Авторы

  • Хуршид Бердиёров
    Jizzax davlat pеdagоgika univеrsitеti

Биография автора

  • Хуршид Бердиёров , Jizzax davlat pеdagоgika univеrsitеti
    Maxsus pеdagоgika kafеdrasi о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87451

Ключевые слова:

ruhiy rivоjlanishdan orqada qolish ruhiy rivojlanishi sustlashgan infantilizm astenik hоlat dizоntоgenetika entsefalоpatiya ijtimоiy-deprivatsiоn gоspitalizm kоnstitutsiоnal sоmatоgen psixоgen serebral-оrganik.

Аннотация

Mazkur maqоlada ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga korreksion-pedagogik ta’lim berish, shu jumladan eshitib idrok qilish, diqqatni rivojlantirish, kо‘rib idrok etish, xotirani rivojlantirish, tovushlar buzilishini korreksiyalash, bо‘gin, sо‘z, sо‘z birikmalari, gaplar, tovush-bо‘g‘in strukturasi buzilishlarini korreksiyalash, tilning leksik va grammatik vositalarini takomillashtirish, bog‘lanishli nutq kо‘nikmalarini rivojlantirish haqida batafsil sо‘z yuritiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

191

RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARGA KORREKSION-

PEDAGOGIK YORDAMNI TASHKIL ETISH

Berdiyоrоv Xurshid Farxоd о‘g‘li

Jizzax davlat pеdagоgika univеrsitеti Maxsus pеdagоgika kafеdrasi о‘qituvchisi

berdiyоrоvxurshid1@gmail.cоm

Annоtatsiya:

Mazkur maqоlada ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga

korreksion-pedagogik ta’lim berish, shu jumladan eshitib idrok qilish, diqqatni
rivojlantirish, kо‘rib idrok etish, xotirani rivojlantirish, tovushlar buzilishini
korreksiyalash, bо‘gin, sо‘z, sо‘z birikmalari, gaplar, tovush-bо‘g‘in strukturasi
buzilishlarini

korreksiyalash,

tilning

leksik

va

grammatik

vositalarini

takomillashtirish, bog‘lanishli nutq kо‘nikmalarini rivojlantirish haqida batafsil sо‘z
yuritiladi.

Kalit sо‘zlar:

ruhiy rivоjlanishdan orqada qolish, ruhiy rivojlanishi sustlashgan,

infantilizm, astenik hоlat, dizоntоgenetika, entsefalоpatiya, ijtimоiy-deprivatsiоn
gоspitalizm, kоnstitutsiоnal, sоmatоgen, psixоgen, serebral-оrganik.


Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham

uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati– intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki,
xotirasi,ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda
markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi.
Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy
rivojlanishni orqada qolishi esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi.

T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova, K.S.Lebedinskaya,

N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, G‘.B.Shoumarov, N.A.Sipina, R.D.Triger boshqa
olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5, 8 foizini ana
shunday bolalar tashkil etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida
mamlakatimiz defektologlari ishlarida ham bu masalaning turli tomonlari e’tiborga
olinadi. Bunday orqada qolishning asosiy sabablariga bosh miyaning minimal,
yuzaki, yengil zararlanishi, tug‘ilish vaqtidagi, homila davrida yoki go‘dakning ilk
yoshidagi zararlanishlari kiradi. Rivojlanishning orqada qolishi, susayishi deganda,
Ruhiy rivojlanishning bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi tushuniladi. Bunday
nomutanosiblik o‘z vaqtida tashkil etilgan, mos keluvchi adekvat yordam natijasida
bartaraf etilishi mumkin. Bunday hol bolalarda maktab ta’limiga tayyorlik
darajasining shakllanmaganligida ko‘riladi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar oliy nerv faoliyatlarining yuqorida aytib

o‘tilgan barcha xususiyatlari neyrodinamikaning yaxshi rivojlanmaganligidan darak


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

192

beradi. Bunday holat normal bolalarda ilk yoshlarida yoki bog‘cha yoshlariga to‘g‘ri
keladi.

Klinik kuzatishlar va Ruhiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, ruhiy rivojlanishi

sustlashgan bolalarda iroda-hissiyot sohasi yetarli rivojlanmagan ekan. Ba’zi olimlar
bunday rivojlanmaganlik ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy belgisidir
degan fikrni bildiradilar. Shu bilan birga, ular ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda
intellekt saqlanganligini ta’kidlaydilar.

Rivojlanishdagi orqada qolish o‘z navbatida aqliy funksiyalar (jarayon, malaka,

ko‘nikmalar) ning ham kechikib shakllanishiga sabab bo‘ladi. “Birlamchi intellekt
saqlangan” deganda, bevosita aqli zaiflarga nisbatan, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar diagnostik metodikalarni bajarish vaqtlaridagi yaxshi natijalar ko‘rsatishlari
nazarda tutiladi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bunday yaxshi natijalarga
erishilari, ularda aqli zaif bolalarga nisbatan, ma’lum darajada bilimlar borligidan
darak beradi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni Ruhiy-pedagogik diagnostika qilish,

faqatgina rivojlanishida orqada qolayotganlikni aniqlash emas, balki uning
xususiyatlarini ham ochib beradi. Yuqorida aytib o‘tilgandek ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar Ruhiy jarayonlarining asosiy xususiyatlaridan biri getrogenlik
(holatlarning har xilligi) va getroxronligi (holatlarning har xil vaqtda yuzaga kelishi)
dir.

Korreksion rivojlantirish, to‘g‘irlash ta’limi jarayonida bola taraqqiyotidagi

notekislikni, uning tuzilishi aniqlash, har bir bola bilan individual ish dasturi tuzishga
yordam beradi. Shuning uchun diagnostika vaqtida bolalar bilimlaridagi asosiy
kamchiliklarni aniqlab qolmasdan, balki ulardagi aqliy jarayonlardan foydalana olish,
o‘quvchanlik darajalarini ham aniqlash va e’tiborga olish kerak.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki

guruhga bo‘linadi:

Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1- 3 yil ta’lim- tarbiya

olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning tegishli sinfida davom ettirishi
mumkin.

Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular maktabni

bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini
sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi va a’lo
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga to‘sqinlik qiladi.

Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli Ruhiy rivojlanishi

sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi, bu narsa ularning
hulq-atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kelishiiga sabab bo‘ladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

193

Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunaeva va boshqalar ruhan

sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi hillarga bo‘lishni tavsiya
etadilar:

1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli.
Ruhan sust rivojlanganlikning

konstitutsional

shaklini harakterlovchi belgilarga

quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1- 2
yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish
uchun hali “etilmagan” bo‘ladi.Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib
ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past. Mas’uliyatsizlik,
motivlarning sustligi, Ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi
rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan
o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi
konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga
sabab bo‘ladi.

Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida

qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo‘lishi
mumkin.

Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida

bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z navbatida Ruhiy jihatdan
rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning
somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat
tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi.

Ruhiy rivojlanishning

somatogen

sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya

holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni
bola o‘sib-unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga
o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik,
qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning

psixogen

shaklida bola erta yoshligidan noqulay,

noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan
rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish
sabablarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:

Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z holiga tashlab

qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning
rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati,his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga
o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham
qo‘shiladi.

Bolani har tomonlama erkalatish,etarli mustaqil faoliyatga o‘rgatmaslik,

tashabbuskorlik, mas’uliyat xissini shakllantirmaslik bolani «oila erkasi» qilib


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

194

o‘stirish,haddan tashqari uning ko‘ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola Ruhiy
rivojlanishida bir qadar orqada qolishi mumkin.

Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, qattiq qo‘llik

qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovvuzkorona munosabatlari bolani
mudom asabiylashtirib, ruhan rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday
bolalarda qo‘pollik, jur’atsizlik,tashabbussizlik, mustaqilsizlik,qo‘rqoqlik va boshqa
hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aqil-idrok bilish faoliyatiga

aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘lgan hislatlar
ham qo‘shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik
hislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata
olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib, ular noto‘g‘ri
tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar.
Xolbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri
rivojlanishi markaziy nerv sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan
bog‘liq.

Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan psixogen

shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga aloqador o‘zgarishlar
kuzatiladi.Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga kura bunday bolalarning 50
foizida nerv sistemasida organik nuqsonlar bo‘ladi.Bu narsa ularning his-tuyg‘u,
irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon
bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo‘lishi mumkin:

Kayfi-ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar, ularda o‘zlaridan yosh

bolalarga xos hislatlar saqlangan bo‘ladi.

Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib mayus tortib yuradigan bolalar, ularda vazifani

mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi.

Serebral-endokrin infantilizm.

Bunda asosan ichki sekresiya bezlari faoliyati

buzilgan bo‘ladi.Natijada bolalarda his-tuyg‘ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya
holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dislepsiya
holatlariga moyillik paydo bo‘ladi.

Serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi

tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati
susayib, xotira pasayadi, diqqati tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda
yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda xaddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik kuzatiladi, bola ish
qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi.

Tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yakkalikdan qo‘rqish, o‘zi

va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavfsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez, kabi
hodisalar bilan birga ifodalanadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

195

Psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik – asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi.

Serharakatlik, diqqatning tarqoqligi,tez chalg‘ish bunga harakterlidir.

Affektiv o‘zgarishlar – kayfu-Ruhiyatning aytarli sababsiz aynib turishi,

tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan harakterlanadi.

Psixopatik o‘zgarishlar – aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, o‘qishga salbiy

munosabatda bo‘lish, o‘g‘rilikqilish(kleptomaniya), ko‘proq yolg‘on gapirish kabi
salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi.

Epileptik buzilishlar – har xil ko‘rinishlarda tutqanoq tutib turishi bilan

namoyon bo‘ladi.

Apatik-adinamik buzilishlar – tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyat sustligi,

xaddan tashqari emotsional bo‘shanglik bilan harakterlanadi.

Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit,

meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo‘lib hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat

o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa,bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy
maktab dasturini o‘zlashtira oladilar.

Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti

bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir.Sanatoriyada bola
kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo
bo‘lganda, u o‘quv mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq
boshqa vazifalar beriladi.Sanatoriyda davolanib kelgandan so‘ng bola o‘qishni o‘z
maktabida davom ettiraveradi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun ta’lim umumta’lim bog‘cha yoki

maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan davolovchi maxsus
tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati,
ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga
qaratilgan bo‘lib,bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi,
tegishli yordam tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar gigienasi instituti

xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o‘tkazgan ilmiy
tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘zlashtirish
jihatidan olganda sog‘lom va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o‘rtasida oraliq
o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida yengil darajadagi aqli zaif va Ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlarni berib ko‘radilar, shunda
normal sog‘lom bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda
bajargan bo‘lsalar, yengil darajadagi aqli zaif bolalar vazifani tushunmay, bajara
olmaydilar, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman
tushunib, qisman bajarishadi. Demak, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqli zaif,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

196

debil bolalarga nisbatan ancha yaxshi tushunadi va bularni bajarish uchun ularda
kerakli imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning
o‘zlashtirish qobiliyati sog‘lom tengqurlariga nisbatan past bo‘lsa-da, yengil
darajadagi aqli zaif bolalarnikidan ancha durust bo‘lganligi uchun bunday bolalarni
yordamchi maktabga yuborish noto‘g‘ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun
soddalik qiladi. Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratib
(maxsus sinf-tenglashtiruvchi sinf ochib) o‘z dasturini o‘lashtirishini ta’minlash
uchun maxsus yordam ko‘rsatishi lozim.

Ruhiy rivojlanishning susayishi muammosi bizda dastlab 1960 yillar oxiri va

1970 yil boshlarida o‘rganila boshlandi. 1979 yillargacha bunday bolalar Ruhiy
rivojlanishining susayishi vaqtinchalik, o‘tib ketadigan holat deb hisoblangan. Bir
qator tekshirishlar (M.S.Pevzner, K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy) Ruhiy
rivojlanishining susayishi nisbatan turg‘un xarakter kasb etishni ko‘rsatdi.

K.S.Lebedinskayaning 1980 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy maktab

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5,8 % ni Ruhiy rivojlanishi susaygan bolalar
tashkil etgan.

Bizga ma’lumki, maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun asosiy faoliyat o‘qish va

o‘yindir.

O‘qish faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, doimo o‘zining yomon

o‘zlashtirishini anglashi natijasida, ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning
shaxsi va xulq-atvorida salbiy hislatlar shakllana boshlaydi, bu esa ta’lim-tarbiya
jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘quvchilar o‘zlarining Ruhiy, jismoniy
xususiyatlariga ko‘ra, ommaviy maktab barnomasini ( programmasi), ommaviy
maktab sharoitida yetarlicha o‘zlashtira olmaydilar.

Barnoma materiallarini to‘liq egallamasdan, ko‘r-ko‘rona ravishda sinfdan-

sinfga ko‘sirish natijasida, ularning aqliy darajasi o‘rtasidagi tafovut ortib boradi. Bu
toifadagi bolalarga nisbatan e’tiborning kuchaytirish maktablardagi o‘zlashtirmaslik
masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan bir vaqtda, ular bolalarning
ayrimlari o‘qishni xohlamasliklarini, ayrimlari xohish bo‘lsada, turli nuqsonlari
borligi oqibatida barnoma materiallarini yetarli egallay olmasliklarini hisobga ham
olishmagan. Buning uchun jamiyat hamma sharoitlarni yaratgan.

Ammo, yuqorida qayd qilib o‘tilgan qiyinchilik, sabablar bilan o‘zlashtirmovchi

o‘quvchilarning bir qismini belgilash mumkin. Qolgan qismini esa ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar tashkil etadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Психокоррекционная и развивающая работа с детьми: Учебное пособие

для студентов средних педагогических учебных заведений. – И.В.  Дубровина,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

197

А.Д.  Андреева, Е.Е.  Данилова, Т.В.  Вохмянина; под ред. И.В.  Дубровиной. 2-е
изд., стереотип. – Издательский центр «Академия», 2001. – 160 с.

2.

Блинова Л.Н. Диагностика и коррекция в образовании детей с

задержкой психического развития: Учебное пособие для студентов пед. вузов. -
М.: НЦ ЭНАС, 2002. - 134с.

3.

P. Po‘latova Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). – T.: «G‘afur

G‘ulom» nashriyoti, 2007.

4.

V.S. Raxmanova. «Defektologiya asoslari». – Т.: «VorisNashriyot» 2012.

5.

V.S. Raxmanova, D.A. Nurkeldiyeva. «Alohida yordamga muhtoj bolalar

reabilitatsiyasi». – T.: «Navro‘z», 2014.

Библиографические ссылки

Психокоррекционная и развивающая работа с детьми: Учебное пособие для студентов средних педагогических учебных заведений. – И.В. Дубровина, А.Д. Андреева, Е.Е. Данилова, Т.В. Вохмянина; под ред. И.В. Дубровиной. 2-е изд., стереотип. – Издательский центр «Академия», 2001. – 160 с.

Блинова Л.Н. Диагностика и коррекция в образовании детей с задержкой психического развития: Учебное пособие для студентов пед. вузов. - М.: НЦ ЭНАС, 2002. - 134с.

P. Po‘latova Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). – T.: «G‘afur G‘ulom» nashriyoti, 2007.

V.S. Raxmanova. «Defektologiya asoslari». – Т.: «VorisNashriyot» 2012.

V.S. Raxmanova, D.A. Nurkeldiyeva. «Alohida yordamga muhtoj bolalar reabilitatsiyasi». – T.: «Navro‘z», 2014.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)