International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
72
ZAMONAVIY FILOLOGIYA MASALALARI: MUAMMO VA
YECHIMLARI
Худайбергенова Умида Комилджановна
ассистент, кафедра романо-германской филологии, филологический факультет,
Университет Мамун, соискатель, г. Ургенч, Узбекистан
Kamilova Sabina Jasurbek qizi
Ma’mun Universiteti filologiya fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Maqolada
zamonaviy
filologiya
fanida
kuzatilayotgan
muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Til modernizatsiyasi, adabiy
merosga e’tiborning pasayishi, ilmiy metodologiyaning eskirishi hamda tarjimonlik
sohasidagi qiyinchiliklar yoritilgan. Shuningdek, filologiya va texnologiya o‘rtasidagi
integratsiya, ularning o‘zaro ta’siri va ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Til va texnologiya sohalariga ta’sir ko‘rsatuvchi zamonaviy omillar va
ularning filologik tadqiqotlardagi roli o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy filologiya, til modernizatsiyasi, adabiy meros, ilmiy
metodologiya, tarjimonlik muammolari, raqamli lingvistika, texnologik integratsiya.
Annotation:
The article analyzes the problems observed in modern philological
science and the ways to solve them. It highlights issues such as language
modernization, the decline of interest in literary heritage, the obsolescence of
scientific methodology, and challenges in the field of translation. The integration
between philology and technology, their interaction, and social significance are also
discussed. Contemporary factors influencing the fields of language and technology
and their role in philological research are examined.
Key words:
modern philology, language modernization, literary heritage,
scientific methodology, translation problems, digital linguistics, technological
integration.
Аннотация:
В статье анализируются проблемы, наблюдающиеся в
современной филологической науке, и пути их решения. Освещаются такие
вопросы, как модернизация языка, снижение интереса к литературному
наследию, устаревание научной методологии и трудности в области перевода.
Также представлена информация об интеграции филологии и технологий, их
взаимодействии и социальном значении. Изучаются современные факторы,
влияющие на сферы языка и технологий, а также их роль в филологических
исследованиях.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
73
Ключевые слова:
современная филология, модернизация языка,
литературное наследие, научная методология, проблемы перевода, цифровая
лингвистика, технологическая интеграция..
Kirish
Zamonaviy filologiya fani jamiyatdagi tilshunoslik va madaniyatshunoslik
sohalarini ilmiy tahlil va metodologik yondashuv asosida o‘rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda tilshunoslikning rivojlanishi nafaqat tilning
evolyutsiyasi, balki jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan
bevosita bog‘liqdir. Globalizatsiya, raqamli texnologiyalar va yangi ilmiy
yondashuvlar tilshunoslik faniga yangi imkoniyatlar yaratmoqda, shu bilan birga
yangi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Ushbu maqolada zamonaviy filologiya fanining dolzarb masalalari, xususan,
tilning zamonaviylashuvi, adabiy merosga e’tiborning kamayishi, tadqiqot
usullarining eskirishi va tarjimonlik muammolari tahlil qilinadi. Filologiya va
texnologiyaning o‘zaro ta’siri, ular o‘rtasidagi uyg‘unlik, shuningdek, zamonaviy
jamiyatda bu ikki sohaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rib chiqiladi.
Maqolaning maqsadi
— zamonaviy filologiya fanida yuzaga kelgan
muammolarni tahlil qilish, ularning yechimlarini ishlab chiqish va ilmiy
metodologiyalarni yangilash orqali tilshunoslikni yanada rivojlantirish yo‘llarini
ko‘rsatib berishdir. Maqolada, shuningdek, texnologik integratsiya va raqamli
lingvistikaning filologiya faniga qo‘shgan hissasi ham o‘rganiladi.
Tilning zamonaviylashuvi
Zamonaviy filologiya doirasida tilning yangilanishi,
uning zamon talablariga moslashuvi muhim o‘rin tutadi. Til doimo rivojlanishda
davom etadi va bu rivojlanish jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlarga
bevosita bog‘liqdir. Yangi texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va globalizatsiya tufayli
so‘z boyligi kengaymoqda, yangi so‘zlar, atamalar va qisqartmalar tilga kirib
kelmoqda. Bu jarayon tilning dinamik rivojlanishini va ijtimoiy ehtiyojlarga javob
berish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Til jamiyat uchun xizmat qiladi, jamiyat a’zolari muloqotini ta’ minlaydi. Til
jamiyat tarixini o‘zida aks ettiruvchi vosita bo‘lib, insonning ma’naviy va ma’rifiy
shakllanishi, rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega
[
Xolmanova, 2020: 6
].
Til odamlar o‘rtasidagi muloqotni asosiy vositasi hisoblanadi,ya’ni odamlar til
orqali fikr almashadi, muammolarini hal qiladi, tajriba va bilimlarni uzatadi.
Til faqat hozirgi ehtiyojlarni emas, balki o‘tmish tajriba va qadriyatlarni ham
saqlab, keyingi avlodlarga yetkazadi.
Insonning axloqiy, ma’naviy va bilim darajasi ham til orqali shakllanadi. Chunki
til — bilim va madaniyat tashuvchisi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
74
Jamiyat va til bir–biriga chambarchas bog'liq.Til — jamiyat taraqqiyotining
kaliti. Uni asrash va rivojlantirish esa insonning o‘z ma’naviy kamolotiga hissa
qo’shishidir.
“Adabiy meros — bu xalqning ma’naviy xotirasi. Unga befarqlik jamiyatning
o‘z tarixiy ildizlaridan uzilishiga olib keladi.”
[Karimov, 2015: 85]
Naim Karimov bu fikri orqali adabiy merosning xalq hayotidagi bebaho o‘rnini
ta’kidlaydi.
Adabiy merosga befarqlik bo'lgan e’tibor kamaymoqda.Zamonaviy texnologiya
va tezkor kontentlarning haddan tashqari ta’siri, adabiy asarlarga nisbatan past e’tibor
va qiziqishning kamayishiga olib kelmoqda. Adabiy merosni o‘rganish ko‘proq
nazariyaviy jihatdan amalga oshirilmoqda, amaliy va interaktiv yondashuvlar
yetishmayapti.Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda milliy adabiy
meros kam targ‘ib qilinmoqda
Adabiy meros xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari va madaniy
boyligini saqlovchi muhim omillardandir. Bu meros avlodlar orasida uzviy
bog‘liqlikni ta’minlaydi va jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlaydi.
Zamonaviy texnologiyalar va raqamli vositalar keng tarqalgan bir davрда, yosh
avlodning e’tibori turli axborot manbalariga qaratilgan. Bu holat adabiy merosga
bo‘lgan qiziqishning kamayishiga olib kelmoqda. Shu bois, adabiy merosni asrab-
avaylash, o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalaga aylanmoqda.
Zamonaviy ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va madaniy tadbirlar
orqali adabiy merosni keng targ‘ib qilish zarur. Yoshlarda milliy madaniyatga
bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni badiiy asarlar bilan tanishtirish, adabiy merosni
interaktiv shakllarda yetkazish maqsadga muvofiқ.
Adabiy meros nafaqat o‘tmishni eslatadi, balki bugungi jamiyatning ma’naviy
taraqqiyotiga xizmat qiladi. Uning zamonaviy talqini va yangi formatlarda taqdimoti
madaniy merosni saqlab qolишning muhim yo‘llaridandir.
"Har bir davrning ilmiy usullari o‘z zamonasi ehtiyojiga javob beradi. Ammo
vaqt o‘tishi bilan yangi muammolar va kashfiyotlar eski usullarning chegarasini
ochib beradi. Shuning uchun ilm-fan doimo o‘z metodlarini yangilab, eskirganlarini
rad etishga majbur bo‘ladi." [Karimov, 2015: 86]
Ilm-fan rivojlanish jarayonida har bir davr o‘ziga xos tadqiqot usullari bilan
ajralib turgan. Bu usullar o‘z zamonasining ehtiyojlariga mos kelgan va ilmiy
izlanishlar samaradorligini ta’minlagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ilmiy bilim sohasi
kengayib, yangi muammolar va savollar paydo bo‘lmoqda. Natijada, ilgari
qo‘llanilgan usullar har doim ham yetarli bo‘lmay qolmoqda.
Zamonaviy ilm-fanning oldida turgan murakkab masalalarni hal etishda ilg‘or
va moslashuvchan yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu esa ilmiy metodlarni
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
75
muntazam ravishda yangilab borish, ularni takomillashtirish va zamon talablari
asosida qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.
Ilmiy izlanishlarda yondashuvlarning yangilanishi — bu ilmiy taraqqiyotning
uzluksizligini ta’minlaydi. Yangicha metodlar natijalarni yanada chuqurroq tahlil
qilish, turli fanlararo bog‘liqliklarni ochish va kutilmagan ilmiy kashfiyotlarga zamin
yaratish imkonini beradi.
Ilmiy tadqiqotlarda yuzaga kelayotgan metodologik muammolarni bartaraf etish
uchun bir qator amaliy yechimlar mavjud. Avvalo, tadqiqot usullarini zamonaviy
ilmiy ehtiyojlarga mos tarzda qayta ko‘rib chiqish muhimdir. Bu borada metodologik
yangilanish — dolzarb vazifalardan biridir. Yangi ilmiy yondashuvlar va metodlar
mavjud tajriba va so‘nggi ilmiy natijalarga asoslangan holda ishlab chiqilishi zarur.
Shuningdek, fanlararo integratsiyani kuchaytirish tadqiqotlar sifati va qamrovini
oshirishda muhim omil hisoblanadi. Turli fanlarning yondashuvlarini birlashtirish
orqali murakkab masalalarga kompleks yondashuvni shakllantirish mumkin.
Masalan,
sotsiologik
tahlillarni
axborot
texnologiyalari
vositalari
bilan
uyg‘unlashtirish natijasida yangi ilmiy natijalarga erishish imkoniyati oshadi.
Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ham ilmiy metodlarning
rivojlanishiga xizmat qiladi. Kompyuter texnologiyalari, sun’iy intellekt va katta
ma’lumotlar tahlili kabi vositalar yordamida tadqiqot jarayonini avtomatlashtirish va
chuqurlashtirish mumkin.
Ilmiy hamkorlikni kengaytirish ham metodologik takomillashuvning muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Xalqaro ilmiy markazlar, oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot
institutlari bilan hamkorlik o‘rnatish orqali tajriba almashinuvi va ilg‘or metodlarni
joriy etish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tadqiqot usullarini amaliyot bilan bog‘lab borish, nazariy
yondashuvlarni real hayotdagi misollar bilan boyitish ham dolzarb ahamiyatga ega.
Sinov va tajriba asosida usullarni tekshirish va tahlil qilish orqali ularning
samaradorligini oshirish mumkin.
"Zamonaviy texnologiyalar filologiya faniga nafaqat yangi tadqiqot usullarini,
balki matn va til tahlilining butunlay yangicha imkoniyatlarini ham olib kirdi.
Endilikda til va adabiyot kompyuter dasturlari, korpus lingvistikasi va sun'iy intellekt
yordamida tahlil qilinmoqda."[Xoliqulov.2022: 33]
An’anaviy filologik tadqiqotlarda asosan qo‘lyozma va bosma manbalar
tahliliga e’tibor qaratilgan. Hozirgi kunda esa texnologik vositalar, jumladan
kompyuter dasturlari, korpus lingvistikasi va sun’iy intellekt yordamida matnlar
ustida ishlash jarayonlari soddalashtirilgan.
Korpus lingvistikasi matnlarni tizimli ravishda o‘rganish, ularning leksik va
grammatik xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Sun’iy intellekt esa til
materiallarini avtomatik tarzda qayta ishlash va tasniflashda qo‘llaniladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
76
Filologiya va texnologiyalar o‘rtasidagi integratsiya ilmiy faoliyatning
zamonaviy shakllaridan biri sifatida shakllanmoqda. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda
metodik aniqlik, ma’lumotlar ishonchliligi va tahlil natijalarining ilmiy asoslari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Filologiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda bir qator
imkoniyatlar
mavjud.
Filologiya
mutaxassislarining
texnologik
bilim
va
ko‘nikmalarini oshirish zarur. Raqamli vositalar va dasturlarni samarali qo‘llash
orqali matn va tilni chuqur tahlil qilish imkoniyatlari yuzaga kelmoqda. O‘zbek tiliga
moslashtirilgan raqamli korpuslar, dasturlar va matn tahlili platformalarining
rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy texnologiyalarning o‘zbek filologiyasiga moslashtirilishi, ilmiy
izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Filologiya sohasidagi ilmiy va
texnologik hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshiradi va
yangi yondashuvlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa sohaning
rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi
Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun bir qator yechimlar taklif etiladi.
Avvalo, filologiya sohasi vakillari uchun texnologik bilim va ko‘nikmalarni
rivojlantirish maqsadida maxsus kurslar, seminar va treninglar tashkil etish zarur. Bu
ularga zamonaviy texnologiyalar yordamida tadqiqot olib borish va matn tahlil qilish
imkonini beradi. Ikkinchi yechim sifatida o‘zbek tili va adabiyoti uchun
mo‘ljallangan elektron korpuslar, raqamli lug‘atlar va matn tahlili dasturlarini ishlab
chiqish tavsiya etiladi. Bu esa filologiya sohasining zamonaviy texnologiyalar
asosida rivojlanishini ta’minlaydi.
Xulosa o’rnida aytish lozimki, filologiya va texnologiyaning integratsiyasi
bugungi ilmiy rivojlanishda katta ahamiyatga ega. Zamonaviy texnologiyalar,
ayniqsa kompyuter dasturlari, korpus lingvistikasi va sun’iy intellekt, filologiya
sohasiga yangi tadqiqot usullari va matn tahlilining ilg‘or imkoniyatlarini taqdim
etmoqda. Bu jarayon ilm-fan va texnologiyaning uzviy bog‘lanishini namoyon qiladi
va filologiya fanining yangi bosqichga ko‘tarilishiga yordam beradi.
Filologiya sohasida texnologiyalarni to‘liq ishlatish hali to‘liq erishilmagan.
Filolog olimlarining texnologik bilimlari va ko‘nikmalari cheklangan, shuningdek,
o‘zbek tili va adabiyoti uchun maxsus raqamli korpuslar va tahlil platformalarining
yetishmasligi muammo bo‘lib qolmoqda. Ilmiy va texnologik hamkorlikni
kuchaytirish zarur.
Shu yo‘l bilan filologiya va texnologiyaning integratsiyasi ilmiy izlanishlarni
yanada samarali va keng qamrovli qiladi. Texnologiyalarning filologiya fani bilan
integratsiyasi nafaqat ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, balki til va adabiyotning yangi
o‘lchovlarini kashf etish imkoniyatlarini ham yaratadi. Bu jarayon davomida ilmiy va
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
77
texnologik taraqqiyot bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va filologiyaning yanada
innovatsion rivojlanishiga yo‘l ochadi.
Adabiyotlar:
1. Gafurov K.X,Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maruzalar matni – Buxoro,
2020, 45-bet
2. Karimov Naim ZULFIY asari - Toshkent,2015,85-bet
3.
Xoliqulov
A,
Raqamli
filologiya
asoslari,ilmiy-uslubiy
asar
–
Toshkent,2022,33-bet
4. Xolmonova D, Raqamli filologiya; nazariy va amaliy masalalar asari –
Toshkent,2020,6-bet
