Авторы

  • Шохсанам Холбоева

Биография автора

  • Шохсанам Холбоева
    Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.123799

Аннотация

Ushbu maqolada kognitiv yondashuv asosida o‘quvchilarda tinglash yordamida o‘rganish kompetensiyasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Audiokitoblar orqali o‘quvchilarning o‘qish va izlanish qobiliyatini rivojlantirish, tinglash orqali axborotni qabul qilish, tahlil qilish va yodda saqlash jarayonlari ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, audiokitoblardan dars jarayonida va mustaqil ta’limda foydalanishning qulayliklari, metodik yondashuvlar va tajriba asosidagi natijalar keltirilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 7 ~

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA

O‘QUVCHILARDA

TINGLASH

YORDAMIDA

O‘RGANISH

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

(audiokitoblar misolida)

Xolboyeva Shohsanam Anvarjon qizi

Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada kognitiv yondashuv asosida

o‘quvchilarda

tinglash yordamida

o‘rganish

kompetensiyasini shakllantirish masalalari

ko‘rib

chiqilgan. Audiokitoblar orqali

o‘quvchilarning

o‘qish

va izlanish qobiliyatini

rivojlantirish, tinglash orqali axborotni qabul qilish, tahlil qilish va yodda saqlash
jarayonlari ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, audiokitoblardan dars jarayonida
va mustaqil

ta’limda

foydalanishning qulayliklari, metodik yondashuvlar va tajriba

asosidagi natijalar keltirilgan.

Kalit

so‘zlar:

kognitiv yondashuv, audiokitob, tinglash orqali

o‘rganish,

kompetensiya, media vositalar, mustaqil

ta’lim,

tanqidiy fikrlash.

Kirish

O‘zbekistondagi

ta’lim

tizimining eng asosiy maqsadlaridan biri

o‘quvchida

bilim olishga

bo‘lgan

hayotiy ehtiyojni,

ya’ni

izlanish-

o‘rganishga

nisbatan

motivatsiyani

uyg‘otishdir.

Hozirda bu jarayonni faqat

an’anaviy

usullar bilan emas,

balki yangi pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish zarurati ortib bormoqda. Ana
shunday yondashuvlardan biri

kognitiv yondashuv

bo‘lib,

u

o‘quvchining

idrok,

tafakkur, xotira,

e’tibor

kabi psixik jarayonlarini faollashtirishga

yo‘naltirilgan.

Kognitiv yondashuvda

o‘rganish

jarayoni

o‘quvchi

ongi va tafakkuri orqali

ma’lumotni

qabul qilish, uni tahlil qilish va anglagan xolda

o‘zlashtirish

asosida yuz

beradi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki,

audiokitob va shu kabi audio

vositalardan foydalanish

orqali

o‘quvchilarni

tinglash orqali bilim olishga

yo‘naltirish,

ularning tinglash kompetensiyasini shakllantirish samarali vosita sifatida

qaralmoqda.

Kognitiv yondashuvning

ta’limdagi

o‘rni

va ahamiyati

Kognitiv yondashuv psixologik-pedagogik nazariya sifatida 1950

1960-yillarda

rivojlangan

bo‘lib,

inson ongi va aqliy jarayonlarini

o‘rganish

orqali

ta’lim

samaradorligini oshirishga qaratilgan. Kognitiv yondashuv asosidagi

o‘quv

jarayoni

quyidagi tamoyillarga tayanadi:

axborotni ongli ravishda idrok qilish;

xotira,

e’tibor

va tafakkur faoliyatlarini faollashtirish;

bilimlarni real hayotda

qo‘llay

olishga

yo‘naltirish;

tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 8 ~

Kognitiv yondashuvda

o‘quvchi

nofaol axborot oluvchi emas, balki faol bilim

egasi, mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida qaraladi. Bu esa ayniqsa mediatexnologiyalar,
xususan,

audiokitoblar orqali

ta’lim

olish

jarayonida

o‘zining

yuqori samaradorligini

ko‘rsatadi.

Audiokitoblarning

o‘quvchilarda

tinglash orqali anglash kompetensiyasini

shakllantirishdagi

o‘rni

Audiokitob

bu matn, yozuv, hikoya, mavzuning ovozli shakli

bo‘lib,

uni eshitish

orqali

o‘quvchi

axborotni qabul qiladi, tinglash orqali tahlil qiladi va xotirasida

saqlaydi. Bu usul ayniqsa:

eshitish orqali yaxshi

o‘zlashtiradigan

o‘quvchilar

uchun;

ko‘z

bilan

o‘qishda

muammoga duch keladiganlar uchun;

mustaqil

o‘rganishga

yo‘naltirish

maqsadida;

jismoniy faoliyatda (masalan, sayr paytida)

o‘rganishda

qulay imkoniyat

yaratadi.

Audiokitoblardan foydalanish eng avvalo eshitish madaniyatini, asosiy

g‘oyani

anglay olish, matnning ketma-ketligini yodda saqlash,

o‘z

fikrini misollar bilan ifoda

etish kabi

ko‘nikmalarni

shakllantiradi. Bu esa aynan

kognitiv faoliyatni

rivojlantirish

bilan uzviy

bog‘liq.

Eshitish orqali

o‘rganish

kompetensiyasi va uni rivojlantirish bosqichlari

Eshitish orqali

o‘rganish

bu shunchaki tinglash emas, balki axborotni anglash,

tahlil qilish, eslab qolish va uni amalda

qo‘llay

olishni jamlovchi murakkab kognitiv

jarayon. Mazkur kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi bosqichlar
muhimdir:

1.

Tayyorgarlik bosqichi

o‘quvchida

tinglashga tayyorgarlik, diqqatni bir

joyga jamlash;

2.

Tinglash va anglash bosqichi

asosiy

ma’no

-mazmunni aniqlash,

muhim jihatlarni eslab qolish;

3.

Analiz va xulosa chiqarish bosqichi

tinglangan axborot-

ma’lumot

asosida fikr bildirish, savollarga javob izlash;

4.

Refleksiya bosqichi

eshitilgan matnga shaxsiy-umumiy munosabat

bildirish, u haqida ustoz yoki boshqa shaxs bilan yozma yoki

og‘zaki

mulohaza qilish.

Bu bosqichlarni samarali tashkil etish uchun

metodik yondashuvlar

, masalan,

“tingla

- tahlil qil

ko‘rsat”

kabi modeldan foydalanish mumkin.

Metodik yondashuvlar: audiokitob asosida dars tashkil etish

Audiokitoblardan foydalanib darslar tashkil qilish jarayoni ushbu metodlar orqali

amalga oshiriladi:

“Eshit

va

yoz”

eshitilgan matndan eng asosiy

g‘oyani

alohida-ajratib yozish;

“Savol

-

javob”

audiokitob asosida munozara va savol tayyorlash;

“Rolga

kirish”

tinglangan matndagi obraz va qahramonlarni talqin qilish;


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 9 ~

“Kutilmagan

yakun”

matnni tinglash orqali matn davomini

o‘quvchilar

mustaqil tasavvur qilishadi;

“Kognitiv

xarita”

voqea va hodisalarni klaster shaklida tasvirlash.

Bu metodlar orqali

o‘quvchilarning

diqqatni jamlash, yodda saqlash, tanqidiy va

ijodiy fikrlash kompetensiyalari yanada faollashadi.

Tajriba asosidagi kuzatuvlar (namuna)

Bir nechta

umumta’lim

maktablarida 5

7-sinf

o‘quvchilari

ishtirokida audiokitob

asosidagi darslar tashkil etildi. 5 haftalik kuzatuv-tekshiruvning natijalariga

ko‘ra:

85%

o‘quvchi

tinglangan mavzuni yodda saqlashda ijobiy

o‘zgarishni

ko‘rsatdi;

72%

o‘quvchida

o‘z

fikrini dalillar orqali ifoda etish

ko‘nikmasi

rivojlandi;

67%

o‘quvchi

audiokitobni darsdan tashqari mustaqil tinglashni odatga

aylantirdi.

Natijalar shuni

ko‘rsatadiki,

audiokitoblardan foydalanish orqali tinglash orqali

anglash

kompetensiyalarni shakllantirish

mumkin.

Xulosa va takliflar

Kognitiv yondashuv asosida audiokitoblardan foydalanish

o‘quvchilarning

eshitish, tafakkur va mulohaza yuritish

ko‘nikmalarini

rivojlantiradi.

Audiokitoblar darsdan tashqari faoliyatni samarali tashkil etishda katta

imkoniyatlar yaratadi.

O‘quv

dasturlariga moslashtirilgan audiokitoblar

to‘plamini

yaratish zarur.

O‘qituvchilar

uchun audiokitoblardan foydalanish

bo‘yicha

uslubiy

qo‘llanmalar

ishlab chiqilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ausubel D. P. (1968). Educational Psychology: A Cognitive View. Holt,

Rinehart and Winston.

2.

Anderson, J. R. (1990). Cognitive Psychology and Its Implications.

Freeman.

3.

Vohidova M.M. (2021).

“Ta’limda

zamonaviy

yondashuvlar”.

Toshkent:

TDPU.

4.

Isroilov A.I. (2022).

“O‘quvchilarda

tinglab tushunish kompetensiyasini

rivojlantirish”.

O‘zDJTU

ilmiy jurnali.

5.

ijtimoiypedagogika.uz

Pedagogik portallar va metodik ishlanmalar

to‘plami

Библиографические ссылки

Ausubel D. P. (1968). Educational Psychology: A Cognitive View. Holt, Rinehart and Winston.

Anderson, J. R. (1990). Cognitive Psychology and Its Implications. Freeman.

Vohidova M.M. (2021). “Ta’limda zamonaviy yondashuvlar”. Toshkent: TDPU.

Isroilov A.I. (2022). “O‘quvchilarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish”. O‘zDJTU ilmiy jurnali.

ijtimoiypedagogika.uz – Pedagogik portallar va metodik ishlanmalar to‘plami