Авторы

  • Д.Р. Тохтасинова
    Farg‘ona davlat universiteti
  • С.Х. Омонова
    Farg‘ona davlat universiteti

Биографии авторов

  • Д.Р. Тохтасинова, Farg‘ona davlat universiteti
    “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi dotsenti, PhD
  • С.Х. Омонова, Farg‘ona davlat universiteti
    “Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar” yо‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87415

Ключевые слова:

Raqamli transformatsiya global iqtisodiy о‘sish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari malakali kadrlar kadrlar yetishmovchiligi AKT sohasi YaIM dagi ulush raqamli iqtisodiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda О‘zbekistonda raqamli iqtisodiy transformatsiya jarayonining rivojlanish tendensiyalari, ushbu sohanining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va unga tо‘siq bо‘lishi mumkin bо‘lgan malakali kadrlar yetishmovchiligi muammolari tahlil qilinadi. Maqolada AKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soni va axborot-aloqa sohasidagi ish haqining yillar kesimida о‘zgarish tendensiyalari muhokama qilinadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

115

О‘ZBEKISTONNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA AKT

SOHASIDAGI ZAMONAVIY KADRLAR TAYYORLASHNING

AHAMIYATI

D.R.Tо‘xtasinova

Farg‘ona davlat universiteti “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi dotsenti, PhD

Dildorakxon1974@gmail.com

S.X.Omonova

Farg‘ona davlat universiteti “Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar” yо‘nalishi magistranti

omonovasevaraxon00@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunda О‘zbekistonda raqamli iqtisodiy

transformatsiya jarayonining rivojlanish tendensiyalari, ushbu sohanining kelajakdagi
rivojlanish istiqbollari va unga tо‘siq bо‘lishi mumkin bо‘lgan malakali kadrlar
yetishmovchiligi muammolari tahlil qilinadi. Maqolada AKT sohasida faoliyat
yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soni va axborot-aloqa sohasidagi
ish haqining yillar kesimida о‘zgarish tendensiyalari muhokama qilinadi.

Kalit sо‘zlar:

Raqamli transformatsiya, global iqtisodiy о‘sish, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari, malakali kadrlar, kadrlar yetishmovchiligi, AKT
sohasi, YaIM dagi ulush, raqamli iqtisodiyot.


KIRISH

Raqamli iqtisodiyot bugungi global iqtisodiy о‘sishning eng asosiy

drayverlaridan biriga aylanib ulgurdi. Butun dunyoda “raqamli iqtisodiyot”
muammosining dolzarbligi muttasil ortib bormoqda. Qiziqish ortib borayotganining
sabablaridan biri bu raqamlashtirishni yangi sanoat inqilobi sifatida qabul qilish va
shunga o‘xshash hajmdagi oqibatlarni kutishdir. Tarixiy jihatdan bunday
hodisalarning natijasi iqtisodiy faoliyat, jumladan, insoniyat taraqqiyotini
materialistik tushunishda ijtimoiy farovonlik o‘sishining asosiy manbai bo‘lgan
ishlab chiqarish samaradorligining sezilarli darajada oshishi bo‘ldi. Biroq,
raqamlashtirish ko‘pincha korxonalar tomonidan nafaqat qo‘shimcha imtiyozlar
manbai, balki mavjud tashkiliy modellar va umuman tijorat korxonalarining ma’lum
bir foiziga tahdid sifatida qabul qilinadi. Olimlar, tijorat kompaniyalari va xalqaro
notijorat tashkilotlarining raqamli iqtisodiyot va raqamlashtirish haqidagi
tasavvurlarini ko‘rib chiqadi. Tadqiqotlar soni tobora ortib borayotgan bo‘lsa ham,
raqamli iqtisodiyot va raqamlashtirish tushunchalari o‘rtasidagi chegaralar sezilarli
darajada noaniq bo‘lib qolmoqda, bu mavzuni yoritishdagi farqlarga va ilmiy
tadqiqotlar natijalarini taqqoslashda qiyinchiliklarga olib keladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

116

Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon

kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi
sharoitida

О‘zbekistonning

iqtisodiy

taraqqiyotiga

raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirmasdan erishib bо‘lmaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi O’zbekistonda AKT sohasida faoliyat

ko’rsatuvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimlarining samaradorligini oshirish
usullarini o'rganish va tahlil qilishdir. Tadqiqotda qo'llanilgan metodologiya, asosan,

sistemali yondashuv, statistik tahlil,

qiyosiy tahlil, omilli tahlil, tanlanma kuzatish,

analiz va sintez, kabi usullardan foydalanilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI

“Raqamli iqtisodiyot” 1995-yil amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte

tomonidan amaliyotga kiritildi. U axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv
rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga о‘tishda qanday
о‘zgarishlar rо‘y berishi mumkinligini aytib о‘tgan.

Raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi tushuncha bо‘lib, ilmiy adabiyotlarda uning

olimlar tomonidan keltirilgan turli ta’riflari mavjud. Xususan, akademik S.G‘ulomov
va boshqalar muallifligidagi “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari”
nomli о‘quv qо‘llanmada raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta’rif berilgan: “raqamli
iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha
qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning о‘ziga xos
xususiyati bо’lgan iqtisodiyotdir”.

TAHLIL VA NATIJALAR

Dunyoda raqamli iqtisodiyotning о‘sish sur’atlari ulushi 2022-yilga kelib dunyo

yalpi ichki mahsulotining (YAIM) qariyb 15,5 foizini tashkil etdi. Rivojlangan
davlatlarda esa ’’raqamli iqtisodiyot’’ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga
yetgan. Bu raqamlarning о‘ziyoq raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy tizimlarda
qanchalik tezkor va keng kо‘lamda о‘sayotganini kо‘rsatadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim

vazifalardan biriga aylangan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil
13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy
infratuzilma yaratish masalasi bо‘yicha о‘tkazilgan yig‘ilishda AQShda raqamli
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz,
Hindistonda 5,5 foizni tashkil etishini, О‘zbekistonda bu kо‘rsatkich 2 foizdan ham
oshmasligini ta’kidladi.

Bugun axborot texnologiyalari (IT) kasblarini egallash nafaqat dunyoda, balki

о‘zbekistonlik yoshlar о‘rtasida ham katta qiziqishga sabab bo’lmoqda. Chunki bu
soha ham zamonaviyligi, ham daromadliligi bilan ajralib turadi. О‘zbekistonda oxirgi
uch yil ichida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bо‘lgan eʼtibor sezilarli


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

117

darajada ortdi. Buning natijasida sohada xizmatlar hajmi о‘sib, taʼlim qamrovi
kengayib bordi. Masalan, IT Park rezidentlari 2021-yilda 2,5 trillion sо‘mlik
xizmatlar kо‘rsatgan bо‘lsa, 2022-yilda bu kо‘rsatkich 5 trillion sо‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar eksporti hajmi 2021-yilda 50 million dollar edi, о‘tgan yili 140 million
dollarga yetdi. Yaʼni yiliga 2-3 baravar о‘sish kuzatilmoqda. IT rivojlangani sari
dunyo bozorida о‘zbekistonlik dasturchilarga talab ortmoqda. Dunyoda, xususan,
О‘zbekistonda ham IT sohasidagi malakali kadrlar yetishmovchiligi muammosi
dolzarbligicha qolmoqda. Chunki IT deyarli barcha sohalarga kirib borganligi
sababli, raqamlashtirish zamon talabiga aylandi. Demak, hamma tarmoqlar uchun
dasturchilar

yetarli

bо‘lishi

kerak. Shu maʼnoda, respublikada raqamli

texnologiyalardan foydalanish kо‘lamini kengaytirish zaruriyatga aylangan. Barcha
vazirlik va idoralarga IT xizmatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash bо‘yicha
choralar kо‘rilmoqda. Bu о‘z navbatida ortiqcha xarajatlar va inson omilini
kamaytirishda ham qо‘l keladi. Shunday ekan, sohani rivojlantirish uchun eng avvalo,
uni о‘rgatishni – taʼlimni yо‘lga qо‘yish darkor. Bugun о‘zbekistonlik yoshlarni ITga
о‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsulotiga bozor yaratish eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, hukumat tomonidan IT taʼlimini
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Misol uchun, joriy yil 1-apreldan
“Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur” taʼlim yо‘nalishlari bо‘yicha mukofot
jamg‘armasi 1 million dollar bо‘lgan respublika tanlovi boshlanadi. Kuni kecha
о‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarga shu kabi tanlovlarni
viloyat va tumanlarda kо‘proq о‘tkazish topshirig‘ini berdi. Yana bir yaxshi
tashabbus – hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish
jamg‘armalari hisobidan sotib olish yо‘lga qо‘yiladi. Shu bilan birga, 1-apreldan
boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun qo’shimcha
imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, о‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi
kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million
sо‘mgacha, nogironligi bо‘lgan yoshlarga esa 35 million sо‘mgacha subsidiya
beriladi.

IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million sо‘m

miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari,
Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik
kartasiga о‘tkazib beriladi. Albatta, davlat tomonidan sohaga qiziquvchilarni qо‘llab-
quvvatlanishi tez orada о‘zining samarasini berishi tabiiy.

Hukumat tomonidan yana bir tashabbus, har bir oliygohning bitiruvchilari о‘z

yо‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni о‘rganishini taʼminlash masalasida
bо‘lmoqda. Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish,
infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga
yetkazish mumkin. Xorijda yoshlarga bunday dasturlar oliygohlarda о‘rgatiladi. Oliy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

118

taʼlim va Raqamli texnologiyalar vazirliklari qurilish, geologiya, mashinasozlik,
transport kabi yо‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy
dasturiy mahsulotlarni о‘rganib, yangi о‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilinishi
ko’zda tutilmoqda. IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab,
о‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga о‘rgatish yо‘lga qо‘yiladi.
Bugungi kunda chet tilini bilgan yoshlar о‘zini-о‘zi band qilish – frilansing orqali
ham uydan chiqmasdan, xorijdan qо‘shimcha daromad olmoqda. Raqamli
texnologiyalar vazirligi maʼlumotiga kо‘ra, hozirda IT sohasida о‘zini о‘zi band
qilganlar soni 70 mingdan ortgan.

2022-yilda о‘zbekistonlik frilanserlar 11,8 million dollar daromadini pul

о‘tkazish yoki Payoneer tizimi orqali О‘zbekistonga о‘tkazgan. Bu 2019-yilga
nisbatan 7,4 barobar kо‘p kо‘rsatkich hisoblanadi. Yaʼni 2019-yilda 1,6 millon dollar,
2020-yilda 9,9 million dollar, 2021-yilda 10,5 million dollar mablag‘lar respublikaga
kelib tushgan.

Maʼlumotlarga kо‘ra, О‘zbekistonda IT sohasiga sо‘nggi 5 yilda 2 milliard

dollar (700 million dollari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar) yо‘naltirilgan. Jumladan,
2022-yilda AKT sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 barobarga, soha
tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1,25 barobarga ortgan. Natijada aholi jon
boshiga AKT xizmatlari 621 ming sо‘mni tashkil etib, qо‘shimcha 29,6 mingta
aholining ish bilan bandligi taʼminlangan. О‘zbekistonda IT infratuzilmasi
yaxshilanishi, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay muhit natijasida 2021-
yilda faoliyat olib borayotgan 23 ta xorijiy IT kompaniyalar soni, 2022-yilda 157 taga
yetdi. О‘tgan yil yakuni bо‘yicha IT Park rezidentlari 1037 tani tashkil qildi.

Mamlakatda IT kompaniyalar uchun qator imtiyozlar berilgani ularning soni

sezilarli ortib borishiga turtki bо‘lmoqda. Xususan, bunday kompaniyalar ijtimoiy
soliqdan ozod qilinadi. Ular jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 7,5
foiz stavkada tо‘laydi. Qolaversa, ulardan О‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan
dasturiy taʼminot vositalarini olib kirishdagi bojxona tо‘lovlari undirilmaydi. Mazkur
sohaga qiziquvchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlikning о‘rni ham
samarali bо‘lmoqda. Xorijning nufuzli tashkilotlari О‘zbekistonga sarmoyalar
yо‘naltirmoqda. Xususan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yoshlarni
qо‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturining 121 ming dollarlik granti,
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ochiq maʼlumotlar sohasida kadrlar
tayyorlash bо‘yicha о‘quv materiallari yaratish va yoshlarni о‘qitishga yо‘naltirilgan
145 ming dollarlik granti shular jumlasidandir. Jahon banki tomonidan ajratilgan 1
milliard dollar esa mamlakat IT sohasi rivojlanishiga juda katta impuls berishiga
ishonilmoqda.

Raqamli texnologiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, kо‘plab imtiyozlarni

о‘zida jamlagan “Bir million о‘zbek dasturchi” loyihasi doirasida 2,5 milliondan ortiq


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

119

yosh rо‘yxatdan о‘tib, shu sohaga qiziqish bildirgan. 1 million 700 mingdan ortiq
yosh

bitiruv

sertifikatiga

ega

bо‘lgan.

2022-yilgi xalqaro reytinglarda

О‘zbekistonning raqamlashtirish bо‘yicha о‘rni sezilarli darajada kо‘tarildi. Xususan,
Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli kо‘nikmalar va
davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bо‘yicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65
pog‘ona yuqoriladi. “GovTech Maturity Index” natijalariga kо‘ra, hukumat va davlat
xizmatlari sektori bо‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli
transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi. BMT
tomonidan har 2 yilda bir marta о‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-
Government Survey) 2022-yilgi natijasida О‘zbekiston bir yо‘la 18 pog‘ona
yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

О‘zbekiston uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi muhim strategik

yо‘nalishlardan biri bо‘lib, davlat tomonidan ushbu sohani jadallashtirishga katta
e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, 2019-yilda “Raqamli О‘zbekiston –2030”
strategiyasini qabul qilinishi bilan bu yо‘nalishda sezilarli о‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi — 2030-yilgacha raqamli
iqtisodiyotning О‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 30 foizga
yetkazishdir.

Quyidagi jadval ma’lumotlarida AKT sohasida faoliyat yurituvchi yuridik

shaxslarda ishlovchi xodimlar sonini yillar kesimida о‘zgarish tendensiyalarini
kо‘rish mumkin.

1-jadval

AKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar


Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib, AKT sohasida ishlovchi

xodimlar soni keyingi 10 yillikda deyarli 2 barobarga oshganligini kо‘rishimiz
mumkin. Bu kо‘rsatkich shuni kо‘rsatadiki, mamlakatimizda ushbu sohaga qiziqish
bildirayotgan yoshlar soni keskin oshmoqda. Shunga qaramay, ushbu sohada malakli
kadrlar yetishmovchiligi muammosi haligacha о‘z yechimini topmadi. Bu muammoni
bartaraf etish maqsadida О‘zbekistonda jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. 2023-
yil holatiga kо‘ra, О‘zbekistonda 10 dan ortiq axborot texnologiyalari bо‘yicha ta'lim
beruvchi maxsus о‘quv markazlari va universitetlar faoliyat yuritmoqda. Davlat

Klassifikator 2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

О‘zbekiston

Respublikasi

3341

3

3447

8

3795

8

4024

8

4769

7

5015

7

5378

2

6046

2

7162

7


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

120

tomonidan AKT sohasidagi ta'limni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘ 2022-
yilda 50 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa xalqaro standartlarga mos kadrlar
tayyorlash

jarayonini

tezlashtirishga

xizmat

qilmoqda.

2022-yil

oxirida

О‘zbekistonda AKT sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar soni 100 mingdan
oshib, mamlakat IT eksportini 140 million dollarga yetkazdi. Bu kо‘rsatkichlar
mamlakatning raqamli iqtisodiyotdagi о‘rni va imkoniyatlarini yanada kuchaytirishga
xizmat qilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 7-maydagi
“Axborot-kommunikatsiya

sohasida

kadrlar

tayyorlash

tizimini

yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 288-son qarori qabul qilindi.

Ushbu

qaror ijrosi yuzasidan bir necha axborot-texnologiyalari universitetlarini
filiallari tashkil etildi. Quyidagi jadvalda esa axborot va aloqa sohasida ishlovchi
xodimlarning ish haqi va uning о‘zgarish tendensiyalari kelritilgan.

2-jadval

Axborot va aloqa sohasida ishlovchi xodimlar ish haqi

Klassifikator

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

О‘zbekiston

Respublikasi

1759,7 2042,2 2502,2 3329,6 3968,8 4390,5 5577,2 7560,8 10596


Ushbu jadval ma’lumotlaridan kо‘rish mumkinki, О‘zbekistonda 9 yil davomida

axborot va aloqa sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar ish haqi keskin kо‘tarilib, bu
kо‘rsatkich deyarli 6 barobarga oshganligini kо‘rish mumkin. Bundan kо‘rinib
turibdiki, respublikamizda AT sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun har
tomonlama imkoniyatlar yatarib berilmoqda. Lekin О‘zbekistonda raqamli
iqtisodiyot mavjud imkoniyatlarga nisbatsn bir necha barobar sekinroq
rivojlanmoqda, ya’ni О‘zbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida boshqa davlatlarga
qaraganda orqada qolmoqda, afsuski bu iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir kо‘rsatmay
qolmaydi va bu muammoga bir nechta sabablarni keltirishimiz ham mumkin:

1. Mamlakatimiz aholisi о‘rtasidagi kompyuter savodxonligining sustligi;
2. Mamlakat bо‘ylab internet aloqaning yaxshi emasligi, ya’ni sekin ishlashi;
3. Axborot sohasidagi mutaxassislarning yetishmasligi;
4. Aholining an’anaviy yо‘nalishga kо‘nikib qolganligi, ammo bu tizimning

sifatsizligi va zamondan orqada ekanligi;

5. Axborot texnologiyalar sohasida maxsus Oliy ta’lim muassasalarining

kamligi va yoshlarning bu sohaga qiziqishi sustligi;

6. Qonunchilik tizimining shaffof emasligi va shu kabi muammolar.
Shuningdek, muammolarga takliflarni keltirib о‘tadigan bо‘lsak:
Birinchidan yoshlar о‘rtasida kompyuter va axborot sohasiga qiziqishni

uyg‘otish, ya’ni maxsus ushbu tizim uchun universitetlarning sonini oshirish va


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

121

talabalar о‘rtasida ushbu sohada raqobatni kuchaytirish, yurtimizning har bir tumani,
zarurat tug‘ilsa chekka bir qishloqlarida ham zamonaviy kasblarni о‘rganish
ishtiyoqida bо‘lgan hamda qiziqishi bо‘lsa-da, ammo ijtimoiy, moddiy jihatdan
imkoniyati yо‘q bо‘lgan yoshlarni bepul, davlat hisobidan о‘qitish;

Internet tezligini barcha joyda birdek ta’minlash va aholi uchun qulayliklar

yaratish kabi masalalarni kо‘rib chiqishimiz lozim. Internet sustligi raqamli
iqtisodiyotning eng katta tо‘siqlardan biri hisoblanadi, shuning uchun bu muammoni
bartaraf etish eng katta hamda asosiy yechimlardan biri hisoblanadi.

Rivojlangan davlatlardan yuqori texnologiyalarni davlatimizga import qilish va

ularni qо‘llash ham eski tizimdan foydalanishga chek qо‘yadi va insonlar ongida
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid bilimlarni va qiziqishlarni paydo
bо‘lishiga sababchi bо‘ladi.

Xulosa

Iqtisodiyotning raqamlashishi bu butun mamlakat rivoji, taraqqiyoti uchun

muhim. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan
chambarchas bog‘liq desak ham bо‘ladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi bugungi
kunda barcha uchun dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Mamlakatimizda bugungi
kunda transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarda ayrim qismlari
raqamlashtirishga о‘ta oldi, bu esa xalqimiz uchun yana bir qulayliklardan biri bо‘ldi.
О‘zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta asosiy muhim
tamoyilni о‘zi uchun belgilab olishi zarur. Raqamli muhitni qonun doirasida,
me’yoriy tartibga solish uchun (Nizom, konseptsiya, dastur va qonun),
infratuzilmaviy rivojlanishi uchun (katta hajmli ma’lumotlar, internet, biznes va
ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari), sо‘ngra kerakli
mutaxassislarni tayyorlash kuchli, raqobatbardosh hamda sog‘lom bozorni yaratishda
eng katta tirgak bо‘la oladi. Raqamli iqtisodiyot bu ‒ real voqe’llikni tо‘ldirib
turadigan virtual muhit hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
uchun innovatsion g‘oyalar, blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish kerak.


Foydalanilga adabiyotlar ro’yhati:

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli О‘zbekiston – 2030"

strategiyasi tо‘g‘risidagi qarori (2020).

О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi. (2023). "О‘zbekiston

iqtisodiyoti va raqamli transformatsiya haqida ma'lumotlar".

2.

Jahon Banki. (2022). "Raqamli iqtisodiyot va global rivojlanish:

О‘zbekiston tajribasi".

3.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF). (2023). "О‘zbekistonda raqamli

iqtisodiyot va moliya bozorlarining о‘sishi".


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

122

4.

McKinsey Global Institute. (2022). "Raqamli transformatsiya va uning

iqtisodiyotga ta'siri: О‘zbekiston holati".

5.

BMT. (2021). "Raqamli Transformatsiya Indeksi: О‘zbekiston natijalari".

6.

О‘zbekiston

Respublikasi

Axborot

texnologiyalari

va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023). "Raqamli iqtisodiyot sohasida
yangi tashabbuslar".

7.

Karimova, D. (2022). "О‘zbekistonda raqamli transformatsiya:

Muammolar va imkoniyatlar". О‘zbekiston iqtisodiyoti jurnali.

8.

Boshqarov, S. (2023). "Raqamli texnologiyalarning О‘zbekiston

iqtisodiyotiga ta'siri". О‘zbekiston xalqaro iqtisodiy jurnali.

9.

Xusniddinov, N. (2021). "О‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot: Holat va

istiqbollar". "Jahon iqtisodiyoti" ilmiy maqolalar tо‘plami.

10.

Mukhammadkodir, E. (2023). “Mamlakatimizdagi raqamli iqtisodiyotni

rivojlanish tahlili” Qо‘qon universiteti xabarnomasi, 314-321.

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli О‘zbekiston – 2030" strategiyasi tо‘g‘risidagi qarori (2020).

О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi. (2023). "О‘zbekiston iqtisodiyoti va raqamli transformatsiya haqida ma'lumotlar".

Jahon Banki. (2022). "Raqamli iqtisodiyot va global rivojlanish: О‘zbekiston tajribasi".

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF). (2023). "О‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va moliya bozorlarining о‘sishi".

McKinsey Global Institute. (2022). "Raqamli transformatsiya va uning iqtisodiyotga ta'siri: О‘zbekiston holati".

BMT. (2021). "Raqamli Transformatsiya Indeksi: О‘zbekiston natijalari".

О‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023). "Raqamli iqtisodiyot sohasida yangi tashabbuslar".

Karimova, D. (2022). "О‘zbekistonda raqamli transformatsiya: Muammolar va imkoniyatlar". О‘zbekiston iqtisodiyoti jurnali.

Boshqarov, S. (2023). "Raqamli texnologiyalarning О‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri". О‘zbekiston xalqaro iqtisodiy jurnali.

Xusniddinov, N. (2021). "О‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot: Holat va istiqbollar". "Jahon iqtisodiyoti" ilmiy maqolalar tо‘plami.

Mukhammadkodir, E. (2023). “Mamlakatimizdagi raqamli iqtisodiyotni rivojlanish tahlili” Qо‘qon universiteti xabarnomasi, 314-321.