International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
163
O‘ZBEKISTONDA KICHIK SANOAT HUDUDLARINI TASHKIL ETISH VA
RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBANING SAMARALI QO‘LLANISH
YO‘LLARI
Ortiqov Avazbek Bahrom o‘g‘li,
Farg‘ona davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi
Djurabayeva Niginabonu Esomiddin qizi
UBSU Namangan filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik sanoat hududlarini tashkil
etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar
hamda xorijiy mamlakatlar – xususan, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Germaniya
kabi davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalari tahlil qilinadi. Xorijiy amaliyot asosida
kichik sanoat zonalarini barqaror rivojlantirish yo‘llari, muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasini takomillashtirish, biznes uchun qulay muhit yaratish va
investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari o‘rganiladi. Shu asosda O‘zbekistonda
kichik саноат hududlarining iqtisodiy faollik, yangi ish o‘rinlari va eksport
salohiyatini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, sohaga oid xorijiy
tajribalarni lokal sharoitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
kichik sanoat zonalari, sanoat hududlari, xorijiy tajriba,
infratuzilma, investitsiya muhit, mahalliylashtirish, sanoat siyosati, O‘zbekiston
iqtisodiyoti, ishlab chiqarish klasterlari, eksport salohiyati
1. Kirish.
Hozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va
sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotida
muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, industrial zonalar, kichik
sanoat hududlari, texnoparklar va sanoat klasterlari global miqyosda keng tarqalgan
bo‘lib, ular sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni
jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirishda muhim vosita
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik sanoat
zonalarini (KSZ) tashkil etish va rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
belgilanmoqda. Davlat rahbari tashabbusi bilan har bir hududda kichik sanoat
zonalari barpo etilib, tadbirkorlarga imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Biroq, mavjud KSZlarning faoliyati, infratuzilmasi va investitsiyaviy jozibadorligi
bo‘yicha xorijiy davlatlar, jumladan, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Vyetnam, Fransiya ва
AQSh тажрибалари билан qiyosiy tahlil qilish, ularning samarali jihatlaridan
foydalanish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
164
Ushbu maqolada kichik sanoat zonalarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha
xorijiy davlatlar тажрибаси ўрганилиб, уларнинг Ўзбекистон шароитидаги
жорий имкониятлар билан уйғунлаштириш имкониятлари таҳлил этилади.
2. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Kichik sanoat zonalari (KSZ)ni tashkil
etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar so‘nggi yillarda
tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy ishlar
ham, amaliy siyosatlar ham ko‘plab davlatlar tajribasi asosida shakllanmoqda.
Adabiyotlarni tahlil qilish shundan dalolat bermoqdaki, KSZ – bu faqatgina iqtisodiy
faoliyat emas, balki hududiy rivojlanish, ish bilan bandlik, texnologik taraqqiyot va
biznes muhitini yaxshilashning samarali vositasidir. O‘zbekiston sanoat siyosatini
modernizatsiya qilish va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati
doirasida kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etishga katta e’tibor qaratilayotgani
barcha iqtisodiy-huquqiy manbalarda o‘z aksini topmoqda.
Iqtisodchi olimlar M.Xayitov va J.Nazarov tadqiqotlarida [3] KSZlarni hududiy
rivojlanish drayveri sifatida ko‘radi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu hududlar kichik
biznes uchun mustahkam infratuzilma va yer maydonlari taklif etish orqali
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Sh.Qurbonovning ishida [5] KSZlarni tashkil etishda davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantirish, biznesni davlat tomonidan boshlang‘ich qo‘llab-quvvatlash dasturlari
va xalqaro tajribaga mos ravishda soliq va moliyaviy imtiyozlar joriy etish lozimligi
ta’kidlanadi.
G.Toshmatova va N.Egamberdiyevalar o‘z tadqiqotlarida [2] mahalliy sanoat
hududlarini universitetlar va ilmiy markazlar bilan integratsiya qilishni taklif etishadi.
Bu “texnoparklar” orqali innovatsiyalarni sanoatga joriy qilishda muhim o‘rin tutadi.
Iqtisodchi olimlar, jumladan, Sh.Abdullayev o‘z tadqiqotlarida [1] KSZlarni
tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, ularning kichik va o‘rta biznes
subyektlari uchun logistika va infratuzilma jihatdan qulay muhit yaratishdagi
ahamiyatini ta’kidlaydi. Muallif sanoat korxonalarini yagona hududda joylashtirish
va ularni xizmatlar bilan ta’minlash jarayonida “klaster effekt” yuzaga kelishi orqali
raqobatbardoshlik oshishini ko‘rsatadi.
M.Yusupov va J.Fayziyev esa o‘tkazgan tadqiqotlarida [4] Rossiya, Xitoy,
Turkiya, Vyetnam, Fransiya kabi davlatlardagi kichik sanoat hududlarining
shakllanishi va samarali boshqaruv modellari haqida ma’lumotlar keltiradi. Xususan,
Vyetnamdagi “rag‘batlantirilgan zonalar” amaliyoti — xorijiy investorlarni jalb
qilish, soliq va yer imtiyozlari berish orqali kichik biznesni rivojlantirishda muhim
omil sifatida qayd etilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2023 yilgi tahlillarida esa,
O‘zbekistondagi KSZlarning rivojlanishida infratuzilma muammolari, moliya
resurslariga yetishuvchanlik pastligi va mamuriy to‘siqlar hali ham dolzarb
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
165
muammoligicha qolayotgani e’tirof etilgan. Shu bois mutaxassislar KSZlar uchun
davlat-xususiy sheriklik modelini keng joriy etish, joy tanlashda ilmiy va iqtisodiy
asoslarni qo‘llash, taxassuslashuvni kuchaytirish taklifini ilgari surmoqdalar.
Xalqaro tajriba nuqtai nazaridan, Mid-America Industrial Park (AQSh), Milton
Park (Angliya), Mutsu-Ogawara Park (Yaponiya) va Chemro (Sloveniya) kabi
hududlar nafaqat ishlab chiqarish, balki xizmatlar, kadrlar tayyorlash, logistika, soliq
imtiyozlari va mahalliy aholi bandligini ta’minlash mexanizmlari bilan ajralib turadi.
Buning natijasida ular sanoat investorlari uchun jozibali hududlarga aylangan.
Jahon tajribasida KSZ modellari turlicha shakllangan. Masalan:
Fransiyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratiladigan
“texnopolis”lar va “iqtisodiy rivojlanish zonalari” soliq imtiyozlari, yer
uchastkalariga bo‘lgan chegirmalar, uzoq muddatli kreditlar orqali davlat tomonidan
rag‘batlantiriladi [6].
Turkiyada “Organize Sanayi Bölgeleri” (OSB) ya’ni, Tashkil etilgan Sanoat
Hududlari davlat va xususiy sektor hamkorligida rivojlantiriladi. Bu hududlarda
kichik va o‘rta biznes uchun yer, infratuzilma, kommunal xizmatlar arzonlashtirilgan,
mutaxassis kadrlar tayyorlash markazlari joylashgan [7].
Xitoyda “ixtisoslashgan sanoat parklar”i ko‘pincha yirik shaharlar yoki
logistika markazlariga yaqin joylashtiriladi. Ularda yuqori texnologiyalarga
asoslangan klasterlar shakllantiriladi. Davlat tomonidan sun’iy ravishda “infratuzilma
so‘rib olish” siyosatlari bilan xususiy sarmoyadorlar jalb qilinadi [8].
Tahlillar shundan dalolat beradiki: Xalqaro tajribada KSZlar iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, ichki ishchi kuchi
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda asosiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.
O‘zbekistonda KSZlarni rivojlantirishda nafaqat infratuzilmani takomillashtirish,
balki normativ-huquqiy asoslarni mustahkamlash, investitsiya muhitini yaxshilash va
innovatsion yechimlarni keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega.
3. Materiallar va metodlar. Mazkur ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida bir
qator ilmiy-tadqiqot usullaridan kompleks tarzda foydalanildi.
Birinchidan, tahliliy yondashuv asosida xalqaro va mahalliy manbalar, xususan,
IEA, IRENA, REN21 kabi nufuzli tashkilotlarning hisobotlari, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Statistika agentligi tomonidan e’lon
qilingan rasmiy ma’lumotlar chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi. Bu orqali qayta
tiklanadigan energiya sohasidagi jahon va O‘zbekiston amaliyotining hozirgi holati
va rivojlanish tendensiyalari aniqlab berildi.
Ikkinchidan, qiyosiy tahlil usuli yordamida an’anaviy energiya manbalari
(ko‘mir, gaz, neft) bilan qayta tiklanadigan energiya turlari (quyosh, shamol,
biomassa va boshqalar) o‘rtasidagi samaradorlik, iqtisodiy xarajatlar, ekologik ta’sir
va barqarorlik darajasi bo‘yicha solishtirma tahlillar o‘tkazildi. Bu taqqoslashlar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
166
asosida O‘zbekiston sharoitida qanday energiya manbalariga ustuvorlik berish
maqsadga muvofiqligi asoslab berildi.
Uchinchidan, statistik usullar orqali so‘nggi yillarda qayta tiklanadigan energiya
sohasidagi quvvatlar, ishlab chiqarish hajmi, investitsiyalar miqdori, tashkil etilgan
quyosh va shamol stansiyalarining geografik joylashuvi kabi ko‘rsatkichlar tahlil
etildi. Bu jarayonda diagramma, jadval va infografikalardan ham foydalanildi.
To‘rtinchidan, tavsiya asosida yondashuv qo‘llanilib, aniqlangan muammo va
to‘siqlarga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi, xalqaro tajribaga asoslangan
samarali yechimlar ishlab chiqildi. Jumladan, kadrlar salohiyatini oshirish,
infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy imtiyozlar joriy etish va aholi o‘rtasida
ekologik ongni shakllantirish kabi takliflar ishlab chiqildi.
Yuqoridagi usullar birgalikda qo‘llanilib, maqolaning ilmiy asoslangan,
kompleks va amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga xizmat qildi.
Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi:
Tahliliy usul – sanoat zonalari bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilindi;
Qiyosiy usul – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardagi sanoat zonalari
tashkilotchiligi va boshqaruv mexanizmlari taqqoslandi;
Empirik yondashuv – mavjud statistik ma’lumotlar va normativ-huquqiy
hujjatlar asosida tahlil o‘tkazildi;
Tavsiyaviy yondashuv – amaliy takliflar va strategik yo‘nalishlar ishlab
chiqildi.
4. Tahlil va natijalar.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoat zonalarini
tashkil etish va rivojlantirishda davlatning qo‘llab-quvvatlovi hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Masalan, Turkiyada «tashkil etilgan sanoat zonalari» shaklidagi tartib joriy
etilgan bo‘lib, unda kichik va o‘rta biznes subyektlari birlashtiriladi, lekin ularning
yuridik va iqtisodiy mustaqilligi saqlanib qolinadi. Infratuzilma obyektlarining
aksariyati davlat mablag‘lari hisobidan quriladi.
Fransiyada esa yangi tashkil etilgan kichik biznes uchun juda keng soliq
imtiyozlari joriy etilgan: foyda solig‘idan 2 yilgacha to‘liq, keyingi uch yilda
bosqichma-bosqich ozod etiladi. Ushbu islohotlar, jumladan, subsidiyalar, imtiyozli
kreditlar,
amortizatsiya
normalari
orqali
kichik
sanoat
subyektlari
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Rossiya Federatsiyasida Grinfild va Braunfild turlaridagi industrial parklar keng
qo‘llaniladi.
Ularning
infratuzilmasi
davlat-xususiy
sheriklik
asosida
moliyalashtiriladi. Mahalliy hokimiyat organlari infratuzilmani shakllantirib,
investorlarga qulay muhit yaratishga mas’uldir. Shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan
taqdirda, korxonalar infratuzilma obyektlariga ketadigan xarajatlarni 20% gacha
tejash imkoniga ega bo‘ladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
167
Yaponiyada va AQShda ham industrial parklar yuqori darajada rivojlangan
bo‘lib, ular nafaqat ishlab chiqarish, balki ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish
infratuzilmalari bilan ta’minlangan. Masalan, Milton Park (Angliya) va Mid America
Industrial Park (AQSh) hududida bolalar bog‘chasi, kafe, internet xizmati, transport
logistikasi, Wi-Fi va boshqa qulayliklar yaratilgan.
Vetnam tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, “Rag‘batlantirilgan loyiha” va
“Rag‘batlantirish muhim” zonalar tasnifi orqali davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
yuqori darajaga ko‘tarilgan. Ularda boy soliq imtiyozlari, infratuzilmaga ulash,
kadrlar tayyorlash va joylashtirishda keng imkoniyatlar yaratilgan.
O‘zbekistonda KSZlar infratuzilmasi, innovatsion tarkibi va biznes muhiti
to‘g‘risidagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mavjud hududlarning aksariyatida
texnologik jihatdan yetarli darajada jihozlanish, biznesni boshlash uchun dastlabki
moliyaviy ko‘mak mexanizmlari yetarli emas. Shuningdek, ilmiy tashkilotlar va
texnoparklar bilan hamkorlik mexanizmlari hanuz to‘liq shakllanmagan.
5. Xulosa va takliflar.
Yuqorida keltirilgan tahlil va qiyosiy o‘rganishlardan
kelib chiqib, quyidagi xulosalarni berish mumkin:
1.
O‘zbekistonda KSZlarni tashkil etishda Turkiya, Vyetnam, Fransiya va
Rossiya tajribalari asosida infratuzilmani barpo etishning samarali modellarini joriy
etish zarur.
2.
KSZlarni tashkil etishda “rag‘batlantiriladigan” va “strategik ahamiyatga ega”
loyihalarga imtiyozlar berish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq.
3.
KSZlar hududlarida tadbirkorlar uchun yagona “tijorat va innovatsiya
markazlari”, biznes inkubatorlar, laboratoriyalar, akseleratsiya dasturlari tashkil
etilishi kerak.
4.
Kichik biznes uchun soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich berish,
amortizatsiya normalarini kengaytirish, qo‘shimcha mablag‘lashtirish manbalarini
shakllantirish kerak.
5.
KSZlar mahalliy universitetlar, texnoparklar va ilmiy markazlar bilan
chambarchas bog‘lanishi, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni joriy etishda
integratsiyalashuv ta’minlanishi lozim.
Shu yo‘nalishda tizimli islohotlarni amalga oshirish orqali O‘zbekistonda kichik
sanoat zonalari raqobatbardosh, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarish
markazlariga aylanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдуллаев Ш. Кичик саноат зоналарининг ижтимоий-иқтисодий
аҳамияти // Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар. – 2021. – № 5. – Б. 112–
118.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
168
2.
Тошматова Г., Эгамбердиева Н. Ривожланаётган мамлакатларда
кичик
саноат
ҳудудларини
инновацион
трансформация
қилишда
технопаркларнинг роли // Иқтисодий фанларда инновациялар журнали. – 2023.
– №4(38). – Б. 112–118.
3.
Хайитов М., Назаров Ж. Кичик саноат зоналари ҳудудий
ривожланиш драйвери сифатида // Иқтисодий тараққиёт. – 2021. – № 4. – Б. 66–
72.
4.
Юсупов М., Файзиев Ж. Кичик саноат зоналари: хорижий тажриба
ва Ўзбекистон учун хулосалар // Иқтисодиёт ва таълим. – 2022. – № 6. – Б. 45–
52.
5.
Қурбонов Ш. Кичик саноат зоналарини ривожлантиришда давлат-
хусусий шерикликнинг ўрни // Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар. –
2022. – № 5. – Б. 45–50.
6.
OECD. SME and Entrepreneurship Policy in France. OECD Studies on
SMEs and Entrepreneurship. – Paris: OECD Publishing, 2021. – 136 p. – DOI:
https://doi.org/10.1787/96a4e503-en.
7.
T.C. Sanayi ve Teknoloji Bakanlığı. Türkiye’de Organize Sanayi
Bölgeleri (OSB) Uygulamaları ve Politikaları: 2023 Yılı Raporu. – Ankara: Sanayi ve
Teknoloji Bakanlığı Yayınları, 2023. – 112 s.
8.
World Bank. Special Economic Zones: An Operational Review of Their
Impacts [Elektron resurs]. – Washington, D.C.: The World Bank, 2018. – 146 p. –
URL:
https://documents.worldbank.org
(murojaat qilingan sana: 02.04.2025).
