№ 7(65) (2025)
Статьи
KOMIL DEVONIY SHOIR VA XATTOT
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Muhammad Rahimxon II Feruz davrida Xivadagi adabiy-ma’naviy muhitda yashab ijod qilgan mashhur shoir va xattot Komil Devoniy bo‘lib, u o‘zining ko‘p qirrali ijodi, xususan, lirik she’rlari, xattotlik faoliyati va manbashunoslik jihatdan muhim bo‘lgan qo‘lyozmalari bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Komil Devoniyning hayoti, ijodi va xattotlik faoliyati asosiy ilmiy manbalar va qo‘lyozmalarga tayanilgan holda tadqiq qilinadi. Komil Devoniy hayoti, adabiy merosi hamda xattotlik faoliyati o‘rganiladi. Komil Devoniy ko‘p qirrali ijodkor bo‘lib, Feruz saroyi atrofidagi adabiy doiralarda shoir, kotib, naqqosh va musiqashunos sifatida faoliyat yuritgan. Uning merosi bir nechta devon va bayoz qo‘lyozmalarida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalar, ayniqsa, o‘z qo‘li bilan ko‘chirilganlari matnshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlari uchun muhim manbadir. Maqola tazkiralar, qo‘lyozma asarlar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, Komil Devoniyning an’anaviylik bilan bir qatorda ma’rifatparvarlik qarashlari ham yoritiladi. Uning she’riyati, axloqiy g‘oyalari va ma’rifiy mazmuni Xorazm jadid adabiyoti vakillari qatorida munosib o‘rin egallashiga sabab bo‘lgan.
HELMINTH INFECTIONS AND NEURODEVELOPMENTAL DELAYS IN CHILDREN: AN EXTENDED REVIEW OF SPEECH AND COGNITIVE FUNCTION IMPACT
Helminthic infections are among the most prevalent parasitic diseases globally, especially in low- and middle-income countries. While their effects on physical growth and nutritional status are well-documented, recent interdisciplinary research has uncovered a profound impact on neurodevelopmental trajectories in children, particularly regarding cognitive abilities and speech acquisition. This extended article systematically explores the epidemiological landscape, the neurobiological mechanisms behind helminth-induced developmental deficits, and the socioeconomic consequences of these impairments. The study is grounded in empirical findings from a controlled cohort and enriched with theoretical analysis, offering practical recommendations for early detection, treatment, and policy-level intervention.
DOCIASTAURUS MAROCCANUS -O‘ZBEKISTON UCHUN ISTIQBOLLI OQSIL MANBAI
Dociastaurus maroccanus (Marokash chigirtkasi)-hozirgi kunda noan‘anaviy oqsil ishlab chiqarish bo‘yicha biotexnologiyada va oziq-ovqat sanoatida istiqbolli yo‘nalishlar obyektidir.Marokash chigirtkasi bir qancha foydali xususiyatlarga ega bo‘lib,ularda ko‘p miqdorda oqsil,quruq moddalar, vitaminlar,makro va mikroelementlar mavjud. Garchi hasharotlardan organizm uchun kerakli bo‘lgan oqsil olinsada, ulardan qanday texnologik usullar yordamida oqsil olishimiz haqida juda oz tajribaga egamiz.Bu maqolada biz Marokash chigirtkasidan olingan oqsilning ahamiyati, afzalliklari va olinish usullari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
GREEN ECONOMY CONCEPT AND ITS IMPLEMENTATION IN UZBEKISTAN
This article explores the concept of green economy, its significance at both the international and national levels, and the current state of its implementation in Uzbekistan. The author analyzes the challenges faced in promoting green economy and offers practical recommendations for advancing this sector.
FERMER XO‘JALIKLARIDA MEHNAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHINING NAZARIY-ASOSIY ASPEKTLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari keng yoritilgan. Xususan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro tajriba hamda fermer xo‘jaliklarida mehnat shartnomalarining huquqiy holati, mehnatni muhofaza qilish choralari, ayollar va voyaga yetmaganlar mehnatini himoya qilish masalalari chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, mavjud muammolar yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O‘QUVCHILARDA XX ASR AVANGARD SAN’ATINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK VA ESTETIK ASOSLARI
Mazkur maqolada XX asr avangard san’atining mazmun-mohiyati, uning san’atdagi yangilik sifatidagi o‘rni va o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kubizm, futurizm, dadaizm, sürrealizm va boshqa yo‘nalishlar qisqacha tahlil qilingan. Maqolada avangard san’atni o‘rgatishning pedagogik asoslari, innovatsion va interaktiv metodlar orqali ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, san’atni yangicha anglashga undovchi metodik tavsiyalar ham berilgan.
QORAQALPOQ AMALIY SAN’ATI ORQALI KREATIV LOYIHALASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Ushbu maqolada Qoraqalpoq amaliy san’ati vositasida talabalarning kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi tahlil qilinadi. Milliy san’at elementlarini zamonaviy pedagogik va texnologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalar ijodiy fikrlash, dizayn qilish va estetik didni shakllantirish bo‘yicha samarali ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda loyiha asosida o‘qitish metodlari orqali kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha so‘z borgan.
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning rivojlanishidagi psixologik xususiyatlar, jumladan, kognitiv, emotsional va shaxsiy rivojlanishdagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning asosiy jihatlari, shuningdek, turli xil cheklovlarning (eshitish, ko‘rish, nutq, aqliy qobiliyat buzilishlari) bilish jarayonlari, hissiy soha va ijtimoiylashuvning shakllanishiga ta’siri yoritib berilgan. Bunday bolalarni ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalash uchun individual yondashuv, inklyuziv muhit va moslashtirilgan o‘qitish usullarining muhimligi ta’kidlanadi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bola shaxsiyatining rivojlanishini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash zarurligini asoslovchi zamonaviy tadqiqotlar, mahalliy va xorijiy ilmiy yondashuvlar taqdim etilgan.
QO‘QON JADIDLARI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN JURNALLAR
Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan hissasi yoritib o‘tilgan.
Tadqiqot jarayonida tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash, muammoviy-xronologik hamda fanlararo yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.
Bu davrda Qo‘qon shahrida chop etilgan “Kengash”, “Yurt”, “Hurriyat” kabi jurnallar va “Oktyabr varaqasi”, “Qizil yoshlar”, “Tutqun” kabi varaqalar xaqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
ABDULLA ORIPOV “QO‘RIQXONA” SHE’RI MISOLIDA MADANIY KONSEPTLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada madaniy birliklar, konsept tushunchasi, pragmatika va uning mazmun-mohiyati hamda bu birliklarning tilshunoslik fanida tutgan o`rni, Abdulla Oripov she`riyati-yu ularda pragmatikaning roli haqidagi qarashlar aks etgan.
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН ҚИЗЛАР НОРАСМИЙ БАНДЛИГИНИНГ - ИЖТИМОИЙ ТАҲЛИЛИ, МУАММОЛАР ВА УНИНГ ЕЧИМЛАРИ
Маколада Ўзбекистонда хотин-қизларнинг норасмий бандлиги, унинг ҳажми, сабаблари ва ижтимоий-иқтисодий хатарлари таҳлил қилинади. Асосий омиллар сифатида гендер сегрегацияси, касб танлашда чекловлар ва ижтимоий ҳимоянинг етишмаслиги кўрсатилган. Давлат томонидан бандликни формаллаштириш, аёл тадбиркорлигини ривожлантириш ва ижтимоий қўллаб-қувватлашни кучайтириш чоралари кўриб чиқилади. Хотин-қизларнинг иқтисодий мустақиллигини ошириш ва меҳнат бозоридаги заифликни камайтириш учун комплекс ислоҳотлар зарурлиги таъкидланади.
ELEKTRON TIJORAT SOHASIDAGI NIZOLARNI ONLAYN HAL QILISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan elektron tijorat sohasidagi nizolarni onlayn hal qilish tizimining mazmuni, mohiyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga joriy etish zarurati huquqiy asoslar bilan ochib berilgan. Mazkur maqolada elektron savdoning iqtisodiy ahamiyatini, uning milliy yalpi ichki mahsulotga qo‘shayotgan hissasini hamda tadbirkorlik subyektlari va iste’molchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal qilishda an’anaviy sud tizimlariga qaraganda onlayn hal qilish imkoniyatlarini asoslab bergan.
NIYOZIYNING BAYOZLARGA KO‘CHIRILGAN SHE’RLARI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida shakllangan bayozchilik an’anasi o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining qo‘lyozma holida saqlanishi va avlodlarga yetib kelishida muhim vosita bo‘lgan. Ana shu jarayonning faol ishtirokchilaridan biri sifatida tanilgan Otaniyoz Qora Oxun Niyoziy o‘zining g‘azal, muxammas, musaddas, qasida va boshqa janrlardagi she’rlari bilan mazkur madaniy-ilmiy jarayonda munosib o‘rin egallaydi. Uning ijodiy merosi faqat devon holida emas, balki ko‘plab bayoz qo‘lyozmalarida ham saqlanib qolgan.
Ushbu maqolada Niyoziy asarlari kiritilgan qo‘lyozma bayozlar manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Qo‘lyozmalar tarkibi, hajmi, yozuv xususiyatlari, kotiblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, muqova va tashqi tuzilish elementlari tahlil qilinadi. Tadqiqot orqali shoirning adabiy merosini ilmiy muomalaga kiritish va Xorazm adabiy muhiti doirasida tutgan o‘rnini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi.
KUNJUT-YURAKDAN OSHQOZONGACHA BO‘LGAN SHIFO MANBAI
Maqolada qadimiy tabobatda keng qo`llanilgan kunjut urug`i tuzilishi, tarqalishi hamda sog`liq uchun foydali xususiyatlari yoritilgan. Yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish jarayoni va immunitetni mustahkamlashdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, kunjutning tarkibidagi muhim biofaol moddalar, vitamin va minerallarining inson organizmiga ijobiy ta`siri haqida ma`lumotlar keltirilgan. Maqola sog`lom turmush tarziga intiayotganlar, tabiiy mahsulotlarga qiziqayotganlar hamda xalq tabobatiga oid bilimlarni chuqurlashtirishni istaganlar uchun foydali bo`lishi mumkin.
AYLANT YOKI XITOY SHUMTOLI TURKUMI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada Simarubadoshlar oilasiga mansub Aylant (Ailanthus) turkumi, ayniqsa Ailanthus altissima — Xitoy shumtoli daraxtining biologik, ekologik va xo‘jalik xususiyatlari yoritilgan. Uning iqlim va tuproq sharoitiga chidamliligi, shahar ekologiyasida tutgan o‘rni, tabiiy va antropogen muhitda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ko‘chatlantirishdagi afzalliklari va ayrim salbiy ekologik ta’sirlari ham keltirilgan.
QISHLOQ XO‘JALIGI MEHNAT HUQUQI: ISHCHILARNING MAJBURIYATLARI VA KAFOLATLARI
Maqola orqali Qishloq xo’jaligi sohasida mehnat munosabatlarining qay darajada tartibga solinganligi, ishchilarning qanday huquq va majburiyatlari borligi, sohada qilinayotgan va qilinishi kerak bo’lgan islohotlar haqida bilib olishingiz mumkin.
РЕШЕНИЕ ЗАДАЧИ КОШИ-ГУРСА ДЛЯ УРАВНЕНИЯ ЭЙЛЕРА-ПУАССОНА-ДАРБУ С ПОМОЩЬЮ РЕШЕНИЯ ЗАДАЧИ КОШИ
В области плоскости рассмотрим уравнение Эйлера-Пуассона-Дарбу
QIZIL EXINATSIYA O'SIMLIGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Exinatsiya o’simligi dorivor o’simliklar oilasiga mansub bo‘lgan o‘simlik. Uning dorivorlik xususiyatlari tibbiyotda o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda bu o‘simlikdan qishloq xo‘jaligida ham keng foydalaniladi.
KAVRAK O’SIMLIGINI FOYDALI XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola Respublikamiz hududida o’tgan asrda iqlimlashtirilgan, dorivorlik va oziq-ovqat ahamiyatiga ega kovrak va sassiq kovrak turlarini, kelib chiqish xususiyatlari, geografik tarqalishi va bioekologiyasini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot natijalaridan biridir. Bu o’simlikning ildizi guli poyasi va meva tanasi shifobaxsh xususiyatiga ega. Uning shirasi tarkibidagi modda yuqori fiziologik faoliyatga ega moddalar mavjud.
INGLIZ TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION O’QITISH USULLARI
Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida qo‘llanilayotgan zamonaviy va innovatsion o‘qitish usullari tahlil qilinadi. Xususan, kommunikativ yondashuv, vazifaga asoslangan o‘qitish (task-based learning), aralash o‘qitish (blended learning) va raqamli texnologiyalar hamda platformalardan foydalanishning samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari, ushbu metodlarning talaba bilim darajasini oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rnini ilmiy-nazariy va eksperimental usullar asosida tahlil qiladi. Natijalar asosida zamonaviy o‘qitish usullarini samarali tatbiq etish uchun pedagogik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
INGLIZ TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION O’QITISH USULLARI
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologizmlar hamda idiomalarning lingvistik xususiyatlari, ularning tuzilishi, ma’no qatlamlari va milliy madaniyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tilshunoslikda frazeologik birliklar bir millatning tafakkuri, urf-odati va dunyoqarashini ifodalovchi vosita sifatida qaraladi. Ingliz va o‘zbek tillari misolida frazeologizmlar va idiomalar tarkibiy tuzilishi, semantik xususiyatlari, tarjima jarayonidagi muammolar va ekvivalentlik masalalari o‘rganildi. Qiyosiy tahlil asosida ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlar ochib berildi, hamda ularning tarjima strategiyalari haqida xulosalar berildi. Mazkur maqola til o‘rganuvchilar, tarjimonlar hamda frazeologiya sohasidagi tadqiqotchilar uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.
DARAXTLARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI: ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR VA DARAXT-BUTA O‘SIMLIKLARNING ULARGA MUNOSABATI
Ushbu maqolada daraxt va buta o‘simliklarining asosiy ekologik omillarga — yorugʻlik, namlik, harorat, tuproq va shamolga nisbatan munosabati o‘rganilgan. O‘simliklarning bu omillarga bo‘lgan adaptatsiyasi, o‘sish sur’ati va yashash areallari ekologik sharoitga bog‘liqligi tahlil etilgan. Ekologik omillar va o‘simliklarning o‘zaro munosabati asosida ularni to‘g‘ri tanlash va parvarishlash orqali o‘rmonchilik va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT SIYОSATINING AHAMIYАTI
Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi.
СТРУКТУРА И МЕХАНИЗМЫ ДЕЙСТВИЯ КЛОНЗАПИНА
Клозапин – атипичное антипсихотическое средство с доказанной эффективностью, которое широко используется в клинической практике. Однако, его применение сопряжено с высоким риском развития серьзных побочных эффектов. Угрожающие жизни состояния при приеме клозапина могут быть следствием идиосинкразии, острого отравления в результате непреднамеренной передозировки назначенного препарата, суицидального поведения, криминальных действий.
В последние годы наблюдается рост острых отравлений клозапином – препаратом, относящимся к группе атипичных нейролептиков. Лекарственный препарат используется во всем мире для лечения шизофрении, маниакального синдрома и других расстройств, но также его применяют злоумышленники в преступных целях.
ВЫРАЗИТЕЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ Д. РУБИНОЙ
В статье рассматриваются особенности использования фразеологизмов в произведениях современной писательницы Д. Рубиной, а также приемы индивидуально-авторских преобразований фразеологических единиц.
“АДАБУЛ МУФРАД” НИНГ НОДИР ҚЎЛЁЗМА НУСХАЛАРИ
Мақолада Имом Бухорийнинг ҳаёти, илмий мероси ва “Адабул муфрад” китобининг дунё кутубхоналарида сақланаётган нодир қўлёзма нусхаларининг қисқача қиёсий таҳлили баён қилинган.
ZAMONAVIY PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA RUHIY SALOMATLIK MUAMMOSINING O‘RGANILISHI
Ruhiy salomatlik - bu insonlarga hayotdagi stressli vaziyatlarni yengish, o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qish va mehnatda muvaffaqiyatga erishish, jamiyatga hissa qo'shish imkonini beradigan ruhiy farovonlik holati hisoblanadi. Bu sog'liq va ijtimoiy farovonlikning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, qaror qabul qilish, munosabatlarni o'rnatish va biz yashayotgan dunyoni shakllantirish uchun individual va jamoaviy qobiliyatlarimizni asoslaydi. Ruhiy salomatlik insonning asosiy huquqidir. Bu shaxsiy, ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun ham juda muhimdir. Ruhiy salomatlik ruhiy kasalliklarning yo'qligi bilan cheklanmaydi. Bu har bir shaxs uchun uzluksiz individuallikni ifodalaydi, bunda individual murakkablikdagi bir qator omillarga duch keladi va turli darajadagi stressni boshdan kechiradi, bu har bir shaxs uchun turlicha potentsial ijtimoiy va klinik oqibatlarga olib keladi. Ruhiy salomatlik buzilishlari - bu umumiy atama bo'lib, ruhiy kasalliklar, turli xil psixososial buzilish turlari va jiddiy tashvish, funktsional buzilish yoki o'z-o'ziga zarar etkazish xavfi bilan bog'liq boshqa ruhiy salomatlik holatlarini o'z ichiga oladi.
ENSURING USER SECURITY IN ONLINE SYSTEMS: DEVELOPMENT AND EFFECTIVENESS OF MONITORING PLATFORMS
This study investigates the design, implementation, and effectiveness of monitoring platforms aimed at enhancing user security in online systems. With the rising complexity of cyber threats, real-time monitoring and dynamic response mechanisms are crucial to safeguarding user data and preventing unauthorized access. The paper explores advanced monitoring techniques, including user behavior analytics, anomaly detection algorithms, and access control policies. Through a critical analysis of existing platforms and the introduction of modern tools, the research demonstrates the impact of monitoring on security enhancement. Findings reveal that adaptive systems, powered by machine learning and automated rule enforcement, significantly reduce risks and improve response times to security breaches. The proposed framework provides a scalable approach to building resilient monitoring infrastructures for online environments.
SHAXS SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
RUHIY SALOMATLIK TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK MAZMUN-MOHIYATI
Psixik salomatlik fenomeni - bu insonlarga hayotdagi stressli vaziyatlarni yengish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qish va mehnatda muvaffaqiyatga erishish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkonini beradigan salomatlik holatidir. Keng ma’noda esa bu sog‘liq va salomatlikning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, unda insonning qaror qabul qilish, o‘zaro munosabatlarni o‘rnata olish va kundalik hayot shart sanalgan individual va jamoaviy qobiliyatlar bilan tavsiflanadi. Ruhiy salomatlik insonning asosiy huquqidir. Bu shaxsiy, ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun ham juda muhimdir.
O‘ZBEK XALQI ETNOSPORT TURLARI GENEZISI VA EVOLUTSIYASINING MADANIY TAHLILI
Milliy xalq o‘yinlari asosida milliy sport turlari shaklanadi va bular o‘sha millat iftixoriga aylanib yoshlar estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Etnosport turlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgacha ular qanchalik miqdorda saqlangan bo‘lsa, barcha hayotiy kerakli jismoniy sifatlarning rivojlanishi, axloqiy-estetik tafakkurini takomillashtirish xususiyatiga ega. Ammo har bir xalq o‘yini jismoniy mashqlardan farqli o‘laroq, ularni harakatlar to‘plamiga olib kelmaydi, aksincha, u bir butun, yaxlit faoliyatdan, hayotning o‘ziga xos namunasidan, insonning xulqi, axloqi, estetik, mehnat, huquqiy va boshqa qirralarini aks ettiradi.
XORIJIY PSIXOLOG OLIMLAR TOMONIDAN AGRESSIV XULQNI ASSERTIV XUSUSIYATGA AYLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Mazkur maqolada agressiv xulqning tibbiy yordamlari, uning shaxsiyaro munosabatlariga kasallik ta'siri hamda ijtimoiy moslashuvga to'g'ridan-to'g'ri yordami bilan yoritib berilgan. Assertiv xulq esa rivojlanishi o'zini ifoda etish, shaxsning huquqlarini buzmasdan o'z fikrini ochiq ayta olish sifatida ko'riladi. Tadqiqot, xulkli xodimlar bilan ishlashda davolash treninglar, muloqot kompetensiyasini yaxshilash usullari samarali bo'lishini ko'rsatmoqda.
EDUCATION AS THE MOST EFFECTIVE PROCESS OF INTEGRATING PERSONS WITH DISABILITIES INTO MODERN SOCIETY
This article focuses on the fact that the political, economic, social and cultural changes taking place in New Uzbekistan necessitate rethinking the usual views and attitudes towards the problem of people with disabilities. The article argues that the problem of socialization of a person with disabilities is not only one of the important humanitarian problems of our time, but is also of a general humanitarian nature, and therefore it cannot be considered as purely practical or economic. It is shown that today disability is not a problem of one person, but of the entire society as a whole. That is why its solution is one of the priority areas of the state’s social policy. In the author's opinion, special attention when studying the problems of people with disabilities should be directed to the analysis of the ongoing legal and actual regulation of various aspects of the protection of the rights of people with disabilities. The article analyzes regulatory documents on the protection of the rights of people with disabilities in Uzbekistan, and pays special attention to state policy in the field of inclusive education.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TIMSGA OID TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda TIMS (Trends in International Mathematics and Science Study) tadqiqotlariga oid topshiriqlarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan. TIMSga oid topshiriqlar o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlarga bo‘lgan bilim darajasini xalqaro standartlarga mos ravishda baholash imkonini beradi. Maqolada TIMSning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, topshiriqlarning xususiyatlari, ularni yaratish metodikasi hamda amaliyotda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun TIMSga oid topshiriqlarni samarali ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sifati va xalqaro reytingda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
YOZISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH: IMLO QOIDALARINI O‘RGATISHDA O'YIN ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida yozish ko'nikmalarini rivojlantirishda o'yin elementlarining ahamiyati va imlo qoidalarini o'rgatishda o'yindan foydalanish usullari tahlil etilgan. Maqolada o'yin pedagogikasining nazariy asoslari, imlo o'yinlarining turlari, ularni tashkil etish metodikasi va amaliy natijalari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o'yin shaklidagi darslar o'quvchilarning imlo qoidalarini o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi va darsga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi.
BOSHLANG'ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA EGRA DAN FOYDALANISH: ZAMONAVIY YONDASHUV VA AMALIY TATBIQ
Ushbu maqola boshlang'ich ta'lim tizimida o'qish ko'nikmalarini baholash va rivojlantirish uchun EGRA (Early Grade Reading Assessment) metodikasidan foydalanish masalalariga bag'ishlangan. Tadqiqotda EGRA ning nazariy asoslari, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish malakalarini aniqlashdagi ahamiyati va amaliy qo'llanish usullari tahlil qilingan. Maqolada EGRA testlarining tuzilishi, o'tkazish tartibi va natijalarni tahlil qilish metodlari batafsil ko'rib chiqilgan. Shuningdek, o'qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar va EGRA dan samarali foydalanish yo'llari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, EGRA metodikasi o'quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash va moslashtirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda muhim vosita hisoblanadi.
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARGA STEAM USLUBI ORQALI ROBOTOTEXNIKAGA OʻRGATISH
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining STEAM ta’limi orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish” mavzusida o‘quvchilar matematika darsi jarayonida STEAM ta’limini qo‘llashni bilishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ixtirochilik qobiliyatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim.
MAKTAB O‘QUVCHILARINING HOSILA VA INTEGRAL HAQIDAGI BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA AMALIY MAZMUNDAGI MASALALARNING AHAMIYATI HAQIDA
Ushbu maqolada hosila va integral tushunchalarini o‘rta maktab o‘quvchilari ongida samarali shakllantirish va chuqurlashtirishda amaliy mazmundagi masalalarning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda matematik tahlilning ushbu asosiy bo‘limlarini o‘rganishda abstrakt nazariyani amaliyot bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tanqidiy fikrlashi va real hayotiy muammolarni matematik modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ta’lim jarayonida amaliy masalalarni qo‘llashning samaradorligi tajribalar asosida asoslab beriladi.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TESTLARNI TUZISHNI O‘RGATISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga testlarni tuzish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Testlar — o‘quv jarayonida o‘quvchilar bilimini, ko‘nikma va malakalarini baholashda samarali vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinflarda testlarni to‘g‘ri va aniq tuzish, o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish uchun muhimdir. Maqolada test tuzishda pedagogik tamoyillar, metodik yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ta’kidlangan. Shuningdek, testlarni yaratishda xatolarni oldini olish va ularni samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
MARKAZIY QIZILQUMDAGI URBANIZATSIYA SHAROITINING INVAZIV OʻSIMLIK TURLARIGA TASIRI
Ushbu maqola urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning xilma xilligi, fenologiyasi, fiziologiyasi va reproduktiv xususiyatlariga sezilarli taʼsir qilishini izohlaydi. Shuningdek, ushbu tadqiqot urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganishni murakkablashtirish haqida maʼlumot beradi. Maqolada urbanizatsiyalashgan hududlarning flora qatlamini o`rganilgan.
ISIRIQ — QADIM DARDLARGA ZAMONAVIY DAVO
Ushbu maqolada isiriq o‘simligining biologik xususiyatlari, uning kimyoviy tarkibi, dorivor va terapevtik ahamiyati hamda zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, isiriq ekstraktlarining ilmiy tadqiqotlari natijalari, ularning yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va boshqa farmakologik ta’sirlari tahlil qilinadi. Isiriqning dorivor salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.
KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINING SARIQ VA QO‘NG‘IR ZANG KASALLIKLARIGA CHIDAMLILIGI
O‘zbekistonda zarar keltirishi jihatidan sariq zang kasalligi asosiy o‘rinda turuvchi bug‘doy kasalligi hisoblanadi. Kasallik barglarni, ba’zan barg qo‘ltiqlari va poyani zararlaydi. Qo‘ng‘ir zang asosan uredosporalari bilan tarqaladi. Kasallangan barg tartibsiz ravishda joylashgan qo‘ng‘ir tusli uredosporalar bilan qoplanadi.Maqolada kuzgi yumshoq bug‘doy nav va namunalarining sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamliligi va uni baholash usullari haqida bayon etilgan.