International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
123
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INFOGRAFIKA USLUBIDA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR
Xo‘jayeva Dilrabo Furqat qizi
Toshkent KIMYO Xalqaro Universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Shirinov Muzaffar Kucharovich
Toshkent KIMYO Xalqaro Universiteti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi dotsenti
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida infografika
metodining o‘rni,didaktik imkoniyatlari va o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi
ahamiyati tahlil qilinadi.Infografika orqali murakkab tushunchalarni vizual va aniq
tarzda yetkazish, o‘quv materiallarini strukturaviy tahlil qilish va ongli
o‘zlashtirishga
ko‘maklashish
imkoniyati
yoritiladi.
Shuningdek,maqolada
infografikaning zamonaviy ta’lim vositasi sifatida qo‘llanishi,uning pedagogik
samaradorligi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olish motivatsiyasiga
ta’siri chuqur o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar
: Infografika, boshlang‘ich ta’lim, vizual ta’lim, pedagogik
texnologiya, samaradorlik, o‘quv motivatsiyasi, innovatsiya.
Аннотация
: В данной статье анализируется значение метода инфографики
в процессе начального образования, его дидактические возможности и роль в
развитии мышления учащихся. Раскрываются особенности визуальной
передачи сложных понятий, структурированного анализа учебного материала и
его осознанного усвоения с помощью инфографики. Также изучается
эффективность применения инфографики как современного педагогического
средства и её влияние на мотивацию учеников младших классов к обучению.
Ключевые слова
: Инфографика, начальное образование, визуальное
обучение, педагогическая технология, эффективность, учебная мотивация,
инновации.
Annotation
: This article analyzes the role of the infographic method in primary
education, its didactic potential, and its importance in the development of students'
thinking. It highlights the advantages of delivering complex concepts visually and
clearly, structuring educational content, and enhancing conscious learning. The
article also explores the effectiveness of infographics as a modern educational tool
and its impact on primary school students’ motivation to learn.
Keywords
: Infographic, primary education, visual learning, pedagogical
technology, effectiveness, learning motivation, innovation.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
124
Kirish
: Zamonaviy ta’limda vizual vositalar orqali ta’lim samaradorligini
oshirish dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
murakkab tushunchalarni soddalashtirish, tushunarli qilib yetkazish va diqqatni
jamlashda grafik, rasmli, belgili ko‘rinishlar katta ahamiyatga ega. Shu nuqtai
nazardan infografika vositasi pedagogik texnologiyalar ichida alohida o‘rin egallaydi.
Infografika bu murakkab axborot va ma’lumotlarni soddalashtirilgan, grafik tasvirlar
orqali ifodalovchi vositadir. Infografika matn, raqam, diagramma, belgi va grafik
elementlar uyg‘unligida ma’lumotni tez va tushunarli tarzda yetkazish imkonini
beradi. Ta’limda infografika o‘quvchining diqqatini jalb qilish, mavzuni vizual idrok
etish, mantiqiy tafakkur va tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishda xizmat qiladi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda interfaol va innovatsion metodlarga
bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. O‘zbekiston 2030 strategiyasi, Yangi O‘zbekiston
g‘oyasi doirasida ta’limda yangi texnologiyalar, xususan, raqamli pedagogik
vositalarning joriy etilishi infografikaning ta’limdagi ahamiyatini yanada
oshirmoqda. Xozirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab ekologik,
matematik, tarixiy yoki axloqiy tushunchalarni sodda grafik ifodalar orqali
tushuntirish muhim didaktik vositaga aylanmoqda. Shu asosda, mazkur maqolada
infografika vositasining boshlang‘ich ta’limdagi pedagogik va psixologik
imkoniyatlari, amaliy tatbiqi, dars ishlanmalarida qo‘llanish holatlari va uning
samaradorligi keng tahlil qilinadi.
Asosiy qism:
Infografikaning pedagogik ahamiyati
:
Infografika vizual
materiallar yordamida o‘quvchilarga axborot taqdim etishning samarali usulidir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki inson miyasi vizual tasvirlarni matnli axborotdan ko‘ra
tezroq va samaraliroq qabul qiladi. Infografika o‘quvchilarga murakkab
ma'lumotlarni soddalashtirish, ularni tushunishni osonlashtirish va eslab qolishni
yaxshilash imkonini beradi. Ta'kidlash lozimki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
infografikaning ahamiyati ayniqsa tabiat ne’matlarini tushunish va ularga bo‘lgan
hurmatni oshirishda katta o‘rin tutadi. Infografika yordamida o‘quvchilar uchun
murakkab ekologik, biologik va tabiiy jarayonlar tushunarli va vizual tarzda taqdim
etilishi mumkin. Demak infografika o'quvchilarga suvsizlik va havo ifloslanishi kabi
global ekologik muammolarni tushuntirishda hamda bu muammolarni vizual tarzda
tushunishlariga yordam beradi. Darxaqiqat bunday yondashuv ta’lim jarayonini
yanada samarali va interaktiv tarzda olib borishda shuningdek, o‘quvchilarning
diqqatini jalb qilishda va ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda yordam
beradi.
Infografikaning
boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi metodologiyasi
:
Boshlang‘ich sinf ta’limida infografikalarni qo‘llash metodikasi o‘qituvchining
kreativligi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga asoslanadi. Ammo tadqiqotda
ko‘rsatilganidek, infografika o‘quvchilarga yangi bilimlarni taqdim etishda va
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
125
mavjud bilimlarni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Masalan tabiat
ne’matlari haqida darslar o‘tkazishda, o‘qituvchi infografika yordamida ob-havo, yer,
suv, olov kabi tabiatning asosiy unsurlarini vizual tarzda ko‘rsatishi mumkin.
Infografika yordamida tabiiy resurslar va ularning ahamiyatini o‘quvchilarga
tushuntirishda quyidagi metodlarni qo‘llash mumkin:
Mavzuga oid tasvirlar
: Suv, tuproq, havo va olov kabi elementlar bilan bog‘liq
suratlar yoki diagrammalar o‘quvchilarga ilmiy tushunchalarni vizual ravishda
taqdim etishga yordam beradi.
Jarayonlar va bog‘liqliklarni tasvirlash
: Shunga ko'ra infografikalar
yordamida o‘quvchilarga tabiat jarayonlarini masalan fotosintez, atmosferaning
strukturasini yoki suv siklini tushuntirish mumkin.
Qiziqarli faktlar
: Infografika orqali o‘quvchilarga qiziqarli ekologik faktlar va
statistik ma’lumotlar taqdim etiladi, bu esa ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini
yanada oshiradi.
Ammo infografikaning boshlang‘ich ta’limdagi metodik ahamiyatini ko‘rsatish
uchun, o‘qituvchilar darslarda infografikadan qanday samarali qo‘llanishni
o‘rganishlari lozim. Bu jarayon o‘quvchilarning vizual tafakkurini rivojlantirish
hamda ularga o‘rganilgan ma’lumotlarni samarali yodlashda yordam beradi.
Infografikalar yordamida ekologik ongni rivojlantirish
: Darxaqiqat
boshlang‘ich ta’limda infografikani qo‘llash nafaqat o‘quvchilarga ma’lumot
berishni, balki ularning ongini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ekologik
bilimlarni o‘rgatish o‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatni
shakllantiradi. Demak infografika orqali o‘quvchilar suvni tejash, tuproqni
ifloslantirmaslik yoki havo sifatini yaxshilash kabi ekologik masalalarni vizual tarzda
tushunib, ularga qanday hatti-harakatlar orqali yordam berish mumkinligini
anglaydilar. Bu yondashuv, o‘quvchilarning ekologik axborotni tezroq va samarali
tarzda qabul qilishini ta’minlaydi, ular faqatgina nazariy bilimlarga emas, balki
amaliy tavsiyalarga ham ega bo‘ladilar. Bundan tashqari infografikani sinfda qo‘llash
nafaqat o‘quvchilarning bilimini oshiradi balki ularning kreativ yondashuvini ham
rivojlantiradi. Infografika yordamida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy tafakkurlarini
ifodalashni va ma'lumotni taqdim etishda yangi usullarni qo‘llashga o‘rganadilar.
Namuna:
Tabiiy fanlar darsligida Infografikadan foydalanish
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
126
Chivinning Hayot tarzi
Anjir haqida qiziqarli ma’lumotlar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
127
Xulosa:
Infografikalar boshlang‘ich sinf ta’limida ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishda muhim vositalardan biri hisoblanadi. Vaholanki ular
yordamida o‘quvchilar nafaqat tabiat ne’matlari va ekologiya haqida ko‘proq
ma'lumot olishadi, balki o‘quv jarayonida yanada faol ishtirok etadilar. Demak
infografikalardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini yaxshilaydi, balki
ularning tabiatga bo‘lgan mas'uliyatli munosabatini ham shakllantiradi. Shuningdek
infografika orqali o‘quvchilarga ekologik ongni oshirish, tabiatni asrash va atrof-
muhitni himoya qilishni o‘rgatish mumkin. Tadqiqotlar va tajribalar shuni
ko‘rsatadiki,
infografikaning
boshlang‘ich
ta’limda
qo‘llanilishi
nafaqat
o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki ularning
ekologik va ilmiy dunyoqarashlarini ham kengaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Инфографика// Википедия [Электронный ресурс]. –
2.
HYPERLINK "https://goo.gl/eUP9Tq"
3.
Лекомцев А.А. Использование инфографики в образовательном
процессе// Наука, образование, общество: тенденции и перспективы: материалы
междунар. науч.-практ. конф. 28 нояб. 2014 г.: в 5 частях. Часть III. – М., 2014. –
С. 25–28.
https://infograffer.com/blog/tpost/9d1065kec1-infografika-chto-eto-
