JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
+998909022793
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHI
TALABALARINING NAZARIY VA AMALIY BILIMLARI BOG‘LIQLIGINI
TA’MINLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
(CHIZMA GEOMETRIYA FANI MISOLIDA)
Annotatsiya:
Maqolamda Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga nazariy
bilimlar orqali amaliy masalalar grafik chizma masalalarni yechishni hozirgi kunda muqobil
(ya’ni an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan.
Unda chizma geometriya masalalarini bir yechimda emas har xil usullari, ya’ni chizmaga bir
tomonlama emas bir nechta yechimlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Nuqta, kompleks, nazariy, amaliy, xususiy, umumiy, metodika, fazoviy,tafakkur.
Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga hozirgi kunda muqobil (ya’ni
an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Bu
yondashuv chizma geometriya fanini 1-kursga kelgan talabalarga, 2 semestir davomida nazariy
bilimlar orqali amaliy masalalar va geometrik-grafik (ya’ni chizma) masalalarni yechishni
birgalikda o‘rganishga asoslanadi. Unda chizma geometriya masalalarini bir yechimda emas har
xil usullari, ya’ni chizmaga bir tomonlama emas bir nechta yechimlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda
ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur maqolada real misollar asosida chizma geometriyada pozitsion va metrik masalalarni
yechish xususiyatlarini ochib beradi, ularning yechish algoritmlari, metodik tavsiyalarini
ko‘rsatadi. Shuningdek, chizma geometriya fanida nazariy va amaliy bilimlar asosida
talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Bu esa,
ayniqsa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan pedagog kadrlarini
tayyorlashda muhim hisoblanadi.
Taqdim etilgan metodika kelgusidagi chizma geometriya fani va grafik fanlarni o‘zlashtirish
uchun nazariy va amaliy asos yaratadi, asosiy tushunchalarni tanlab olish va saqlab qolish
imkonini beradi, ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Bu esa o‘z navbatida o‘quv vaqtini tejashga yordam beradi.
Chizma geometriya grafik tilni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega – bu til hozirgi
hunda butun dunyo xalqlariga xos umumiy til bo‘lib, u orqali insonlar bir-birlarini yaxshi
tushunadi. Ushbu til san’at, muhandislik, texnika va arxitektura sohalarida faoliyat yurituvchi
ijodkorlar uchun zarur bo‘lib, chizma geometriyadagi grafikasiz ishlashning iloji yo‘q. Grafik
tilning mazmunini chizma geometriya fani tashkil etadi, u esa konstruktiv geometriyaning keng
bo‘limidir. Har qanday fan kabi, chizma geometriyaning ham o‘z predmeti va usuli mavjud.
Agar uning predmeti boshqa fanlar bilan bir muncha umumiy bo‘lishi mumkin bo‘lsa (atrof-
muhitdagi obyekt va jarayonlarni tasvirlash), uning usuli noyobdir. Bu usul turli o‘lcham va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tuzilishga ega bo‘lgan fazoviy obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro joylashuvni konstruktiv aniqlashdan
iborat bo‘lib, bu geometrik chizmalar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, chizma
geometriya fanini texnik va san’atga oid barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitilishi
zarur bo‘ladi.
Mazkur maqolaning maqsadi – “Chizma geometriya” fanining nazariy mazmuni va tuzilmasini
qayta ko‘rib chiqish zaruratini asoslab berish hamda pozitsion va metrik masalalarni yechishda
kompleks yondashuvni qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ochib berishdir.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qituvchisini tayyorlashda chizma geometriyaning
ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishdagi bitiruvchi
talabalarining ijodiy hamda pedagogik faoliyatida geometrik-grafik bilimlar zarur bo‘lib, ular
orqali inson atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunadi, unda yo‘nalish topadi, uni modellashtiradi va
tasvirlay oladi. Realistik tasviriy san’atni ilmiy asoslash chizma geometriya, chizmachilik,
perspektiva, soya nazariyasi kabi grafik tasvir qonunlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chizma
geometriya tasvirlarini qurish usullari – bu ko‘p elementli va algoritmik xususiyatlarga ega
bo‘lib, ular san’at asarlari, kompleks chizmalar va texnik tasvirlarda qo‘llaniladi.
Realistik badiiy rasm inson his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, estetik idrokni shakllantiradi va
atrofdagi obyektlarning badiiy-obrazli xususiyatlarini aks ettiradi.
Chizma esa shartlilik va sxematiklik bilan birga ma’lum grafik, matematik va texnik
tushunchalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy harakatlarni bildiruvchi
belgili axborotni ham uzatadi. Texnik rasmning asosiy maqsadi – u asosida buyumni tayyorlash
bo‘lib, unda buyumning konstruksiyasi va shaklini aniq ko‘rsatish zarur. U texnik fikrning grafik
ifodasi sifatida obyektning konstruktiv mohiyati va moddiy xususiyatlarini aks ettiradi.
Turli grafik tasvirlarni qurish qonunlarini bilgan holda, geometrik shakllarning proporsiyasi va
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash orqali predmetning hajmli-fazoviy obrazini yaratish va uni
grafik jihatdan to‘g‘ri tasvirlash, hamda tuzilish qonunlariga zid bo‘lgan holatlarni ham
ko‘rsatish mumkin. Bu qonunlarni o‘rganish chizma va realistik tasvirlar tuzishning nazariy
asoslarini shakllantiradi.
Uch o‘lchamli fazo haqidagi geometrik ma’lumotni surat yoki rasm ko‘rinishida olish orqali
atrof-muhitni grafik shaklda modellashtirish mumkin.
Biroq, bu ma’lumot zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga to‘liq javob bermaydi.
Fazoviy obyektlarni tekislikda tasvirlash usuli – proeksiyalash usuli deb ataladi. Bu usulni
amalga oshirish uchun proeksiyalash apparati aniqlanadi, ya’ni obyekt elementlari aks
ettiriladigan rasm tekisligiga nisbatan proeksiyalash markazi belgilanadi.
Proeksiyalash usuli obyekt elementlarini markaz bilan bog‘lash va hosil bo‘lgan proeksiyalovchi
nur orqali ularni rasm tekisligi bilan kesishishiga asoslanadi. Natijada rasm maydonida grafik
tasvir paydo bo‘ladi. Biroq bu obyektni to‘liq modellashtirish uchun yetarli emas. Fazoni
izomorf (mos tushuvchi) modellashtirish uchun ikkita tasvirdan iborat bo‘lgan umumiy usul –
Monj epyurasi qo‘llaniladi. Bu usul obyektlarni cheksiz uzoqlikdagi markazdan ikki o‘zaro
perpendikulyar proeksiyalash tekisligiga ortogonal proeksiyalash orqali amalga oshiriladi va
so‘ngra bu tizimga fazoviy obyektlar bosqichma-bosqich kiritiladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Fazoni tashkil qilish, ya’ni turli xil elementlar majmuasiga asoslangan fazoviy tuzilmani yaratish
– bu san’at o‘qituvchilari bo‘lishga tayyorlanayotgan talabalar uchun zarur bo‘lgan fazoviy
tasavvurni shakllantirishning muhim shartidir.
Fazoviy tasavvur deganda, atrofimizdagi buyumlarning fazoviy munosabatlarini – ularning hajmi,
shakli, joylashuvi va hokazolarni aks ettiruvchi tasavvurlar tushuniladi. Fazoviy obrazlarning
umumlashuvi va sxemalashtirish darajasi, ham buyumlarning o‘ziga, ham insonning faoliyat
maqsadlariga bog‘liq bo‘lib, bu faoliyatda chizmalar, sxemalar, xaritalar, chizmalar kabi jamiyat
tomonidan ishlab chiqilgan vositalar qo‘llaniladi.
Tasavvur faoliyati – bu tafakkurning asosiy mexanizmidir. Bu faoliyat mazmuni obrazlar bilan
ishlash, ularni o‘zgartirishdan iborat. Psixologlarning fikriga ko‘ra, bu faoliyat 3–4 yoshdan
boshlab rivojlana boshlaydi va 27 yoshgacha faol davom etadi, ammo inson har qanday yoshda
ham bu qobiliyatini takomillashtira oladi. Talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda
esa “Chizma geometriya” kursi to‘liq imkoniyat beradi.
Chizma geometriyaning ahamiyati katta bo‘lishiga qaramay, texnik, san’at va pedagogika oliy
o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kompyuter grafikasi, axborot texnologiyalari asoslari kabi
yangi fanlar kiritilmoqda. Bu esa boshqa fanlar, jumladan, chizma geometriyaga ajratilgan o‘quv
soatlari qisqarishiga olib kelmoqda. Shuning uchun o‘qituvchilar oldida yangi uslublar, turli
alternativ yondashuvlarni qo‘llagan holda talabalarning grafik bilim va ko‘nikmalarini yuqori
darajada shakllantirish, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish vazifasi turibdi.
Chizma geometriya o‘qitish metodikasi yillar davomida takomillashtirilgan.
Hozirgi kunda ko‘plab o‘qituvchilar mualliflik metodikalarini ishlab chiqmoqda, nazariy
bilimlarni ixcham, samarali tushuntirish usullarini, amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlarni,
nazorat shakllarini tanlash ustida ishlamoqda, multimediyani qo‘llamoqda. Shunga qaramay,
nazariy masalalar an’anaviy darsliklar asosida o‘rgatiladi, bu esa kurs mazmuni va tuzilmasini
qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Ushbu muammoni hal qilish maqsadida, biz O‘zbakiston Respublikasidagi turli o‘quv
yurtlarining chizma geometriya bo‘yicha namunaviy dasturlarini tahlil qildik. Bu tahlil asosida
alohida mavzularni birlashtiruvchi umumiy qonuniyatlarni aniqladik va ularni eng maqbul
tartibda o‘rgatish ketma-ketligini ishlab chiqdik. Natijada, biz “Chizma geometriya” kursining
nazariyasi va masalalarini kompleks o‘rganishga asoslangan alternativ yondashuvni ishlab
chiqdik.
Kompleks yondashuv deganda, biz nazariy bilimlar va amaliy masalalarni parallel, o‘zaro
bog‘liq holda o‘rganish tizimini tushunamiz.
Chizma geometriya o‘rgatishda birinchi o‘rinda nazariy masalalar turadi, ikkinchi o‘rinda –
ularni amalda qo‘llash, ya’ni masalalarni yechish. Masalalar esa talabalar bilimini baholash
vositasi hisoblanadi.
Chizma geometriyada masalalar ikki turga bo‘linadi:
1. Pozitsion masalalar – geometrik obyektlarning o‘zaro joylashuvi bilan bog‘liq (masalan,
tegishlilik, parallel bo‘lish, kesishish).
2. Metrik masalalar – uzunlik, yuzalar, hajmlar kabi o‘lchamlarni aniqlash va ulardan
foydalanish bilan bog‘liq.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bu masalalarni yechishning ikki an’anaviy usuli mavjud:
Umumiy usul (ya’ni o‘zgartirishsiz yechish) – bunda gorizontal, frontal, profil (H, V, W)
proyeksiyalar tekisliklarining chizmada berilgan holati o‘zgartirilmaydi, barcha grafik harakatlar
mavjud chizmada amalga oshiriladi.
Xususiy usul (ya’ni o‘zgartirish bilan yechish – bunda gorizontal, frontal, profil (H, V, W)
proyeksiyalar tekisliklarining fazodagi holati o‘zgartiriladi, ya’ni uni proyektsiya tekisliklariga
nisbatan qulay holatga keltiriladi. Bu usulda masala yechimi aniqroq va tushunarliroq bo‘ladi.
Amaldagi o‘quv tizimida pozitsion va metrik masalalar umumiy nazariy asosga ega bo‘lsada,
ularni yechishdagi o‘zgartirishsiz va o‘zgartirish bilan ishlash ketma-ketlikda ajralgan, bu esa
talabalar uchun amaliy masalalarni yechishda qiyinchilik tug‘diradi.
Biz taklif qilayotgan kompleks yondashuv, nazariy bilimlar bilan birga holatini o‘zgartirmay va
o‘zgartirib, umumiy va xususiy usuldagi masalalarni yechishni birgalikda o‘rganishni nazarda
tutadi. Chizmalarni o‘zgartirib yechish usullarini chizma geometriya kursi davomida doimiy
ravishda, har bir mavzuda qo‘llanilishi kerak.
Shu yondashuv asosida quyidagi bosqichma-bosqich metodikamizni o‘rganish tizimini taklif
etamiz:
1-bosqich: Chizma geometriya fanining asosiy bazasini o‘rganish:
Proeksiyalash usullari
Geometrik eng sodda elementlar – nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekisliklarni chizmada tasvirlash
Xarakatlantirish usullarini asta-sekin kiritish.
Masalan, quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek:
(1-a. rasmda) – A nuqtaning, gorizontal, frontal, profil (H, V, W) proeksiya tekisliklari
sistemasida berilgan. Proyeksiyalar tekisliklari gorizontal, frontal, profil (H, V, W) fazoda
o‘zgarmaydi.
(1-b. rasmda) – A nuqta qo‘shimcha proeksiya tekisligi almashtirish usuli (x1) yordamida
tasvirlangan. Proyeksiyalar tekisliklari gorizontal, frontal, profil (H, V, W) harakatsiz, ammo
yangi tekislik joriy etiladi.
(1-v. rasmda) – A nuqta proeksiyalash tekisliklariga nisbatan aylantirish orqali yangi fazoviy
holatga o‘tkazilgan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1-a. rasm
1-b. rasm
1-v. rasm
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shunday qilib, nuqtaning proeksiyasini qurish usullari bilan tanishish jarayonida turli
o‘zgartirishlar kiritish orqali bu qurilishlarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi, ularning
tasvirlari solishtiriladi, umumiy jihatlar va farqlar ajratib ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, keyingi
nazariy masalalarning ayrim takrorlanishlari bartaraf etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARIDA UCH
O‘LCHAMLI FAZONI AUTO CAD DASTURIDAN FOYDALANIB QO‘LLASH USULLARI
VA AHAMIYATI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 99-101.
2. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021) CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURIDA CHIZISHDA
DASTURNING
MAVJUD
MURAKKABLIKLARINI
QO‘LDA
CHIZISHGA
MOSLASHTIRISH (O‘RGATISH) USULLARI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ
БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 94-99.
3. ugli Jumayev, I. O. (2022). USING THE MOST CONVENIENT METHOD OF FINDING
EQUAL SIDED POLYGONS (By Dividing the Diameter into Equal Sections). Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 1271-1279.
4. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2020). CHIZMACHILIK DARSLARIDA AUTOCAD
DASTURIDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI TAHLILI.”. Maktab
va hayot MAXSUS SON, 2.
4. Jumayev, I. (2020). The conveniences of teaching using autocad software. Экономика и
социум, (10 (77)), 94-97.
5. Jumayev I.O. (2021). CHIZMACHILIK DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN
FOYDALANISH METODIKASI. Экономика и социум, (11-2 (90)), 798-808.
6. Jumayev, I. O. (2021). CHIZMACHILIK FANINING PROYEKSION CHIZMACHILIK
BO’LIMIDA AUTOCAD DASTURINING UCH O’LCHAMLI IMKONIYATLARINI
QO’LLASH VA UNING AHAMIYATI. Экономика и социум, (11-2 (90)), 809-814.
7. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARIDA UCH
O‘LCHAMLI FAZONI AUTO CAD DASTURIDAN FOYDALANIB QO‘LLASH USULLARI
VA AHAMIYATI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 99-101.
8. Isroil, J. (2023). TEACHING STUDENTS TO PROVIDE THEORETICAL AND
PRACTICAL
KNOWLEDGE
IN
SOLVING
PROBLEMS
OF
DRAWING
GEOMETRY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(11), 61-68.
9. Виноградов, В. Н. Начертательная геометрия: учебник / В. Н. Виноградов. – Минск:
Амалфея, 2001. – 368 с.
10. Chizma geometriya kursini o‘qitish metodikasida kompleks yondashuv Bejenar Yu. P.,
Smotrova N. V.
