JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
179
Abduraxmonov Alisher Abdurasul o´g´li
TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti
o´qitish nazaryasi kafedrasi o´qituvchisi
NEMIS TILIDA SON BILAN YASALGAN FRAZEOLOGIZMLARNING SINTAGMATIK
XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikning frazeologiya bo´limi va tilshunoslikda tutgan
o´rni shuningdek frazeologizmlarning son bilan yasalish shakllari xaqida gap boradi. Bundan
tashqari ushbu maqolada bir nechta nemis tilida son bilan yasalgan frazeologizmlarning taxliliga
xam to´xtalib o´tilgan
Kalit so´zlar:
frazeologiya, sintagmatik xususiyatlar, frazeologizm, frazeologik birlik, semantik
tahlil, stilistik bo´yoqdorlik
Abstract:
This article discusses the phraseology section of linguistics and its place in linguistics,
as well as the forms of phraseology formed with numbers. In addition, this article also discusses
the analysis of several phraseology formed with numbers in the German language
Keywords:
phraseology, syntagmatic features, phraseology, phraseological unit, semantic
analysis, stylistic coloring
Аннотация:
В статье рассматривается раздел языкознания фразеология и его место в
языкознании, а также формы фразеологизмов, образованных с помощью чисел. Кроме того,
в статье также рассматривается анализ нескольких фразеологизмов, образованных с
помощью чисел в немецком языке
Ключевые
слова:
фразеология,
синтагматические
признаки,
фразеологизм,
фразеологическая единица, семантический анализ, стилистическая окраска
Frazeologizmlar - ma'nosi ona tili bo'lmaganlar uchun to'liq tushunarsiz bo'lgan iboralardir.
Frazeologizmlar bizning kundalik hayotimizning bir qismidir. Tilning eng muhim bo‗g‗inlaridan
biri bo‗lgan frazeologik birliklar nutqning obrazliligini, boyligini ta‘minlovchi vosita hisoblanadi.
Shuningdek frazeologizmlar tilning semantik boyliklarini, xalq dunyoqarashi, tafakkuri,
mentalitetini aks ettiradi. Frazeologizmlar juda mashhur til vositasidir. Ularning yordami bilan siz
his-tuyg'ularni
va
istehzoni
yaxshi
ifodalashingiz
mumkin.
Insoniylik
madaniyati
frazeologizmlarda namoyon bo‗ladi. Odamlarni muloqotni rang-barang va qiziqarli qilishga
undash. Ular muloqotni qiziqarli qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ifoda vositalaridan
biridir. [1] Ularning tarkibida sonlarning qo‗llanishi esa tilshunoslikda alohida ahamiyatga ega.
Ayniqsa, nemis tilida sonlar ishtirokida hosil bo‗lgan frazeologik birliklar katta guruhni tashkil
etadi. Quyida ana shunday frazeologik birliklarning sintagmatik xususiyatlari, ya‘ni ularning gap
ichidagi joylashuvi, leksik-semantik bog‗lanishi va uslubiy vazifasi tahlilini ko´rib chiqamiz.
Frazeologizm atamasi ―sintaktik birlikni ifodalovchi barcha turg‗un so‗z turkumlari uchun
umumiy atama‖ deb ta‘riflanadi. [2] Frazeologizmlarning qanday keng guruh ekanligi alohida
frazeologizmlarning bir-biridan qanchalik farq qilishida ham namoyon bo‗ladi. Frazeologizmlar
har xil uzunlikda bo'lishi mumkin (faqat ikki so'zdan iborat so'z birikmasi ham, ancha uzun jumla
ham frazeologizmlarga tasniflanishi mumkin). [3]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
180
Harald Burger fikricha, frazeologizmlarga xos xususiyatlardan biri, eng avvalo, ko‗p
qismlilik (yoki polileksiklik) – frazeologizm kamida ikkita a‘zodan iborat bo‗lishi kerak, ular
birgalikda ma‘lum bir birlikni tashkil qiladi, bunda frazeologik so'z birikmalarining yuqori
chegarasi yaqin vaqtgacha ifodalangan gap edi. Shuningdek, bugungi nuqtai nazardan, rahmat
xabarlari kabi formulali matnlar ham ko'rib chiqiladi va tekshiriladi. [4]
Frazeologizmlarning semantik strukturasi xilma-xil va murakkabligi bilan boshqa til birliklaridan
farqlanadi. Zotan frazeologizmlarning tarkibida ikki yoki undan ortiq so‗z ishtirok etishiga
qaramay, ular yaxlit umumiy maʼnoga birlashadi. Frazeologizmlar ko‗p hollarda so‗zlarga
muqobil bo‗lishi bilan birga, frazeologik maʼno bilan leksik maʼno teng bo‗lavermaydi. Bu o‗rinda
prof. А.Hojievning fikriga to‗liq qo‗shilish lozim: ―frazeologizmlar o‗z sinonimlari bo‗lmish
so‗zlarga nisbatan, birinchidan, maʼnoni kuchli daraja bilan ifodalasa, ikkinchidan, ular obrazlilik
ottenkasiga ega‖. [5] Demak, frazeologizmlarning semantik strukturasi frazeologik maʼno, yaʼni
nominativ maʼno va qo‗shimcha ottenkalardan iborat bo‗ladi. Lekin ular alohida ham maʼlum
nominativ maʼno ifodalashi mumkin.
Frazeologizmlar ham xuddi so‗z kabi stilistik bo‗yoqdorlikka turli xil munosabatlarda mavjud
bo‗ladi. So‗zning stilistik xarakteristikasi kabi frazeologizmlarda va funktsional-stilistik
bo‗yoqdorlik, emotsional- ekspressivlik va baho-munosabat bilan o‗zaro uyg‗un holda mavjud
bo‗ladi.
Demak, frazeologizmlarning uslubiy xususiyatlarini o‗rganish tilni o‗rganishning bir qismi
hisoblanib, u tilning normasini belgilashga ko‗mak beradi. Uslubiy paradigmatika frazeologizmlar
doirasida qay yo‗sinda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etganimizdek, uslubiy paradigmatika
tilning hamma sathlarida yuz beradi va har bir sathda o‗ziga xos holatda amalga oshadi.
Frazeologizmlar esa bunday tipli qatorni leksikaga nisbatan kam miqdorda tashkil qiladi. Masalan,
fikr qila olmaslik - aqlini yo‗qotmoq, aqlini yemoq va boshqalar.
Nemis tilshunosi V.Flaysher idiomatiklikni murakkab ifoda qismlarining maʼnolari va butun
ifodaning maʼnosi o‗rtasidagi tartibsiz munosabat sifatida talqin qiladi. [6]
H. Burgerga ko‗ra idiomatiklik nisbatan keng ko‗lamli tushuncha bo‗lib, uni ikki xil maʼnoda
tushunish mumkin. Bir tomondan keng maʼnoda struktural anomaliya sifatida tushunilsa, boshqa
tomondan esa aksariyat frazeologizmlarni leksik maʼnolaridan ajratib turuvchi o‗ziga xos
xususiyat sifatida tushunish mumkin. Frazeologizmlarning leksik maʼnosi va frazeologik
maʼnosida o‗zaro nomutanosiblik yotishi mumkin. Аgar frazeologik birlikda ana shunday
nomutanosiblik mavjud bo‗lsa, u idioma hisoblanadi. [7]
Quyida keltirilgan misollarni tahlil qilish orqali son komponentli frazeologizimlarda emotsional-
ekspressivlik, uslubiylik, idiomalashganlik darajalariga ko‗ra, yaʼni semantik jihatdan o‗zaro
tafovutlarni va o‗xshashliklarni ko‗rish mumkin: ―Der Erste beste‖ (eng yaxshisi) semantik tahlil:
Ushbu frazeologizm otlashgan son va sifat so´z turlari qatnashgan. Mano jihatdan so´zlar der Erste
so´zi o´z manosini yo´qotgan va ko´chma manoda qo´llanilgan, beste esa o´z manosida
qo´llanilgan. Das Mädchen heiratet aus Ärger. ―In allen vier Enden der Welt‖ (butun dunyo
bo‘ylab) semantik tahlil: qisman idiomalashgan, motivlashgan frazeologik birlik. Ushbu
frozologim butun dunyo bo‘ylab deb tarjima qilinib matnda turli ma‘nolara qo‘llanilhi mumkin.
Bundan tashqari ko‘p sayohat qiladigan odamga nisbatan ham qo‘llaniladi: über kurz oder lang
wird er ihn allen vier Enden der Welt aufsuchen lassen (F. Schiller, die Räuber)
Frazeologik birliklar — bu doimiy tarzda birgalikda qo‗llaniladigan, ko‗pincha ma‘nosi
tarkibiy qismlarning yig‗indisidan farq qiladigan barqaror iboralardir. Sintagmatika esa
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
181
tilshunoslikda birliklarning birikish qonuniyatlarini, nutqda qanday tartibda joylashishini
o‗rganadi. Frazeologik birliklar aynan sintagmatik munosabatlar orqali hosil bo‗ladi va kontekstda
to‗liq ma‘no kasb etadi: „zwei Fliegen mit einer Klappe schlagen― (bir tosh bilan ikki qushni
urmoq) — ushbu frazeologizm tarkibida ―zwei‖ (ikki) soni qatnashadi, va butun ibora sintagmatik
jihatdan yagona semantik butunlikni ifodalaydi.
Nemis tilida son bilan yasalgan frazeologik birliklar bir nechta guruhlarga ajratish bo‗linadi:
sonni bildiruvchi frazeologizmlar: ―eins und eins zusammenzählen‖ (aniq fikrlamoq), son orqali
mubolag‗a yoki kinoyani ifodalovchi frazeologizmlar: ―auf allen Vieren kriechen‖ (to‗rt oyoqda
emaklab yurmoq), barqaror sonli frazeologizmlar: ―auf dem dritten Platz sein‖ (uchinchi o‗rinda
bo‗lish).
Nemis tlida son bilan yasalgan frazeologik birliklar sintagmatik xususiyatlarga ko´ra bir
necha turga ajatishimiz mumkin:
-
Qat‘iy so‗z tartibi: frazeologizmlarda komponentlar o‗zgarmas tartibda bo‗ladi.
-
Leksik almashtirishga chidamsizlik: tarkibdagi sonlar o‗zgartirilsa, ibora frazeologik
kuchini yo‗qotadi.
-
Sintaktik mustaqillik: ayrimlari gap bo‗lagi sifatida, ayrimlari esa mustaqil gap sifatida
ishlatiladi.
-
Metaforik va konnotativ yuklama: sonlar ko‗pincha obrazli, kinoyali ma‘no beradi.
Sonli frazeologizmlar nemis tilining uslubiy boyligini ta‘minlaydi. Ular muloqotda
obrazlilik, emotsionallik olib kiradi. Masalan:
- unter vier Augen sprechen – sirli suhbat qilish.
- alle sieben Sachen packen – barcha narsalarini yig‗ishtirib ketmoq.
Sonli frazeologizmlarning sintagmatik barqarorligi ularni boshqa tillarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
tarjima qilishni qiyinlashtiradi. Misol uchun: „zwei linke Hände haben― iborasini ―ikki chap qo‗li
bor‖ deb tarjima qilish noto‗g‗ri tushunishga olib keladi. Shu sababli bu iboralarni o‗rgatishda
sintagmatik tahlil muhim rol o‗ynaydi.
Nemis tilida sonlar ishtirokida hosil bo‗lgan frazeologik birliklar leksik-semantik va
sintaktik jihatdan barqaror, o‗ziga xos sintagmatik xususiyatlarga ega. Ular qat‘iy tuzilishga,
ma‘noli birikishga, leksik o‗zgartirishga chidamsiz bo‗lishi bilan ajralib turadi. Til o‗rganishda bu
kabi birliklarni chuqur sintagmatik tahlil qilish, ularning gap ichidagi vazifasini anglash nutqiy
kompetensiyani oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Frazeologiya
2.
Fleischer Wolfgang
. Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 2.durchges. und erg.
Aufl. Tübingen, Max Niemeyer Verlag, 1997
3.
Harald Burger
(1998). Phraseologie. Eine Einführung am Beispiel des Deutschen. -Berlin:
Erich Schmidt. S 12-14
4.
Harald Burger
(1998). Phraseologie. Eine Einführung am Beispiel des Deutschen. -Berlin:
Erich Schmidt. S 15-32
5.
Normatov S.
Leksikografiya asoslari. O´quv qo´llanma – T: o´qituvchi 2020
6.
Fleischer Wolfgang
. Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 2.durchges. und erg.
Aufl. Tübingen, Max Niemeyer Verlag, 1997
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
182
7.
Harald Burger
Phraseologie. Eine Einführung am Beispiel des Deutschen. -Berlin: Erich
Schmidt.
