Mualliflar

  • O‘g‘iljon Otajonova
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Muallif biografiyasi

  • O‘g‘iljon Otajonova , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
    Sharq filolоgiyasi fakulteti Arab tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98785

Kalit so‘zlar:

Kommunikativ lingvistika kommunikativ kompetensiya pragmatika nutq faoliyati kontekst matn tilshunsligi o‘rganish obyekti va predmeti abzats diskurs matn turlari paralingvistika paralingvistik vositalar Daktil Brayl va Morze alifbolari kognitiv tilshunoslik freym konsept.

Annotasiya

Ushba maqolada tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlarining hozirgi kunda jadal o‘sib borishi, jumladan, kommunikativ lingvistika, matn tilshunosligi, paralingvistika, kognitiv tilshunoslik hamda diskurs tahlili kabi fan sohalari tahlil qilinadi. Har bir yo‘nalishning ilmiy-nazariy asosi, o‘rganish ob’yekti hamda amaliy qo‘llanilishi yoritiladi va hozirgi kunda insonlarning zamonaviy tilshunoslikga bo‘lgan ehtiyojlari sababli bu sohalarning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda va bu jarayon esa til funksiyalarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 194 ~

TILSHUNOSLIKDAGI ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR: KOMMUNIKATIV

LINGVISTIKA. MATN TILSHUNOSLIGI. PARALINGVISTIKA.

KOGNITIV TILSHUNOSLIK

Otajonova O‘g‘iljon Alisher qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Sharq filolоgiyasi fakulteti Arab tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

alisherovnasmakhan@gmail.com


Annotatsiya:

Ushba maqolada tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlarining

hozirgi kunda jadal o‘sib borishi, jumladan, kommunikativ lingvistika, matn
tilshunosligi, paralingvistika, kognitiv tilshunoslik hamda diskurs tahlili kabi fan
sohalari tahlil qilinadi. Har bir yo‘nalishning ilmiy-nazariy asosi, o‘rganish ob’yekti
hamda amaliy qo‘llanilishi yoritiladi va hozirgi kunda insonlarning zamonaviy
tilshunoslikga bo‘lgan ehtiyojlari sababli bu sohalarning o‘rni va ahamiyati kundan-
kunga ortib bormoqda va bu jarayon esa til funksiyalarini chuqurroq anglashga
xizmat qiladi.

Kalit

so‘z

va

iboralar

:

Kommunikativ

lingvistika,

kommunikativ

kompetensiya, pragmatika, nutq faoliyati, kontekst, matn tilshunsligi, o‘rganish
obyekti va predmeti, abzats, diskurs, matn turlari, paralingvistika, paralingvistik
vositalar, Daktil, Brayl va Morze alifbolari, kognitiv tilshunoslik, freym, konsept.

Zamonaviy tilshunoslikda tilga faqat tizim emas, balki muloqot vositasi sifatida

qarash kuchaymoqda. Shu nuqtai nazardan vujudga kelgan kommunikativ lingvistika
insonlar o‘rtasidagi real muloqot, kontekst va maqsad asosida til birliklarini
o‘rganadi. Bu yondashuv tilni hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lab tahlil qilishga imkon
beradi va tilning ijtimoiy-ma’naviy rolini chuqurroq ochib beradi.

Kommunikativ lingvistika

– bu XX asr tilshunsligi tilining bevosita

harakatdagi birliklari, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan shug‘ullana boshladi.
Bunday tadqiqodlar tilshunoslikda kommunikativ pragmatik aspektda olib boriladi.
Kommunikativ tilshunoslik tilni muloqot vositasi sifatida tadqiq qiladi, tildan
foydalanishning ijtimoiy va pragmatik jihatlariga etibor beradi. Boshqa tomondan,
matn lingvistikasi matnlarning tarkibiy va tashkiliy qismlarini o‘rganadi. Ushbu
yo‘nalish doirasida kommunikativ kompetensiya, pragmatika, nutq faoliyati va
kontekst tushunchalari asosiy o‘rinni egallaydi.

Kommunikativ pragmatika

- insonning til vositalaridan to‘g‘ri va samarali

foydalanish qobiliyati. Bu nafaqat grammatik bilim, balki madaniy, ijtimoiy va
pragmatick bilimlarni ham o‘z ichiga oladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 195 ~

Pragmatika

— bu gaplarning qanday ma’noda, qanday vaziyatda va qanday

maqsadda ishlatilishini o‘rganuvchi soha. Masalan, kimdir restoranda ofitsiantga:
“Bu sho‘rva juda iliq ekan” desa, u shunchaki ta’rif bermayotgandir, balki “Bu
sho‘rva sovuq, uni qayta isitib bering” degan nozik tanqidni bildirayotgandir.
Pragmatika mana shunday holatlarni tushunishga yordam beradi.

Nutq faoliyati

— bu insonning til orqali fikr bildirish va boshqalarni tushunish

jarayonidir. U gapirish, yozish, tinglash va o‘qish kabi harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Nutq faoliyati orqali odamlar o‘z fikrini boshqalarga yetkazadi va boshqalarni
tushunadi.

Kontekst

— bu tilning ma'nosini aniqlash uchun zarur bo‘lgan atrof-muhit va

vaziyat omillaridir. Til birligi faqat ma’lum bir sharoitda to‘g‘ri talqin qilinadi va
kontekst uning qanday ishlatilishini belgilaydi.

Matn tilshunosligi

— matnni yaxlit til birliklari sifatida oʻrganadi. Ya'ni faqat

alohida so‘zlar yoki jumlalar bilan cheklanmasdan, butun matnni o‘rganadi va uning
kontekstiga mos ravishda qanday ma’no kasb etishini tushunishga yordam beradi.

Matn tilshunosligining o‘rganish obyekti va predmeti:

Obyekti — bu mantiqiy, semantik va grammatik jihatdan bog'langan, muayyan

ma'lumot yetkazuvchi gaplar yig'indisidir.

Predmeti— matnning turli jihatlarini tadqiq qilish, ya'ni matnni lingvistik,

sotsiolingvistik, psixolingvistik, lingvostatistik, kognitiv-diskursiv va boshqa
jihatlarini o'rganishdir.

Abzats

— matn lingvistikasida o'ziga xos strukturaga ega bo'lgan to'laqonli

birlik hisoblanadi va shunga asoslangan holda abzats “katta matn” ichidagi "kichik
matn" degan xulosaga kelinadi, uning "abzats-tahlil", "abzats-tavsif", "abzats-
kontrast", "abzats-analog", "abzats ta'rif” kabi mazmuniy turlari ajratiladi.

Diskurs

— bu so'zning ma'nosi fransuzcha discours - «nutq», «so'zlash»

demakdir.

Dastlab «diskurs» va «matn» terminlari ayni bir tushuncha uchun qo'llangan

bo`lsa, keyinroq <<matn>> yozma kommunikatsiyaga nisbatan, <<diskurs>> esa
og'zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan.

Matn- og‘zaki va yozma matn turlarini o‘z ichiga oladi.

Og‘zaki matn turlari:

1.

Diologik matnlar- diolog va monolog.

2.

Fol’klor matnlar- xalq og‘zaki ijodi.

3.

Ovozalar- ( mishmishlar).

4.

Axborot matnlari.

Yozma matn turlari:


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 196 ~

1.

Epigrafik matnlar — bunga peshlavhalar, ko‘rsatkichlar kiradi. Masalan

OʻzDJTU, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, aeroport,
oilaviy polikilinika kabi yozuvlar.

2.

Sfragistik matnlar — bunga muhrlarga bitilgan matnlar kiradi.

3.

Numizmatik matnlar — pullar, tangalardagi yozuvlar.

4.

Paleografik yozuvlar — monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-ommabop maqola,

taqriz, risola singari...

Paleografik matnlar ikki xil bo‘ladi: ilmiy-ommabop va bosma.

Paralingvistika

— bu nutqqa hamroh bo‘ladigan, lekin so‘zsiz ifodalanadigan

vositalarni (intonatsiya, mimika, gesture, pauza va boshqalar) yaʼni tilning noverbal
jihatlarini o‘rganadigan soha. U muloqotda so‘zlardangina emas, balki ohang, tana
harakati va yuz ifodalaridan qanday ma’no chiqishini tahlil qiladi.

Paralingvistik vositalar XX asrning 30- yillarida o‘rganila boshlandi.

Paralingvistik vositalar:

1. Fonatsiya vositalari:

Intonatsiya - gap ohangi, savol, buyruq yoki taajjubni bildiradi;

Pauza - to'xtalish, gapning ta'sirini kuchaytirish;

Ovoz balandligi - his-tuyg'u, holat ifodasi (baqiriq, pichirlash);

Tovush tezligi - shoshilish, ikkilanish, ishonchsizlikni bildiradi.

2. Kinetik vositalar (tana harakatlari):

Mimika - yuz ifodalari (kulish, qosh uyish, ko'z yumish);

Jestlar (imo-ishoralar) qo'l harakati, bosh silkish, barmoq koʻrsatish;

3. Grafik vositalar (yozma nutqda):

Punktuatsiya - nuqta, soʻroq, undov belgilar;

Harf kattaligi – KATTA harflar bilan yozish (baqiriqni ifodalash);

Qoʻshtirnoq, kursiv -alohida urg'u, kinoya, iqtibos;

Smayliklar

Paralingvistik vositalarning ahamiyati:
Nutqni hissiy va taʼsirli qiladi, muloqotning ma'nosini kuchaytiradi yoki

oʻzgartiradi, muloqotni universal yoki madaniy jihatdan oʻziga xos qiladi va

har qanday ogʻzaki nutqni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Smayliklar- 1982 yil 19 sentabrda AQShning Pittsburgidagi Karnegi-Mellon

universiteti professori Skott Falman elektron yozishmalarda "ikki nuqta-tire-qavs"
ketma-ketligidan - :-) tabassumni bildiruvchi belgi sifatida foydalanishni taklif
qilgan. Shu tariqa hozirda usiz onlayn-muloqotni tasavvur qilish qiyin boʻlgan
smaylik (emoji) belgisi paydo boʻlgan.

Tilshunoslikning rivojlanishida, insonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda

bir qancha alifbolar yaratilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 197 ~

Brayl alifbosi

– kozi ojizlar uchun maxsus yaratilagn alifbo. Kitoblar, yozuvlar,

valyuta va boshqa buyumlarda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun qoʻllaniladigan
sensorli yozuv tizimi. Brayl alifbosi bortib chiqqan oltita nuqtadan iborat. Bu alifbo
qo'l yordamida sezish orqali o`qiladi.

Morze alifbosi

- telekommunikatsiya (aloqa) da matn belgilarini nuqta, tire

orqali ikki xil signal davomiyligining standartlashtirilgan ketma-ketligi sifatida
kodlash uchun ishlatiladigan usuldir.

Daktil alifbosi

(yoki daktilologiya)—bu eshitish yoki nutq qobiliyati

cheklangan odamlar oʻrtasida qoʻl harakatlari yordamida harflarni ifodalash tizimidir.

Kognitiv tilshunoslik — tilni inson tafakkuri, ongi, idroki bilan bog‘lab, uning

shakllanishida ishtirok etuvchi psixologik, biologik va neyrofiziologik jarayonlarni
o‘rganadigan tilshunoslik yo‘nalishidir. Lingvistik iboralarni tushunish va izohlash
uchun muhim bo'lgan bilimlarni

freym

ifodalaydi.

Konsept

—soʻzni shunchaki anglatgan ma'nosiga qarab emas, balki uning

borliqda ifodalanadigan barcha tushunchalarini, inson idroki bilan bogʻliq jihatlarini,
lingvomadaniy koʻrinishlarini kognitiv talqinda tahlil etadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan tilshunoslikning bu zamonaviy yo‘nalishlari, tilning

inson hayotidagi murakkab va ko‘p qirrali funksiyalarini yanada chuqurroq anglash
imkonini beradi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari

tilning ichki tizimidan tashqari, uning inson tafakkuri, ijtimoiy hayoti va muloqotdagi
rolini chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan. Kommunikativ yondashuv, kognitiv
tahlil, matn va diskurs darajasidagi tadqiqotlar orqali til yanada kengroq kontekstda
talqin qilinmoqda. Bu esa tilshunoslik fanining nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatini ham orttirib, uni zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashtirmoqda.


Adabiyotlar ro‘yxati

:

1.

Majidova R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent 2021

2.

Zokirov M. Majidova R. Sultonova SH. “ O‘zbekcha- ruscha -inglizcha

lingvistik atamalar muxtasar lug‘ati. – T., 2016

Bibliografik manbalar

Majidova R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent 2021

Zokirov M. Majidova R. Sultonova SH. “ O‘zbekcha- ruscha -inglizcha lingvistik atamalar muxtasar lug‘ati. – T., 2016