Авторы

  • Yuldasheva Nigora Sultanovna
    GDPI «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)» yo‘nalish magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104202

Ключевые слова:

boshlang’ich sinf badiiy matn matn ustida ishlash matnni o’qish va tushunish ta’lim va tarbiya jarayoni.

Аннотация

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy matnni o’qish, uni tushunish, badiiy matn ustida ishlash va tahlil qilish orqali  o’quvchilarda estetik madaniyatning oshishi, kommunikativ  qobiliyatning rivojlanishi, mustaqil va ijodiy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish ko’nikmasining hosil bo’lishi, nazariy  bilimlarning amaliy  faoliyatda qo’llash kompetensiyasining  shakllanishiga erishish.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yuldasheva Nigora Sultanovna

GDPI «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)» yo‘nalish magistranti

e-mail: yuldasheva0777@gmail.com

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH

Annotatsiya:

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy matnni o’qish, uni

tushunish, badiiy matn ustida ishlash va tahlil qilish orqali o’quvchilarda estetik madaniyatning

oshishi, kommunikativ qobiliyatning rivojlanishi, mustaqil va ijodiy fikrlash, mantiqiy xulosa

chiqarish ko’nikmasining hosil bo’lishi, nazariy bilimlarning amaliy faoliyatda qo’llash

kompetensiyasining shakllanishiga erishish.

Kalit so’zlar:

boshlang’ich sinf, badiiy matn, matn ustida ishlash, matnni o’qish va tushunish,

ta’lim va tarbiya jarayoni.

Аннотация:

Целью данной статьи является помощь учащимся начальной школы в чтении,

понимании, обработке и анализе художественных текстов, что способствует повышению

их эстетической культуры, развитию коммуникативных способностей, развитию

самостоятельного и творческого мышления, формированию умения делать логические

выводы, формированию компетентности в применении теоретических знаний в

практической деятельности.

Ключевые слова:

начальная школа, художественный текст, работа над текстом, чтение и

понимание текста, учебно-воспитательный процесс.

Abstract:

The purpose of this article is to help primary school students read, understand, process

and analyze literary texts, which contributes to the improvement of their aesthetic culture, the

development of communicative abilities, the development of independent and creative thinking,

the formation of the ability to make logical conclusions, the formation of competence in the

application of theoretical knowledge in practical activities.

Keywords:

primary school, literary text, work on the text, reading and understanding the text,

educational process.

Kirish.

Respublikamizda

mustaqillikdan so‘ng

ta’lim sohasida amalga oishirilayotgan

islohotlar boshlang‘ich sinf

o’quvchilarining

bilim darajasini oshirish, dunyoqarashini

kengaytirish, savodxonligini rivojlantirishga zamin yaratmoqda.

О‘zbekistоn Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘RQ-637-sоn Qоnunida uzluksiz ta’lim

tizmining bir bо‘g‘ini hisоblangan bоshlang‘ich ta’limga alоhida ta’rif beriladi. Qоnunda ushbu

bоsqich “Ta’lim оluvchilarda umumiy о‘rta ta’limni davоm ettirish uchun zarur bо‘lgan

savоdxоnlik, bilim, malaka va kо‘nikmalar asоslarini shakllantirishga qaratilgan” [1] ligi qayd

etilgan. Ushbu ta’rifda qayd etilgan boshlang’ich sinf o’quvchilarining savodxonlik darajasi,

bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirishda badiiy matn ustida ishlash alohida ahamiyatga

ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

M.Yo’ldoshev, Z.Isaqov, Sh Haydarovlar hammuallifligidagi “Badiiy matnning lisoniy tahlili”

metodik qo’llanmada ta’kidlanishicha, “Badiiy matndagi bir qator sintaktik qurilmalar, sodda

gaplarning qo‘llanishiga xos sintaktik figuralar (sintaktik parallelism, emotsional gap, ritorik

so‘roq gap, inversiya, ellipsis, sukut, gradatsiya, antiteza, farqlash, o’xshatish) nutqning jonli

va ta’sirchan bo’lishini ta’minlaydi”[4].

K.Mavlonovaning «Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o’qitish

metodikasini takomillashtirish» ilmiy ishida shunday deydi: «O’quvchilarning obrazli fikrlashi

badiiy asarlar mutoalaasi jarayonida boyib, shu asosida nutq o’stirish orqali sayqallanib

boradi. Ular badiiy asardan olingan kichik parchani o’qib, so’z va grammatik vositalardan

obraz yaratish usullariga, g’oyaga tomon boradilar, so’zlar va so’zshakllari, ifoda vositalari

orqali muallif fikrini to’g’ri anglashga erishadilar, badiiy so’z go’zalligini qadam-baqadam

kashf etib boradilar. Bu ishlar o’quvchilarni malakali kitobxonga aylantiradi va bu, o’z

navbatida, badiiy so’zning ular qalbiga bunyodkorlik ta’siri uchun shart-sharoit yaratadi.

Zero, o’quvchilar badiiy matnning til xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo’lishdan

tashqari, tinglovchida biror ruhiy holat paydo etishdan iborat nutqiy ta’sir korsatishning

lisoniy shakllaridan xabardor bo’la borishlari, ibrat olishlari kerak. Aytilajak fikr,

tasvirlanayotgan predmet yoki ruhiy holatni obrazli ifoda eta oladigan so’z va iboralarni topa

bilish yozuvchining mahoratiga bog’liq bo’lib, yoshlar uchun yaxshigina saboq bera oladi».[2]

Binobarin, matndan anglashilgan g’oyaviy mazmun asosi o’quvchilarni yuksak tafakkurga ega

darajasida bolishga undaydi.

M.Z.Cherkezova va I.V.Andreyeva o’zlarining «Rus adabiyotini o’qitishdagi muammolar»

asarida

darsda badiiy matnning tarbiyaviy ahamiyati ikki xil usulda namoyon bo'ladi deb

ta’kidlaydi:

1) badiiy matn voqea- asosida asar qahramonlari haqida yuritiladigan mushohadalar orqali

tarbiyalaydi;

2) «ayni vaqtda adabiy asarning o'zi jonli badiiy obrazlari bilan tarbiyalaydi» [3]

K. Mavlonova «Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o’qitish

metodikasini takomillashtirish» nomli o’z ilmiy ishida yana shunday jumlalarni keltirib o’tadi:

Ayon bo'ladiki, badiiy matnlar yuzasidan muayyan ishlari bajarilsa-da asosiy maqsad - so'z

qo'llash mahoratidan saboq berish yo'nalishdagi metodik ishlarga alohida e'tibor qaratilmaydi.

Shu sababli ona tili darslarida o'quvchilarning so'z izlatish mahorati sezilarli darajada

oshayotgani yo'q. Ona tilI darslarida o'qituvchi ana shu yo'nalishdagi ishlarga ahamiyat berib

qarasagina, o'quvchilar buni o'z faoliyatlariga odatda aylantirishlari mumkin [2]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim mazmuni faqat bilimlardan iborat tarzda emas, balki ko'nikma

malakalar ham qamrab olingan ko'rinishda belgilab chiqilmoqda.

Badiiy matn ustida ona tili darslarida olib boriladigan ishlarni nazarda tutgan holda

dastlabki bilimlar sifatida quyidagilarni o`quvchilarga aylanadi maqsadga muvofiqdir.

- badiiy matining boshqa turdagi matnlardan farqlari;

- badiiy matnni ifodala o'qish kerakligi;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

- so'z, so'z shakllari, sintaktik qurilmalarni ishlatish mahoratini o'rganishning ahamiyati.

Bejizga K.Mavlonova «Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab

o’qitish metodikasini takomillashtirish» ilmiy izlanishlar natijasiga ko’ra: «Ona tili darslarida

badiiy matn bilan bog'liq ravishda olib boriladigan ishlarda amal qilinadigan tamoyillar umumiy

va xususiy tamoyillar sifatida belgilanishi o'rinlidir. Umumiy tamoyillar sirasiga quyidagi

umumiy pedagogik foydaksi tamoyillar ko'rsatilishi mumkin:

maqsad sari yo’nalganlik tamoyili,

rivojlantiruvchi ta'lim tamoyili, ilmiylik, tajribiylik, uzluksizlik tamoyili, ta'lim va tarbiya birligi

tamoyili, tanishdan notanishga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga qarab borish

tamoyillari, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqida yo'l qo'yiladigan xatolarni hisobga olish

tamoyili, ularning bilim saviyasiga tayanish tamoyili amaliy yo'nalganlik tamoyili» [2] deb

ta’kidlab o’tmagan.

Badiiy matn ustida ishlash boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun judayam ahamiyati kattadir.

Matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar oz’lari uchun muhimbo’lgan ko’pgina savollar javob

olishadi. O’zlari duch kelgan ko’plab qiyinchiliklarni bartaraf etishga erishadilar. Shu bilan bir

qatorda tanqidiy fikrlashlashni ham shakllantiradi. Hozirgi kunda bu talab barcha o’quchilarga

qo’yilgan talablardan biridir, chunki bizning yoshlar jahon o’quv talablarini shuni taqozo

etmoqda.

XULOSA.

Maktabnining aynan mana shu boshlang’ich davri o’quvchilarning eng faol

rivojlanish davri bo’lib, kelgusidagi dunyoqarashini, fikrlash doirasini, tafakkur qilishni,

ma’naviy rivojlanishi qolaversa kommunikativlik qobiliyatini ham shakllanishida aynan mana

shu to’rt yillik o’quv yili zamin bo’lib beradi. Boshlang’ich sinflarda badiiy matn ustida ishlash

nihoyatda ahamiyatlidir. O’quvchilarning so’z boyligini oshirish bilan bir qatorda ularni qayerda

ishlatish kerakligi haqida alohida ma’lumotga ega bo’lishadi. Shu bilan bir qatorda o’quvchilarda

kommunikativ qobiliyatning yuzaga chiqaradi, balki yanada rivojlantiradi.

Foydalangan adabiyotlar:

О‘zbekistоn Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qоnuni. О‘RQ-637. 2020-yil 23-sentabr.

https://lex.uz

2. Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o’qitish

metodikasini takomillashtirish. – Toshkent -2019

3.Проблемы преподавания русской литературы. Под ред. М.З.Черкезовой и

И.В.Андреевой. – Л.: Просвещение, Ленинградское отделение, 1989. – 207с

4.Yo’ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili: Metodik

qo’llanma. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,

2010.-112 b.

Библиографические ссылки

О‘zbekistоn Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qоnuni. О‘RQ-637. 2020-yil 23-sentabr. https://lex.uz

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o’qitish metodikasini takomillashtirish. – Toshkent -2019

Проблемы преподавания русской литературы. Под ред. М.З.Черкезовой и И.В.Андреевой. – Л.: Просвещение, Ленинградское отделение, 1989. – 207с

Yo’ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili: Metodik qo’llanma. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.-112 b.