Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 149 ~
ABDULLA ORIPOV “QO‘RIQXONA” SHE’
RI MISOLIDA MADANIY
KONSEPTLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Dilnoza Nishanova Xamidjon qizi
NamDPI O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada madaniy birliklar, konsept tushunchasi,
pragmatika va uning mazmun-mohiyati hamda bu birliklarning tilshunoslik fanida
tutgan o`rni, Abdulla Oripov she`riyati-yu ularda pragmatikaning roli haqidagi
qarashlar aks etgan.
Annotation:
In this
article, cultural units, the concept of pragmatics and its
essence, as well as the role these units play in the field of linguistics, are discussed,
along with views on the poetry of Abdulla Oripov and the role of pragmatics within it.
Kalit so`zlar:
madaniy birlik, konsept, pragmatika, ramz, tag ma`no, semantika,
qo`riqxona, insoniy xislatlar.
Keywords:
cultural units, concept, pragmatics, symbol, deeper meaning,
semantics, sanctuary, human traits.
KIRISH.
Adabiyot hamisha tilshunoslik fani bilan uzviy bog`liq bo`lib kelgan. Tildagi
mavjud birliklar, ularning mazmun-mohiyatini bilish badiiy asarning istalgan janrini
tadqiq etish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda har bir millatning lug`at boyligida
mavjud bo`lgan birliklar o`sha mamlakatning tarixiy, tadrijiy rivojlanishini hamda
madaniyatini aks ettirib turadi. Xaqimiz orasida madaniy tafakkur, madaniy
o`simliklar, madaniy nutq kabi jumlalar keng tarqalgan. “Madaniy so`zining ma`nosi
o`zi nima va uning a
dabiyot sohasidagi ahamiyati qanday?” –
degan savolga javob
topsak. Ushbu so`zning kelib chiqishi arabcha “madaniy” leksemasidan olingan bo`lib,
“shahar,tarbiya” degan semalarni anglatadi. O`zbek tilida esa madaniy so`zi: ijtimoiy,
madaniy va ma`naviy hayotda o`zaro aloqalar, an`analar va qadryatlarni ifodalaydi*.
Masalan, Abdulla Qahhorning “O`g`ri” hikoyasidan olingan parchaga e`tibor qaratsak
-
da, uni madaniy tushunchasi asosida o`zbek xalqiga xos va mos bo`lgan odatlar
ifodalangan so`zlarni tahlil qilib o`tsak.
-Kampir tong qorong`isida xamir qilgani turib ho`kizidan xabar oldi. O!.. Ho`kiz
yo`q.
Og`il ko`cha tomondan teshilgan… Dehqonning uyi kuysa, kuysin, ho`kizi
yo`qolmasin.
Bizda savol paydo bo`lishi tabiiy. Jumladan, kampir aynan ertalab xamir qilgani
turdi, boshqa vaqt qilsa bo`lmasmidi? Bundan ko`rinadiki, odatda onalarimiz non
yopish uchun yoz payti tong saharda uyg`onishadi yoki diniy e`tiqodimizdan kelib
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 150 ~
chiqib, erta tongda turib hovlimizdagi yumushlarni bajarishimiz orqali xonadonimizga
fayz-u baraka olib kirgan bo`lamiz. Demak, birgina tong tushunchasi yoinki xamir
qorish birligi madaniy konseptlarni shakillanishiga xizmat qilmoqda. Ikkinchi
misradagi “O!..” birgina jumladan iborat bo`lib, uning tag zamirida olam
-olam ma`no
yashiringan. O harfi morfologik nuqtayi nazardan tahlil qilinganda his-hayajon undovi
vazifasini bajargan va unda hayrat va qo`rquv ma`nosi yashirin. Dehqonning uyi kuysa,
kuysin. Ho`kiz yo`qolmasin! Savol: nega ho`kiz yo`qolmasin, u yashash manzildan
ham qimmatli matohmi? Savolimizga javob ham ayni asar matni tarkibida keltirib
o`tilgan. Bir qop somon, o`n-o`n beshta xoda, bir arava qamish-uy, ho`kiz topish uchun
necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo`yish kerak bo`ladi. Xullas, bundan
ko`rinadiki, o`sha zamonlarda xalqimiz odati bo`yicha uy qurish, mol sotib olib,
boqishdan arzon bo`lgan.
Shuningdek, tilshunoslik ilmida konsept tushunchasi ham mavjud bo`lib, u-til va
fikr o`rtasidagi bog`lanishni ifodalaydi, ya`ni inson konsept orqali o`z hissiy
tuyg`ularini til vositasida voqealantiradi*.
Pragmatik birliklarning ham adabiy asarlar mohiyatini ochib berishdagi o`rni
beqiyos. Pragmatika nima o`zi? Shahriyor Safarov o`zining “Pragmalingivistika”
kitobida bu birlikka quyidagicha ta`rif beradi: “Pragmatika (yunoncha pragma
- ish,
harakat) aslida falsafiy tushuncha bo`lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham
qo`llanishda bo`lgan va keyinchalik uni J.Lokk, E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan
o`zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning
asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir*.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Qobilova Kamola o`zining “Pragmatikani ingiliz tilini xorijiy til sifatida o`qitish”
maqolasida pragma tushunchasiga quyidagicha izoh beradi:
“Pragmatika
tilshunoslikning muhim bir sohasi b
o‘
lib, s
o‘zlar va iboralarining tag ma’nosi, ya’ni
kontekstdan anglashilgan mohiyati ifodasi”,
- deya izohlaydi. Misol qilib kinoya,
metafora, niyatlarni keltirib o`tadi*. Demak, pragmatika so`zning bizga ko`rinib turgan
tomonini emas, balki, yashirin ma`zmunni ifodalashda ko`makchi bo`lib, xizmat qilar
ekan va u, albatta, matn tarkibida oydinlashadi. Bu haqida hatto amerikalik mashhur
yozuvchi Ernest Heminguey:
“Badiiy asarning yozilgan qismidan ko`ra yozilmaganni
muhimroq”,
- deya talqin etganida yanglishmagan edi. Bundan ko`rinadiki,
tilshunoslik va uning birliklari badiiyat bilan uzviy aloqador.
Umriniso Umar qizi “Pragmalingivistika va uning obyekti xususida” maqolasida
“Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq
faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni bunday maqsad va
mazmunning og‘zaki va yoz
ma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini,
ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 151 ~
nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan
tarmog‘idir”,
-
degan fikrlarni keltirib o‘tadi.*
Abdulla Oripov hayoti va lirikasi bo`yicha bir qancha ijodkorlar pragmatik
yondashuv asosida tadqiqot ishlarini olib borgan bo`lib, xususan, Yashar Qosim,
filologiya fanlari doktori, Ozarboyjon Milliy Ilmlar Akademiyasi, Nizomiy Ganjaviy
nomidagi Adabiyot
institutining bosh ilmiy xodimi “Abdulla Oripov lirikasida
milliylik va o`ziga xoslik” maqolasida
:
Necha kunki yoʻq oromim,
Kelolmayman xushimga.
Onajonim kechalari,
Kirib chiqar tushimga...
Ushbu she`rni madaniy paradigma asosida tahlil qilib beradi va Abdulla Qahhorni
ham “O`zbek millatining eng milliy ijodkori”,
- deya ataydi*. Mening nazdimda,
she`rdagi so`zlar mohiyatini ochish uchun “Nima uchun” nomli metoddan foydalansa,
yanada samaraliroq bo`lgan bo`lar edi. Shunda asos talab pragma vositasini oromim
yo`q, xushumga kelolmayman, kechalari onasini tushida ko`rish vositalari ochib
bergan bo`lar edi. So`zsiz, pragmalar o`zi asil holatida emas, matn tarkibida o`zining
mohiyatini kashf etishga imkon beradi.
Tugba Yilmazning “Abdulla Oripov she`rlaridagi tarixiy shaxslar*” tadqiqot
ishida quyidagi she`rni keltirib, Abdulla Qodiriyni zamon zulmiga chidab yashaganini
ta`kidlaydi. Abdulla Qodiriyga yuz ming jannatning ma’qul bo‘lishini, balki Xudoning
bundan ham
ko‘prog‘ini berishini, bu yillar davomida do‘zaxda odamlarga chidab
yashaganligiga urg`u beradi:
“Sizga yuz ming jannat bo‘lgaydir ravo,
Balki bundan ko‘pin bergaydir Xudo.
Shuncha yil do‘zaxi kimsalar bilan,
Chidab yashadingiz, Qodiriy bobo!”
Bu she`rni asosiy ma`no tashuvchi so`zlar pragmatikasi asosida talqin qilish
usulidan foydalanish orqali ham ko`zlangan maqsadga erishish mumkin. Masalan,
jannat, do`zaxiy kimsa, ko`pini berishi, chidab yashashi kabi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Yuqorida bir qator lisoniy birliklar va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek,
bu vositalarning adabiyotda tutgan o`rni; tadqiqotchilarning shu sohada olib borgan
faoliyati hamda izlanish natijalari bilan yaqindan tashib o`tdik. Endi o`rganganlarimiz
asosida Qashqadaryoning ardoqli farzandi, O`zbekiston Respublikasi Davlat
madhiyasi she`rini yozish orqali o`z nomini abadiylikka muhrlagan ijodkor Abdulla
Oripovning “Qo`riqxona” she`rini tahlil qilib o`tamiz. Abdulla Oripov lirikasi turli xil
mavzularni: tabiat, ishq, insoniylik, vatan va ko`plab shu kabi tushunchalar ijodining
yetakchi g`oyasi sanaladi. Ayniqsa, “Qo`riqxona” she`ri insoniylikning oliy
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 152 ~
namunasidir. Odatda, eng noyob hayvon, qush va o`simliklar yoqolib ketmasligi uchun
maxsus qo`riqxonalar tashkil etiladi yoyinki “Qizil kitob”ga kiritiladi. Bir qarashda bu
ijod mahsuli flora va fauna dunyosini e`tirof etganday tuyilishi mumkin, aslida ham
shundaymi? Fikrimizni she`rni madaniy lisoniy pragmatikalarni tahlil qilish orqali
davom ettiramiz.
Asraymiz o`simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atroflarin o`rab atayin,
Qo`riqxona deymiz so`ngra otini.
Yuqoridagi misralardan ko`rinib turibdiki,
yo`qolib ketish ostonasida turgan qator o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza
qiluvchi maskan “Qo`riqxona” deb atalar ekan.
Sayoq ovchilarga u yon yo`l bo`lsin,
Jarima solamiz, qamaymiz hatto.
To u jonzotlarni tinchiga qo`ysin,
Qirilib bitmasin tirik dunyo to.
Sayoq ovchilar birligi tahlil talab so`z bo`lib, nega ijodkor ularni oddiygina
ovchilar emas, “sayoq” so`zi bilan yonma
- yon tilga olmoqda? Sababi shuki, ovchilik
ham kasb, ammo ushbu nomga noloyiq bo`lgan, qonunga xilof ravishda ish ko`radigan
“brakonyer”lar ovchilar emas, tabiatning “kushandalari”dir! Har yili necha million fil
ham karkidonlar shoxlari uchun o`ldirilib, ularning turlari kamayishiga sabab
bo`lmoqda. Buday razilliklarning tag tomiri bilan quritmoq uchun ko`plab mamlakatlar
tomonidan konstitutsiyaviy javobgarlik belgilab qo`yilgan, hattoki O`zbekiston
Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi O`RQ-408-
sonli “Hayvonot dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunga o`zgartirish va
qo`shimchalar kiritilishi ham fikrimizning isbotidir*.
Olamda ko`p narsa kamyob bir qadar,
Ne - ne tuyg`ular ham kamyobdir, alhol,
Men derdim sof qalbni uchratgan safar,
Darhol o`rab oling atrofin, darhol.
Bu misralarda “Sof qalb” birikmasi asosiy ma`noni ochib beruvchi birlik
vazifasini bajarmoqda. Birinchi, ikkinchi misralarda ba`zi odamlarning nafsi, tabiatga
ta`siri natijasida mavjud bo`lgan hayvonot va nabotot olamini xavf ostiga qo`ygan
bo`lsa, endi bunday nokaslar insoniylikka, ya`ni qalblarni chilparchin bo`lishiga ham
sabab bo`lmoqdalar. Buning aksi o`laroq “Sof
qalb”lar nodir atiqaga aylanmoqda va ular uchun
mehr-muhabbat atalmish qo`riqxona kerak.
Insof yo`qolmasin, o`rang mustahkam,
To uni yuzsizlik etmasin xarob.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 153 ~
Ezgulikni asrang, olamda u ham,
Tojdor turna kabi bo`lmasin kamyob.
Insof-yuzsizlik tufayli yo`q bo`lsa, ezgulik-tojdor
turna kabi davrlar qariga singib ketishi mumkin. Insof-
“adolat”, “odillik” degan ma`nolarni anglatadi; yuzsiz
(ko`rnamak), tuzini ichib tuzlig`iga tupurgan kimsalar
tomonidan yo`qlik qariga botib ketmasidan avval uni muhofaza qilish kerakligi, bu esa
o`z navbatda ezgulikni ham tojdor turna misoli olamni tark etishiga turtki bo`lmasli
ta`kidlamoqda. Tojdor turnalar O`rta yer dengizi, Sharqiy Osiyo va Yevropaning ayrim
qismlarida yashaydilar. Ular asosan o`simliklar, urug`lar, hasharotlar va ba`zi kichik
hayvonlar bilan oziqlanadilar. Manbalarda keltirilishicha,
bu qushlar go`zalligi, noyob xususiyatlari, iqlim o`zgarishi
sabab xavf ostida qolmoqda*.
Oqibatni asrang, oqibat go`yo,
Ayiqday qaydadir topmasin zavol.
Hayoni asrangiz, kuymasin hayo,
Otashga duch kelgan polapon misol.
Oqibat-ayiq; hayo-polapon pragmatik vositalarda
nafaqat yashirin ma`no, balki o`zimizning o`zbek millatiga
xos bo`lgan milliy xislatlar ham mujassam. Oqibat-bizning
nazdimizda kichik bir xususiyat kabi tuyilishi mumkin.
Aslidachi? Farzandning ota-onasi, aka-uka, opa-singil,
yor-u do`st, qarindosh, qo`shnilarning o`zaro bir-birlariga
bo`lgan haqqilarini ado etishlarini tushunsak, ular hozirgi davrda shimolda yo`q bo`lib
borayotgan Oq ayiq singari himoyaga va qarovga muhtoj emasmikin?! Hadislarda:
“Hayo imondandir”,
- deya atalgan jumla bejiz keltirilmagan. Hatto Hazrat Navoiyning
ham “Xamsa” dostonining birinchisi bo`lmish “Hayrat ul
-
abror”da hayo bobi alohida
ahamiyatga ega. Hayo-suv uni otashgina, ya`ni g`azab yo`q qilishi mumkin.
Atrofimizdagi insonlarga beandishalik asosida muomala qilishimiz bizning ham,
ularning ham hayosini barbod bo`lishiga olib kelmoqda.
Imonni asrangiz, u doim tanho,
Undadir mujassam inson matlabi.
Avlodlar axtarib yurmasinlar to,
Uni alaqanday Qor odam kabi.
Imon, inson, Qor odam konseptlari ayni misralardagi ma`noning tub mohiyatini
ochib berishga hizmat qilgan. Inson olloh dargohidan imon fitratida dunyo yuzini
ko`radi, ammo jamiyat yo uni yuksaltiradi, yoki rivoj topmasdanoq zavolga yuz
tutishiga sabab bo`ladi. Inson yashashi uchun yurak qanday markaziy o`rinda tursa,
imon ruhning markaziy tushunchasidir. Yurak urishdan to`xtasa, hayot o`z yakuniga
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 154 ~
yetgani kabi ruh so`lsa, “Odam” degan tushunchadan asar ham qolmaydi. Imon
yuqorida sanab o`tgan: sof qalb, insof, ezgulik va oqibat uchun asos qismdir.O`zak
mavjud emas ekan, qo`shimchaning ham bo`lishi amrimahol. Qor odam haqida dunyo
bo`ylab ayrim afsonalar bor, lekin uni hech kim ko`rmagan, fanda ham isbot qilib
berilmagan. Demak, imon qo`ldan chiqsa, u ham
afsonaviy unsurlar qatoridan joy olishi aniq.
Vijdonni asrangiz har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragansimon,
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.
Vijdon, zamin, bobolardan qolgan leksik
birlik o`zining semantik xususiyati bilan bu tortlik mazmunini ochib berishda
ahamiyati katta. Vijdon-odamlar, jamoatchilik oldidagi mas`uliyat va bu jumla biz
yashab turgan, tiriklik maskani bo`lgan sayyoramizga o`xshatilmoqda, Zaminimizni
asrab-avaylamoq uchun qo`ldan kelgancha harakat qilayotganimiz kabi vijdonga ham
xuddi shunday munosabatda bo`lishimiz darkor, zero bobolardan qolgan bu me`ros
kelajak avlodga yetib bormay, yarim yo`lda unutib qo`ysak, mahsharda holatimizga
voy bo`lmasmikin?!
Ezgu, latif hislar bo`lmasin tahqir,
Bulbulni boyqushga topshirmang zinhor,
Xudbin va dilozor kimsaning, axir,
Og`zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?!
Boyqushlar uchun tunda hayot boshlanadi hamda ular go`sht bilan oziqlanadilar.
Bulbul-tong qushi, bog`-kuychisi, gul-shaydosi va ularni tunni afzal bilguvchi, go`sht
kushandasi bo`lgan boyqushga ishonib topshirib bo`lmaydi. Bu yerda majoziy
ma`noda: boyqush yovuzlarga, bulbul esa erta tongda yaratgan zotni madh etadigan,
yomonlik ne ekanligini bilmaydigan, atrofdagilardan hamisha ezgulik kutadigan
insonlarga qiyos etilgan. Hayvonlarni ham otxo`r va go`shtxo`rlarga ajratamiz.
Go`shtxo`rlar hamisha o`txo`rlarga qirg`in keltirganliklari uchun ularning og`zilari
qondir.
To`qayga o`t ketsa, yongay bus-butun,
Adolat borliqqa yolg`iz onadir.
Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun,
Yovuzlikdan zada Qo`riqxonadir.
Bus-butun yonmoq, adolat, dunyo, qalb,
yovuzlik leksemalar izoh talab birliklardir. O`rmon
yong`iniga guvoh bo`lganmisiz? Men bu voqeaga
jonli ravishda qatnashmagan bo`lsam-da, televideniye orqali kuzatganman. Bu
jarayonda shunga amin bo`lganmanki, olov quruq pichanlar u yoqda tursin, yam-
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 155 ~
yashil, tomirida suv balqib, atrofga go`zallik ulashib turgan nav niholni ham kuyib,
yo`q bo`lishiga olib kelgan. Aslida dunyo yaxshilikni o`ziga shior qilib olgan, unga
amal qiladigan va o`zgalar ko`nglini zada qilmaydigan insonlar tufayli hali hanuz o`z
borligini saqlab turibdi. Ammo ollohning adolati yer yuziga yuborilsa, so`zsiz, ho`l-u
quruq teng yonadi. Ushbu jumladan umumiy xulosaga keladigan bo`lsak, bugungi
kunda insonlar ham, dunyo ham o`zligini asrab qolish uchun qo`riqxonaga aylanib
bormoqda va bir kun u nihoya bilishi, haqiqat barcha yaratiqlarning egasi qo`lida qaror
topishi aniq.
Natija shundan iboratki, Abdulla Oripov aytmoqchi bo`lgan fikrini ko`r-ko`rona
emas, balki so`zlarning yashirin ma`nolaridan foydalanan holda voqelikni aks ettirib
berdi. Agar u hodisani bor bo`yi bilan izohlab bergan bo`lganda edi, she`rning bu
darajada ta`sir ta`minotiga erisha olmagan bo`lardi. Hamma ham fikr bildirishi
mumkin, ammo bir jumlani tinglovchiga qay tartibda yetkazib bera olish nutq
tuzuvchiga ulkan mas`uliyat yuklaydi. She`rning nomlanishiga e`tibor qaratsak, uning
zohiridan qirilib bitayotgan hayvonlarni nazarda tutganligiga o`zimizni ishontira
boshlaymiz. So`zlar mag`zini chaqa boshlaganimizda esa haqiqiy “Qo`riqxona”
insoniylikni yo`qotayongan bashariyat holati va bu orqali o`z tanazzullari tomon ulkan
qadamlari bilan odimlayotganlariga yana bir bor guvoh bo`lamiz.
XULOSA.
Xulosa shuki, agar hamma narsani ko`ringan qismi orqali qaror qabul qiladigan
bo`lsak, asliyatning bir burchiga ham yetib bora olmaymiz. Asarlar ham shunday.
Uning yozilgan qismidan yozilmagani muhimroq va bu til birliklari va ularning
ma`nosini bilganimizda, vaziyatga mos ravishda tatbiq eta olganimizdagina o`zining
asil mevasini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Sh.Safarov. Pragmalingivistika. Toshkent, 2008.
2.U.Po`latova. Pragmalingivistika va uning o`rganish obyekti xususida.
Educational Research in Universal Sciences 6-son (357-362), 2022.
3.K.Qobilova. Pragmatikani ingiliz tilini xorijiy til sifatida o`qitish. Yangi
O`zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarning o`rni va rivojlanish omillari. 4-son 1-
to`plam (131-139) 2024.
4.Y.Qosim. Abdulla Oripov lirikasida milliylik va o`ziga xoslik. O`zbek
adabiyotshunosligining dolzarb masalalari (155-162).
5. Y.Tugba. Abdulla Oripov she`rlaridagi tarixiy shaxslar. Scientic journal. 2-son
(55-59) 2022.
6.B.To`xliyev,B.Karimov,K.Usmonova. 10-sinf adabiyot darslik 2-qism. Davlat
ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2017.
7. Z.Mirzayeva,K.Jalilov. 7-sinf adabiyot darsligi. O`quv nashri. Toshkent, 2022.
8.www. lex. uz.
9.www. wikipedia. org.
