International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
187
О’ZBЕKISTОNNING GЕRMАNIYА DАVLАTI BILАN HАMKОRLIK
АLОQАLАRI 2017-2024-YILLАR
Yusupov Axrorjon Qurbonovich
Qo‘qon davlat Universiteti tarix kafedrasi v.b.dotsenti
Latifxodjaev Murodxon
Qo‘qon davlat Universiteti 03/21 talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining
mustaqillikdan so’ng iqtisodiy,siyosiy,savdo va madaniy gumanitar aloqalari buguni
rivoji xaqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
O'zbekiston, Germaniya, tashrif, Shavkat Mirziyoyev ,Olof Shols,
diplomatik, munosabatlar.
O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining buguni rivoji o'zaro hurmat va
manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklikni yana-da muvaffaqiyatli
rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Oʻzbekiston Milliy universiteti va
Samarqand universitetining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen
shaharlaridagi universitetlar bilan hamkorligi samarali rivojlanayotir. Oʻzbekiston
Respublikasida nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kishi yashaydi.
17
2021-yil
mart oyida Oʻzbekiston prezidenti va Germaniya kansleri oʻrtasida videokonferensiya
shaklidagi muloqot boʻlib oʻtdi.
18
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2019-yil 20-22 yanvar kunlari Germaniyaga bo'lib o'tgan birinchi rasmiy tashrifi,
shuningdek, Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning o'sha yili
27-29 may kunlari O'zbekistonga javob tashrifi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga
kuchli turtki berdi.
19
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 28-30-
sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Germaniyada bo'ldi. Jahon iqtisodiyotining turli
sohalari va jabhalarida yetakchi o'rinlarni egallagan dunyoning yetakchi davlatlaridan
biri - Germaniya O'zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamda ishonchli savdo-
iqtisodiy hamkori hisoblanadi.O'zbekistonning har tomonlama modernizatsiya
qilinishi Germaniya ishbilarmon doiralarining iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi
hamkorlikni kengaytirishga qiziqishi ortishiga xizmat qilayapti.Bugungi kunda
mamlakatimizda nemis sarmoyasi ishtirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat
ko'rsatmoqda. O'zbekiston bozorida Germaniyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari –
«Deutsche Kabel», "Knauf", "Claas", "Papenburg" va «Falk Porsche» muhim o'ringa
ega. "Siemens", "BASF", «Thyssen Group», «Roland Berger», «Adidas Group» kabi
17
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
18
„https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_Germaniya_munosabatlari
19
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_Germaniya_munosabatlari
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
188
o'z sohalaridagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan. «Deutsche
Bank», "Sparkassenstiftung", "Commerzbank" va "Landesbank Baden-Württenberg"
bilan moliyaviy sohadagi aloqalar rivojlanib bormoqda.Mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro
tovar ayirboshlash hajmi so'nggi besh yil ichida 1,5 barobardan ortiq, 2018-yildagi
771,9 million dollardan 2022-yilda 1 milliard 150 million AQSH dollarga oshdi. Va
bu o'sish tendensiyasi davom etmoqda. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida tomonlar
salkam 610 million dollarlik savdo ayirboshlashni amalga oshirdi.2015-yilda tashkil
etilgan Germaniya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi (GO'IK) savdo-iqtisodiy va
sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga katta hissa qo'shmoqda. Kengash o'ziga xos
xususiyatga ega, chunki u O'zbekistondagi yagona G2B platformasi hisoblanadi.
GO'IK o'z faoliyati davomida Germaniya ishbilarmon doiralari va O'zbekiston
hukumati o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqot uchun eng muhim
platformaga aylandi.Savdo va sarmoya bo'yicha hukumatlararo ishchi guruhi ham
savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga har tomonlama yordam
bermoqda.Davlatimiz rahbarining may oyidagi Germaniyaga tashrifi chog'ida bo'lib
o'tgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ortiq
bo'lgan
savdo
shartnomalari
hamda
sarmoyaviy-
texnologik
bitimlar
imzolandi.2024yilning sentyabr oyida Germaniya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi
tarkibiga Savdo-sanoat palatasi a'zolari, shuningdek, «Falk Porsche Technik GmbH»,
«Kabel AG» (DKG), «Schneider Group», «DB Engineering & Consulting GmbH»,
«GP Günter Papenburg AG» va boshqa kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari
O'zbekistonga tashrif buyurib, vazirlik va idoralarda samarali muzokaralar o'tkazdi.
Mamlakatimiz korxonalari va tadbirkorlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Germaniya ishbilarmonlar missiyasining ushbu tashrifi ikki davlatning savdo-
iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishdan o'zaro
manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.Germaniyada ikki tomonlama munosabatlar
faollashgani fonida O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik
salohiyatiga qiziqish ham ortib borayotir. 2023 yil may oyida Prezident Shavkat
Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi doirasida davlatimiz rahbari germaniyalik
hamkasbi bilan birgalikda Berlindagi Jeyms Simon galereyasida tashkil etilgan
«O'zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar
davrigacha» ko'rgazmasining ochilishida ishtirok etdi. Ko'rgazma 2024-yil 14-
yanvarga qadar davom etadi va uning faoliyati davomida Germaniya jamoatchiligi
hamda mamlakat mehmonlarini o'zbek xalqining boy tarixi, betakror madaniyati va
an'analari bilan tanishtiruvchi turli madaniy tadbirlar o'tkazilmoqda. Ko'rgazmadan
O'zbekistondagi 9 ta muzey kolleksiyasidan 285 ta tarixiy ashyolar namoyish
etilyapti.O'z navbatida, O'zbekistonda ham Germaniya, uning madaniyati, tili, ta'lim
va biznes imkoniyatlariga qiziqish ortib bormoqda.Bugungi kunda O'zbekistonda
qariyb 300 ming maktab o'quvchilari Gyote, Shiller va Kant tilini o'rganmoqda. 24 ta
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
189
maktabda nemis tili chuqurlashtirilgan tarzda o'rgatilyapti. Ulardan 6 tasi, ya'ni
Toshkent, Samarqand, Marg'ilon, Farg'ona, Andijon va Buxoro shaharlaridagi
maktablar nemis tili diplomini berish huquqiga ega. Shuningdek, 4000 dan ortiq
o'zbekistonlik aspirant va doktorantlar Germaniyaning turli universitetlarida tahsil
olmoqda.Hozirgi kunda O'zbekistonda Gyote instituti, Germaniya Xalq universitetlari
assotsiatsiyasining Xalqaro hamkorlik instituti, Xorijdagi maktablar markaziy
boshqarmasining vakolatxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular bilan bir
qatorda yurtimizda Konrad Adenauer, Hanns-Zaydel va Friedrich Ebert
jamg'armalarining ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga
ko'maklashuvchi
vakolatxonalari
ochilgan.Hududlararo
hamkorlik
doirasida
Toshkent va Berlin, Buxoro va Bonn shaharlari o'rtasida birodarlik aloqalari
o'rnatilgan. Samarali madaniy-ma'rifiy almashinuvlar, barqaror rivojlanish loyihalari
amalga oshirilmoqda.Ta'kidlash joizki, Germaniya Orolbo'yi mintaqasi uchun
maqsadli jamg'armani qo'llab-quvvatlashga katta hissa qo'shmoqda. Jumladan, joriy
yilning mart oyida jamg'arma faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kelishuv
imzolangan bo'lib, unda Germaniya hukumati tomonidan og'ir ekologik vaziyatning
Orolbo'yi aholisiga salbiy ta'sirini kamaytirishga maqsadli yordam ko'rsatish uchun
700 ming dollar ajratish ko'zda tutilgan.Germaniyaning hissasi milliy va mahalliy
hamkorlar, BMT tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ilmiy doiralarning
sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Orolbo'yida qo'shma dasturlar va
moliyaviy ko'mak tufayli oziq-ovqat, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, sog'liqni saqlash
muammolarini hal etish imkonini berayapti.Bugungi kunda O'zbekistonda 5 mingga
yaqin etnik nemis millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Ularga o'z milliy an'analari
va
madaniyatini
asrab-avaylash
bo'yicha
barcha
sharoitlar
yaratilgan.
Mamlakatimizda nemis millatiga mansub fuqarolar nafaqat o'zbek jamiyatining
ajralmas qismi, balki ikki davlatni bog'lovchi ko'prik sifatida ham ko'riladi.Muxtasar
aytganda, O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining buguni rivoji o'zaro hurmat
va
manfaatdorlik
tamoyillariga
asoslangan
strategik
sheriklikni
yana-da
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Shubhasiz, 2023 yil
29 sentyabrda Berlinda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya
yetakchilarining oliy darajadagi birinchi sammiti o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish
va kengaytirish hamda ikki mamlakat xalqlari manfaati uchun an'anaviy o'zaro
manfaatli va do'stona O'zbekiston-Germaniya munosabatlarini mustahkamlash uchun
yangi istiqbollarni ochishga xizmat qiladi .2024 yilning 15 sentyabrda Germaniya
kansleri Olaf Sholzning Markaziy Osiyoga, Qozog'iston va O'zbekistonga tashrifi
bo’ldi. Buni kо'p qirrаli О'zbеkistоn-Gеrmаniyа munоsаbаtlаrini yаnаdа
rivоjlаntirishgа аlоhidа е'tibоringiz vа Yаngi О'zbеkistоndа аmаlgа оshirilаyоtgаn
оrtgа qаytmаs islоhоtlаrni qо'llаb-quvvаtlаshingizning dаlоlаti sifаtidа qаbul
qilаmiz, - dеdi Prеzidеnt Shаvkаt Mirziyоyеv.Dаvlаtimiz rаhbаri mеhmоnlаrni
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
190
Gеrmаniyа Fеdеrаtiv Rеspublikаsi tаshkil еtilgаnining 75 yilligi vа yаqinlаshib
kеlаyоtgаn Gеrmаniyа birligi kuni bilаn sаmimiy mubоrаkbоd еtdi.Muzоkаrаlаr
dаvоmidа kо'p qirrаli О'zbеkistоn-Gеrmаniyа munоsаbаtlаrini yаnаdа kеngаytirish
mаsаlаlаri kо'rib chiqildi.О'tgаn yili Bеrlindа о'tkаzilgаn оliy dаrаjаdаgi uchrаshuvlаr
ikki mаmlаkаt о'rtаsidаgi аmаliy hаmkоrlikni rivоjlаntirishgа jiddiy turtki bеrgаni
tа'kidlаndi.Bаrchа dаrаjаlаrdаgi аlоqаlаr fаоllаshdi. О'tgаn yili tоvаr аyirbоshlаsh
hаjmi 1 milliаrd yеvrоdаn оshdi. Gеrmаniyа biznеsi bilаn hаmkоrlik kеngаymоqdа -
yil bоshidаn buyоn mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtigа Gеrmаniyа kоmpаniyаlаrining 800
milliоn yеvrоlik invеstitsiyаlаri kiritildi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_
3. BS Kodirov, AQ Yusupov - Oriental Art and Culture, 2023 O
‘ZBEKISTONNI
RIVOJLANISHIDA
RAQAMLI
IQTISODIYOTNING
IMKONIYATLARI.
4. Kurbanovich, Yusupov Akhrorjon, and Hasanov Mukhtarjon Khahramonjon
o‘g‘li. "ETHNIC COMPOSITION OF THE BRONZE AGE POPULATION OF
UZBEKISTAN." International Scientific and Practical Conference of Students and
Young
Scientists"
Sustainable
Development:
Problems,
Analysis,
Prospects"(Poland). Vol. 3. 2023.
5. Yusupov Axrorjon Qurbonovich Философия и право YANGI O
‘ZBEKISTONDA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH VA YOSHLARNING
IJTIMОIY FAOLLLIGINI ОSHIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI 2023 98-
1016.
6. Юсупов, Ахроржон, and Баходирхан Кодирхан угли Нуманов. "Kипчаки
ферганской долины и их участие в этническом процесса." Ученый XXI века 6-2
(2016).
7. Kurbanovich, Yusupov Akhrorjon, and Hasanov Mukhtarjon Kakharamonjon
o’g’li. "DIPLOMATIC AND TRADE-ECONOMIC RELATIONS BETWEEN THE
KOKON KHAN AND RUSSIA." Multidisciplinary Journal of Science and
Technology 3.5 (2023): 183-187.
8. Kurbanovich, Yusupov Akhrorjon. "Theoretical and methodological
approaches to increase the political culture of citizens." Journal of Advanced Zoology
44.S2 (2023): 3916-3925.
9.Qurbonovich,
Yusupov
Axrorjon.
"YOSHLAR
IJTIMOIY-SIYOSIY
FAOLLIGINI
OSHIRISH
ISTIQBOLLARI."
IJTIMOIY
FANLARDA
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI 3.11 (2023): 42-46.
10 AQ Yusupov, BS Kodirov YANGI O ‘ZBEKISTONDA JAMIYATNI
DEMOKRATLASHTIRISH VA FUQAROLARNING IJTIMОIY FAOLLLIGINI
ОSHIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI Oriental Art and Culture 4 (5), 33-36
