hayratini ifodalash maqsadi;
4-gapda voqelikdan qoniqmaslik maqsadi.
Ogʻzaki nutqda maqsadga muvofiq intonatsiya tanlanadi. Yozma nutqda esa bu

intonatsiya tinish belgilari bilan ifodalanadi. Demak, muallif oʻzining kommunikativ
maqsadiga mos tinish belgilarni qoʻya olsagina, oʻquvchi uni muallif istaganidek
interpretatsiya qiladi. Natijada kommunikativ samaradorlikka erishiladi. Chunki
“Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali
bayon eta olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan
matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

114

olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma’no va
vazifada qo‘llanilgan bo‘lsa, mazkur tinish belgi o‘quvchi tomonidan ham xuddi
shunday vazifada tushuniladi ” [7].

Kommunikativ akt jarayonida retsipiyent semiotik belgi sifatida matnni koʻrish

sezgisi yordamida qabul qiladi, oʻz lisonidagi belgi-ma’lumotlar asosida
identifikatsiya qiladi, ya’ni aniqlaydi, ma’no va mazmunini oʻzlashtiradi,
interpritatsiya qiladi - natijada ongida yangi bir belgini qabul qiladi. Mana shu
jarayonda retsipiyent tomonidan hosil qilingan yangi belgi matnning interpretatsiyasi
hisoblanadi. Tadqiqotchi T. Dridze interpretatsiya jarayonini baholashda adekvatlik
darajasini hisobga olish kerakligini aytib oʻtadi. “Interpretatsiya adekvat boʻlishi
uchun retsipiyent muallifning kommunikativ maqsadini aynan anglagan boʻlishi
kerak” [8].

Matnning adekvat interpretatsiya qilinish darajasi bir qancha omillarga bogʻliq

boʻlib, ularning asosiy qismi interpretator(retsipiyent) va interpretatsiya qilinayotgan
matn bilan bogʻliq. Interpretator bilan bogʻliq tomonlariga uning lisoniy shaxs
sifatida bilim, tajriba va kompetensiyalari kirsa, matn bilan bogʻliq tomonlariga uning
struktur-semantik jihatdan kommunikativ maqsadga mos holda tuzilishi nazarda
tutiladi. Albatta, bunday matn tuzishda fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va shu
qatorda punktuatsion vositalarning ahamiyati katta. Ularning har biri semiotik belgi
sifatida muayyan mazmunni tashiydi. Ch.Pirs ham oʻz tadqiqotida “har bir belgi hali
ifodalanmay turib ham, ya’ni nutqiy aktga kirmay turib ham interpretativ qobiliyatga
ega boʻlishi” ni aytib oʻtadi [9]. Ya’ni har qanday belgi ma’noga ega va u kimdir
tomonidan tushunilish xususiyatiga ega. Biz matn yaratayotganimizda til
vositalaridan anglagan holatda yoki anglamasdan, ya’ni avvalgi nutqiy
koʻnikmalarimizga asoslangan holatda foydalanamiz. Matn tarkibida foydalangan
vositalar bilan matn mazmuni oʻrtasidagi aloqadorlikka koʻp ham e’tibor
beravermaymiz. G.I. Bogin ham “matn strukturasini tashkil etuvchi har bir vosita
bilan matnning umumiy mazmuni oʻrtasida mustahkam aloqa mavjudligi, bu
struktura elementlarining birortasi oʻzgarsa, mazmunda ham oʻzgarish yuz berishi”
haqida yozadi [10]. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, matnning barcha tarkibiy
qismlari oʻzaro aloqadorlikda muallif maqsadini yuzaga chiqarish uchun xizmat
qiluvchi mazmunni ifodalashga safarbar etilgan boʻladi. Shuning uchun muallif matn
yaratish jarayonida qabul qiluvchi etibor beradigan va tushunadigan belgilardan
foydalanishi kerak. Tanlanayotgan har bir belgi qabul qiluvchi uchun interpretatsion
faoliyatga yoʻllovchi bir koʻrsatma boʻladi va shu koʻrsatma asosida matnni
tushunish jarayoni kechadi. Bizning fikrimizcha, tinish belgilari ham matnning
tarkibiy qismi sifatida interpretatsiya jarayonida muhim rol oʻynaydi.

O‘quv matni semantik nuqtayi nazardan zanjir, darajalanish, ketma-ketlik,

uyushish, tarmoqlanish kabi mazmuniy tarkibga ega boʻlishi mumkin. Lekin har


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

115

qanday holatda bu mazmunni ifodalayotgan belgilar oqimi muayyan segmentlarga
boʻlingan boʻlishi kerak. Shunda interpretatsiya jarayoni qulaylashadi va aynan
muallifning kommunikativ maqsadiga mos koʻrinish oladi. Bu gipotezani isbotlash
uchun tajriba-sinov oʻtkazdik. Buning uchun tajriba-sinovda ishtirok etayotgan
talabalarga o‘quv-ilmiy xarakterdagi bitta mikromatn uch xil punktuatsion koʻrinish
asosida berildi:

1-matn
Matnning shakliy va mazmuniy strukturasini oʻrganish bilan bogʻliq

tadqiqotlarda uning mazmunini tushunish jarayoniga nisbatan tushunish anglash
dekodlash oʻzlashtirish interpretatsiya kabi bir qancha atamalar qoʻllanadi

2-matn
Matnning shakliy va mazmuniy strukturasini oʻrganish bilan bogʻliq

tadqiqotlarda uning mazmunini tushunish jarayoniga nisbatan tushunish, anglash,
dekodlash, oʻzlashtirish, interpretatsiya kabi bir qancha atamalar qoʻllanadi.

3-matn
Matnning strukturasini (shakliy va mazmuniy) oʻrganish bilan bogʻliq

tadqiqotlarda uning mazmunini tushunish jarayoniga nisbatan quyidagi atamalar
qoʻllanadi:

1)

tushunish;

2)

anglash;

3)

dekodlash;

4)

oʻzlashtirish;

5)

interpretatsiya.

Natijalar va muhokama

Tajriba ishtirokchilarining barchasiga matn asosida bir xil topshiriq berildi:

belgilangan vaqt ichida matnni eslab qolish, ya’ni undagi axborotni oʻzlashtirish.

1-matnni oʻqigan ishtirokchilarning 41 %i matnni to‘liq oʻzlashtirgan. 59 %i esa

qisman oʻzlashtirgan. Matnda hech qanday tinish belgilarining qo‘llanilmaganligi
mazmunning tushunilish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. O‘quvchilar mazmunni
o‘zlashtirish uchun bir necha bor o‘qishga majbur bo‘lganliklarini e’tirof etdilar.

2-matnni oʻqigan ishtirokchilarning 55 %i matnni to‘liq oʻzlashtirgan. 45 %i esa

qisman oʻzlashtirgan. Bu matnda tinish belgilari sintaktik nuqtayi nazardan to‘g‘ri
ishlatilgan, biroq sanalayotgan mazmuniy bo‘laklarning vergul yordamida gorizontal
segmentatsiyalanishi eslab qolish uchun samarali vaziyatni yarata olmagan.

3-matnni oʻqigan ishtirokchilarning 84 %i matnni toʻliq oʻzlashtirgan. 16%i esa

qisman oʻzlashtirgan. Mazkur matnda diqqat qaratilishi kerak bo‘lgan bo‘lakning
qavs yordamida markerlanishi va sanalayotgan bo‘laklarning nuqtali vergul
vositasida vertikal segmentatsiyalanishi matn mazmunining qabariq ifodalanishi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

116

uchun xizmat qilgan. Natijada mazmunni tushunish va eslab qolish uchun samarali
nutqiy kontekst yuzaga kelgan.

Yuqorida keltirilgan tajriba-sinovdan olingan natijalar quyidagi gipotezalarni

isbotlaydi:

–tinish belgilarining qoʻyilmasligi matn interpretatsiyasini qiyinlashtiradi;
–matndagi gaplar tarkibini segmentatsiya qilishda tinish belgilarining notoʻgri

qoʻllanishi matnning noʻtogʻri interpretatsiya qilinishiga olib keladi;

–matndagi gaplar tarkibini segmentatsiya qilishda tinish belgilarining toʻgʻri

qoʻyilishi matnning adekvat interpretatsiya qilinishini ta’minlaydi.

Xulosa

Ta’lim samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarining

rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Ayniqsa, ta’lim jarayonining asosiy qismi darslik
va qo‘llanmalarda berilgan o‘quv matnlari bilan bog‘liq ekanini hisobga olsak, ularni
shakllantirishda har bir struktur-semantik element muhim ekanini nazardan
qochirmaslik zarur. Dars mashg‘ulotlarida ham o‘quv matnlari ustida ishlash
jarayonida o‘quvchi-talabalarning diqqatini tinish belgilariga qaratish, ularning
qanday vazifada qo‘llanayotgani haqida fikrlashga odatlantirish muhim.

O‘quv matnlarini tayyorlashda ham tinish belgilarini faqatgina adresantning,

ya’ni muallifning ifodalash ehtiyojinigina e’tiborga olmasdan, adresat - oʻquvchining
tushunish ehtiyojini ham hisobga olgan holda qo‘llash ta’lim samaradorligini
oshiradi. Adresant va adresat oʻrtasidagi interpretatsiyaning adekvatligi toʻgʻri
tanlangan til birliklarigagina emas, balki toʻgʻri tanlangan va qoʻllangan tinish
belgilariga ham bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Сафаров Ш. Прагмалингвистика. –Тошкент, 2008. – 68-bet.
2.Вежбицкая А. Речевые акты // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16.

Лингвистическая прагматика / сост. и вступ. ст. Н.Д.Арутюновой и
Е.В.Падучевой; общ. ред. Е.В.Падучевой. – Москва: Прогресс, 1985. – С. 251.

3.Сусов И. П. Лингвистическая прагматика.—Москва: «Восток — Запад»,
2006. – С. 47.
4.Бабайлова А. Э. Текст как продукт, средство и объект коммуникации при

обучении неродному языку. – Саратов: Изд-во Саратовского университета,
1987. – с.130.

5.Дридзе Т.М. Текстовая деятельность в структуре социальной

коммуникации: проблемы семиосоциопсихологии. – М.: Наука, 1984. – c.240.

6.Ярыгина, З.А. Метамаркеры как показатели имплицитного метатекста в

современном учебном тексте / сб. материалов XVII Молодежной
международной научно-практической конференция / под общ. ред. С.С.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

117

Чернова. — Екатеринбург: Изд-во Уральского ин-та фондового рынка, 2013.-С.
95-99

7.Назаров К., Эгамбердиев Б. Ўзбек тили ишора-имло қоидалари.

(Пунктуация). —Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 5-bet.

8.Дридзе

Т.М. Текстовая деятельность в структуре социальной

коммуникации: проблемы семиосоциопсихологии. – М.: Наука, 1984.— С. 84

9. Пирс Ч. Начала прагматизма. Логические основания теории знаков. в 2

т. —Москва, 2000. —С. 320.

10. Богин Г. И. Типология понимания текста. — Калинин, 1986. — С. 11.

Библиографические ссылки

Сафаров Ш. Прагмалингвистика. –Тошкент, 2008. – 68-bet.

Вежбицкая А. Речевые акты // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16. Лингвистическая прагматика / сост. и вступ. ст. Н.Д.Арутюновой и Е.В.Падучевой; общ. ред. Е.В.Падучевой. – Москва: Прогресс, 1985. – С. 251.

Сусов И. П. Лингвистическая прагматика.—Москва: «Восток — Запад»,

– С. 47.

Бабайлова А. Э. Текст как продукт, средство и объект коммуникации при обучении неродному языку. – Саратов: Изд-во Саратовского университета, 1987. – с.130.

Дридзе Т.М. Текстовая деятельность в структуре социальной коммуникации: проблемы семиосоциопсихологии. – М.: Наука, 1984. – c.240.

Ярыгина, З.А. Метамаркеры как показатели имплицитного метатекста в современном учебном тексте / сб. материалов XVII Молодежной международной научно-практической конференция / под общ. ред. С.С. Чернова. — Екатеринбург: Изд-во Уральского ин-та фондового рынка, 2013.-С. 95-99

Назаров К., Эгамбердиев Б. Ўзбек тили ишора-имло қоидалари. (Пунктуация). —Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 5-bet.

Дридзе Т.М. Текстовая деятельность в структуре социальной коммуникации: проблемы семиосоциопсихологии. – М.: Наука, 1984.— С. 84

Пирс Ч. Начала прагматизма. Логические основания теории знаков. в 2 т. —Москва, 2000. —С. 320.

Богин Г. И. Типология понимания текста. — Калинин, 1986. — С. 11.