International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
154
GLOBALLASHUVNING YOSHLAR HAYOTIGA TA’SIRI
Egamnazarova Marjona
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya:
Globallashuv jarayoni bugungi kunda yoshlar hayotiga bevosita
va bilvosita ta’sir qilmoqda va buning jamiyatimiz kelajagiga tutgan o’rni beqiyosdir.
Chunki jamiyat hayoti o’z-o’zidan yosh avlodga bog’liqligi ma’lumdir va biz
globallashuvning salbiy va ijobiy jihatlarini o’rganib yosh avlodga taqdim qilishimiz
kerak. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy
sohada sodir bo’lgan o’zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim
T.Levittining 1983-yildagi “Garvard biznes revyu” jurnalida e’lon qilingan
maqolasida qo’llanilgan edi.
Kalit so’zlar:
globallashuv, axborot, kommunikatsiya, ta’lim-tarbiya, platforma,
internet
IMPACT OF GLOBALIZATION ON THE LIFE OF YOUNG PEOPLE
Abstract:
The process of globalization has a direct and indirect impact on the
lives of young people today, and its role in the future of our society is immeasurable.
Because it is known that society's life itself depends on the young generation, and we
should study the negative and positive aspects of globalization and present them to
the young generation. The term globalization was first used in the 1983 article of the
American scientist T.Levitty in the Harvard Business Review magazine as a factor
that caused changes in the economic sphere in the early 80s of the 20th century.
Key words:
globalization, information, communication, education, platform,
internet
ВЛИЯНИЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ НА ЖИЗНЬ МОЛОДЫХ ЛЮДЕЙ
Аннотация:
Процесс глобализации оказывает прямое и косвенное влияние
на жизнь современной молодежи, и его роль в будущем нашего общества
неизмерима. Потому что известно, что сама жизнь общества зависит от
молодого поколения, и мы должны изучить отрицательные и положительные
стороны глобализации и представить их молодому поколению. Термин
«глобализация» впервые был использован в статье американского учёного
Т.Левитти в 1983 году в журнале «Harvard Business Review» как фактор,
вызвавший изменения в экономической сфере в начале 80-х годов ХХ века.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
155
Ключевые
слова:
глобализация,
информация,
коммуникация,
образование, платформа, интернет.
Bugungi tez sur’atlarda rivojlanayotgan dunyoda globallashuv inson hayotining
barcha jabhalariga, ayniqsa, yosh avlodning ongiga, turmush tarziga va qadriyatlariga
bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalari rivoji, transport va
kommunikatsiya sohalarining takomillashuvi tufayli dunyo tobora “kichik qishloq”ga
aylanmoqda. Bu jarayonda yoshlarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular globallashuvning
eng faol ishtirokchilari va ayni paytda ta’siriga eng ochiq qatlam hisoblanadi.
Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko’plab ta’rif
berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80 yillari boshlarida iqtisodiy
sohada sodir bo’lgan o’zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida Amerikalik olim
T.Levittning 1983-yildagi “Garvard beznes revyu” jurnalida e’lonqilinga maqolasida
qo’llanilgan edi.
Globallashuv yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochdi. Birinchi
navbatda, ta’lim sohasida global tarmoq orqali istalgan oliy o‘quv yurti yoki onlayn
platforma orqali bilim olish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda O‘zbekistondagi
ko‘plab yoshlar "Coursera", "edX", "Udemy" kabi xalqaro kurslar orqali IT, til
o‘rganish, biznes, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda zamonaviy bilimlarni egallab,
ularni hayotga tadbiq etmoqda va bu orqali o’zlarining shaxsiy kareyralarini
rivojlantirib jamiyatga hissa qo’sha oladigan inson bo’lib yetishmoqda.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda globallashuv turli-tuman qarashlar asosida, deyarli
barcha ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liq ravishda talqin etilayotgan muammolardan
biriga aylandi. Shunday bo‘lsa-da, murakkab va serqirra xarakterga ega ushbu
fenomenning mohiyati xususida yaxlit ilmiy yondashuv, nuqtayi nazar shakllangan
emas. “Global” fransuzcha “global” degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, “umumga
oid”, “umumga taalluqli”, “umum bilan bog‘liq” ma’nolarini anglatadi. Etimologik
nuqtayi nazardan “global” so‘zi lotincha “globus” ya’ni “shar” so‘zidan kelib
chiqqan. Globus deganda yer shari nazarda tutiladi. Mazkur yondashuvni ilk bor
Aristotel qo‘llagan. Zamonaviy dunyoda jamiyatlar rivojlanishini globallashuv
jarayonlarining insonlar tafakkuri, ma'naviyati va ijtimoiy xulq-atvoriga ta'sirisiz
tasavvur qilish qiyin. Insoniyatning kelajak taraqqiyoti globallashuv sharoitida
shaxsning
ijtimoiy
ongi,
maqsadlari,
qadriyatlari,
hayotiy
tushunchalari,
dunyoqarashi va jamiyat bilan munosabatlaridagi o'zgarishlarga bog'liq. Shu bois,
ijtimoiy va gumanitar fanlar globallashuvning jamiyat hayotining nafaqat iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy, balki madaniy hamda mafkuraviy jabhalariga ta'sirini o'rganishga
alohida e'tibor qaratmoqda. Bu jarayonlar insonning fikrlash tarzi va qadriyatlar
tizimiga chuqur ta'sir ko'rsatib, jamiyat rivojlanishining yangi yo'nalishlarini
belgilamoqda.
Bundan
tashqari,
globallashuv
ijtimoiy
tarmoqlar
orqali
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
156
madaniyatlararo muloqotni kuchaytirdi. Turli mamlakatlarda yashovchi yoshlar bir-
biri bilan fikr almashmoqda, o‘zaro do‘stlashmoqda. Bu esa ularning dunyoqarashini
kengaytiradi, toleranslikni (bag‘rikenglikni) oshiradi.
Shuningdek, mehnat bozorida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Masofaviy ish,
frilans xizmatlar va onlayn platformalar orqali yoshlar o‘z salohiyatini xalqaro
miqyosda namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu, ayniqsa, chekka
hududlardagi yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda globallashuv
sababli har bir iqtidor qayerda bo’lishidan qat’iy nazar o’zi uchun munosib va qulay
bo’lgan ishda ishlamoqdalar.
Xuddi tanganing ikkinchi tomoni bo’lganidek globallashuvda ham salbiy
oqibatlari bor shuningdek, balki muayyan xavflarni ham olib kelmoqda. Eng katta
tahdid — milliy o‘zlikni yo‘qotish xavfi. G‘arb madaniyatining haddan tashqari
targ‘ib etilishi natijasida ayrim yoshlar o‘z milliy qadriyatlariga, urf-odatlariga befarq
bo‘lib qolmoqda. Albatta bu e’tiborga olinishi kerak bo’lgan eng muhim jihatlardan
biri deb ayta olaman , chunki har bir davlat o’zining tili , milliyligi va o’z urf odatiga
ega bo’lganligi uchun bir davlat bo’lib shakillana oladi . Agar yoshlar o’zligini unitib
globallashuvning yomon oqimlari tomon tobora harakatlanaversa bu oxir-oqibat shu
millatning yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Modaga ergashish, xorijiy filmlar va
musiqa ta’sirida o‘zining tiliga, kiyinishiga, hatto dunyoqarashiga ham begonalashish
holatlari uchramoqda.
Shuningdek, axborot ifloslanishi — ya’ni Internet orqali yoshlar ongiga zararli,
buzg‘unchi g‘oyalar kirib kelmoqda. Noto‘g‘ri ma’lumotlar, zo‘ravonlikni targ‘ib
qiluvchi kontentlar, virtual hayot bilan real hayotni farqlay olmaslik kabi muammolar
yoshlarning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yana bir salbiy jihat — ijtimoiy bosim va ruhiy tushkunlik. Ijtimoiy tarmoqlarda
doimiy “ideal hayot” aks ettirilgani sababli, ko‘plab yoshlar o‘z hayotidan norozi
bo‘lib, o‘zini boshqalar bilan solishtirishga moyil bo‘lib qolmoqda. Bu esa ularni
o‘ziga ishonchsizlik, stress, hatto depressiyaga olib kelishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2021- yil 26- iyundagi
matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida “Bugun avlodlar, ijodiy
maktablar, an’analar, tushuncha va tasavvurlar yangilanmoqda . Internet zamoni o’z
talab va qoidalarini ilgari surmoqda. Ana shunday murakkab o’tish davrida milliy
jurnalistikamiz ilgari kuzatilmagan turli sinov va qiyinchiliklarga xam duch
kelayotganini e’tirof etish va ularni birgalikda bartaraf qilish haqida o’ylashimiz
lozim” degan fikrlari orqali zamonaviy mediamakondagi xozirgi vaziyatga baxo
beradi. Yangi O’zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish hamda xayotning
barcha sohasini liberallashtirish , davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi va shaffofligi , so’z erkinligini ta’minlash , raqamli
iqtisodiyotni joriy etishda alohida e’tibor qaratilmoqda. Medianing o’sib kelayotgan
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
157
yosh avlod ongi va tafakkuriga ko’rsatayotgan kuchli ta’sirini hamda yuqorida
keltirilgan faktlar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, ta’lim turlari fanlar kesimida
ilmiy-amaliy izlanishlarni yo’lga qo’yish davr talabidir.
Globallashuv — bu zamonaviy dunyoning ajralmas qismi. U hayotimizga yangi
imkoniyatlar, ilg‘or g‘oyalar va rivojlanish uchun sharoit olib keldi. Ammo bu
jarayonni ongli va mas’uliyat bilan qabul qilish lozim. Yoshlarimiz chet el
madaniyatlaridan foydali jihatlarni olgan holda, o‘z milliy qadriyatlarini, urf-
odatlarini, ona tilini asrab-avaylashi zarur. Chunki globallashuv sharoitida o‘zligini
yo‘qotmagan yoshgina chinakam zamonaviy va kuchli yosh sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qay’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz- Toshkent;”O’zbekiston”NMIU,461-462 bet .
2.
Xajiyeva.M.S “Globallashuv asoslari” darslik Toshkent 2020
3.
Гринин Л.Е. Глобализация и национальный суверенитет./История и
соврременность. -М.: №1. 2005
4.
Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social
place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries
Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.
5.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
6.
Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora
Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.
7.
Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of
Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.
8.
Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.
"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
9.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
10.
Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF
ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.
11.
Azamova
S.
EKOLOGIK
TA’LIM
VA
TARBIYANING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
