International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
102
MEDIA MAKONDA PSIXOLOGIK, DINIY VA MADANIY TAHDIDLAR
Jamolova Shaxlo Jamil qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
shakhlojamilovna2006@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
zamonaviy
media
vositalari
orqali
tarqalayotgan diniy, psixologik va ma’naviy tahdidlarning jamiyatga, ayniqsa yosh
avlod ongiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Unda har bir inson tanqidiy
fikrlashni rivojlantirib, faqat ishonchli manbalarga tayangan holda axborotni qabul
qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, media savodxonligini oshirish hamda
sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifasi sifatida
ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
Tahdidlar, media makon, terrorizm, ekstremizm, oqimlar,
g‘oyaviy savodsizlik, “din peshvolari”, axborot xurujlari
Annotation:
This article analyzes the negative impact of religious,
psychological, and spiritual threats spreading through modern media on society,
particularly on the minds of the younger generation. It emphasizes the necessity for
every individual to develop critical thinking skills and rely only on trustworthy
sources when receiving information. Furthermore, the article highlights the
importance of improving media literacy and fostering a healthy moral environment as
one of today’s most urgent tasks.
Keywords:
Threats, media space, terrorism, extremism, movements, ideological
illiteracy, “religious leaders”, information attacks
Аннотация:
В данной статье анализируется негативное влияние
религиозных, психологических и духовных угроз, распространяемых через
современные медиа, на общество, особенно на сознание молодого поколения.
Подчеркивается необходимость развития критического мышления у каждого
человека и получения информации только из достоверных источников. Кроме
того, акцентируется важность повышения медиаграмотности и формирования
здоровой духовно-нравственной среды как одной из актуальных задач
сегодняшнего дня.
Ключевые слова:
Угрозы, медиапространство, терроризм, экстремизм,
течения,
идеологическая
безграмотность,
«религиозные
лидеры»,
информационные атаки.
“Ta'bir joiz bo'lsa,aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari
yadro poligonlaridan ham koʻproq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh
bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq boʻlsa,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
103
buni sezish, ko'rish, oldini olishmumkin, ammomafkuraviytazyiqni, uning ta'siri va
oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin.”
1
Mafkuraviy g‘oya
— bu jamiyat
yoki
guruhning
siyosiy,
diniy,
falsafiy
yoki
ijtimoiy
qarashlariga
asoslangan
mazmunli fikrlar tizimi
, ya'ni biror mafkura (ideologiya) asosida
shakllangan
asosiy tushuncha va maqsadlar yig‘indisidir
.
Mafkuraviy tarbiya
-
inson,ijtimoiy guruh millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularning
muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga
yo’naltirilgan jarayondir. Shu o’rinda keltirib o’tish kerakki , mafkuraviy tarbiya 3 xil
ko'rinishda bo'lishi mumkin: diniy qarashlarni singdirishga yo'naltirilgan; dunyoviy
qarashlarni ma'lum bir maqsad sari mutloqlashtirishga yo'naltirilgan; uchinchi millat
yoki davlat tomonidan amalga oshiriladigan amaliyot turi. Bu jarayonda ikki millat
yoki davlatni o'zaro ziddiyatli vaziyatga tushirish orqali, ma'lum maqsadga erishish
tushuniladi.Hozirgi kunda dunyo miqyosida bu usuldan foydalanish keng tus
olmoqda.
Zamonaviy «din peshvolari». Bugungi kunda bunday kishilarda diniy tahdidni
amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, din niqobi ostida
alohida shaklda uyushgan zo'ravonlik, harbiy-siyosiy maqsadlarga yo'naltirilgan
tashviqotchilik tizimi (internet, audio, video tarqatmalar va hok.), turli mazmundagi
ma'ruzani yetkazish usullari va ta'sir o'tkazish natijalariga ko'ra urush olib borish
maydonlari. Eng muhimi ularda inson ongi uchun kurashning ijtimoiylashgan barcha
(o'ta tajovuzkor, uyushgan, mafkuraviy tayyorgarlikdan o'tgan) yo'nalishlarini
rag'batlantiruvchi tizim mavjud bo'lib, natijada diniy peshvolik bilan mashg'ul bo'lgan
sub'yektlarning aksilijtimoiy faoliyatini o'zida aks ettiruvchi harakatlar majmui oshib
bormoqda.
Din
- jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki
dunyosini shakllantirishning eng ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo,
bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar
yo'lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din
birlamchi vosita bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu
- diniy g'oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o'rtasidagi
manfaatlar to’qnashuvi demakdir. Bu jarayonda asosiy obyekt inson ongi hisoblanib,
unga ta'sir etish yo'nalishlari turli tumandir.Bugungi kunda dunyoda mohiyati va
udumlar shakliga ko'ra turli ko'rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo'lib, ularning
umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko'p xudoli, urug'-qabilaviy,
milliy va jahon dinlari bo'lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas ,
balki e'tiqodiy bo'linishida bo'lib qolmoqda. Aynan mana shu bo'linish sababli turli-
xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik,
xotirjamlik, ma'naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan “din” - azob
beruvchi, ma'naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo'libqolmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
104
“…e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bo’g’liq har qanday muammo
g’oyat nozik ekanligiga, ularning dinning, ma’naviy qadriyatlari bilan shiorlardan,
xususan, islomni qayta tiklash shiorida foydalanayotgan muayyan kuchlar
ko’zlayotgan, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar
o’ratsidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga qaratishni istardim.”
2
Jamiyat hayotiga xavf soluvchi: terrorizm, ekstremizm, diniy ekstremizm, Islom
traditsionalizmi tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mohiyatan terrorizm yovuz
maqsadlar yo'lida, kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o'ldirish, ijtimoiy
obyektlarni portlatish, qo'rquv va vahimaga solishdan iborat bo'lgan xatti-
harakatlarga asoslangan zo'ravonlik usuli, shuningdek, u yuksak ma'naviy, axloqiy
tamoyillarga zid ravishda yovuz, vayronkor maqsadlar yo'lida kuch, zo'ravonlik
ishlatib, odamlarni garovga olish, o'ldirish, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni
portlatish, yo'q qilish, insonlarni qo'rquv va vahimaga solishga, shu bilan ularni o'z
ta'sir doirasida ushlab turishga asoslangan zo'ravonlik usulini anglatuvchi
atama.Ekstremizm - keskin yondashuvlarga (xususan siyosatda) keskin choralarga
sodiqlikni anglatuvchi, kishilarni tartibsizliklarga, fuqarolarni bo'ysunmaslikka,
terrorchilik harakatlariga, partizanlik urushlariga turtki beradigan vayronkor mafkura.
Demak, ekstremist - murosasiz inson. U keskin harakatlarni yoqlaydi. Bu
kayfiyatdagi insonlar qandaydir ma'noda va har qanday ko'rinishdagi yon berishlar,
muzokaralar va kelishuvlarni inkor qiladi, ulardan bosh tortadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “Bizning asosiy
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar
yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi“ tarqalishining oldini olishdir”,
3
- deya ta’kidlab
o‘tgandi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish hamda BMT
Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi kiritildi. O‘zbekiston barchani e’tiborini
musulmon olami uchun muhim yo‘nalish - “ma’rifatli islom” g‘oyasiga qaratdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
1. Islom Karimov, "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch",TOSHKENT
«MA'NAVIYAT» 2016.
2. Islom Karimov, "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida",TOSHKENT
«O'ZBEKISTON » 1997
3. E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
4.Media va axborot savodxonligini shaklllantirishning pedagogik jihatlari.
O’quv amaliy qo’llanma. Extremum-press, 2017.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
105
1.
Aralovna, OchilovaGuzal, et al. "Ecological globalization and its social
place
in
the
globalization
system
of
processes." JournalofSurveyinFisheriesSciences 10.1S (2023): 5000-5006.
2.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
3.
Omonov,
BakhodirNurillaevich,
Go‘zalAralovnaOchilova,
and
SitoraAyonovnaAzamova.
"SPECIFIC
CHARACTERISTICS
OF
THE
ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in
Science 1.3 (2023): 15-28.
4.
Ayonovna, AzamovaSitora. "The Need for the Formation of
Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." GlobalScientificReview 13 (2023): 7-10.
5.
Ayonovna,
AzamovaSitora,
and
PirimovLerikXudoyberdio’g’li.
"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
6.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
7.
Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF
ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.
8.
Azamova
S.
EKOLOGIK
TA’LIM
VA
TARBIYANING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqinvatadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
