International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
93
MUHANDISLIK QO‘SHINLARIDA ROBOT SAPYOR VA ROBOT
TEXNIKALARNI ZAMONAVIY RIVOJLANISH YO‘NALISHI
Eshmuradov Z.M.
O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Dunyoning barcha yetakchi davlatlari robot sapyorlarni va
robotlashtirilgan (komplekslarni) majmualarni yaratish bo‘yicha va ularni ishlab
chiqarishini kengaytirib harbiy qurolli to‘qnashuvlarda qo‘llashda shaxsiy tarkibga
talofat yetishini kamaytirish ustunligiga erishish uchun ilmiy-tadqiqotli va
konstruktorli- tajriba ishlarini faolligi va ularning muhimligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: otish tayyorgarligi, o‘t ochish, kommunikatsiya, trenajyor, robot
sapyor, qurol-aslaha, robot-texnika, shaylik, aniqlik, jangovar qurol, qo‘shin, taktik
harakat, harbiy atamalar.
Аннотация:
Раскрыта активность и важность научно-исследовательских и
конструкторско-экспериментальных работ по созданию роботов-саперов и
роботизированных (комплексов) комплексов во всех ведущих странах мира и
расширению их производства для достижения преимущества снижения потерь
личного состава при применении в вооруженных конфликтах.
Ключевые слова: огневая подготовка, огонь, коммуникация, тренажер,
робот-сапер, вооружение, робототехника, готовность, точность, боевое оружие,
войска, тактическое действие, военные термины.
Abstract:
The activity and importance of scientific research and design-
experimental work on the creation of robot sappers and robotic (complex) systems in
all leading countries of the world and the expansion of their production to achieve the
advantage of reducing personnel losses when used in armed conflicts are revealed.
Keywords:
fire training, fire, communication, simulator, robot-sapper, weapons,
robotics, readiness, accuracy, combat weapons, troops, tactical action, military terms.
Hozirgi vaqtda yetakchi chet el davlatlari armiyalarida harbiy qurol-aslahalarni
va maxsus texnikalarni robotlashtirish ko‘rib chiqilmoqda bu birgina qurolli
kurashish vositalarning rivojlanish yo‘nalishini eng muhim asosiy prinsiplari
hisoblanadi.
Masofadan boshqariladigan robot sapyor har qanday shubhali qurilmalar yoki
qutilarni tekshirish va yo‘q qilish uchun foydalaniladi. Robot oldida 4 ta kamera va
tutqich bilan jihozlangan. 2000 yilda robotlar Bosniyada ishlatilgan, 11 sentabrdan
keyin vayronalarni tozalashda, 2015 yilda Afg‘oniston va Iroqda qo‘llanilgan (1-
rasm). Talon seriyasidagi harbiy robotlar 300 000 dan ortiq jangovar vazifalarni
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
94
bajarishda ishtirok etgan. Ushbu robotning 4000 ortiq turli modellari ishlab
chiqarilgan.
1-rasm. TALON robot-sapyori va uning asosiy ishchi jihozlari.
Asosiy TALON robotning uzunligi 86 sm, balandligi 42 sm, og‘irligi 52 dan 71
kg gacha, 44 kg gacha foydali yuk ko‘tara oladi va 680 kg gacha og‘irlikdagi yukni
tortish imkoniga ega.
Robotning elektr quvvati bajarayotgan ishiga qarab 2,8 soatdan 4,5 soatgacha,
hatto kutish rejimida 7 kungacha qayta quvvatlanmasdan elektr toki bilan ta’minlaydi.
Elektr ta’minoti 8,3 km/s tezlikka erishish imkonini beradi. Robot 45
0
dan
oshmaydigan zinalardan yuqoriga ko‘tarila oladi. Robotni kabel orqali boshqarish
masofasi 300 m, radio orqali 500-800 m gacha, ishga kengaytirilgan radiomachta
bilan 1000 gacha. Manipulyator to‘liq cho‘zilganda 11 kg gacha og‘irlikdagi yuklarni
ko‘tarish imkoniga ega [3].
“
Skorpion
” robot-sapyor joylarda portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni qidirish,
bosganda harakatga keluvchi minalar va sim tortqi (rastyajka) bilan o‘rnatilgan
minalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu robot sapyorlarni hayoti uchun
xavflarni kamaytirish imkonini beradi.
“Skorpion” yengil sinfdagi robototexnik kompleks turiga mansub bo‘lib, ushbu
robot Suriyada qo‘llanilgan “Skarabey” robotining kamchiliklarini hisobga olib
ishlab chiqilgan. Skorpion to‘rt g‘ildirakli platforma bazasida yaratilgan (2-rasm).
“Skorpion” joylarda muhandislik razvedkasini olib borish bilan birga, bosganda
va tortilish natijasida ishga tushuvchi piyodalarga qarshi minalar va qo‘lbola
portlovchi qurilmalarni trallash, 25 kg gacha og‘irlikdagi portlatish zaryadlarini
vazifani bajarish joyiga yetkazib berish, harbiy xizmatchilar borishi qiyin bo‘lgan
joylarda video va audio ma’lumotlarni yig‘ish vazifalarini ham bajaradi [4].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
95
2-rasm. Rossiyalik sapyorlarning Palmirda joylarni portlash
xavfi bo‘lgan predmetlardan tozalash jarayoni
Ushbu robot Rossiya Federatsisi Mudofaa vazirligi qurollanishiga 2020 yilda
qabul qilingan.
Ishlab chiqaruvchi AO «SET-1» kompaniyasi.
“Skorpion” to‘rt g‘ildirakli platforma bazasida ishlab chiqilgan bo‘lib og‘irligi
20 kg ni tashkil etadi. Robot o‘ziga o‘rnatilgan akkumulator batareyalari bilan
avtomon ishlash vaqti 4 soatdan iborat. Maksimal harakatlanish tezligi – 3,3 m/s,
boshqaruv uzoqligi 1000 m.
Robotning afzalliklari yuqori harakatchanligi, shahar sharoitida imoratlarda va
o‘rtacha kesishgan joylarda harakatlanishda manyovrchanligi, shuningdek
zinapoyalardan yuqoriga ko‘tarila olishi.
Ushbu robotni boshqarish va ma’lumotlarni uzatish yagona raqamli radio kanali
orqali amalga oshiriladi, boshqaruvga bo‘ladigan bosimni cheklaydi. Bundan tashqari
radiojimlik rejimida yoki radiosignallar bostirilgan vaziyatlarda simli boshqarish ham
ko‘zda tutilgan.
Ridiosignallar tarqalgan qiyin sharoitlarda robotni ishonchli boshqaruvchi va
tasvirlarni qabul qilish 250 m gacha yetadi. Robotning balandligi 15 sm.ni tashkil
etadi va bu esa dushman payqashini kamaytiradi, elektr dvigateli esa shovqinni
kamaytiradi.
Dunyoning barcha yetakchi davlatlari jangovar robotlarni va robotlashtirilgan
(komplekslarni) majmualarni yaratish bo‘yicha va ularni ishlab chiqarishini
kengaytirib harbiy qurolli to‘qnashuvlarda qo‘llashda shaxsiy tarkibga talofat
yetishini kamaytirish ustunligiga erishish uchun ilmiy-tadqiqotli va konstruktorli-
tajriba ishlarini faol o‘tkazmoqda.
Jangovar harakatlarda muhandislik ta’minoti vazifalarini bajarishini hal qilish
uchun chet el armiyalarining yerdagi harbiy qurol-aslaha va maxsus texnikalarini
(HQAMT) robotlashtirilishi
quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda:
Birinchidan. Ularni ekipajsiz qo‘llash maqsadida shtatdagi namuna harbiy qurol-
aslaha maxsus texnikalarga o‘rnatish uchun masofadan boshqarish apparatlari
(modullari) to‘plamlarini bir xil shaklda yaratish.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
96
Ikkinchidan.
Maxsuslashtirilgan robototexnikalar majmualarni ishlab chiqish.
Birinchi navbatda iqtisod mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud jangovar
g‘ildirakli va zanjirli platformadagi bazaviy shassisi sifatini tanlab belgilash, chunki
bunday holatda texnik-iqtisodiy robototexnikalar majmualarni ko‘rsatgichini
qiyoslashi bilan “nuldan” tadqiqot qilish. Bundan tashqari mavjud bo‘lgan namunali
harbiy qurol-aslaha va maxsus texnikalarini (HQAMT) foydanilganda aks holda
bazaviy shassisini birxillashtirilishi va istiqbolli universal to‘plamlarning modullarini
boshqarilishi sezilarli yaxshilanadi ya’ni ularni kelajakdagi bazali platformalarga
moslashtirib o‘natish mumkin.
Ma’lum bir turdagi birinchi yo‘nalishdagi vakillar masofadan boshqarish
apparatlari jihozlangan mina trallari «Panther» M-60A3, mina trali «Abrams
Panther» M1A2, tanklari bazasidagi katokli trali koleyalarning butun eni bilan,
muhandis mashinasi ABV «Breacher». Amerika qo‘shma shtati to‘plamlari
hisoblanadi. Ifodalangan vositalar mina maydonlaridan yo‘laklar ochish va
dushmanning o‘q yog‘dirish ostida pozitsiyalarni muhandislik jihozlash bo‘yicha
ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladi.
Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha robotlashtirilgan komplekslarga mikro, mini
(kichik), yengil va o‘rtacha toifadagilar kiradi, muhandislik razvedkasini olib borish,
portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish va murakkab va nozik
harakatlarni bajarish uchun, shuningdek yengil, o‘rta og‘ir trallarni transportirovka
qilish uchun mo‘ljallangan.
Oxirgilarning bir-biridan ajralib turishi toifalanishidan himoyalanganidan,
uzoqdan boshqarilishidan va maxsus jihozlanganligi tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Eng ko‘p xususiyatli vakillar: topib aniqlash va yurish qiyin bo‘lgan joylarda
portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni bartaraf etish kichik toifadagi robot-sapyori
«Robot 110 FirstLook» (3-rasm), yengil toifadagi robot-sapyori «Robot EOD 510
RASKVOT» (4-rasm); yengil toifadagi robot-sapyori «TALON-4» (5-rasm),
«MAPMCSM-160» mina trali (7-rasm) hisoblanadi. O‘z sanoatidagi muhandislik
qurol-yarog‘ vositalarning robototexnika namunalari ko‘rsatilgan ikkita yo‘nalish
bo‘yicha rivojlanmoqda.
3-rasm. Kichik
toifadagi robot-
sapyor «Robot 110
FirstLook»
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
97
Chet el va Rossiya Federatsiyasi tajribasini hisobga olgan holda oldindan
o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlarga asoslangan tarkibi va yerdagi komplekslarni,
uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni (UUA) va suv ostidagi apparatlarni asosiy texnik
yo‘nalishlarini yaratish.
Yerdagi robototexnikalar majmualarini takomillashtirilishi zarur bo‘lgan
xususiyatiga ishlov berib bugungi kunda tayyorlanmoqda:
avtonom g‘ildirakli va zanjirli taktik mashinalarni mustaqil ravishda yo‘ldagi
vaziyatni kuzatish, uni baholash, shuningdek harakatlanish o‘lchamlarini va eng
qulay yo‘nalishni tanlaganda to‘siqlarni turi va xususiyati;
ovozli komandalarni bajaradigan va bo‘linmalar tarkibida harakatlanishiga
bog‘liq bo‘lmaganda aniqlab oladigan harbiy qurol-aslaha va maxsus texnikalarni
(HQAMT) namunalari;
avtonomli va yarimavtonomli odamga o‘xshash tizim “Avatarli”
nomlanishi
bilan
boshqarish tizimi (masalan, o‘z sanoatidagi robotlashtirilgan majmua
“FEDOR”, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan “Android texnikalari”
(6-
rasm);
ularga turli xil maqsadli yukni va yuk ko‘tarish qobiliyatini joylashtirish uchun
har xil og‘irlikdagi g‘ildirak-zanjirli harakatlanuvchi, zanjirli, g‘ildiraklari bilan
birxillashtirilgan robotlashtirilgan platformalar;
belgilangan vazifani bajarish uchun talab qilinadigan mahsulot turini alohida
qismlaridan tuzish va robotlashtirilgan modullar majmualarini konstruktorning
imkoniyatini prinsipi bo‘yicha yig‘ish;
avtomatlashtirish uchun qurilmalar va muhandislik vositalar aqliy robototexnik
texnologiyasi qatori asosida boshqariladigan o‘ziyurar birxillashtirilgan tizimlar.
Masalan, aqliy mina maydonini joylarda o‘rnatish uchun o‘zi harakatlanuvchi
minani ichiga o‘rnatilgan elementlari bilan joylarda mustaqil tarzda harakatlanishi
5-rasm.
Yengil toifadagi
robot-
sapyor «TALON-4»
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
98
(shu bilan birga guruhlar tarkibida) va ma’lumotlar bilan almashishi sun’iy aqliy
ishtimoiy yo‘nalishini yaratish taxmin qilinadi.
6-rasm. Antropomorf kompleksi “Avatarli” “FEDOR” boshqarishi bilan
Shaxsiy tarkibga talofati yetish pasayishini va uning samarasini oshirish uchun
loyihani amalga oshirishda shu yo‘nalishda taxminan muhandislik ta’minoti
vazifalarni 50% gacha har turdagi toifali robototexnikalar komplekslarini qo‘llanilishi
bilan bajariladi.
Hozirgi vaqtgacha muhandislik qo‘shinlari manfaatida yerdagi robototexnikalar
komplekslarini yaratish bo‘yicha bir qator tajriba-konstruktorli ishlar o‘tkazilganligi
aytilmoqda.
Shu
jumladan
BMR-3MA
(7-rasm)
minasizlantirish
zirxli
bazasida
birlashtirilgan osma va qurilma jihozi to‘plami bilan masofadan boshqariladigan
minasizlantirish robototexnik komplekslarning tajribali namunasi tayyorlangan va
ishlab chiqilgan, ya’ni hozirgi qurol-yarog‘larga va kelajakdagi namunalarga
o‘rnatilishi mumkinligi aytilmoqda.
7-rasm. BMR-3MA zirxli bazasidagi minasizlantirish mashinasi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
99
Shu kompleksni ishlab chiqarish natijasida mavjud bo‘lgan muhandislik
vositalariga jihozlash uchun keyinchalik ularni ekipajsiz variantini qo‘llash
maqsadida birxillashtirilgan boshqarish modullar to‘plamlari yuzaga kelishi
mumkinligi taxmin qilinishi aytilmoqda.
Ushbu vositalarga birinchi navbatda: o‘ziyurar minasizlantirish qurilmasi (UR-
77), IMR-3 turdagi to‘siqlarni olib tashlash muhandislik mashinasi, UMZ va GMZ-3
turdagi zanjirli mina to‘siq o‘rnatuvchilar, MTU-20, MTU-90 turdagi tank ko‘prik
o‘rnatgichlar (ishg‘ol ko‘priklari) kirishi mumkin.
Masofadan boshqariladigan minasizlantirish robototexnik kompleksi texnika
kolonnalarini, minalashtirilgan uchastka joylarda asosiy turdagi tankka qarshi
minalarni trallar yordamida yo‘laklar ochish va dushmanning o‘q yog‘dirishining
qarshi harakati sharoitida sapyorlarni minasizlantirish faoliyatini ta’minlash uchun
mo‘ljallangan.
Robototexnik kompleksi quyidagi rejimlarda: ekipaj bilan, masofadan
boshqarish- boshqarish punktidan masofada va ko‘chma pult bilan foydalangan
holda, berilgan marshrutda vazifasi bilan muvofiq programmalarida qo‘llaniladi.
Ko‘p funksiyali robototexnik minasizlantirish kompleksi
“Uran-6” joylarda
muhandislik razvedkasini olib borish uchun va portlovchi moddalarni hajmi 1 kg
gacha trotil ekvivalente bilan minali portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni
minasizlantirish uchun mo‘ljallangan (8-rasm) [3].
Birinchi navbatda iqtisod mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud jangovar
g‘ildirakli va zanjirli platformadagi bazaviy shassisi sifatini tanlab belgilash, chunki
bunday holatda texnik-iqtisodiy robototexnikalar komplekslarni ko‘rsatgichini
qiyoslashi bilan “nuldan” loyihalarini tadqiqot qilish.
Bundan tashqari mavjud bo‘lgan namunali harbiy qurol-aslaha va maxsus
texnikalarini (HQAMT) foydanilganda aks holda bazaviy shassisi birxillashtirilishi
va istiqbolli universal to‘plamlarning modullarini boshqarilishi sezilarli yaxshilanadi
ya’ni ularni kelajakdagi bazali platformalarga moslashtirib o‘natish mumkin.
8-rasm. Ko‘p funksiyali robototexnik minasizlantirish majmuasi “Uran-6”
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
100
“Uran-6” kompleksi Checheniston Respublikasida va Suriya Arab
Respublikasida joylarni portlash xavfi bo‘lgan predmetlardan tozalashda va
minasizlantirishni bajardi va shu bilan birga (dengiz sathidan 1600 gacha) baland
tog‘larda muvaffaqiyatli ekspluatatsiya tajribasi o‘tkazildi. Vazifalarni bajarish
joylariga ushbu kompleks og‘ir transport vertolyoti MI-26 va IL-76D samolyoti bilan
yetkazilib berilgan.
Yuqorida aytib o‘tilgan harbiy qurol-yarog‘ va maxsus texnikalari namunalarini
foydalanishi
eng xavfli muhandislik ta’minoti vazifalarini bajarish samarasi
imkoniyatini ko‘paytiradi-joylarni va ob’ektlarni minasizlantirishda 1,6-1,8 marta
shaxsiy tarkibni 30-35 % talofat yetishini kamaytiradi [4].
Shaxsiy tarkibni talofat yetishini kamaytirish va uning samarasini oshirish uchun
muhandislik ta’minoti vazifalar 50% gacha robototexnik komplekslarining har xil
turdagi toifalari bilan bajariladi.
Yerdagi robototexnik komplekslar istiqbolli rivojlanishi bazaviy platformlarning
o‘tish qobiliyatini oshishi bilan foydali yuk vazniga, radiokanallar bo‘yicha ularning
boshqarish uzoqligiga, ishg‘olchi qurol-yarog‘larni va har xil turdagi muhandislik
jihozlarni montaj qilish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Uchuvchisiz uchuvchi apparatlar (UUA) tadqiq qilish loyihalar yo‘nalishlari
bo‘yicha olib borilmoqda:
Ularni uchish vaqtini va uzoqligini oshirish, foydali yukni tashish, dushmanning
radioelektron vositalariga qarshi harakatlariga kurashish samarasini va boshqarish
uzoqligini oshirish, uchuvchisiz uchuvchi apparatlar (UUA) har xil turdagi foydali
yuklarni almashtirish, modullarga joylashtirish imkoniyati, ko‘p miqdorda bo‘ladigan
uchuvchisiz uchuvchi apparatlar (UUA) guruhlarini (“uyali” taktika) texnologiyasini
foydalanish imkoniyatini va ta’minlash programmasini yaratish.
Uchuvchisiz uchuvchi apparatlarga quyidagi muhandislik ta’minoti vazifalari
yuklanadi:
berilgan xududda yaqin real vaqt miqyosida yerdagi robototexnik kompleksni
masofadan harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish uchun va programma rejimlarida
(boshqa ob’ektlarda boshqarish funksiyalari) va uni harakatini nazorat qilish joylarni
o‘tkazish qobiliyatini baholash;
masofadan o‘rnatilayotgan mina maydonlarni va ta’sir doirasi keng
shikastlovchi minalarni oldindan aniqlab topish, shuningdek qo‘shinlarni
harakatlanish yo‘nalishida portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish;
oldindan belgilangan koordinatlar bo‘yicha uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni
(UUA) harakatining jangovar radiusi chegarasida yuqorinuqtali minalashtirishni
o‘tkazish.
Uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni (UUA) qo‘llanilishi muhandis-sapyor
bo‘linmalari shaxsiy tarkibini himoyasini va joylarda (ob’ektlarni minasizlantirishda)
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
101
mina-portlovchi to‘siqlarni o‘rnatish samarasi imkonini oshiradi, shuningdek
havodan muhandislik razvedkasini olib borish imkoniyatini kengaytiradi.
Suv osti apparatlarini ishlab chiqish tadqiqoti komplekslashtirilgan ikkita -
avtonom va teleboshqarish boshqarish rejimli xususiyatiga ega.
Birinchi
suv osti apparatlarini foydanilganda optik-volokon kabeli orqali
boshqarish pultiga ulanadi. Avtonom rejimida suv osti apparati mustaqil ravishda
berilgan yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda. Istiqbolli suv osti apparatlarini ikkita
ishlash rejimiga qo‘shganda kengaytirilgan yig‘ilgan vazifalarni bajarishini yaratadi,
shu kabi suv to‘siqlari razvedkasini yengib o‘tishda, tanklarni suv ostidan kechuvni
tashkillashtirish uchun suv tubini uch o‘lchamda qiyalarni bir shaklga keltirish,
belgilarni o‘rnatish yoki alohida muhandislik o‘q-dorilarni minasizlantirishni
o‘tkazishda (zaryadlarni yoniga qo‘yishda) va hakoza.
Yerdagi robototexnik komplekslar istiqbolli rivojlanishi bazaviy platformlarning
o‘tish qobiliyatini oshishi bilan foydali yuk vazniga, radiokanallar bo‘yicha ularning
boshqarish uzoqligiga, ishg‘olchi qurol-yarog‘larni va har xil turdagi muhandislik
jihozlarni montaj qilish imkoniyatiyaga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z sanoatida yaratilayotgan ikki rejimli suv osti apparatlari suv to‘siqlarini
muhandislik razvedkasini olib borishda va dushmanning mina-portlovchi to‘siqlarini
minasizlantirishda muhandislik qo‘shini bo‘linmalarini samarasini 25-35 % ga
oshiradi [5].
Shunday qilib hozirgi vaqtda dunyoning yetakchi qurolli kuchlarining
muhandislik qo‘shinlarida (AQSh, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Xitoy, Yaponiya) muhandislik qurol-yarog‘ robototexnika vositalarni rivojlanishi
uchun yetarli yangi sifatli parametrlari bilan ilmiy va amaliy tajriba materiallar
to‘plangan va jiddiy ravishda funksional imkoniyatlari jangovar harakatlarda
(noqonuniy qurolli to‘qnashuvlarda, qo‘shinlarni maxsus harakatlarida) muhandislik
ta’minoti vazifalarini samarali bajarishda imkoniyatlarini amalga oshiradi.
Foydalanilgan manbalar:
1. Русинов В. Состояние и планы развития наземных робототехнических
комплексов США // Зарубежное военное обозрение. 2013. № 3. 44-56 бет.
2. Кудряшов В.Б., Лапшов В. С., Носков В.П., Рубсов И.В. Проблемы
роботизатсии ВВТ в части наземной составляющей// Известия ЮФУ.
Технические науки. 2014. № 3(152). 42- 57 бет; Шашок В.Н., Филиппов С.И.,
Багаев Д.В., Малышев А.Н. Подход к разработке мобилных робототехнических
комплексов разминирования // Известил ЮФУ. Технические науки. 2014. № 3
(152). 58- 70 бет.
3. УРЛ: ҳттп://www.766уптк.ру (10. 05.2021 ишлаш учун фойдаланган
сана).
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
102
4. Шашок В.Н., Филиппов С.И., Багаев Д.В., Малышев А.Н. Подход к
разработке мобилных робототехнических комплексов разминирования / /
Известия ЮФУ. Технические науки. 2014. № 3 (152 бет).
5. Предложения по совершенствованию выполнения задач инженерного
обеспечения с учетом перспективной организатсионно-штатной структуры
вооруженных сил, новых форм и способов ведения боевых действий. М.: ВИ
(ИВ) ВУНС СВ «ОБА ВС РФ.
