JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
183
Umarov Husan Laziz o`g`li
Navoiy davlat universiteti Biologiya ta'lim yo’nalishi 3-kurs talabasi
OQ AMUR – (
CTENOPHARYNGODON IDELLA
)NING
AKVAKULTURA OB’YEKTI SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI
ANNOTATSIYA:
OQ AMUR – (CTENOPHARYNGODON IDELLA) – Xordalilar – tipi, Bosh skeletlilar – kenja
tipi, Suyakli baliqlar – sinfi, Karpsimonlar – turkumiga kiruvchi qadimli Karpsimonlar vakili bo`lib global
akvakulturaning asosiy ob`yekti hisoblanadi. Oq amur uzun cho’zilgan tanaga ega bo’lib, tanasining orqa
tomoni to`q yashil yoki to`q kulrang, yon tomonlari va qorni esa oqish-kumush rangda bo’ladi. Oq amur
dunyo baliqchiligida asosiy ovlanadigan baliq hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
oq amur, suv ombori, biologik tuzilish, ko’l, chavoq, tabiiy ozuqa, akvakultura, ikra, lichinka,
zooplankton, zoobentos, plankton, chuchuk suv baliqchiligi
ХАРАКТЕРИСТИКА – CTENOPHARYNGODON IDELLA
КАК ОБЪЕКТА АКВАКУЛЬТУРЫ
АННОТАЦИЯ
:
CTENOPHARYNGODON IDELLA – представитель древнего
семейства карповых, относящийся к типу хордовых, типу головоногих, классу
костных рыб, отряду карповых, и является основным объектом мировой
аквакультуры. Белый амур имеет удлиненное тело, задняя часть тела темно-зеленая
или темно-серая, а бока и брюхо беловато-серебристые. Белый амур является
основной рыбой, вылавливаемой в мировом рыболовстве
К лючевые слова:
белый амур, водохранилище, биологическая структура, озеро,
раки, естественный корм, аквакультура, икра, личинка, зоопланктон, зообентос,
планктон, пресноводное рыболовство
FEATURES OF CTENOPHARYNGODON IDELLA AS AN AQUACULTURE OBJECT
ABSTRACT:
CTENOPHARYNGODON IDELLA) – A representative of the ancient Carpidae family, belonging
to the phylum Chordata, phylum Cephalothorax, class Bony fish, order Cyprinidae, and is the main object
of global aquaculture. The white amur has an elongated div, the back of the div is dark green or dark
gray, and the sides and belly are whitish-silver. The white amur is the main fish caught in world fisheries.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
184
Keywords:
white amur, reservoir, biological structure, lake, crayfish, natural food, aquaculture, caviar,
larva, zooplankton, zoobenthos, plankton, freshwater fisheries
KIRISH
Baliq hozirgi kunda nafaqat bizning respublikamizda balki, butun dunyoda asosiy ozuqa manbaiga
aylanib ulgurgan.
Hozirgi zamon baliqchilik sanoatida baliqning barcha qismlari – go’shti, yog’i, uvildirig’i(ikrasi), terisi,
tangachalari, hattoki suyaklari ham ishlatiladi. Iste’molcholarga toza baliq muzlatilgan, konservalangan,
tuzlangan, tuzlangan, dudlangan shaklda yetkazib berilmoqda. Baliq go’shtining 1 kgida 1200 – 1400 kkal
energiya mavjud.
Bugungi kunga kelib dunyo baliqchiligi ikki katta yo’nalishda rivojlanib bormoqda. Birinchisi bu –
tabiiy suv havzalaridan (okean, dengiz, ko’l, daryo va boshqalar) ovlash bo’lsa, ikkinchisi akvakultura ya’ni
suniy yaratilgan va nazorat qilib turiladigan suv havzlarida baliq yetishtirishdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
OQ AMUR – (CTENOPHARYNGODON IDELLA) –
qadimgi lоsоssimоn baliqlarning vakili bo’lib glоbal
akvakulturaning muhim оb’еkti hisоblanadi va ushbu turning mоslashuvchanlik pоtеnsiali ularni chuchuk
suvlarda sanоat usulida yеtishtirish imkоniyatini bеradi bu esa suv zahiralari juda kam bo’lgan kоntinеntal
iqlimli O’zbеkistоn uchun juda muhimdir.
Oq amur vatani Xitoy va Rossiya hududlaridagi Amur daryosi bo`lib, boshqa Uzoq Sharq daryolari bilan
bir qatorda Markaziy Osiya, Yevropa va Amerika suv havzalarida ham uchraydi. O`zbekiston hududida
ushbu baliq sun’iy ko`llar, kanallar, suv omborlari(Tuyabo`g`iz, Chavoq) va baqlichilik xo`jaliklarida
boqiladi.
Oq amur tanasining orqa qismi to’q yashil yoki to`q kulrang, yonlari esa kumush rang, yaltiroq, qorin
qismi oqish rangda bo’ladi. Baliqqa yirik, dumaloq, silliq, zich joylashgan pigmentli tangachalar chiroyli
ko`rinish beradi. Tana shakli cho`zilgan, uzunchoq bo`lib, orqa va qorin qismi yassilashgan. Baliqni 7 ta
suzgichi bo’lib, shundan 2 tasi (ko`krak va qorin) 1 juftdan; orqa, dum va anal suzgichlari esa 1
tadan. Orqa suzgichi (dorsal) – qisqa lekin kuchli; ko`krak suzgichlari (pectoral) – harakatga yordam
beradi; qorin suzgichlari (pelvic) – muvozanatni saqlaydi; dum suzgichi (caudal) – yirik, kuchli, “V” shaklida
bo`lib asosiy harakat kuchi manbai hisoblanadi.
Boshi o`rtacha kattalikda, og`zi pastga qaragan bo`lib, o`simliklarni yulib yeyishga moslashgan. Og`iz atrofi
tishsiz, lekin halqum sohasida kuchli halqum tishlari bor. Tana muskullari kuchli rivojlangan – bu esa
baliqni tez harakat qilishga yordam beradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
185
Voyaga yetgan urg`ochi baliq uvildiriq tashlaydi. Tuxumlar suvda erkin suzib yuradi, suv haroratiga
qarab 1 – 3 kun ichida lichinka rivojlanadi. Tuxumlarning rivojlanishi uchun qulay bo`lgan harorat 20 – 30
o
C hisoblanadi. Yangi chiqqan lichinkalar juda kichik – 4-6 mm bo`lib, 2 – 3 kundan keyin faol harakatlana
boshlaydi. 7 kunlikdan 3 oylikgacha bo`lgan davrda tanasi tez sur’atlarda o`sib ichki a'zolar to`liq
rivojlanadi. 3 oydan 1 yilgacha baliq ancha o’sim tana uzunligi 20 sm gacha yetadi. 1 yildan 4 yilgacha
bo`lgan muddatda voyaga yetib, o`sish sur’ati yuqori yiliga 1,5 – 2 kg ga ortadi. Bu davrda faol oziqlanish
kuniga o`z vaznining 30-40% gacha oziq istemol qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yirik, tez o‘sadigan baliq, tanasi torpedasimon, tangachalari yirik-yirik. Tabiiy hovuzlarda uzunligi
1yilda – 17,9 sm; 2 yilda – 25,1sm; 3 yilda – 41sm; 4 yilda – 45,9 sm; 5 yilda; 59,4 sm; 6 yilda – 65,4
sm; 7 yilda – 70 sm bo`ladi. O`rtacha uzunligi 1m ga yetadi, og‘irligi 30 kg ga yetadi. Jinsiy yetilishi
Rossiyaning janubiy viloyatlarida 3-4 yoshida, Krasnodor o‘lkasida 4-5 yoshida, Moskvada esa 7-8 yoshida
ro‘y beradi. Serpushtligi 2 mln . Ko‘pincha 100 000 - 800 000 gacha uvildiriq beradi, baliqlar uvildriqni
aprel, avgust oylarida daryo o‘zaniga tashlaydi. Sun’iy ko`paytirish baliqchilik xo’jaliklarida inkubatsion
usullar bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4-5 yoshida uzunligi 55-65 sm ( dumini
hisobga olmasdan ) va og‘irligi 3,5 – 4 kg bo‘ladi, erkaklari 1 yil ertaroq yetiladi. Odatda, nasl
beruvchilardan 5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Hindistonda oq amurning urug‘ini yetishtirish uchun
quruq yoki nam tozalash usullari qo‘llaniladi. Gipofiz ekstrakti yoki ovaprim kabi sintetik vositalar ineksiya
uchun ishlatiladi.
Oq amur hovuz baliqchilik xo`jaligining hamda ko`l baliqchiligining asosiy ob’yekti hisoblanadi. Oq
amurning asosiy ozig`i o`simlik hisoblanadi. Baliq chavoqlari rivojlanishning dastlabki bosqichlarida
zooplankton bilan oziqlanib, keyingi bosqichlarida esa zoobentos hamda plankton organizmlar
(kolovratkalar qisqichbaqalar) bilan oziqlanadi. Voya yetgan davrida esa suv o`tlar va yuksak
o`simliklarning suv ostidagi qoldiqlari, bazan baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Oziqlanish usuli bilan oq
amur karpsimonlarning boshqa vakillaridan farq qiladi (masalan oq amur – vegetarian; karp – omnivor).
Urg`ochi baliqda jinsiy yetuklik 3-5 yoshda boshlanadi, erkaklarida esa bu davr 2-4 yoshligida
boshlanadi. Baliqlarning inkubatsiya davri uchun harorat 25 – 28
o
C; faol o`sishi uchun 20 – 30
o
C; past
o`sish chegarasi uchun 15
o
C; minimal yashash harorati esa 10
o
C bo`lishi kerak. Oq amur sovuqqa chidamli
emas, 10
o
C dan past haroratda oziqlanishni, 5
o
C dan past haroratda faol harakatlanishni ham to`xtatadi.
Baliqning yashashi uchun suvdagi kislorod miqdori 5 mg/l dan yuqori bo`lishi kerak. Suvning pH
ko`rsatkichi 6,5 – 8,5 oralig`ida, neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo`lishi talab etiladi. Suv oqimi esa turg`un
bo`lishi kerak, chunki, kuchli suv oqimi yosh baliqlarni rivojlanishiga salbiy tasir ko`rsatadi. Shuning uchun
ko`l, suv ombori, hovuz yoki chuqurligi 1,5 – 2,5 metr bo`lgan sun`iy akvakultura oq amurning rivojlanishi
uchun qulay joy hisoblanadi. Bunday akvakulturadi baliq zichligi 1 gektar hovuzga 300 – 500 dona bo`lishi
kerak.
Tuxumdan chiqqan 1 – 7 kunlik chavoqlarni kuniga 4-6 marta zooplankton (rotifera, daphnia) yoki
maxsus mikroyemlar bilan; 7 – 15 kunligida esa kuniga 4-6 marta kattaligi 0,2-0,5 mm bo`lgan
mikrogranulalar, qaynatilgan tuxum sarig’i, spirulina bilan; 15 – 30 kunligida kuniga 3-4 marta kattaligi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
186
0,5-1 mm keladigan granulali yem, sabzavotli qo`shimchalar bilan; 1 oydan keyin esa kuniga 2-3 marta
vegetarian yemlar, tarkibida oqsilning miqdori 25-30%, 4-6% yog` bo`ladigan maxsus sun`iy yemlar bilan
oziqlantiriladi. Ba`zan ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun probiotiklar ovqat tarkibiga qo’shib
beriladi. Bu esa baliqlardagi turli patologiyalarni oldini oladi. Odatda 6 – 8 oyda intensiv usulda 1-1,5 kg
og`irlikka ega bo`ladi. Oziqning ortiqcha berilishi suvning ifloslanishiga, suv tarkibidagi kislorod miqdori
kamayib, baliqlarning nobud bo`lishiga olib keladi. Agar ozuqa sifati past bo`lsa, o`sish sekinlashib,
immunitet tushib ketadi bu ham oz navbatida turli kasalliklarga chalinishga sabab bo`ladi.
XULOSA
Oq amur balig`i chuchuk suvdagi o`simlikxo`r baliqlarning asosini tashkil etadi. Muhitga
moslashuvchanligi, serpushtliligi sabab biologik progressdagi baliqlardan hisoblanadi. Oq amur fitofag
organism bo`lganligi uchun suvdagi o`simliklar bilan oziqlanib suv uchun tabiiy sanitar hisoblanadi. Ushbu
xususiyatlari uchun ham ushbu baliq suv havlarida ko`p miqdorda yetishtiriladi.
Baliq istemol qilishning minimal miqdori kuniga 33 g yoki bir yilda bir kishi uchun 12 kg ni tashkil etadi.
Respublikadagi 36 milliondan ziyot aholining baliq istemol qilish meyori yiliga 433ming tonnani tashkil
etadi. Aholimizni sog`lom va sifatli baliq bilan taminlash mqsadida baliqlar ekologiyasi hamda
patologiyasini to`liq o`rganib chiqqan holda, aynan yetishtirish rejalashtirilayotgan baliq uchun qulay
yashash muhiti yaratiladi. Republikamiz hududida bunday kichik akvakulturalarni ko`plab yaratish
yetishtirilayotgan mahsulot miqdorini ortishiga, mahsulot miqdorining ortishi esa mahsulot tannarxining
pasayishiga sabab bo`ladi. Mahsulot tannarxining pasayishi esa aholimizning baliq mahsulotlariga bo`lgan
talabini qondirilishiga yordam beradi.
Barcha baliqlar shu jumladan, oq amur inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni
mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan istemol qilinadi. Baliq go`shti tarkibida juda ko`p
vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo`y go`shtidan yuqori turadi.
Baliq go`shtining 100 gramida inson salomatligi uchun kerak bo`ladigan bir kunlik - 0,2mg yod saqlanadi.
Baliq o`zida juda ko`p foydali moddalarni oqsil, vitaminlar, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor,
ruhni saqlaydi va organizmni semirtirmagan holatda unga kerakli quvvatni bera oladi. Baliq moyi ham
inson organizmi uchun katta ahamiyatga ega.
Baliq moyi tarkibidagi D vitamini organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini taminlaydi, “Raxit” kasalligini,
suyaklarni deformatsiyaga uchrashini, tetaniyani oldini oladi. Baliq moyidagi retinol yiringlagan yarani
davolaydi.
REFERENCES
1. Laxanov J.L. “Umurtqalilar zoologiyasi”. Т.: «O’AJBNT» markazi 2005 y. 2. S.Q.Husenov,
D.S.Niyozov, G’M.Sayfullayev “Baliqchilik asoslari” “Buxoro” nashriyoti 2010y
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
187
3.
M.E.Ummatova, D.F.Yusupov, H.L.Umarov (2023). KAMALAK GULBALIQ – (ONCORHYNCHUS
MYKISS)NING АKVАKULTURА ОB’ЕKTI SIFАTIDАGI ХUSUSIYATLАRI. Science and innovation, 1(D2), 113-
117.
4. O.A.Mamasaitova, M.S.Shaxobiddinova (2023) OQ AMUR BALIQ TURINING TUZILISHI VA UNING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI Science and innovation
5. Kanatbayeva, T. S. (2022). DEVELOPMENT OF PROPERTY FEATURES OF PISCES IN TUDAKUL WATER
RESERVOIR. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 124-127.
6. Khalimova, N. T., Kanatbaeva, T. S., Ummatova, M. E., Yuldashov, M. A., & Kamilov, B. G. (2023, March).
Morphological characteristics of carp (Carassius Gibelio) in the conditions of pond fish farming in
Uzbekistan. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1142, No. 1, p. 012072). IOP
Publishing.
