Авторы

  • Ozodboyev Ismoil Odilboyevich
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104163

Ключевые слова:

chizmachilik pedagogik texnologiyalar interaktiv usullar dars samaradorligi grafik dasturlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari innovatsion ta’lim vizual ta’lim vositalari.

Аннотация

Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik texnologiyalar orqali dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustaqil fikrlash faoliyatini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, interaktiv metodlardan va grafik dasturlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Tajriba asosida olingan natijalar ham keltirilib, pedagogik yondashuvlar orqali chizmachilik darslarini yanada mazmunli tashkil etish usullari tavsiya etilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ozodboyev Ismoil Odilboyevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi

о‘qituvchisi

CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Annotatsiya.

Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik

texnologiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik

texnologiyalar orqali dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan bo‘yicha amaliy

ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustaqil fikrlash faoliyatini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, interaktiv metodlardan va grafik

dasturlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Tajriba asosida olingan natijalar ham keltirilib,

pedagogik yondashuvlar orqali chizmachilik darslarini yanada mazmunli tashkil etish usullari

tavsiya etilgan.

Kalit so‘zlar:

chizmachilik, pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar, dars samaradorligi,

grafik dasturlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion ta’lim, vizual ta’lim

vositalari.

Zamonaviy ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish

muhim o‘rin egallaydi. Xususan, chizmachilik kabi texnik fanlarni o‘rgatishda o‘quvchilarning

tafakkurini shakllantirish, tasavvurini boyitish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda

zamonaviy texnologiyalar katta ahamiyatga ega.

Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni

Pedagogik texnologiyalar deganda, o‘quv jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va

baholashga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv tushuniladi. Ular yordamida ta’lim jarayoni

samaradorligi oshirilib, o‘quvchilarda chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Ayniqsa, grafik fanni o‘rgatishda bu usullar ko‘rgazmalilik, vizuallik va interaktivlikni

ta’minlaydi.

Chizmachilik fanining o‘qitilishida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Bugungi kunda

chizmachilik darslarida quyidagi texnologiyalardan keng foydalanilmoqda: Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – grafik dasturlar, interaktiv taqdimotlar, videodarslar;

Interaktiv usullar – klasterlar, aqliy hujum, jamoaviy ishlar; Problemali ta’lim – masalalar

yechish orqali tahliliy fikrlashni rivojlantirish; Modulli o‘qitish – mavzularni bosqichma-bosqich

o‘zlashtirishga yordam beradi.

Grafik dasturlardan foydalanishning o‘rni. AutoCAD, Compass, SolidWorks kabi grafik

dasturlardan foydalanish o‘quvchilarda zamonaviy loyihalash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ular

yordamida murakkab chizmalarni aniq va qisqa vaqt ichida bajarish, ularni 3D formatida ko‘rish

imkoniyati yaratiladi.

Pedagogik texnologiyalar yordamida dars samaradorligini oshirish usullari Quyidagi metodlar

yordamida darslar samaradorligini oshirish mumkin: Darsni loyihalashtirishda interaktiv

vositalardan foydalanish; Har bir mavzu yuzasidan elektron resurslar tayyorlash; O‘quvchilarni

amaliy mashg‘ulotlarga jalb etish; Refleksiya (o‘z-o‘zini tahlil qilish) metodlarini tatbiq etish


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali tomonlari

-

chizmachilik fanida

pedagogik texnologiyalardan foydalanish quyidagi samarali tomonlarga ega:

1. O‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi zamonaviy texnologiyalar orqali chizmachilik darslari

yanada qiziqarli va interaktiv bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi,

ularni o‘qishga undaydi va ularning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishlarini ta'minlaydi.

2. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quvchilar o‘z

ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlashlari mumkin. Masalan, 3D modellar yaratish,

chizmalarni tahlil qilish va dizayn qilish kabi jarayonlarda texnologiyalarni qo‘llash,

o‘quvchilarning amaliy bilimlarini chuqurlashtiradi.

3. O‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish, onlayn kurslar va virtual muhitda

ishlash imkoniyatlari, o‘quvchilarga o‘z vaqtida va erkin ravishda ishlash imkonini beradi. Bu

esa, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantiradi.

4. O‘qitishning shaxsiylashtirilishi - pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayoni

shaxsiylashtirilishi mumkin. Har bir o‘quvchi va o‘z qiziqishlariga mos ravishda darslarni

o‘zlashtirishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Chizmachilik fanini o‘qitishda pedagogik

texnologiyalardan foydalanish,

nafaqat

o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki ularning ijodiy va analitik fikrlash

qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya

qilish, o‘qitish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini

yanada samarali qiladi. O‘qituvchilar pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanib,

chizmachilik fanini yanada qiziqarli va interaktiv qilishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida,

zamonaviy kadrlar tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1

.

Rixsiboyev T. «Kompyuter grafikasi», -T.: «Tafakkur qanoti». 2012-y.

2. Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O. «Muhandislik grafikasini o‘qitish

3. Murodov, Sh.K va boshkalar, (2020). Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari

uchun darslik, Toshkent, ”Iqtisod-moliya”.

4. Ko‘kiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science.

European Journal of

Research and Reflection in Educational Sciences

, 8 (4), 203-205.

5. Hayitov.J.M.

(

2022).Muhandislik grafikasi fanlarini axborot-kommunikasiya texnologiyalari

yordamidao’qitish orqali talabalarni ijodkorlik qobilyatini oshirish. Science and education

scientific journal. ISSN 2181-0842.VOLUME 3, ISSUE 11.

6. N. Valiyev. Chizmachilik. (geometrik chizmachilik). O’quv qo’llanma. – T.: 2013.

7. I.O. Odilboyevich, (2023). PERFECTING THE METHODOLOGY OF USING GRAPHIC

SOFTWARE IN TEACHING DRAWING.

CURRENT RESEARCH JOURNAL OF

PEDAGOGICS

,

4

(11), 50-55.

Библиографические ссылки

Rixsiboyev T. «Kompyuter grafikasi», -T.: «Tafakkur qanoti». 2012-y.

Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O. «Muhandislik grafikasini o‘qitish

Murodov, Sh.K va boshkalar, (2020). Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, ”Iqtisod-moliya”.

Ko‘kiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), 203-205.

Hayitov.J.M.(2022).Muhandislik grafikasi fanlarini axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamidao’qitish orqali talabalarni ijodkorlik qobilyatini oshirish. Science and education scientific journal. ISSN 2181-0842.VOLUME 3, ISSUE 11.

N. Valiyev. Chizmachilik. (geometrik chizmachilik). O’quv qo’llanma. – T.: 2013.

I.O. Odilboyevich, (2023). PERFECTING THE METHODOLOGY OF USING GRAPHIC SOFTWARE IN TEACHING DRAWING. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(11), 50-55.