International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
7
BOKS SPORTIDA EMOTSIONAL HOLATLAR VA ULARNING
PSIXOLOGIK MAZMUNI
Iskandarov Shaxriyor Xalimovich
O‘R QK Akademiyasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqola boks sportida emotsional holatlar va ularning psixologik
mazmuni
yoritishga
bag‘ishlangan. Maqolada kursantlarning musobaqada yaxshi
ishtirok etishini psixologik shartlari, texnik va taktik ko‘nikmalari, qiyinchiliklarni
o‘zi mustaqil yenga olish tajribasi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
harbiy kadrlar, ilmiy-nazariy yondashuvlar, xavfsizlik
,
jarayon
,
malaka, kadrlarni tayyorlash
,
mashg‘ulot.
Аннотация:
Статья посвящена эмоциональным состояниям в боксе и их
психологическому содержанию. В статье рассказывается о психологических
условиях хорошего участия курсантов в соревнованиях, технических и
тактических навыках, опыте самостоятельного преодоления трудностей.
Ключевые слова:
военные кадры, научно-теоретические подходы,
безопасность, процесс, квалификация, подготовка кадров, тренировка.
Abstract:
The article focuses on emotional states in boxing and their
psychological content. The article discusses the psychological conditions for cadets to
participate well in competitions, their technical and tactical skills, and the experience
of independently overcoming difficulties.
Keywords:
military personnel, scientific and theoretical approaches, security,
process, qualification, personnel training, training.
Bugungi kunda oldimizdagi ulkan maqsad, buyuk islohotlar amalga
oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr
taqozosi bo‘lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat
taraqqiyotini ta’minlovchi ko‘plab loyihalarni ishlab chikishga qodir bo‘ladilar.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-
quvvatlash tizimini samarali shakllantirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish,
mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash
borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda oxirgi
yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
8
Hissiyotga berilgan barcha ta’riflar umumiy faollik sifatida ajralib turadi va
sportchining ish qobiliyatini, energiyasini, g‘alabaga bo‘lgan irodasining namoyon
bo‘lishiga omil va motiv sifatida ta’sir qiladi. Sport kurashini dinamik jarayonida ular
u yoki bu jadallikda kechadi, bir-biri bilan almashadi, bir hissiy holat ikkinchi bir
holatga o‘tadi. Demak, g‘alaba quvonchi muvaffaqiyatsizlikka uchragan sportchida
qayg‘u yoki sportga oid jahlga, sportga oid ishtiyoq esa sportga oid qizg‘inlikka
aylanib ketishi mumkin.
Qachonki, sportchida hissiy beqarorlik yuzaga kelar ekan, u haddan ortiq
hayajonlanadi, qizishib ketadi, bu esa sportchida ikkilanishga, umidsizlikka va
ishonchsizlikka moyillikni vujudga keltiradi.
Sportchining hissiy beqarorligiga ko‘pincha musobaqalarda omadsizlikka
erishishi sabab bo‘ladi. Bunga uning o‘z hissiy holatiga ko‘rsatadigan tashqi salbiy
ta’sirlarni yenga olmasligini asosiy sabab sifatida ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
Bunday holatni o‘z vaqtida aniqlash sportchilardagi salbiy hissiy reaksiyalarni oldini
olishga yordam beradi.
Hissiy barqarorlik sportchida ijobiy psixologik fazilat sifatida sport kurashining
muhim vaqtida yuqori darajaga ko‘tariladi va ma’lum xususiyatlarning muqimligi
hamda sport vazifasini bajarishning barqaror yo‘nalishini yuzaga keltiradi.
Sportchining musobaqada yaxshi ishtirok etishini psixologik sharti shundaki, u
o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi uchun o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch hissi
hisoblanadi. Ishonch hissi asosan sportchining bor kuchini ishga solishi, raqib bilan
bo‘lgan jangda qiyinchiliklarni yengishi uchun barcha imkoniyatlarini g‘alabaga
yo‘naltira olish zarurligini ifodalanishidir.
Sportchida o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qligi xavf-xatar bilan bog‘liq
mashqlarni bajarish vaqtida qo‘rquvni keltirib chiqaradi, bu esa mashqning natijasiga
va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sportchining harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
hissiy holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘z kuchiga ishonmaslik, jur’atsizlik,
javobgarlikdan va yomon natija ko‘rsatishdan qo‘rqish, kutilmagan holatlarda o‘zini
yo‘qotib qo‘yish, raqibidan, qiyinchiliklardan va omadsizlikdan qo‘rqish. Sport
mashqlarini bajarishi va yuqori natijalarga erishishi uchun sportchida o‘z kuchiga
bo‘lgan ishonch yuqori bo‘lishi kerak. Ishonch hissi nafaqat hissiy barqarorlik, balki
qat’iylik, jasurlik, matonat kabi irodaviy sifatlarning jiddiy komponenti hisoblanadi.
Yu.Yu.Palaymaning tadqiqotlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, u
sportchilarning ishonch va ishonchsizlik holatlarini bir qancha ko‘rinishlarini
aniqlagan va ular sport natijalari uchun kurashni muvaffaqiyatli olib borish bilan
bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Sportchining o‘z kuchiga qattiq ishonishi o‘zi
tanlagan sport turining texnik va taktik ko‘nikmalarini egallaganligidan dalolat
beradi, bu esa uning jismoniy sifatlari rivojlanganligi sababli o‘z imkoniyatlarini
baholash va sinovdan o‘tkazishga qodirligini ifodalaydi. O‘z kuchiga va
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
9
muvaffaqiyatiga ishonch nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini bilish, shu bilan
birgalikda, kurashga tushadigan raqibining kuchi va imkoniyatlarini bilish,
shuningdek, oldindagi qiyinchiliklarni ham ko‘ra olish va ularni bartaraf etish
imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar sportchining ishonchi qandaydir bir holat
va ob’ektiv faoliyatga mos kelmasa yoki aniq bir holatga tayanmasa, u haqiqiy
ishonch bo‘la olmaydi va u o‘ziga ishonishning salbiy hamda mavhum holatiga
aylanib qoladi.
O‘ziga ishonish hech narsaga asoslanmagan holda o‘z kuchi va imkoniyatlariga
ortiqcha baho berish bo‘lib, u sport kurashi vaqtida raqib kuchini to‘g‘ri baholay
olmaslik, qiyinchiliklarni pisand qilmaslik, ozgina beparvolik bilan ham
xarakterlanadi. Yosh sportchilar orasida bo‘lajak sport musobaqalarida o‘zlariga
ortiqcha baho berib, raqibiga e’tiborsizlik bilan qaraydiganlari ham uchraydi.
Shunday ekan, ular o‘zlaridagi energiyani his qiladilaru, lekin o‘zlarining
kamchiliklarini sezmaydilar. Buning natijasida raqib bilan uchrashganda hushyorlikni
yo‘qotadilar va oqibatda mag‘lubiyatga uchraydilar.
K.V.Gradopolov o‘zining ilmiy pedagogik ishlarida sportchida g‘alabaga
erishish uchun o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni tarbiyalashga e’tibor berib, shunday
deydi: “Bokschida ishonch mashg‘ulot va musobaqalarda o‘z mahoratini muntazam
oshirib borishi natijasida paydo bo‘ladi. Bokschining ishonchi uni mashq va
musobaqa jarayonida o‘zining jangovar mavqeini belgilab olish bilan bog‘liq natijaga
qaratiladi. Bokschidagi jangovar tajriba va uning musobaqalardagi muvaffaqiyatli
ishtiroki kurash jarayonida o‘ziga ishonch uyg‘otadi”.
Sportchining jangovar tajribasi, o‘z erkinligini his qila bilishi va musobaqalarda
ko‘p ishtirok etishi, shuningdek turli xildagi taktik va texnik usullarni yaxshi
egallashi, qiyinchiliklarni o‘zi mustaqil yenga olish tajribasi uning o‘z kuchiga
bo‘lgan ishonchni yuzaga chiqaradi va uni shu tarzda tarbiyalaydi.
Sport mashg‘ulotlari zamirida sportchilarni texnik, taktik, nazariy jihatdan
o‘qitish va tarbiyalash jarayoni yotadi va bunga ularning irodaviy sifatlarini ham
tarbiyalash
kiradi.
Ko‘pgina
psixologlar
(K.N.Kornilov,
P.A.Rudik,
V.V.Bogoslavskiy, K.K.Platonov, V.I.Selivanov, A.I.Sherbakov va boshqalar)
irodani qobiliyat sifatida xarakterlaydilar. V.I.Selivanov “iroda” tushunchasini o‘ziga
xos bo‘lgan tushuncha sifatida baholab, uni “qobiliyat” tushunchasiga rasmiy
ko‘rinish jihatidan mos kelishini asoslashga harakat qiladi. Bu albatta, irodaning
mohiyatini psixik hodisa sifatida baholashga yordam bermaydi.
Bu borada tadqiqot olib borgan olimlar irodani qobiliyat sifatida nimada
namoyon bo‘lishini aniqlashga harakat qilganlar. Agar ularning bunga bergan
izohlaridan asosiylarini keltiradigan bo‘lsak, ular quyidagilardir: iroda-bu maqsadga
erishish, qaror qabul qilish, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshirish va
nazorat qilish, harakat va fe’l-atvorni aql bilan boshqarish, qiyinchiliklarni yengish
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
10
qobiliyatidir. Yana ayrim olimlar iroda tushunchasiga o‘z harakatlarini ob’ektiv
zaruriyat sifatida jamiyat uchun muhim maqsad va jamiyat majburiyati talablariga
bo‘ysundirish (K.M.Gurevich), maqsadga erishish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni
yengib o‘tish (M.N.Maslin) yo‘lidagi vosita sifatida baholaydilar.
K.N.Kornilov esa irodani bir vaqtning o‘zida ham qobiliyat, ham harakatlarni
maqsadga mos ravishda boshqarish malakasi va to‘siqlarni yengib o‘tish vositasi deb
xarakterlaydi. S.L.Rubinshteyn o‘zining “Umumiy psixologiya asoslari” nomli
monografiyasining birinchi bobini “Iroda” deb nomlagan. Biroq uning mazmuni
irodani psixik hodisa sifatida muhokama qilishga emas, balki, irodaviy harakatlarning
ta’rifi va tahliliga bag‘ishlangan. Mazkur bob shunday boshlanadi: “Barcha irodaviy
harakatlar maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar hisoblanadi”.
Shuningdek, bu haqida yana S.L.Rubinshteyn fikrlarini biroz rivojlantirib,
Ye.V.Shoroxova shunday deydi: “Psixik hodisalarning sababli bog‘liqligi va ularning
vazifalarini aniqlovchi xulq sifatida insonning tashqi olam bilan o‘zaro
munosabatidagi bir jarayonda ifodalanadi: psixik hodisa inson hayotiga bog‘liq
sharoitlar va shu bilan birga odamlarning xulqiga bog‘liqlik sifatida namoyon
bo‘ladi”.
Maqsadga erishishga intilish-irodaning namoyon bo‘lishini bir ko‘rinishi bo‘lib,
u maqsad va vazifaning aniqligi, faoliyatni va harakatni aniq rivojlantirilishi,
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakatning muvofiqlashtirilganligi bilan
xarakterlanadi. Tirishqoqlik va qat’iylik maqsadga erishishda yuzaga keladigan turli
darajadagi qiyinchiliklarni yengish uchun kurashdagi faollik va energiyani ko‘p vaqt
davomida saqlay olish bilan xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining - Jismoniy tarbiya va sport sohasida
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖ gi 03.11.2020 yildagi PQ-4877-son Qarori. https://lex.uz/
2. Воробев А.Н. Интерпретация показателей некоторых простых методов
исследования с позиции современной науки. -Малаховка, 1980,- С.5-21.
3. Власов А.А. Организационно-педагогические основы физического
воспитания студентов в высших учебных заведениях:
4. Горбунов Г. Д .Психопедагогика спорта .М., 2006.
