Авторы

  • Исломжон Каримов
    Namangan davlat universiteti

Биография автора

  • Исломжон Каримов , Namangan davlat universiteti
    o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87365

Ключевые слова:

madaniyat muzey ellinizm virtual muzey maqom muzeyi fond kolleksiya O’zbekmuzey milliy g’urur madaniy meros.

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillikga erishganimizdan so’ng muzeylar sohasiga berilayotgan e’tibor va yangi tashkil etilgan muzeylar haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari yoshlarmizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzeylarning tutgan o’rni yuksakligi g’oyasi ilgari surilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

43

MUSTAQILLIK YILLARIDA MUZEYLAR RIVOJI

Islomjon Karimov Ilhomjon o’g’li

Namangan davlat universiteti o’qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada mustaqillikga erishganimizdan so’ng muzeylar

sohasiga berilayotgan e’tibor va yangi tashkil etilgan muzeylar haqida ma’lumot
berilgan. Bundan tashqari yoshlarmizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
muzeylarning tutgan o’rni yuksakligi g’oyasi ilgari surilgan.

Kalit so’zlar:

madaniyat, muzey, ellinizm, virtual muzey, maqom muzeyi, fond,

kolleksiya, O’zbekmuzey, milliy g’urur, madaniy meros.

Aннотация:

В этой статье рассказывается о новых организованных музеях

и внимании, уделяемое музеям после достижения независимости. Также
продвигается идея о большой значимости музеев в деле воспитания
патриотического духа нашей молодёжи.

Ключевые слова:

культура, музей, эллинизм, виртуальные музей,

статусные музей, инвентарь, коллекция, узбекмузей, национальная гордость,
культурное наследие.

Annotation:

This article says about newly- organized museums and the

attention which is paid to museums after gaining independence. The idea of the great
importance of museums in education of the patriotic spirit of our youth is also
advanced.

Key words:

culture, museum, hellinism, virtual museum, status museum, stock,

collection, Uzbekmuzey, national pride, cultural heritage.


Madaniyat insonning insoniylik mohiyatini belgilab beruvchi, uning jamiyatdagi

o’rni, mavqei, rutbasi, salohiyati va saviyasini ko’rsatuvchi muhim omil sanaladi.
Madaniyat ming yillar davomida shakllangan, insoniyat aqli, zakosidan yaralgan
go’zal moddiy va nomoddiy boyliklarni, xalqning e’tiqodi, fe’l atvori, hulqi, irodasini
o’zida mujassam etadi, shu bois, unga millat nisbati beriladi – milliy madaniyat deb
ataladi.

Milliy madaniyat haqida gap ketganda, bobolarimiz yaratgan moddiy va

ma’naviy boyliklarimizni faxr bilan tilga olamiz. Dunyo madaniyati tamadduniga
beqiyos hissa qo’shgan ajdodlarimiz yaratgan moddiy va madaniy meros butun
insoniyat mulkiga aylanganidan quvonamiz.

Vatanimiz istiqlolga erishgan ilk kundan boshlab milliy madaniyatimizni

qadriyat va an’analarimizni yanada rivojlantirishga, yillar davomida saqlanib
kelinayotgan asori-atiqalarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga bezavol
yetkazishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

44

Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz
erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik,
to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir, deb baralla
aytishga to’la asos beradi”[1].

Muzey – bu madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni aniqlash, muzey

predmetlari vositasida axborotni to’plash va tarqatish uchun mo’ljallangan tarixiy
belgilangan, ko’p qirrali ijtimoiy axborot muassasasidir[2].

Muzeylar

madaniy-marifiy

muassasa

hisoblanib

vazifalari

asosan

quyidagilardan iborat:

– tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash;
– tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan

o’rganib ko’rgazmalarga qo’yish, keng xalq ommasiga havola qilish;

– yoshlarda vatanparvarlik hissini yuksaltirish;
– ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish ularni ma’naviy kamolotga

yetkazish;

asori-atiqalarni kelajak avlodaga asrav-avaylab yetkazish;

Har bir davlat taraqqiyot sari odimlar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud

urf-odatlar, an’analar hamda qadimiy yodgorliklarni o’rganishga va saqlashga
intilishi tabiiy hol. Bu borada esa muzeylarning o’rni beqiyos. Chunki ular
o’tmishdan kelgan madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga
solingan yig’indisi bo’lib, amaldagi tartiblarga muvofiq saqlanadi va namoyish
qilinadi.

Muzeylar tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak dastlabki muzeylar qadimgi

Yunoniston va Rimda paydo bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Bu mamlakatlarda
ayrim san’at yodgorliklari ibodatxonalarda to’planib turli xildagi ko’rgazmalar
tashkil etilgan. Keyinchalik Ellinizm davrida muzey kolleksiyalari vujudga kela
boshladi. San’at, madaniyat va fan erishgan yutuqlarning namunalaridan iborat
kolleksiyalar to’plash Uyg’onish davrida Italiya so’ng Angliya, Fransiya, Germaniya
mamlakatlarida boshlanadi. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Fransiyadagi Luvr
muzeyi (1793) G’arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar hisoblanadi. Jahondagi
eng yirik muzeylar asosan, XIX asrda paydo bo’ldi. Nyu-yorkdagi Metropoliten
muzeyi (1870), Peterburgdagi Ermitaj muzeylari (1852) shular jumlasidandir[3].

O’zbekistonda dastlabki muzeylar yurtimizga Rossiya bosqinidan so’ng paydo

bo’la boshladi. Jumladan 1874-yilda Samarqand, 1876-yilda Toshkent, 1895-yilda
Yangi Marg’ilonda (xozirgi Farg’ona shahri) muzeylar tashkil etiladi[4].

Muzeylar ijtimoiy hayotda o’ziga hos o’ringa ega. Kishilar uchun eng avvalo

ma’rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo’lgan muzeylarni o’tmish va hozirgi
hayotimizning oynasi deyish mumkin[5].


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

45

Mustaqillikning dastlabki yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov

tashabbusi bilan tarixiy merosimizni o’zida saqlovchi muassasa hisoblangan
muzeylar rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 1994-yilda “O’zbekiston tarixi
davlat muzeyini tashkil etish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan
O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, 1996-yil 18-oktabrda buyuk Sohibqiron Amir
Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan yurtimizda yangi bir muzey
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 1999-yili Qatag’on qurbonlari xotirasini
abadiylashtirish maqsadida Qatag’on qurbonlari muzeyi va boshqa ko’rinishdagi
muzeylar tashkil etildi.

1997-yilda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov

tashabbusi Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan oliy ta’lim muassasasi Kamoliddin
Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilib, Institut qoshida
esa ilk bor muzeyshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib
qo’ygan yo’nalish ochildi. Bu albatta, O’zbekiston tarixida muzey sohasini
rivojlantirish uchun qo’yilgan tamal toshi bo’lib xizmat qildi.

1998-yil

12-yanvardagi

“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va

takomillashtirish to’g’risidagi” Prezident Farmoniga muvofiq Respublikamizdagi
Madaniyat vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ko’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-
uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida Madaniyat vazirligi qoshidagi
muzeylarni qo’llab-quvvatlash respublika “O’zbekmuzey” jamg’armasi tashkil
qilindi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tabiyalashning asosiy vositachilaridan biri

muzeylar faoliyatiga oid 2019-yilgacha, jami 35 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul
qilingan bo’lib, ularning bittasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, to’rtta
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 5 ta O’zbekiston Respublikasi Qonuni,
26 ta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlaridir[6].

Shuni ta’kidlash kerakki qator kamchilik va muammolar yillar davomida

muzeylar faoliyati rivojiga to’sqinlik qilib keldi. Aksariyat muzey muassalari moddiy
texnik bazasi zamon talablariga va xalqaro standartlarga mos kelmas edi.

O’tgan uch yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat sohasiga

oid yigirma beshdan ziyod farmon va qarori, Vazirlar Mahkamasining 50 dan ortiq
qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu qarorlarning deyarli barchasida muzeylar sohasi
rivojiga katta e’tibor qaratilishini ko’zda tutilganligi va oxirgi ikki yillikni o’zida
2017-yil 5-sentabrda 698-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan Namangan viloyatining “To’raqo’rg’on tumanida Is’hoqxon Ibrat
nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to’g’risida”
qarori bilan majmua tarkibida Is’hoqxon Ibrat muzeyi, 2017-yil 6-noyabrda Jizzax
viloyatida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi doirasida Sharof Rashidov


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

46

muzeyi, 2017-yil 3-noyabrda Jizzax shahridagi “Ho’ja Nuriddin” madrasasi qayta
rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi , Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrda qabul qilingan “2017-2027 yillarda
davlat

muzeylari

faoliyatini

takomillashtirish

va

moddiy-texnik

bazasini

mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi
qarori asosida Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qoʻriqxonasining tarkibida
Mutal Burxonov uy muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 26-iyulda “

Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy muzeyi

faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi” 630-sonli qarori asosida

Farg’ona viloyatida

Erkin Vohidov va Haziniy muzeylarini tashkil etilishi bu sohaning rivojlanish
bosqichiga kirganligidan dalolat beradi. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi
bo’lgan milliy maqom san’atining tarixi, zamonaviy idoj an’analari, asrlar davomida
mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib
kelayotgan noyob san’at namunalarini muzey ekspozitsiyasi orqali xalqaro miqyosda
keng targ’ib etish maqsadida Shaxrisabz shaxrida “Maqom muzeyi” tashkil etildi.
Muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali
ko’rsatiladigan xizmatlar interaktivligini oshirish, shu jumladan, smart
texnologiyalarni joriy etish ishlari amalga oshirila boshladi. Madaniyat vazirligining
Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi tomonidan 2018-yil rejasi asosida
Respublikadagi 20 ta muzeyning “Virtual muzey” ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.
Shu bilan birga Madaniyat hamda Axborot texnologiyalari va kamunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirliklari hamkorlikda muzeylarning yagona portali ishlab
chiqilmoqda.

Bugun madaniyat tizimida 79 ta davlat muzeylari va 7 ming 476 ta madaniy

meros obyektlari faoliyat ko’rsatmoqda[7]. Respublikamiz muzeylari fondida jami 2
million 400 migga yaqin muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud.

Bugungi davr iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalaridan bo’lganidek

fan, ta’lim, shu jumladan boy o’tmish merosimizni o’ragnish, saqlash va uni keng
xalq ommasiga targ’ib etish borasida ham tub burulish yasadi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda
tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning[8] to’rtinchi
yo’nalishida ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish vazifalarining belgilanishi fikrimizning yaqqol misolidir.

Qolaversa, 2019-yil 19-mart kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlarga e’tiborni

kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,
ijtimoiy, ma’naviy-marifiy sohadagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish
bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Shu kabi qarorlar ijrosi sifatida
yoshlarning bo’sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish bo’yicha O’zbekiston


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

47

Respublikasining “Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey
kolleksiyalarini kirib ko’rish tartibi hamda shartlari to’grisidagi nizom”ning 6-
bandiga asosan yoshlarni madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan
tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har seshanba va juma
kunlari 18 yoshgacha bo’lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar Milliy
muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib
ko’rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Shuningdek, Nizomda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari

va muzey kolleksiyalarini ko’rish uchun har yilning 2-8 sentyabr kunlari
tashkillashtiriladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul
kirishi mumkinligi belgilab qo’yilgan.

Bu bilan bugungi kundagi rivojlanish zamonida vatanimizning ijtimoiy

hayotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar qatorida muzeylar faoliyati uchun ham yangi
davr boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 26-

avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra muzeylar infratuzilmasini
xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali ko’rsatiladigan xizmatlarning
interaktivligini oshirish maqsadida bugungi kunda davlat muzeylarida “smart”-
texnologiyalarni xususan, axborot do’konchalari, 3-D vizualizatsiya va gologramma,
QR-kodlar hamda chet tillaridagi elektron gidlar joriy etilmoqda[9].

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27- maydagi

“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-261-
sonli qarori asosida muzeylarda xizmat ko‘rsatish tizimida anchagina qulayliklar
yaratildi. Xususan, qarorga ko‘ra:

– 2022 yil 1 iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari

tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy
merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etildi;

– O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari,

buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022-2024 yillarda yangi tashkil etiladigan
ekspozitsiyalarning manzilli rejasi tasdiqlandi

– Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish

konsepsiyasi ishlab chiqildi;

– o‘quvchi va talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi

bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning
tarixiy manzilgohlariga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturi
tashkil etildi.

– “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va

nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritilishi belgilab berildi[10];


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

48

– Davlat muzeylarida qo‘shimcha tashkil etiladigan xizmatlarning turlari

(“Muzeyda tun”, “Open Air Fest” kabi ko‘ngilochar dasturlar, Usta-
hunarmandlarning mahorat darslari) belgilab berildi.

Mustaqillik yillarida muzeylar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini

quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

birinchidan, mustamlakachilik davrida ongimizdan o’chirib tashlangan milliy

tuyg’ularni qayta tiklash,

ikkinchidan, milliy g’urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unitilgan tariximizni

qayta tiklash,

uchinchidan, yosh avlodni ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma’naviy meros

bilan faxrlanishga o’rgatish, milliy g’uruni yuksaltirish, buyuk an’analarning
davomchisi sifatida tarbiyalash,

to’rtinchidan, milliy qadriyatlarimiz bizga demokratik, huquqiy, qudratli

O’zbekiston davlatini barpo etish uchun “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”
g’oyasini ro’yobga chiqarish,

beshinchidan, milliy qadriyatlarimiz, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida

munosib o’rin egalashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod vatan qoldirish uchun kerak,

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, muzeylar sohasiga berilgan yuksak e’tiborning

samarasi o’laroq mazkur sohada quyidagi misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi:

- yurtimiz ravnaqi, adabiyot va san’at sohasiga katta hissa qo’shgan ko’plab

yurtdoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ko’plab memorial va uy
muzeylari tashkil etildi.

- muzeylar sohasini rivojlantirish, takomillashtirishga doir qator qonun hujjatlari

qabul qilindi hamda uning faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari yaratildi.

- mustaqillik yillarida O’zbekiston muzeylarida saqlanayotgan moddiy va

madaniy merosimizni keng jahon ommasiga namoyish etish bo’yicha qator
ko’rgazmalar jahon muzeylarida tashkil etildi.

Yuqorida sanab o’tilgan soha rivojidagi muvafaqqiyatlar O’zbekistonda

muzeylar sohasini taraqqiy etishiga mustahkam zamin yaratgan omillardir. Tashkil
etilgan va etilayotgan ko’plab yangi muzeylar yosh avlodga tariximiz, moddiy va
madaniy merosimizni naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini boyitish va bo’sh vaqtlarini
mazmunli o’tkazish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Мирзиёев Ш.М. (2017) Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон

давлатини бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, – Б. 7.

2. Davlatov B. (2005) Muzeyshunoslik atamalarining izoxli lug’ati. –T.: Fan, –

B. 117.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

49

3. Мирзаалиев Э. (2010) Наманган вилоят ўлкани ўрганиш музейи : кеча ва

бугун. – Фарғона. Фарғона нашриёти, – Б. 7.

4. Исмаилова Ж. (2018) Замонавий музейшунослик тенденциялари. –Т.:

Фан, – Б. 11.

5. Kuryazova D. ( 2010) O’zbekiston muzey ishi tarixi. –T.: San’at, – B. 9.
6. Каримов И. И. (2019) Музей тарихига бир назар // Маданият.– Тошкент,

2019 йил, 12 сентябрь.– №37.

7.

Сайфуллаев Б. (2019) Миллий маданиятимиз ўзлигимиз инъикоси //

Guliston. – Тошкент, – №4. – Б. 6-7.

8.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017 — 2021 йилларда

Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши
бўйича ҳаракатлар стратегияси” (2017) ПФ-4947-сонли фармони // Халқ сўзи –
№ 28. – Б. 1-2.

9.

https://lex.uz/docs/3882752

10.

https://lex.uz/docs/6040013

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. (2017) Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, – Б. 7.

Davlatov B. (2005) Muzeyshunoslik atamalarining izoxli lug’ati. –T.: Fan, – B. 117.

Мирзаалиев Э. (2010) Наманган вилоят ўлкани ўрганиш музейи : кеча ва бугун. – Фарғона. Фарғона нашриёти, – Б. 7.

Исмаилова Ж. (2018) Замонавий музейшунослик тенденциялари. –Т.: Фан, – Б. 11.

Kuryazova D. ( 2010) O’zbekiston muzey ishi tarixi. –T.: San’at, – B. 9.

Каримов И. И. (2019) Музей тарихига бир назар // Маданият.– Тошкент, 2019 йил, 12 сентябрь.– №37.

Сайфуллаев Б. (2019) Миллий маданиятимиз ўзлигимиз инъикоси // Guliston. – Тошкент, – №4. – Б. 6-7.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” (2017) ПФ-4947-сонли фармони // Халқ сўзи – № 28. – Б. 1-2.