Авторы

  • Махмудахон Султонова
    Qo‘qon Universiteti
  • Равшанджон Абдуллаев
    Qo‘qon Universiteti

Биографии авторов

  • Махмудахон Султонова , Qo‘qon Universiteti
    Xalqaro turizm va iqtisodiyot fakulteti, Moliya yo‘nalishi, ML-1-24-guruhining 1-bosqich talabasi
  • Равшанджон Абдуллаев , Qo‘qon Universiteti
    katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83778

Ключевые слова:

Qo‘qon bozori Yujin Skayler Chorshanba madaniy maskan savdo-sotiq yakshanba.

Аннотация

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi bozorlari, ularning umumiy ko‘rinishi, joylashuvi, savdo yo‘nalishlari va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bozorlarning savdo-iqtisodiy ahamiyati bilan birga, ularning madaniy markaz sifatidagi roli ham ochib berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

63

QO‘QON XONLIGI BOZORLARI TARIXIDAN

Sultonova Maxmudaxon

Qo‘qon Universitetining Xalqaro turizm va iqtisodiyot fakulteti, Moliya yo‘nalishi,

ML-1-24-guruhining 1-bosqich talabasi

S91764280@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Abdullayev Ravshanjon

Qo‘qon Universiteti katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi bozorlari, ularning umumiy

ko‘rinishi, joylashuvi, savdo yo‘nalishlari va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.
Shuningdek, bozorlarning savdo-iqtisodiy ahamiyati bilan birga, ularning madaniy
markaz sifatidagi roli ham ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Qo‘qon bozori, Yujin Skayler, Chorshanba, madaniy maskan,

savdo-sotiq, yakshanba.

Kirish

Bugungi kunda “bozor” deganda ko‘z oldimizda, avvalo, savdo-sotiq amalga

oshiriladigan joy gavdalanadi. Deyarli barchamiz bozorlarga o‘z ehtiyojlarimiz uchun
zarur bo‘lgan turli xil mahsulotlarni xarid qilish maqsadida boramiz. Ammo har doim
ham bozorlar faqat savdo munosabatlari amalga oshiriladigan maskan bo‘lganmi?
Ya’ni, ular faqat iqtisodiy faoliyat uchun xizmat qilganmi? Bu kabi savollarga javob
topish uchun, avvalo, bozorlar tarixini chuqur o‘rganish zarur bo‘ladi. Ushbu
maqolada o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Qo‘qon xonligi davridagi
bozorlar faoliyati turli darajadagi manbalarga asoslanib tahlil qilinadi. Maqolada
bozorlarga faqat iqtisodiy nuqtai nazardan emas, balki ularning ijtimoiy va madaniy
hayotdagi o‘rni ham yoritib berilishi maqsad qilingan.

Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida bozorlar alohida ahamiyatga ega

maskanlar bo‘lgan. Xonlik hududida faoliyat yuritgan bozorlar haqida ma’lumotlar
Qo‘qon tarixiga oid turli darajadagi manbalarda o‘z aksini topgan. Xususan, XIX
asrning 70-yillarida Qo‘qonda bo‘lgan amerikalik sayohatchi va tadqiqotchi Yujin
Skayler bu yerda guvoh bo‘lgan bozor manzarasini quyidagicha tasvirlaydi:
“Qo‘qondagi asosiy bozor juda gavjum, barcha ko‘chalari boshqalar bilan to‘g‘ri
kesishgan, pishiq g‘ishtdan qurilgan ko‘plab do‘konlari mavjud. Ko‘chalar ancha
keng, barcha uylarning tomi baland yog‘och bilan yopilib, shu tariqa bozor soyada
bo‘lib, toza havo yon taraflardan kelardi. Ikki yil burungi yong‘indan so‘ng
bozorning bir qismi avvalgidan ham yaxshiroq ta’mirlangan. Bu yerda haftaning ikki
— payshanba va yakshanba kunlari bozor bo‘lib, savdo-sotiq ancha qizg‘in bo‘lishiga
o‘xshaydi” [4]. Amerikalik diplomatning Qo‘qon bozoriga oid mazkur ma’lumotlari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

64

bizga xonlik davridagi bozorlarga oid umumiy manzarani ko‘z oldimizga keltirish
imkonini beradi. Yujin Skayler tasvirlagan bozor Qo‘qonning markaziy qismida, turli
ko‘chalar tutashgan joyda joylashgan bo‘lib, “Katta bozor” nomi bilan mashhur
bo‘lgan. 1875-yilda shaharga tashrif buyurgan rus sharqshunosi A.L.Kun ushbu
bozor hududida taxminan 2000 ga yaqin do‘kon mavjud bo‘lganini qayd etgan [2].

XIX asrning 40-yillarida Qo‘qonda mavjud bo‘lgan oltita bozordan ikkitasida

mahalliy savdogarlar, to‘rttasida esa turli hududlardan kelgan savdogarlar savdo
faoliyatini olib borganlar.

Qo‘qonda bozor haftasiga uch kun — chorshanba, payshanba va yakshanba

kunlari ertalabdan kechgacha faoliyat yuritgan. Ulardan chorshanba kuni asosiy
bozor kuni hisoblangan bo‘lib, aynan shu kuni xonlikning turli shaharlaridan va
qo‘shni hududlardan savdogarlar kelib, bozorda faol ishtirok etganlar [3].

Qo‘qon atrofidagi qishloqlarda ham haftaning turli kunlarida bozorlari tashkil

etilgan bo‘lib, masalan, Konibodomda — yakshanba, Beshariq, Yangiqo‘rg‘on va
Oltiariqda — dushanba, Yaypan, Buvayda va Rishtonda — seshanba, Isfara —
chorshanba, Chorquda esa — payshanba kunlari bozor faoliyat yuritgan [2]. Albatta,
ushbu bozorlarda amalga oshirilgan savdo-sotiq ishlari xonlik iqtisodiy hayotida
muhim o‘rin egallagan. Biroq, biz bu maqolada masalaning aynan iqtisodiy
jihatlariga batafsil to‘xtalib o‘tishni maqsad qilmaganmiz. Kirish qismida ta’kidlab
o‘tganimizdek, asosiy e’tiborimiz bozorlarning iqtisodiy tomondan emas, balki
ularning boshqa jihatlari, ya’ni ijtimoiy va madaniy hayotdagi ahamiyatiga
qaratilgan.

Shunday qilib, bozorlarning Qo‘qon xonligi tarixidagi ahamiyatini quyidagicha

baholash mumkin: ular faqat iqtisodiy faoliyat uchun emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy
aloqalar, madaniy almashinuvlar va axborot almashish markazlari sifatida ham
muhim rol o‘ynagan. Bozorlar, shu bilan birga, xalqqa kunlik ehtiyojlarini
ta’minlash, savdo-sotiq faoliyatini rivojlantirish bilan birga, turli hududlar va xalqlar
o‘rtasidagi madaniy bog‘lanishlarga xizmat qilgan.

Birinchidan, bozorlar o‘z davrining kishilari uchun muhim ma’lumotlar

almashish markazlari vazifasini bajarib, shu bilan birga jamiyatdagi axborot oqimini
ta’minlagan. Xonlikda turli farmonlar, amaldorlarning qarorlari va boshqa ijtimoiy
muhim masalalar bo‘yicha e’lonlar aynan bozorlarda o‘qilib, aholiga yetkazilgan. Bu
e’lonlar nafaqat savdo-sotiqni, balki siyosiy, ijtimoiy va huquqiy yangiliklarni ham
omma orasida tez tarqatish imkonini bergan. Bozorlar, shuningdek, xalqni
o‘zgarishlar va yangi huquqiy talablar haqida xabardor qilishda muhim o‘rin tutgan.

Ikkinchidan, bozorlar faqat iqtisodiy faoliyat maydoni emas, balki ijtimoiy va

madaniy dam olish maskanlari sifatida ham xizmat qilgan. Bozor kunlari aholi uchun
turli madaniy tadbirlar, tomoshalar, san’at namoyishlari va ko‘ngilochar dasturlar
tashkil etilgan. Masalan, sahna asarlari, hayvonlar bilan bog‘liq tomoshlar, musiqa va


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

65

raqslar shular jumlasidandir. Bu tomoshalar nafaqat odamlarni ko‘ngil ochishga,
balki madaniy va estetik tarzda tarbiyalashga ham xizmat qilgan. Bozorlar, shu bilan
birga, jamiyatning madaniy hayotini yanada jonlantirgan, xalqning estetik didini
shakllantirgan va ijtimoiy aloqalarni kuchaytirgan.

Uchinchidan, bozorlarda sodir etilgan jinoyatlar jamoat oldida jazolanishi odatiy

holga aylangan. Bu o‘ziga xos jazo tizimi bo‘lib, uning maqsadi nafaqat
jinoyatchilarni jazolash, balki jamiyatda ibratli namuna yaratish edi. Jinoyatchilarni
jamoa oldida jazolash, ularning qilgan harakatlariga qarshi qat’iy munosabatni
bildirgan va boshqalar uchun ogohlantirish vazifasini o‘tagan. Bu holat, o‘z
navbatida, ijtimoiy nazoratni kuchaytirish, jamiyatda tartibni saqlash va huquqni
muhofaza qilish tizimini mustahkamlashga yordam bergan.

Xulosa

Yuqorida keltirilgan jihatlar faqat Qo‘qon xonligi bozorlariga xos bo‘lmay, balki

o‘sha davrdagi barcha bozorlarda ham o‘xshash tadbirlar amalga oshirilgan. Bu holat
tarixiy nuqtai nazardan, bozorlarning faqat savdo-iqtisodiy faoliyat bilan cheklanib
qolmasdan, balki madaniy va ma’rifiy markazlar sifatida ham alohida ahamiyatga ega
ekanligini

ko‘rsatadi. Demak, bozorlar o‘z davrida nafaqat tovarlar

ayirboshlanadigan, balki ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar o‘rnatiladigan
markaz sifatida xizmat qilgan. Ushbu yondashuv bozorlarni jamoat hayotining
ajralmas bir qismi, odamlar orasidagi madaniy va ma’rifiy almashinuvning muhim
platformasiga aylantirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Агзамова Г. Ўзбекистон шаҳарлари XVI – XIX асрнинг ўрталарида –

Тошкент: Adabiyot uchqunlari, 2017.

2. Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари: Тарих фанлари

номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация. –
Наманган, 2009.

3. Обозрение Кокандского ханства в нынешнем его состоянии // Записки

Императорского Русского Географического общества. – СПб., 1849. Кн. III.

4. Скайлер Ю. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага

саёҳат қайдлари / Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва
кўрсаткичлар муаллифи З.Саидбобоев – Тошкент: O‘zbekiston, 2019.

Библиографические ссылки

Агзамова Г. Ўзбекистон шаҳарлари XVI – XIX асрнинг ўрталарида – Тошкент: Adabiyot uchqunlari, 2017.

Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари: Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация. – Наманган, 2009.

Обозрение Кокандского ханства в нынешнем его состоянии // Записки Императорского Русского Географического общества. – СПб., 1849. Кн. III.

Скайлер Ю. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат қайдлари / Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи З.Саидбобоев – Тошкент: O‘zbekiston, 2019.