Авторы

  • Гуломжон Бокиев
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
  • Дилфо'за Хо'жамшукурова
    Pedagogika Mutaxassisligi

Биографии авторов

  • Гуломжон Бокиев , Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
    “Pedagogika va o‘qitish metodikasi” kafedrasi v.b.professori
  • Дилфо'за Хо'жамшукурова , Pedagogika Mutaxassisligi
    1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87473

Аннотация

Ushbu maqolada talabalar bilimini baholash jarayonida zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarni qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslari o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishda baholash tizimining roli, shuningdek, raqamli texnologiyalarga asoslangan baholash vositalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada innovatsion yondashuvlar, masofaviy o‘qitish sharoitida interaktiv platformalardan foydalanish, test va reyting tizimlarining afzalliklari yoritilgan. Shu bilan birga, baholash mezonlarini takomillashtirishga oid nazariy yondashuvlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari, talabalar bilimini adolatli, aniq va tizimli baholashni ta'minlashda zamonaviy vositalarning ilmiy asoslangan holda tatbiq etilishi ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

225

TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY O‘QUV-

DIDAKTIK VOSITALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-

NAZARIY ASOSLARI

Boqiyev G‘ulomjon Ochilovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Pedagogika va

o‘qitish metodikasi” kafedrasi v.b.professori

Dilfo'za Xo'jamshukurova Qaxxor qizi

Pedagogika Mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada talabalar bilimini baholash jarayonida

zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarni qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslari o‘rganiladi.
Ta’lim sifatini oshirishda baholash tizimining roli, shuningdek, raqamli
texnologiyalarga asoslangan baholash vositalarining samaradorligi tahlil qilinadi.
Maqolada innovatsion yondashuvlar, masofaviy o‘qitish sharoitida interaktiv
platformalardan foydalanish, test va reyting tizimlarining afzalliklari yoritilgan. Shu
bilan birga, baholash mezonlarini takomillashtirishga oid nazariy yondashuvlar
asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari, talabalar bilimini
adolatli, aniq va tizimli baholashni ta'minlashda zamonaviy vositalarning ilmiy
asoslangan holda tatbiq etilishi ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qilishini
ko‘rsatadi.

This article explores the scientific and theoretical foundations for improving

modern educational-didactic tools used in assessing students' knowledge. It analyzes
the role of the assessment system in enhancing education quality and evaluates the
effectiveness of digital, technology-based assessment tools. The study highlights
innovative approaches, the use of interactive platforms in distance learning, and the
advantages of test and rating systems. The article also proposes practical
recommendations based on theoretical approaches to refining assessment criteria. The
research findings demonstrate that the scientifically grounded implementation of
modern tools ensures fair, accurate, and systematic evaluation of students'
knowledge, thereby contributing to the overall improvement of the educational
process.

В данной статье рассматриваются научно-теоретические основы

совершенствования современных учебно-дидактических средств в процессе
оценки знаний студентов. Анализируется роль системы оценки в повышении
качества образования, а также эффективность использования цифровых и
технологичных инструментов. Особое внимание уделено инновационным
подходам,

использованию

интерактивных

платформ

в

условиях

дистанционного обучения и преимуществам тестовых и рейтинговых систем.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

226

Также

предлагаются

практические

рекомендации,

основанные

на

теоретических подходах к усовершенствованию критериев оценки. Результаты
исследования показывают, что научно обоснованное внедрение современных
средств обеспечивает справедливую, точную и системную оценку знаний
студентов, способствуя повышению качества образовательного процесса


Talabalar bilimini baholash, zamonaviy o‘quv-didaktik vositalar, ta’lim sifati,

raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, interaktiv platformalar, test va reyting tizimi,
formativ baholash, pedagogik muammo, baholash mezonlari, Learning Management
System (LMS), elektron portfoliolar, gamifikatsiya, adaptiv baholash tizimi, o‘zini
o‘zi baholash, tashxislash vositalari, differensial yondashuv, ta’limda innovatsiyalar,
metodik qo‘llanmalar, xalqaro tajriba.

Talabalar bilimini baholashning zamonaviy vositalarini takomillashtirish yo‘llari

pedagogik muammo sifatida.

Bugungi kunda pedagogik oldida turgan dolzarb muammolardan biri, talabalar

bilimini baholashning o‘quv-didaktik vositalarini takomillashtirish yo‘llarining
nazariy asoslari va uning samarali tomonlarini o‘rganishdan iborat. Mavzu doirasi
ilmiy ma’lumotlarni yetarli deb hisoblab bo‘lmaydi. Muvzu doirasida fikrlarimizni
bayon qilishdan oldin, talabalar bilimini baholashning didaktik vositalarini
takomillashtirishning nazariy asoslarini o‘rganish lozim. Shu bilan bir qatorda
uzluksiz ta’lim jarayonida shakllanayotgan va rivojlanayotgan shaxs faoliyati, bilim,
ko‘nikma, malakalari, jamiyat hayotiga moslashtirish darajasini baxolashda
zamonaviy o‘quv didaktik vositalardan foydalangan holda bilimlarini baholash
lozimligini asoslash kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyotevning 2018-yil 5-iyundagi

PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi,
zamonaviy baholash tizimlarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Talabalar bilimini baholashning zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarini

takomillashtirish yo ‘llari nomli mavzu aynan shunday muammolarni o ‘rganish,
xulasalar va tavsiyalar berishga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalarning amaliy faoliyatini
tahlil qilganimizda ham bu holatga e’tibor qaratilmaganligining guvohi bo‘ldik.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, talabalar bilimini baholashning o‘quv-didaktik vositalarini
takomillashtirish yo‘llari mavzusi juda dolzarb.

Talabalar bilimini baholashda zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarini

takomillashning yo‘llari bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

227

muvofiqdir. Chunki talabalar bilimini baholashning zamonaviy o‘quv-didaktik
vositalarni ijtimoiy xayotga tadbiq etishning qulay pedagogik imkoniyatlari mavjud.

Talabalar bilimini baholashda zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarini

takomillash yo‘llari bilan bog‘liq muammolarning ayrim jihatlari R.Safarova,
B.Adizov, O.Rozikov, R.Ibragimov, H. Nazarova, V.V.Davidov, L.V.Zankov,
N.F.Talizina, D.B.Elkonin kabilar pedagog olimlarning ishlarida ta’lim mazmunini
o‘zgartirish, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish hamda talabalar bilimini
baholashning ayrim jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, bir qator ta’lim texnologiyalari
bilan shug‘ullangan mutaxassislar L.V.Zankov, D.B.Elkonin, N.M.Ochilova,
U.Tolipov singari mutaxasis olimlar talabalar bilimini baholash va tashxislash
masalalarini o‘rganishgan.

Boshqa bir guruh olimlarning yaratgan talabalarning faoliyatini baxolashning

didaktik vositalariga bag‘ishlangan adabiyotlari taxlili shuni ko‘rsatyaptiki, baxolash
ko‘nikmalarini yaxlit bir jarayonning o‘zaro uzviy bog‘langan ikki qismi ekanligi
ko‘rsatmoqda. Ba’zi bir tadqiqotlarda baholash jarayonida o‘quv didaktik vositalari
haqida fikr mulohazalar berilgan.

Manbalar taxlili shuni ko‘rsatdiki, birorta ilmiy tadqiqot ishida baholashning

o‘quv-didaktik vositalarini takomillashtirish hodisa sifatida o‘rganilmagan.

Talabalar bilimini baholashning zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarini

takomillashtirish yo‘llari: pedagogik muammo sifatida.

Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri —

talabalar bilimini aniq, tizimli va zamon talablariga javob beradigan tarzda
baholashdir

. Baholashning sifati nafaqat o‘quv dasturlarining samaradorligini, balki

bitiruvchilarning amaliy faoliyatga tayyorlik darajasini ham belgilaydi. Bugungi
kunda o‘quv-didaktik vositalarning yangilanishi, ularni raqamli texnologiyalar bilan
uyg‘unlashtirish dolzarb muammo sifatida qaralmoqda.

1. Pedagogik muammo sifatida baholash vositalarining takomillashuvi
Talabalar bilimini baholashda qo‘llanilayotgan an’anaviy usullar ko‘plab

kamchiliklarga ega: ular statik, shaxsga yo‘naltirilmagan va ko‘pincha subyektiv
talqinga asoslanadi. Zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarning ahamiyati shundaki,
ular real vaqt rejimida natijalarni aks ettirish, differensial yondashuv asosida baholash
imkonini beradi. Shuningdek, ularning interaktivlik darajasi yuqori, bu esa talabaning
o‘quv jarayonidagi ishtirokini faollashtiradi.

2. Ilg‘or xorijiy tajribalar va ularning tatbiqiy imkoniyatlari
Finlyandiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning ta’lim tizimida

baholash vositalari faqat natijani emas, balki o‘quv jarayonining o‘zini baholashga
qaratilgan. Bu yondashuv formative (shakllantiruvchi) baholash deb nomlanib,
o‘quvchining o‘zini o‘zi baholash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

228

O‘zbekistonda bu kabi metodikalarni bosqichma-bosqich joriy qilish uchun metodik
qo‘llanmalar, elektron platformalar va didaktik resurslar bazasini yaratish zarur.

3. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari
Zamonaviy baholash vositalari orasida Learning Management System (LMS),

gamifikatsiya elementlari asosida tuzilgan test tizimlari, adaptiv baholash tizimlari,
AI yordamida avtomatlashtirilgan tahlil vositalari alohida o‘rin tutadi. Masalan,
sun’iy intellekt yordamida yozma ishlarni avtomatik tahlil qilish, talabaning
o‘zlashtirishdagi regressiya nuqtalarini aniqlash imkoniyati mavjud.

4. Ilmiy-tadqiqotlar tahlili va mavjud nomutanosibliklar
Amaldagi tadqiqotlar ko‘proq nazariy yondashuvlarga asoslangan bo‘lib,

zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashgan baholash vositalari hali yetarlicha
o‘rganilmagan. Aynan shu jihat ushbu maqolaning dolzarbligini belgilaydi.
Ma’lumki, hozirgi paytda ta’limda sifatli o‘zgarishlar qilish uchun faqat nazariy bilim
emas, balki amaliy metodlar, ularni baholash va takomillashtirish tizimi ham muhim
hisoblanadi.

5. Pedagogik yechimlar va tavsiyalar
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy baholash tizimini rivojlantirish

maqsadga muvofiq:

Elektron portfoliolar orqali talabaning rivojlanish dinamikasini kuzatish;
Diagnostik testlar va real vaqtli tahlil platformalarini joriy etish;
Fanlar kesimida individual yondashuv asosida baholash metodikasini ishlab

chiqish;

O‘qituvchilarni zamonaviy baholash vositalaridan foydalanish bo‘yicha

muntazam malaka oshirish.

Talabalar bilimini baholashda zamonaviy o‘quv-didaktik vositalarni

takomillashtirish nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki talabalarni faol fikrlashga, o‘z
ustida ishlashga undaydi. Bu esa ularni zamonaviy jamiyat talablariga mos keladigan
raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantiradi. Mazkur yo‘nalishda chuqur ilmiy-
tadqiqotlar olib borish, milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish pedagogika
fanining dolzarb vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. (2018). PQ-3775-sonli

qaror – "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida". TDIU nashriyoti.

2. Safarova, R. (2020). Ta’limda baholashning innovatsion metodlari. Toshkent:

O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

229

3. Adizov, B. (2019). Didaktika: nazariya va amaliyot. Toshkent: TDPU

nashriyoti.

4. Zankov, L.V. (1990). Obuchenie i razvitie. Moskva: Pedagogika.
5. Talizina, N.F. (1984). Upravlenie protsessom usvoeniya znaniy. Moskva:

Pedagogika.

6. Elkonin, D.B. (1971). Psikhologiya obucheniya mladshego shkolnika.

Moskva: Znanie.

7. Ochilova, N.M. (2022). Raqamli ta’lim texnologiyalari asosida talabalar

bilimini baholash metodikasi. Toshkent: Innovatsion ta’lim markazi.

8. Tolipov, U. & Usmonboeva, M. (2006). Pedagogik texnologiya va pedagogik

mahorat. Toshkent: Fan va texnologiya.


Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. (2018). PQ-3775-sonli qaror – "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida". TDIU nashriyoti.

Safarova, R. (2020). Ta’limda baholashning innovatsion metodlari. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.

Adizov, B. (2019). Didaktika: nazariya va amaliyot. Toshkent: TDPU nashriyoti.

Zankov, L.V. (1990). Obuchenie i razvitie. Moskva: Pedagogika.

Talizina, N.F. (1984). Upravlenie protsessom usvoeniya znaniy. Moskva: Pedagogika.

Elkonin, D.B. (1971). Psikhologiya obucheniya mladshego shkolnika. Moskva: Znanie.

Ochilova, N.M. (2022). Raqamli ta’lim texnologiyalari asosida talabalar bilimini baholash metodikasi. Toshkent: Innovatsion ta’lim markazi.

Tolipov, U. & Usmonboeva, M. (2006). Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiya.