Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 137 ~
QORAQALPOQ AMALIY SAN’ATI ORQALI KREATIV LOYIHALASH
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Babur Kalmuratov
Ajimiyoz nomidagi NDPI doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qoraqalpoq amaliy san’ati vositasida
talabalarning kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi tahlil qilinadi.
Milliy san’at elementlarini zamonaviy pedagogik va texnologik yondashuvlar bilan
uyg‘unlashtirish orqali talabal
ar ijodiy fikrlash, dizayn qilish va estetik didni
shakllantirish bo‘yicha samarali ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Maqolada interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
hamda loyiha asosida o‘qitish metodlari
orqali kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha so‘z
borgan.
Kalit so‘zlar:
Qoraqalpoq amaliy san’ati, kreativ loyihalash, innovatsion
texnologiyalar, interaktiv mashg‘ulot, dizayn ta’limi, estetik tarbiya, milliy madaniyat,
talabalar kompetensiyasi.
Hozirgi kunda ta'lim tizimida talabalarning kreativ fikrlash va loyihalash
qobiliyatlarini rivojlantirish muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Xususan, amaliy
san'at sohasida yaratish va ijodiy yondashuvni o‘rganish talabalarning umumiy
intelektual va estetik rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Qoraqalpoq amaliy san'ati,
o‘zining rang
-barangligi, an'anaviy uslublari va noyob texnikalari bilan, talabalarga
yaratish jarayonida yangilikka intilish, estetik va ijodkorlikning uyg‘unligini
ta'minlashda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Amaliy san'at orqali talabalarga
nafaqat milliy madaniyatni o‘rgatish, balki ularga yangi g‘oyalar yaratish, innovatsion
yondashuvlar va ijtimoiy hayotga mos keladigan yechimlarni topish imkoniyatlarini
yaratish zarurati mavjud. Kreativ fikrlash va loyihalash, bugungi kunda butun dunyo
ta'lim tizimida e'tibor qaratilayotgan asosiy ko‘nikmalardan biri bo‘lib, bu jarayonda
an'anaviy san'at usullaridan foydalanish, talabalarni yangi g‘oyalarni yaratishga
undaydi.
Zamonaviy jamiyatda ta'limning asosiy maqsadi nafaqat bilimlarni berish, balki
yoshlarni ijodkorlikka, yangilikka, kreativ fikrlashga o‘rgatishdir. Talabalarning
loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni nafaqat amaliy san'atga, balki har
qanday sohada kreativ yechimlar ishlab chiqishga tayyorlashga yordam beradi.
Xususan, Qoraqalpoq amaliy san'ati, uning tarixiy, madaniy va estetik qiymati
talabalarga o‘zlarini ifoda etish, ijodkorlikni rivojlantirish, va yangi loyihalarni
yaratishda ilhomlantirishi mumkin.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 138 ~
Qoraqalpoq amaliy san'ati o‘zining o‘ziga xos shakllari, ranglari va naqshlari
bilan mashhur bo‘lib, milliy an'analarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu san'at
turidan foydalanish talabalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
madaniy boylikni o‘rganish
da, qoraqalpoq amaliy san'ati orqali talabalar
o‘zlarining madaniy merosini o‘rganadilar. Bu esa ularning tarixiy va milliy
identifikatsiyasini kuchaytiradi, shuningdek, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
-
estetik ko‘nikmalarni oshirishda,
ranglar, naqshlar va shakllar yordamida estetik
sezgilarni rivojlantirish, tasavvur va ijodiy qobiliyatlarni oshirishda muhim ahamiyatga
ega;
-
ko‘nikmalarni amaliy qo‘llashda esa, qoraqalpoq amaliy san’ati texnikalari va
metodologiyalari orqali talabalar dizayn, rasm chizish, to‘qish va boshqa amaliy
san'atlarga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Talabalarni kreativ loyihalashga tayyorlash uchun amaliy san'at metodikalarini
yaratish zarur. Quyidagi usullar bu jarayonni takomillashtirishga yordam beradi:
Loyihaga asoslangan ta'limda,
l
oyiha asosida o‘qitish metodikasi, talabalarga o‘z
bilimlarini amaliy ishlarda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Qoraqalpoq amaliy san'ati
orqali talabalarga o‘zlarining yaratuvchan loyihalarini yaratish imkoniyatini berish,
ularning kreativ fikrlashini oshirishga yordam beradi. Masalan, talabalar turli
Qoraqalpoq naqshlarini loyihalashtirish va ularni zamonaviy dizaynlarga moslashtirish
kabi vazifalarni bajarishlari mumkin.
Interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha, t
alabalarni amaliy san'atga jalb
qilish, ularni bevosita san'atni yaratishga o‘rgatish muhimdir. Bunda ustozlar talabalar
bilan birga bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari, san'at asarlarini yaratish
jarayonini ko‘rsatishlari kerak. Shu bilan birga, talabalarning o‘z ijodiy fikrlari va
loyihalarini amalga oshirishda yordam berish kerak.
Talabalar uchun amaliy ustaxona mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni bevosita
Qoraqalpoq amaliy san’ati —
to‘qimachilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, teri
ishlari kabi yo‘nalishlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Ustaxona
mashg‘ulotlarida
talabalar quyidagi faoliyatlarni bajarishadi:
•
Milliy naqshlar asosida eskizlar yaratish
•
An’anaviy texnikalar bilan mato yoki buyum bezash
•
Zargarlik elementlarini loyihalash
•
Qo‘lda ishlov berish vositalaridan foydalanish
Bu jarayonlar nafaqat ularning texnik ko‘nikmalarini, balki estetik tafakkurini
ham rivojlantiradi.
Ijodiy topshiriqlar va loyiha ishlarida, a
maliy mashg‘ulotlarning samarali
shakli bu
—
ijodiy topshiriqlarni individual yoki guruhiy tarzda bajarishdir. Misol
uchun:
•
“Qoraqalpoq naqshlarini zamonaviy kiyim dizaynida qo‘llash”
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 139 ~
•
“An’anaviy naqsh asosida zamonaviy interyer elementi loyihalash”
•
“Bir buyum —
ikki yondashuv: an’anaviy va innovatsion dizayn”
Bunday topshiriqlar orqali talabalar madaniy zamonaviylik uyg‘unligida yangi
yechimlar topishni o‘rganadilar.
Har bir amaliy mashg‘ulotdan so‘ng talabalar o‘z ishlari ustida tahlil yuritadi, bir
-
biriga baho beradi. Bu nafaqat o‘z ishlariga tanqidiy qarashni o‘rgatadi, balki guruhda
ijodiy fikrlash va muloqotni kuchaytiradi.
Kooperativ o‘qitish metodlari bo‘yicha, b
irinchi navbatda, talabalarning
birgalikda ishlashga o‘rgatilishi, ular orasida ijodiy muloqot va fikr almashishni
rivojlantirish uchun zarurdir. Kooperativ ishlash metodlari talabalarga yangi g‘oyalarni
ishlab chiqish, o‘zaro tajriba almashish va bir
-birlarining ijodiy salohiyatini baholash
imkoniyatini yaratadi.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llashda
, zamonaviy ta'limda texnologiyalarni
qo‘llashning muhimligi ortib bormoqda. Amaliy san'atni o‘qitishda innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash talabalarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, 3D modellash, kompyuter yordamida dizayn qilish va
boshqa texnologiyalar talabalar uchun yangiliklarni yaratish va ularni loyihalarda
amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Talabalar nafaqat texnik ko‘nikmalarga, balki o‘zlarining ichki ijodiy
potentsialiga ham ega bo‘lishlari kerak. Shu maqsadda, ular o‘zlari yaratgan san'at
asarlari yoki loyihalarini tanqidiy tahlil qilish, o‘z ijodlarini rivojlantirishda o‘zini
qanday baho
lashni o‘rganishlari kerak. Bu jarayon orqali talabalar o‘zlariga bo‘lgan
ishonchni oshiradilar va yangi kreativ g‘oyalar yaratishga imkon topadilar.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, q
oraqalpoq amaliy san'ati orqali talabalarning
kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, nafaqat
milliy san'atni o‘rganish, balki talabalarning ijodiy salohiyatini yanada kuchaytirish
imkonini beradi. Shu bilan birga, amaliy san'at va kreativ loyihalash metodikalarini
zamonaviy pedagogik metodlar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarga yangi imkoniyatlar
yaratadi. Ushbu usullarni amaliyotga tatbiq qilish orqali, talabalarning kreativ
fikrlashini rivojlantirish va ularni zamonaviy loyihalar yaratishga tayyorlashga erishish
mumkin.
Adabiyotlar:
1. Алламуратов. А. Мәңги мийрас. –Нөкис, 1993,
-
92б
2. Алламуратов.
A
. Каракалпакская народная вышивка. Издательство
«Каракалпакстан»
-
Нукус, 1977,
-
77б
3.
Алламуратов.
A
. Каракалпакская народная вышивка. Издательство
«Каракалпакстан»
-
Нукус, 1977,
-
77б
