International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
34
UMUMQO‘SHIN MUTAXASSISLARINI O‘T OCHISH VA MAXSUS
TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Eshmurаdov Z.M.
O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Otish tayyorgarligi dunyo mamlakatlari harbiy xizmatchilarining
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada O‘R MV qo‘shinlarida harbiy
mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar
ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari otish tayyorgarligi tizimini rivojlantirishning tarixiy
dalillari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
otish tayyorgarligi, o‘t ochish, kommunikatsiya, trenajyor,
axborot, qurol-aslaha, ko‘nikma, shaylik, aniqlik, jangovar qurol, qo‘shin, taktik
harakat, harbiy atamalar.
Аннотация:
Огневая подготовка является одной из важнейших задач
военнослужащих во всех странах мира. В данной стате рассматривается работа,
проводимая в войсках Министерства Обороны РУ по совершенствованию
системы подготовки военных специалистов данного направления. Кроме того,
приведены исторические факты развития системы огневой подготовки.
Ключевые слова:
огневая подготовка,
стрелба, коммуникация, тренажёр,
информация, вооружение, навык, готовност, точност, боевое оружие, войска,
тактическое действие, военные термины.
Annotation:
Weapons training is one of the most important military missions in
all countries of the world. The given article presents work carried out by the Ministry
of Defense Troops of the Republic of Uzbekistan on the development of the
specialists’ preparation system. Moreover, the article contains historical facts of the
weapons training development.
Key words:
weapons training, firing, communications, training simulator,
information, armament, skill, readiness, accuracy, weapon, troops, tactical action,
military terms.
Insoniyat yaralibdiki o‘zaro qarama-qarshiliklar har doim muammoli masala
bo‘lib kelmoqda, qarama-qarshiliklarni hal qilishda qurol-aslahalar harbiy-texnikalar
va jangovar mashinalar muhim vosita bo‘lib xizmat qilib keldi. Birinchi jahon urushi
davridan oldingi davrda, birinchi va ikkinchi jahon urushlarida, hamda noqonuniy
qurollangan (NQT) tuzilmalar va ekstrimistik-terroristik qo‘poruvchi guruhlar bilan
jang olib borishda urish natijlari shuni ko‘rsatdiki qurol-aslahalar, harbiy-texnikalar
va jangovar mashinalarni jangovar qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar yo‘l qo‘ygan
kamchiliklar tufayli talofatlar, o‘q-dorilar sarfi va bashqa moddiy resurslar sarfi oshib
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
35
ketdi. NATO davlatlari qurolli kuchlarida harbiy chet el matbuoti shaxsiy tarkib
qurollarni ishlatish tajribasiga murojat qilib, ularning xatolaridan kelib chiqqan holda
muvaffaqiyatsizliklari nisbati juda katta ekanligi aniqlangan. Chet elda harbiy
texnikani ishlatish statistikasi ko‘rsatib turibdiki, raketalarni uchirish va quruqlikdagi
kuchlarni tajribadan o‘tkazish paytida xatoliklar umumiy miqdorning 40 foizi. Jami
muvaffaqiyatsizliklar operator xatolari, dengiz kuchlarida 60 foizdan ko‘proq va
aviatsiyada 70 foizga to‘g‘ri kelagan.
Qurol-aslahalar, harbiy-texnikalar va jangovar mashinalar yillar davomida
rivojlanishi va taraqqiy etishi bilan birgalikda, ularni samarali qo‘llash va
foydalanishda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj sezilari darajada oshib bordi. Yuqorida
takidlab o‘tkanimizdek o‘sha to‘qnashuvlar natijalaridan kelib chiqib o‘z qurolli
kuchlarida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha mamlakatlar
oldiga muhim vazifa bo‘lib yaraldi. Dunyo mamlakatlari o‘z qurolli kuchlarini yillar
davomida imkon boricha taraqqiylashtirib va takomillashtirib bordi.
Otish tayyorgarligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, dunyo mamlakatlari
bo‘yicha dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan buyon o‘z Qurolli Kuchlarini zamon talabiga javob bera oladigan
zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy-texnikalar va jangovar mashinalar bilan uzluksiz
ta’minlab kelmoqda. Ushbu zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy-texnikalar va jangovar
mashinalarni samarali qo‘llash va ulardan unumli foydalanish uchun bilimli, malakali
va tezkorlik bilan harakat qila oladigan mutaxassislarga ehtiyoj ortib boradi, shu bilan
birgalikda O‘zbektston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida mutaxassislarni
tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda [1].
Mutaxassislarni amaliy o‘q otish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni
takomillashtirishda qurol-aslahalar bilan munosabatda bo‘lganda xavfsizlik
qoidalarini qo‘pol buzilishini oldini olish birinchi navbvatdagi vazifa ekanligi chuqur
anglatiladi. Shuning uchun NATO davlatlari qurolli kuchlarida ham talab qilinadigan
qo‘yidagi to‘rtta oltin qoidaga qat’iy rioya qilish uqtiriladi, ya’ni:
Birinchi qoida
qurol bilan shunday muomalada bo‘lginki u huddi o‘qlanib
turibdi;
Ikkinchi qoida
yakson qilish kerak bo‘lmagan narsaga stvolni qaratma va
qaratgan holda qoldirma;
Uchinchi qoida
ko‘rsatgich barmog‘ingni hech qachon tepki atrofida ushlama,
qachonki sening mo‘ljallagiching sening nishoningda bo‘lmasa;
To‘rtinchi qoida
ishonch hosil qil, qaerni mo‘ljalga olmoqdasan va uning
atrofida va ortida nima bor.
Ushbu qoidalarning moxiyatida xavfsizlik qoidalariga qanchalik rioya qilish
mujassamlashgan.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
36
Mutaxassislarni
tayyorgarligini
takomillashtirish
nazariy
va
amaliy
bosqichlarni o‘z ichiga oladi [2].
Nazariy
bosqichida o‘q otish asoslari va qoidalarini qo‘yidagi belgilangan
bosqichlarda chuqur o‘rganish bilan amalga oshiriladi:
O‘q otar qurollar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar; o‘q otar qurollarining TTT ni
o‘rganish; noto‘liq qismlarga yoyish va yig‘ish; o‘q otish asoslari va qoidalarinin
o‘rganish; qurolni olib yurish; ushlash usullari; o‘qlangan qurolni bir-biriga qanday
berish; qanday mo‘ljalga olish; o‘q otishga tayyorgarlik ko‘rish; ballistikani
qonunlarini o‘rganish; tepkini qanday to‘g‘ri bosish; o‘q otish uchun komandalar va
qurolni tekshirish; o‘q otishning barcha usullari, tik turgan holda yoki yotgan hoda;
tizzada, ikkita tizzada o‘t ochish; to‘g‘ri o‘q otish xranalogiyasi; qurol bilan “jest”
orqali gaplashish; o‘qdonni almashtirish; tunda mo‘ljalga olish va ko‘rinish
cheklangan sharoitlarga ko‘zni o‘rgatish; to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish; qurolga
xizmat ko‘rsatish; mo‘ljalga olish moslamalarini to‘g‘irlash; ehtimoliy tutilishlar va
ularni zudlik bilan bartaraf etish usullarini o‘rganish; ehtimoliy tutilishlar va ularni
zudlik bilan bartaraf etish usullari bo‘yicha test; qurol bilan harakatlar va shunga
o‘xshash boshqa nazariy bilimlar o‘rgatiladi.
Amaliy
bosqichida esa dastlabki o‘q otish, o‘quv o‘q otish, nazorat o‘q otish,
maxsus
o‘q otishlar bilan o‘q otish ko‘nikmalari shakillantiriladi va
takomillashtiriladi va belgilangan bosqichlarda amaliy o‘q otish amalga oshiriladi.
Aniqlikka bexato o‘q otish nishondagi o‘rta urish nuqtasini (O‘UN) belgilangan
nuqtaga aniq to‘g‘irlash va o‘qlarning yoyilish kattaligi orqali erishiladi. Bunda o‘rta
urish nuqtasi (O‘UN) belgilangan nuqtaga qancha yaqin bo‘lsa, o‘qlarning yoyilishi
qancha kichik bo‘sa, aniqlikka bexato o‘q otish shuncha yuqori bo‘ladi. Aniqlikka
bexato o‘q otish hisoblanadi, qachonki o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) nishondagi
belgilangan nuqtadan, ya’ni nazorat nuqtasidan me’yoridan ko‘ra oshib ketmasa va
o‘qlarning yoyilishi jadvaldagi me’yordan oshib ketmasa.
Aniqlikka bexato o‘q otish
qurolni aniq me’yoriy otish holatiga keltirish, qurolni
va o‘q-dorilarni extiyotkorlik bilan asrash va o‘qchining a’lo darajadagi ko‘nikmalari
oqrali ta’minlanadi. Aniqlikka bexato o‘q otish natijasini oshirish uchun o‘q otuvchi
nishongacha bo‘lgan massofani aniqlay olishi, o‘qning uchishiga normal otish
sharoitlari ta’sirini hisobga olishi va dastlabki o‘rnatmalarni (pritsel, pritselni marka,
tochka pritselivanie) belgilab olishi, otish usullarini to‘g‘ri bajara olishi, qurolni va
o‘q-dorilarni ehtiyotkorlik bilan asray olishi shart.
Aniqlikka bexato o‘q otishni pasayib ketishiga olib keluvchi asosiy sabablar
mo‘ljalga olish nuqtasini tanlashda, mo‘ljallagichni va nishonchani o‘rnatishda,
otishga tayyorgarlik ko‘rishda, qurolni to‘g‘ri yo‘naltirishda va o‘q otishni amalga
oshirishda o‘q otuvchining xatolari. Mo‘ljallagich va nishoncha noto‘g‘ri
o‘rnatilganda, hamda mo‘ljalga olish nuqtasi noto‘g‘ri tanlanganda o‘q nishongacha
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
37
yetmay qoladi yoki o‘tib ketadi yoki undan boshqa yo‘nalishga ketadi. O‘q otishda
qurol qaysidir tomonga og‘ib tursa O‘UN o‘sha tomonga va pastga og‘ib ketadi.
Tayanch qurolning og‘irlik markazidan oldinda yoki stvol og‘iz kesimi yaqinida
bo‘lsa o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) tepaga ketadi, tayanch qurolning og‘irlik
markazidan orqada bo‘lsa o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) pastga ketadi, o‘q otish vaqtida
tayanch holati o‘zgarib ketsa o‘qlarning zichligi kattalashib ketadi. Agar qo‘ndoq
yelkaning past burchagiga qadalsa o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) tepaga ketadi, agar
qo‘ndoq yelkaning tepa burchagiga qadalsa o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) pastga ketadi.
Mo‘ljalga olish bir xil bo‘lmaganda o‘qlarning yoyilishi kattalashib ketadi. Tepki
noto‘g‘ri bosilganda o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) asosan ko‘rsatgich barmoqning
holatiga qarab o‘nga va pastga qarab og‘ib ketadi.
Aniqlikka bexato o‘q otish qurolning va o‘q-dorilarning har-xil nosozligiga
qarab pasayib ketadi. Misol uchun: mo‘ljalga olish moslamasining plankasi
bukilganda yoki egilganda o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) bukilgan va egilgan tomonga
qarab og‘ib ketadi; nil bukilganda o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) bukilgan tomonga
qarab og‘ib ketadi; mo‘ljalga olish moslamasi yonga qimirlab ketganda, stvol, tirgak,
tayanch qimirlab ketganda, stvol yemirilganda o‘rta urish nuqtasi (O‘UN) kattalashib
ketadi. Aniqlikka bexato o‘q otishga yorug‘lik va metrologik sharoitlar o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Misol uchun: agar quyosh o‘ng tamondan charaqlab tursa nilning o‘ng
tomoni yaltirab turadi o‘qchi mo‘ljalga olishda o‘sha yaltirab turgan nilni mo‘ljalga
oladi va shu bilan o‘q chapga ketadi. O‘ng tomondan esayotgan shamol o‘qni chap
tomonga og‘diradi, chap tomondan esayotgan shamol o‘qni o‘ng tomonga og‘diradi.
Hammamizga ma’lumki, harbiy texnika va qurol aslaxalarni jangovar
imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ularni qo‘llashda mutaxassislarni
tayyorlash va o‘qitish otish tayyorgarligi fanining muhim vazifasi hisoblanadi. Otish
tayyorgarligi fanini o‘qitishda professor o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlari va
o‘qitishning usullari hamda metodlari muhim rol o‘ynaydi.
Yuqoridagi tayyorlash bosqichlaridan ko‘rinib ko‘rinib turubtiki mutaxassislarni
tayyorlashda katta sarf xarajatlarni taqoza etadi.
Qurol tizimlarini loyihalashda trenajer model sifatida keng foydalanish,
yaratilayotgan qurollarning samaradorligini oshirishga imkon beradi, shu bilan birga
ularni ishlab chiqish uchun vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda kapitalistik davlatlar armiyasida tinglovchilar tomonidan ma’lum
ko‘nikmalarni egallashga mo‘ljallangan ixtisoslashgan (individual) narsalardan farqli
o‘laroq, mutaxassislar, ekipaj, vzvod, rota va boshqa bo‘linmalar tarkibida
tayyorlashga imkon beradigan murakkab trenajerlardan foydalanish tendensiyasi
mavjud va shuningdek, ularning funksional vazifalarini butun ko‘lamda
ishlatishmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
38
AQSh va boshqa yirik NATO mamlakatlarida taktik trenajyorlaridan ofitserlarni
tayyorlashda va asosan turli taktik vazifalarni yechishda, qurol aslahalardan jangovar
holatlarda foydalanish usullarini mashq qilishda keng foydalanilib kelishmoqda.
Operativ-taktik trenajerlari, bo‘linmalar va qo‘shinlarning qo‘mondonlari jangovar
harakatlar (operatsiyalar) davrida bo‘linmalarni boshqarish usullarini mashq qiladilar.
Bunday trenajerlar dizayni jihatidan juda murakkab va katta ishlab chiqarish
xarajatlarini talab qiladi, ammo, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu xarajatlar
kelgusida o‘zini oqlaydi. Trenajyorlardan foydalanish natijasida olingan iqtisodiy
samaradorlik va ularning boshqa o‘quv uskunalari bilan solishtirganda yaqqol
ustunliklari NATO qo‘shinlarining zamonaviy trenajyorlar bilan ta’minlanganligini
aniqlaydi, bu fan va texnikaning so‘ngi yutuqlarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi, bu oxir-oqibat jangovar shaylikka ta’sir qiladi.
Shunday qilib, xorijiy harbiy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, faqat ularni
qo‘llab parvoz ekipajlarini tayyorlash samolyotlarning parvoz resursini sarf qilishni
va uchuvchilarning va harbiy havo kuchlarining (HHK) boshqa mutaxassislarning
dastlabki tayyorgarlik vaqtini 25 foizga qisqartirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, mutaxassislarni tayyorlashda takomillashtirilgan o‘quv-moddiy
baza ham muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni xorijiy mamlakatlar armiyalarida
mutaxassislarni otish tayyorgarligi bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini oshirishda harbiy
texnikalar va qurol-aslahalarning mohir mutaxassisi bo‘lib yetishishida ushbu harbiy
texnika va qurol-aslahalarni samarali qo‘llashni o‘rganishni mashq qilishini o‘zida
aks ettiradigan zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni yaratish zamon talabiga
aylanib ketdi [3].
Shu o‘rinda, qo‘yidagi 1-jadvalda dunyo davlatlarining ta’lim jarayonida “e-
learning” texnologiyalarini qo‘llashning tahliliy jadvali keltirib o‘tilgan.
1-jadval
REYTING
BO‘YICHA O‘RIN
DUNYO DAVLATLARI YILLAR BO‘YICHA
2016 YILDA
2021 YILDA
1
AQSH
AQSH
2
XITOY
XITOY
3
KANADA
KANADA
4
JANUBIY KOREA
JANUBIY KOREA
5
INDIYA
INDIYA
6
YAPONIYA
YAPONIYA
7
BUYUK BRITANIYA
POLSHA
8
BRAZILIYA
INDONEZIYA
9
ISPANIYA
BUYUK BRITANIYA
10
POLSHA
ISPANIYA
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
39
11
ROSSIYA
ROSSIYA
12
FRANSIYA
FRANSIYA
13
MEKSIKA
GERMANIYA
14
SHVESIYA
MEKSIKA
15
GERMANIYA
ITALIYA
Bugungi kunda, harbiy texnika va qurol-aslaxalarni trenajyorlari va
simulyatorlarini ishlab chiqarish Koreya, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Amerika va
NATO davlatlarida ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shulardan bir nechtasini qo‘yida
ko‘rib o‘tamiz:
Jangovar mashinalar qurollari trenajyorlari
-
Kongsberg Defence Systems
kompaniyasi tomonidan yaratilgan va bugungi kunda bir qator xorijiy davlatlarning
armiyalarida keng qo‘llanilib kelayotgan GST (Gunner Skill Trainer) trenajyori.
Ushbu trenajyor ikki xil: a) o‘quv sinflarida qo‘llashga mo‘ljallangan TZ (Table Top
Trainer) stol usti va b) qurolning o‘ziga o‘rnatiladigan ko‘rinishda yaratilgan. trenajer
yordamida har qanday qurol turi bo‘yicha, shuningdek Combat Vehicle Training
System jangovar mashinasi qurollari majmuasida, to‘liq ekipaj tarkibida
harakatlanish imkonini beradi.
Meggitt Training Systems kompaniyasi tomonidan yaratilgan stol usti trenajyori
ham JM qurollaridan, real o‘q otish sharoitlarini ta’minlab beruvchi, 3D formatidagi
bir nechta xarita va JM ning o‘t ochishini boshqarish tizimini yaratish imkonini
beradi. Trenajyorda 12,7-mm pulemetdan, Mk19 granatomyotidan, M240 ning 7,62-
mm pulemyoti va M249ning 5,56-mm pulemyotlaridan otish mashqlarini bajarish
mumkin. Qo‘shimcha tarzda mashqlarni qayta bajarish, murakkablik darajasini
tanlash va mashq natijalarini nazorat qilish imkonini beradi. Trenajyorda yo‘riqchi
yordamisiz shug‘ullanish mumkin.
Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan yaratilgan AGTS (Advanced Gunnery
Training System) qurolni yo‘naltiruvchi operatorlarini tayyorlash kengaytirilgan
tizimi, bir qator jangovar mashinalar qurollar komplekslaridan otish mashqlarini
bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, SEP va ABRAMS rusumli tank, BRADLEY PJM,
LAV-25, LAV-AG va STRYKER zirxli mashinalari qurollari shular jumlasidandir.
Tizim bir nechta dasturli ma’lumotlar bazasi va mashqlar to‘plamidan iborat.
O‘q otish trenajyorlarini ishlab chiqaruvchi yana bir yirik kompaniya, Krauss
Maffei Wegmann (KMW) zamonaviy talablarga mos keladigan o‘q otish
trenajyorlarini yaratish bo‘yicha dunyoning bir qancha davlatlarida faoliyat yuritib
kelmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan yaratilgan LEOPARD tanki trenajeri bir
tizimga ulangan 4 (to‘rtta), (operator, komandir, xaydovchi va yo‘riqchi instruktor)
ishchi stansiyalaridan iborat.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
40
Ushbu trenajyorlar, JM ekipaji a’zolarini otish mashlarini kompleks tarzda
bajarish va tayyorlash imkonini beradi.
Kompaniya tomonidan yaratilgan trenajyorlardan bugungi kunda, Avstriya
armiyasining svyolfaksing tank markazida; Qatar davlati taktik o‘quv markazida;
Norvegiyaning Rena shaharchasidagi umumqo‘shin jangi o‘quv markazida, boshqa
turdagi trenajyorlar qatorida foydalanib kelinmoqda.
Rheinmetall Defence Electronics (RDE) kompaniyasi ham, bu yo‘nalishda
Nemis va Shvesariya davlatlari armiyalarining asosiy ta’minotchisi hisoblanadi.
Shuningdek, kompaniya tomonidan 2012 yilda LEOPARD LGST (LEOPARD
Gunnery Skills Trainer) tipidagi 18 ta trenajyor Kanada armiyasiga va 1 ta trenajyor
Indoneziya armiyasi uchun ta’minlangan.
Bu borada Hindiston armiyasi ham jim turgani yo‘q. Hindistonning Bharat
Electronics (BEL) va Zen Technologies kompaniyalari, davlat qurollanishida
bo‘lgan, ARJUN yangi tanklaridan otish trenajyorlari seriyasini yaratib, bugungi
kunda ushbu trenajyorlar mamlakat armiyasi shaxsiy tarkibining tayyorgarligi asosini
tashkil qilmoqda [4].
Yuqorida takidlab o‘tilgan zamonaviy axborot komunikatsiya texnalogiyalarini
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida aralash tarkibdagi
brigadalarda umumqo‘shin mutaxassislarni tayyorgarligini takamillashtirishda
ulardan unumli foydalanish sarf xarajatlarni tejashga va yuqori bilim va
ko‘nikmalarni oshirishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoev, Sh.M. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Xavfsizlik
kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqi / Sh.M. Mirziyoev // Xalq so‘zi –
2021. – 13 yanvar. –8-son (7788). – B. 18.
2. “Quruqlikdagi qo‘shinlarning o‘qotar qurollari, jangovar mashinalari va
tanklardan otish kursi” O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020 yil 29
avgustdagi 560-sonli buyrug‘i. – T. O‘RMV Jangovar tayyorgarlik boshboshqarmasi,
2020. – B. 22.
3. Muhammad Ali. Kim edigu kim bo‘ldik / Muhammad Ali. – T.: O‘RQKA,
2014. – B. 14.
4. Samarov, R.S. Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘ati / R.S. Samarov [va
boshq.] – T.: “InnovatsiyaZiyo”, 2020. - 64 b.
