Авторы

  • Rayimova Sarvinoz Alisherovna
    Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari va fizika va matematika” fakulteti, “Fizika” yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104098

Ключевые слова:

fizika faniga qizish zamonaviy ta’lim o‘quv motivatsiyasi amaliy mashg‘ulotlar pedagogik yondashuvlar o‘quvchilarning faol ishtiroki.

Аннотация

Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishi zamonaviy ta’lim sharoitida tobora pasayib borayotgani holati o‘rganiladi. Talaba sifatida olib borgan kuzatish va tahlillarim asosida fizikaga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga ta’lim mazmunining nazariyaga yo‘naltirilgani, amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligi, o‘qitish uslublarining zamon talablariga mos emasligi kabi omillar sabab bo‘layotgani aniqlanmoqda. Maqolada ushbu muammoning ta’lim sifatiga ta’siri, kelajak kasb tanlovi va ilmiy salohiyat rivojiga bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, motivatsiyani kuchaytirish va dars jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Rayimova Sarvinoz Alisherovna

Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari va fizika va matematika” fakulteti, “Fizika”

yo‘nalishi 2-kurs talabasi

ZAMONAVIY TA’LIMDA FIZIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHNING PASAYISHI:

SABABLARI, OQIBATLARI VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishi zamonaviy ta’lim

sharoitida tobora pasayib borayotgani holati o‘rganiladi. Talaba sifatida olib borgan kuzatish va

tahlillarim asosida fizikaga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga ta’lim mazmunining nazariyaga

yo‘naltirilgani, amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligi, o‘qitish uslublarining zamon talablariga

mos emasligi kabi omillar sabab bo‘layotgani aniqlanmoqda. Maqolada ushbu muammoning

ta’lim sifatiga ta’siri, kelajak kasb tanlovi va ilmiy salohiyat rivojiga bog‘liqligi yoritilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish,

motivatsiyani kuchaytirish va dars jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha

takliflar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar:

fizika faniga qizish, zamonaviy ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, amaliy mashg‘ulotlar,

pedagogik yondashuvlar, o‘quvchilarning faol ishtiroki.

Kirish:

Bugungi kunda ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan muammolardan biri o‘quvchilarning

aniq fanlarga, xususan, fizika faniga bo‘lgan qiziqishining sezilarli darajada pasayib

borayotganidir. Bu holat nafaqat o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, balki ularning

kelajakdagi kasb tanlovi, ilmiy tafakkuri va milliy innovatsion salohiyatning shakllanishiga ham

bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Fizika fani – tabiat hodisalarining nazariy asoslari va amaliy

jihatlarini o‘rgatadigan, texnik va muhandislik yo‘nalishlariga poydevor bo‘ladigan muhim

fandir. Shunga qaramay, zamonaviy o‘quvchilarda ushbu fanga nisbatan sovuqqonlik,

qiziqishning sustligi va unga e’tiborning kamaygani kuzatilmoqda.

Bu muammoning ildizlari chuqur va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni faqat o‘quvchi shaxsiyati bilan

emas, balki ta’lim tizimidagi uslubiy, metodik, tashkiliy omillar bilan ham bog‘lash lozim.

Ayniqsa, o‘quv dasturlarining haddan ziyod nazariy bo‘lib qolayotgani, zamonaviy

texnologiyalarning dars jarayonida yetarli darajada qo‘llanilmayotgani, laboratoriya ishlarining

son va sifati bo‘yicha yetishmovchilik mavjudligi ushbu muammoning yanada chuqurlashishiga

sabab bo‘lmoqda.

Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar,

bu holatning ta’lim sifati va ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek,

o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, motivatsiyani

kuchaytirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali ushbu

muammoni bartaraf etish yo‘llari ilgari suriladi.

Asosiy qism

:

Fizika faniga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga olib kelayotgan asosiy omillar

:

Ta’lim mazmunining haddan tashqari nazariyligi

. Fizika darsliklari va dars mashg‘ulotlari

ko‘pincha nazariy formulalar va fizik qonunlarning yoddan o‘rganilishi bilan chegaralanadi. Bu

esa o‘quvchilarda fanga nisbatan zerikish hissini uyg‘otadi, natijada amaliyotga asoslangan,

hayotiy misollar bilan boyitilgan darslarga ehtiyoj seziladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarining yetishmasligi

. Fizikaga qiziqish

shakllanishida tajriba va kuzatuvlar muhim rol o‘ynaydi. Afsuski, ko‘plab umumta’lim

muassasalarida zarur laboratoriya jihozlari mavjud emas yoki mavjud bo‘lganlari eskirgan. Bu

holat fizikani ‘‘quruq nazariya’’ sifatida qabul qilinishiga olib kelmoqda.

1-rasm: Nazariy materiallarga yuqori e’tibor qaratishning oqibatlari

Rasmda aks etgan holat, ta’lim mazmunining haddan tashqari nazariyligi va amaliy

mashg‘ulotlarning yetishmasligini yaxshi tasvirlaydi. O‘quvchilar faqat nazariy bilimlarga

qaratilgan dars jarayonida ko‘rsatilgan bo‘lib, amaliy tajribalar va laboratoriya ishlarining

yetishmasligi, ular uchun fizika faniga bo‘lgan qiziqishini kamaytiradi. Bu holat, o‘quvchilarning

faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib, fanning amaliy jihatlarini o‘zlashtirish imkoniyatidan

mahrum bo‘lishlarini ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda, yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf etish va fizika faniga bo‘lgan

qiziqishni oshirishga qaratilgan samarali yechimlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Quyida fizika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yo‘nalishlar haqida

ko‘rib chiqamiz.

Fizika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun eng avvalo, dars jarayonida nazariy bilimlar bilan

bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar va tajribalarga keng o‘rin berish lozim. Chunki fizik hodisalarni

faqat nazariy tushunchalar asosida tushuntirish ko‘plab o‘quvchilar uchun mavzuni quruq va

zerikarli ko‘rsatadi. Masalan, bosim, kuch yoki harorat o‘zgarishi kabi hodisalarni oddiy

laboratoriya sharoitida tajriba orqali ko‘rsatish, o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.

Shu bilan birga, nazariy formulalarni hayotiy misollar bilan bog‘lab tushuntirish ham muhim

o‘rin tutadi. Masalan, yorug‘likning sinishi hodisasini darslikdagi ta’riflar asosida emas, balki

suv ichida egri ko‘ringan qoshiq misolida tushuntirish o‘quvchiga mavzuni yaqinlashtiradi va

eslab qolishni osonlashtiradi. Bundan tashqari fizika faniga alohida qiziqish bildirgan

o‘quvchilarni fan olimpiadalari, ixtirolar tanlovi yoki ilmiy loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlash

ham muhim. Ular uchun maxsus darsdan tashqari mashg‘ulotlar, to‘garaklar tashkil etish

o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantiribgina qolmay, balki ularni fanga muhabbat

bilan yondashishga undaydi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Umuman olganda, fizika darslarini interaktiv, hayotga yaqin va faoliyatga asoslangan tarzda

tashkil qilish, o‘quvchilarning bu fan bilan bo‘g‘liq ichki motivatsiyasini oshiradi. Bu esa, o‘z

navbatida, fanning o‘zlashtirilishi, kelajak kasb tanloviga bo‘lgan qaror va ilmiy salohiyat

shakllanishiga ijobiy ta’ sir ko‘rsatadi.

Fizika faniga qiziqishni oshirish yo‘llarini nazariy jihatdan tahlil qilgan holda, maktabda

amaliyot jarayonida kuzatilgan real holatlar bu muammolarning amalda qanday namoyon

bo‘layotganini ko‘rsatdi. Talaba sifatida amaliyot davomida olib borgan bevosita kuzatishlarim

shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab o‘quvchilar fizika darslarida passiv ishtirok etmoqda, savol-javoblarda

sust qatnashmoqda va ayniqsa, nazariy materiallarni hayot bilan bog‘lay olmayotganliklari

kuzatildi. Ba’zi sinflarda laboratoriya ishlarining umuman o‘tkazilmasligi yoki faqat nazariy

ma’lumotlar bilan cheklanilayotgani o‘quvchilarning ushbu fan bo‘yicha amaliy bilimlar hosil

qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bu holatlarning asosiy sababi, ko‘pincha, fizika fanining nazariy qismiga ortiqcha e’tibor berish

va amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligi bo‘lib, o‘quvchilarda bu fanga bo‘lgan qiziqishni

pasaytiradi. Dars jarayonida elektr zanjirlarini qurish yoki mexanik tajribalarni o‘tkazishda

o‘quvchilarni jalb qilganimda, ular mavzularni tezroq o‘zlashtira olishdi va amaliyot orqali

yanada ko‘proq savollar berib, fizika faniga qiziqishlari oshganini sezdim. Bu tajriba shuni

ko‘rsatdiki, amaliy mashg‘ulotlar va tajribalar orqali o‘quvchilarning fizika haqidagi tasavvurlari

yaxshilanadi va o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ladi deb hisoblayman.

Maktabdagi amaliyot davomida kuzatilgan holatlar asosida, universitetda o‘rgangan nazariy

bilimlarimga tayangan holda, fizika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun o‘quvchilarni

darsga qiziqtirish uchun interaktiv metodlardan foydalanish, fanni kundalik hayot bilan bog‘lab

tushuntirishi lozim deb hisoblayman.

Yuqoridagi takliflar asosida shuni aytish mumkinki, zamonaviy o‘qituvchi nafaqat fanni

biladigan mutaxassis, balki o‘quvchini rag‘batlantira oladigan, interaktiv metodlardan foydalana

oladigan va har bir mavzuni hayotiy misollar bilan boyita oladigan ijodkor bo‘lishi lozim.

Universitetda egallangan bilim va ko‘nikmalarni maktabdagi amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash fizika

faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Fizika faniga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda nafaqat maktab, balki ota-onalar va jamiyatning

tutgan o‘rni ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonida bola atrofidagi ijtimoiy muhit —

oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari va madaniy muhit — uning bilimga bo‘lgan

munosabatini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, oila doirasida ilm-fanga

nisbatan hurmat va e’tiborli munosabat mavjud bo‘lsa, farzandda ham tabiiy ravishda shu sohaga

qiziqish uyg‘onadi. Aksincha, agar ota-onalar fanlarni “qiyin”, “keraksiz” deb baholasa, bu holat

bolada salbiy psixologik to‘siq paydo qilishi mumkin.

Jamiyatda ham fizika va umuman texnika fanlariga nisbatan ijtimoiy e’tibor pasaygan holatlarda,

o‘quvchilar orasida bu fanga nisbatan sovuqlik yuzaga kelishi ehtimoli ortadi. Bunday sharoitda

ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tashkilotlari orqali fizika

fanining hayotiy ahamiyati, texnologik taraqqiyotdagi roli va kelajak kasblaridagi o‘rni haqida

keng targ‘ibot olib borish zarur. Ayniqsa, mashhur fizik olimlarning muvaffaqiyatli faoliyati,

yoshlarning innovatsion ishlanmalari yoki ilmiy yutuqlari ommaga yetkazib borilsa, bu

o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning farzandi bilan birgalikda ilmiy-tajriba ko‘rgazmalariga borishi,

ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi va o‘zlari ham o‘rnak bo‘lishi fizika faniga bo‘lgan ijtimoiy

ishonchni mustahkamlaydi. Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyatning uzviy hamkorligi natijasida


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o‘quvchining fanlarga nisbatan intilishi kuchayadi, bu esa ta’lim sifatiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadi.

Xulosa:

Xulosa o‘rnida aytish joizki, fizika faniga bo‘lgan o‘quvchi qiziqishining pasayishi – bu

faqatgina maktab doirasidagina emas, balki butun ta’lim tizimi va ijtimoiy muhit miqyosida hal

etilishi zarur bo‘lgan kompleks muammodir. Bu jarayonning ildizlari nazariy o‘qitishning

ustunligi, amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligi, o‘quv metodikasining zamonaviy talablar

bilan uyg‘unlashmaganligida mujassam. Shu boisdan, fizika ta’limini faollashtirish, uni hayotiy

va qiziqarli ko‘rinishda taqdim etish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish, zamonaviy

texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash zarurdir.

Bunda universitetda shakllangan ilmiy-nazariy asoslar, pedagogik mahorat hamda amaliy tajriba

asosida ishlab chiqilgan takliflar muhim rol o‘ynaydi. Xususan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida

ikki tomonlama faol muloqotni yo‘lga qo‘yish, tajriba va loyihalarga asoslangan o‘quv modeli

orqali fizikaning hayot bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatish zarur. Shu bilan birga, ota-onalar va

jamiyatning fanga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish, yoshlar ongida ilm-fanga

bo‘lgan hurmatni uyg‘otish — kelajakda raqobatbardosh, texnologik tafakkurga ega avlodni

shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Fizikani inson tafakkurining yuksak ifodasi sifatida talqin eta olgan ta’lim tizimigina bu fanga

bo‘lgan qiziqishni jonlantirib, ilmiy-texnik rivojlanish yo‘lida barqaror ijtimoiy zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jo‘rayev Q, Salimova. D. Fizikani o‘qitish metodikasi – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2020.

2. Zunnunov. Sh. N. O‘quvchilarda fizik tafakkurni rivojlantirish yo‘llari. – Toshkent: Fan,

2019.

3. Turdiyev. A. M. Fizika faniga qiziqishni oshirishning innovatsion yondashuvlari. –

‘‘ Ta‘lim va rivojlanish’’, 2022

4. Abdullayev. A.A. Zamonaviy ta’ limda tabiy fanlarning o‘rni. – ‘‘Pedagogik izlanishlar

jurnali’’, 2021

5. Karimova M.T. Ota-onalar va jamiyatning ta’limdagi roli: nazariya va amaliyot

.

– “Ijtimoiy

fanlar”, 2020

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish

inspeksiyasi hisobotlari, 2022.

7.

www.edu.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim portali.

8.

UNESKO. The Role of Science Education in 21st Century Skills Development

. –

Paris,

2021.

Xalq ta’limi vazirligi tavsiya etgan o‘quv dasturlari va darsliklari. – Toshkent, 2023.

Библиографические ссылки

Jo‘rayev Q, Salimova. D. Fizikani o‘qitish metodikasi – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2020.

Zunnunov. Sh. N. O‘quvchilarda fizik tafakkurni rivojlantirish yo‘llari. – Toshkent: Fan, 2019.

Turdiyev. A. M. Fizika faniga qiziqishni oshirishning innovatsion yondashuvlari. – ‘‘ Ta‘lim va rivojlanish’’, 2022

Abdullayev. A.A. Zamonaviy ta’ limda tabiy fanlarning o‘rni. – ‘‘Pedagogik izlanishlar jurnali’’, 2021

Karimova M.T. Ota-onalar va jamiyatning ta’limdagi roli: nazariya va amaliyot. – “Ijtimoiy fanlar”, 2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi hisobotlari, 2022.

www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim portali.

UNESKO. The Role of Science Education in 21st Century Skills Development. – Paris, 2021.

Xalq ta’limi vazirligi tavsiya etgan o‘quv dasturlari va darsliklari. – Toshkent, 2023.