Авторы

  • Nasriddinov Javohir
    Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104299

Ключевые слова:

kadrlar tayyorlash yetuk mutaxassis kadrlar salohiyati malakali pedagog kadrlar dual taʼlim tizimi kadrlar tanqisligi barqaror rivojlanish xorijiy tajribalarni oʻrganish

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash masalasi,undagi muammolar,ularni bartaraf etish haqida soʻz boradi.Mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, innovatsion salohiyati, avvalo, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga,malakaga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlanganligiga bogʻliq.Shuning uchun Oʻzbekistonda bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Nasriddinov Javohir

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDAGI

MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING SAMARALI

MEXANIZMLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash masalasi,undagi

muammolar,ularni bartaraf etish haqida soʻz boradi.Mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi, innovatsion salohiyati, avvalo, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga,malakaga ega

boʻlgan kadrlar bilan taʼminlanganligiga bogʻliq.Shuning uchun Oʻzbekistonda bu borada bir

qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Kalit soʻzlar:

kadrlar tayyorlash, yetuk mutaxassis, kadrlar salohiyati, malakali pedagog

kadrlar,dual taʼlim tizimi, kadrlar tanqisligi, barqaror rivojlanish, xorijiy tajribalarni oʻrganish

Ключевые

слова:

обучение

персонала,експерт,

человеческие

ресурсы,квалифицированный

преподавательский

состав,система

дуального

образования,нехватка персонала,устойчивое развитие,изучение зарубежного опыта

Keywords

: personnel training,experienced specialist,human resources,qualified teaching

staff,dual education system,staff shortage,sustainable development,studying foreign experiences.

Kirish

Hozirgi kunda yetakchi mamlakatlar kadrlar tayyorlash siyosatida yetuk mutaxassis kadrlar

tayyorlashning eng samarali shakllari, vositalari Konstitutsiyada kiritilgan o‘zgartirishlar va

qo‘shimchalardan kelib chiqib ishlab chiqilmoqda. Har qanday mamlakatning qudratini shu

mintaqada shakllanayotgan yetuk kadrlar salohiyati belgilab beradi.2023-yil 1-mayda qabul

qilingan

Yangi

Konstitutsiyada

haqiqatan

ham,

kadrlar

tayyorlash

masalasi,jumladan,o‘qituvchilarning huquq va manfaatlari hisobga olingan. Xususan, kadrlar

mehnatiga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib yashashini ta’minlash zarurati

hisobga olingan holda belgilanishi, davlat kadrlarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan

himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi, kadrlarning kasbiy

tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi, har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot

huquqiga egaligi, har bir kadrning uy-joyli bo‘lish huquqi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda

aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasiga

olinishi, davlat kadrlarning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa

shart- sharoitlar yaratishi shular jumlasidandir.Ko‘pgina davlatlarda Konstitutsiya qabul qilishda

kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor beriladi. Konstitutsiyaviy komissiya bu safar

yangicha yo‘ldan borib, avval xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘ng

Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. 2022-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi va Konstitutitsiyaga

kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida to‘xtalib, jumladan,kadrlar tayyorlash

masalasini dolzarbligini alohida e’tibor qaratgan edi.

Muammo va takliflar:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Oxirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham)

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda.

Respublikamizda ham kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan, umumta’lim maktablarida

pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish obyektiv zarurat. Ta’limda ixtisoslashtirishning

ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta’lim tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya

tizimining talab darajasida emasligi, oliy ma’lumotli professional pedagog kadrlar

tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning malaka oshirish va qayta tayyorlash

muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi

natijasida xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar (boshlang‘ich ta’lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili,

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo‘yicha

o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda.

Muammoni bartaraf etishning samarali mexanizmlari:

1.Oʻqish va amaliyotni birlashtirgan holda olib boriladigan dual taʼlim tizimi oʻquvchilarning

amaliy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi.

2.Oʻqituvchilarni muntazam malaka oshirish kurslariga jalb qilish,xorijiy tajribalarni

oʻrganishiga imkoniyat yaratish juda muhim.

Ayni paytda rivojlangan mamlakatlarning kadrlar tayyorlash bilan bog‘lik tajribalarini

o‘rganish, tahlil etish, maqbul jihatlarini milliy ta’lim tizimiga joriy etish uchun tavsiyalar ishlab

chiqish, yangilangan Konstitutsiyada davlatimizning yangi va demokratik tamoyillar asosida

kadrlar tayyorlash texnologiyalari, mexanizmlari, uslublariga oid tajribalarni takomillashtirib

borish ham aniq va yaqqol ochib berildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, "...kadrlar

tayyorlashga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz

shart" -deb ta’kidlaganligi ushbu sohada hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjudligini

bildiradi.Prezidentimizning, "..O‘zbekiston ilmi-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy

kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lish shart",-deya

ta’kidlaganidan ko‘rinib turibdiki, yetuk kadrlarga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.Bizning

nazarimizda davlat yosh kadrlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik

huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga,

ishga joylashishga bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-

sharoitlar yaratishi belgilanmoqda. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayol kadrlarni ishga

qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi

mustahkamlanganligi naqadar muhim yo‘nalishlar qamrab olinganligini ko‘rsatib turibdi.

Shuningdek Yangi Konstitutsiyada kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar doirasida uch

asosiy paradigmaga e’tibor qaratish kerak:

1. Yetuk mutaxassis kadrlar - hokimiyat va tuzum, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning asosini

belgilovchi g‘oyalar, qarashlar, me’yorlar va qoidalar, davlat tuzilishi va uning siyosiy tizimini

barkarorlashtirishda, turli siyosiy muammolarni hal etishda ilmiy mushohadalari bilan

yondoshmoqliklari zarur.

2. Yetuk mutaxassis kadrlar madaniyatining xulq-atvor jihati,eng avvalo, ijtimoiy-siyosiy

faollikni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy faollik bo‘lmas ekan, mutaxassis madaniyati ham

shakllanmaydi.

3. Har tomonlama barkamol kadrni shakllantirish jarayonini jadallashtirishda an’analar ya’ni bir

avlod erishgan yutuqlarni o‘zida saqlab qoladi, boyitadi va ikkinchi avlodga yetkazadi. Kadrlar


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tizimini shakllantirish va ularni qayta tayyorlash mexanizmi izchilligi davriy ko‘nikmalar asosida

davom ettirilishi lozim.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish

davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.Yurtimizda kadrlar tayyolash

sohasida Yangi Konstitutsiyadan kelib chiqib soha oldidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha

strategik yechimlar bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga joriy etilishi boshlab yuborildi.

Asosiysi, kadrlar tayyorlashda qarashlarimizni ham o‘zgartirish, qolaversa, o‘sib kelayotgan

avlod ongida "shu vatan, shu yurt ravnaqi uchun barchamiz mas’ul" degan

g‘oya ostida birlashish, jipslashishni targ‘ib qilish orqali biz ko‘zlagan maqsadlarimizga

yetishimiz shubhasizdir.Bu Oʻzbekistonning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor boʻlib

xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi. // Xalq so‘zi, 2023 yil, 2 may soni.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

ko‘taramiz. - Toshkent: "O‘zbekiston", 2017, - 12 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi. // Xalq so‘zi, 2023 yil, 2 may soni.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: "O‘zbekiston", 2017, - 12 b.