JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY
METODIK JURNAL
173
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq
ta‘limi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi
Meylimurotova Madina Rahimkul qizi
Ilmiy rahbar: Djabbarov Maʼsud
HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGNING TASHKILOTCHILIK
SALOHIYATI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada huquqiy madaniyat tushunchasining nazariy asoslari va
uning jamiyat taraqqiyotidagi o‗rni tahlil etilgan. Xususan, huquqiy ong va huquqiy madaniyat
o‗zaro bog‗liq tushunchalar sifatida ko‗rib chiqilib, ularni shakllantirishda ta‘lim tizimi, xususan,
pedagog shaxsining tutgan o‗rni chuqur yoritilgan. Muallif tomonidan pedagoglarning
tashkilotchilik salohiyati, ularning o‗quvchilar ongiga huquqiy bilim va qadriyatlarni
singdirishdagi faoliyati asosiy e‘tiborda turgan. Maqolada pedagogik jarayon orqali yoshlarning
huquqiy ongini oshirish, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undash, qonunlarga hurmat
bilan qarashga o‗rgatish kabi masalalar dolzarb nuqtai nazardan yondashilgan holda yoritilgan.
Shuningdek, pedagogning faolligi, tashabbuskorligi va huquqiy tarbiya bo‗yicha metodik
yondashuvlarining samaradorligini ta‘minlash bo‗yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan. Maqola
huquqiy madaniyatni yuksaltirishda pedagogik omillarning ahamiyatini chuqur ochib beradi
hamda ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarga nazariy va amaliy hissa qo‗shadi.
Kalit so’zlar:
Huquqiy madaniyat, huquqiy ong, pedagog, tashkilotchilik, ta‘lim, huquqiy
tarbiya, yoshlar, fuqarolik pozitsiyasi.
ANNOTATION:
This article analyzes the theoretical foundations of the concept of legal culture
and its role in the development of society. In particular, legal consciousness and legal culture are
examined as interrelated concepts, with a special focus on the role of the education system—
especially the personality and function of the pedagogue—in shaping them. The author
emphasizes the organizational capacity of educators and their contribution to instilling legal
knowledge and values in students. The article addresses pressing issues such as raising the legal
awareness of youth through pedagogical processes, encouraging their active participation in social
life, and fostering respect for the law. Additionally, practical recommendations are provided to
enhance the effectiveness of pedagogical approaches in legal education, highlighting the
importance of educator initiative and leadership. This study contributes both theoretically and
practically to the academic discourse on strengthening legal culture through educational means.
Keywords
: Legal culture, legal consciousness, pedagogue, organizational skills, education,
legal education, youth, civic engagement.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье проанализированы теоретические основы понятия
правовой культуры и еѐ роль в развитии общества. В частности, правовое сознание и
правовая культура рассматриваются как взаимосвязанные понятия, при этом особое
внимание уделено роли системы образования, особенно личности и деятельности педагога,
в процессе их формирования. Автор акцентирует внимание на организаторских
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY
METODIK JURNAL
174
способностях педагогов и их вкладе в привитие учащимся правовых знаний и ценностей. В
статье освещаются актуальные вопросы повышения правового сознания молодежи
посредством педагогического процесса, стимулирования их активного участия в
общественной жизни и формирования уважительного отношения к законам. Также
представлены практические рекомендации по повышению эффективности педагогических
подходов в правовом воспитании, подчѐркивается важность инициативности и активности
педагогов. Данное исследование вносит теоретический и практический вклад в развитие
научного подхода к формированию правовой культуры средствами образования.
Ключевые слова:
Правовая культура, правовое сознание, педагог, организаторские
способности, образование, правовое воспитание, молодежь, гражданская позиция.
KIRISH
Bugungi globallashuv va axborot erkinligi sharoitida jamiyat taraqqiyoti ko‘plab omillarga
bog‘liq bo‘lsa-da, ularning ichida fuqorolarning huquqiy ongi va madaniyati alohida o‘rin
egallaydi. Har qanday demokratik jamiyat barqarorligi, ijtimoiy totuvlik va qonun ustuvorligining
kafolati – bu huquqiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuqori bo‘lishi fuqorolarning ijtimoiy faolligini oshirish,
qonunlarga hurmat bilan qarash va qonun ustuvorligini ta‘minlashning muhim omildir.
Huquqiy madaniyat nima va u jamiyatda qanday rol o‘ynaydi? Huquqiy madaniyat – bu
jamiyatdagi har bir insonning huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi, qonunlarga va ijtimoiy me‘yorlarga
nisbatan ongli va ma‘suliyatli munosabatda bo‘lish jarayonidir. U nafaqat qonunlarni yoddan
bilish, balki ularni hayotda amalda qo‘llash, huquqiy normalarga hurmat ko‘rsatish va
huquqbuzarliklarni oldini olishga intilishdir. Huquqiy madaniyat jamiyatning barqarorligi va
tarqqiyotning poydevori bo‘lib, uning yuqori darajada rivojlanishi insonlarning bir-biriga bo‘lgan
ishonchi, davlatga hurmati va fuqorolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. Huquqiy
madaniyat tushunchasiga professor Islomov quyidagicha ta‘rif beradi: ―Huquqiy ongni mamlakat
fuqorolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqorolar huquqlari, erkinliklari va
majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini
ifodalovchi huquqiy g‘oyalar, tasavvurlar tizimi sifatida ta‘riflash mumkin‖. [1]
Huquqiy madaniyatning mazmun-mohiyatini anglab olgan holda endi uning jamiyatda
shakllanishida muhim rol o‘ynovchi omillardan biri – pedagogning tashkilotchilik salohiyatiga
e‘tibor qaratamiz. Yosh avlod ongida huquqiy qadriyatlarni shallantirishda ta‘lim tizimi, ayniqsa
pedagog shaxsining o‘rni beqiyosdir. Pedagog nafaqat bilim beruvch, balki tarbiyachi,
tashkilotchi, yetakchi sifatida o‘quvchilar ongida ijobiy va huquqiy tasavvurlarni qaror toptirishda
faol ishtirok etadi. Pedagoglarning bolalarda huquqiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularni
qonunlarda hurmat ruhida tarbiyalash orqali huquqbuzarliklarning oldini olishda katta ahamiyat
kasb etadi. Pedagogning tashkilotchilik salohiyati deganda nafaqat dars jarayonini to‘g‘ri tashkil
qila olish, balki turli huquqiy-ma‘rifiy tadbirlarni o‘tkazish, o‘quvchilarning huquqiy faoliyatga
jalb qilish, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash kabi ko‘nikmalar tushuniladi.
Pedagogning tashkilotchilik salohiyati – bu o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollik va
ma‘suliyatni shakllantiruvchi muhim omildir. Aynan shu jihat ta‘lim jarayonida huquqiy
savodxonlikni yaratishga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkilotchi pedagog o‘quvchilar orasida
interaktiv metodlardan foydalangan holda huquqiy bilimlarni targ‘ib etadi, qonunlarga hurmat
ruhini shakllantiradi va huquqiy munosabatlarga ma‘suliyat bilan yondashuvni tarbiyalaydi.
―Pedagogning tashkilotchilik salohiyati ta‘lim jarayonining muvaffaqiyatli tashkil etishda hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu salohiyat o‘qituvchilarga nafaqat darslarni rejalashtirish va o‘quvchilar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY
METODIK JURNAL
175
bilan ishlashda, balki ularning huquqiy madaniyatini shakllantirishda ham samarali bo‘lish
imkonini beradi‖. [2]
Huquqiy madaniyat shaxslarning huquqiy bilimlar, huquqiy ong va huquqiy qadriyatlari
majmuasi. Pedagoglar huquqiy madaniyatni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydigan ijtimoiy
subyektlardir. Shu bois pedagogning vazifalari keng va chuqurdir:
-
Huquqiy bilimlarni yetkazish
Pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga huquqiy tushunchalarni aniq va
tushunarli tarzda yetkazishdir. Bu nafaqat qonunlarning mazmunini balki, inson huquqlari,
fuqorolik majburiyatlari, davlat boshqaruvi tizimi haqida ma‘lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.
Pedagog o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirish orqali ularni qonunlarga
hurmat bilan yondashishga tayyorlaydi.
-
Huquqiy ongni rivojlantirish
Huquqiy madaniyatning muhim qismi-bu huquqiy ong. Pedagog o‘quvchilarda huquqiy
fikrlash, qonuniylik tamoyillarini anglash, ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyati amalga oshiradi.
-
Huquqiy qadriyatlarni singdirish
O‘quvchilarda huquqiy qadriyatlarni shakllantirish, ya‘ni qonuniylik, adolat, halollik,
ma‘suliyat, tenglik kabi ijtimoiy-madaniy tamoyillarni qadrlashlarini ta‘minlash ham pedagogning
muhim vazifasidir. Bu qadriyatlar yoshlarni jamiyatda qonunlarga rioya qiluvchi, huquqiy ongga
ega shaxslar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Tarbiya va namuna ko‘rsatish
Pedagog o‘zining shaxsiy xulq-atvori, o‘quvchilarga munosabati orqali huquqiy madaniyat
namunalarini ko‘rsatishi lozim. U o‘zining qonunlarga hurmat qilishi, odillik va ma‘suliyatli
bo‘lishi orqali o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy hayotda ham to‘g‘ri xulq
namunasini beradi. Bunday shaxsiy namunalar o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini
mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega.
-
Pedagogik muhitni yaratish
Huquqiy madaniyatni shakllantirishda ta‘lim muhitining o‘rni katta. Pedagog ta‘lim jarayonida
qonuniylik, adolat va inson huquqlarini himoya hurmat qilishni targ‘ib qiluvchi, ijobiy pedagogik
muhit yaratishi lozim. Bu muhitda o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda eta oladi, qonunlarga rioya
etishga o‘rgatiladi va huquqiy madaniyat tabiiy ravishda rivojlanadi.
Pedagogning huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi vazifalari nafaqat bilim berish bilan
cheklanmay, balki tarbiyaviy, tashkiliy va o‘rnak ko‘rsatish yo‘nalishlarini ham o‘z ichiga oladi.
Shu bois pedagogning kasbiy salohiyati, jumladan tashkilotchilik qobiliyati, huquqiy madaniyatni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘lim tizimida pedagoglarning bu vazifalarini
samarali bajarishlari uchun doimiy malaka oshirish va zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan
foydalanish zarur. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogning pedagogning tashkiliy
faoliyati asosiy vositalardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Pedagogning tashkiliy faoliyat
shakllari o‘quvchilarda huquqqa hurmat, qonunga itoatkorlik, ijtimoiy ma‘suliyat kabi fazilatlarni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY
METODIK JURNAL
176
rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogning huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
tashkiliy faoliyati, birinchi navbatda, ma‘rifiy-ma‘ruzaviy ishlardan boshlanadi. Ular orqali
o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, fuqorolik burchi,
inson huquqlari va erkinliklari haqida keng tushunchalar beriladi. Shu bilan birga, pedagoglar
interaktiv yondashuvlardan ya‘ni rolli o‘yinlar, huquqiy munozaralar kabi metodlardan
foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va huquqiy tafakkurini rivojlantiardilar.
Bumdan tashqari, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi tadbirlar, loyihalar va
haftaliklar tashkil etish ham samarali usullardan biridir. Masalan ―Huquq haftaligi‖, ―Adolat
kuni‖, ―Huquqiy savodxonlik kuni‖ kabi tadbirlar orqali o‘quvchilar huquqiy bilimlarini amaliy
faoliyatda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Pedagoglar huquqni muhofaza qiluvchi
organlar vakillari-advokarlar, sudyalar, ichki ishlar xodimlaribilan uchrashuvlar tashkil etish orqali
o‘quvchilarning real hayotdagi huquqiy muhit bilan tanishishiga yordam beradilar. Bir so‘z bilan
aytganda, pedagogning tashkiliy faoliyat shakklati – ba nafaqat dars jarayonida, balki ta‘limdan
tashqari tarbiyaviy ishlar orqali ham o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirishga
qaratilgan tizimli yondashuvdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta‘lim sohasidagi turli nutqlarida pedagoglarning jamiyatdagi
o‘rni va vazifalarini yuksak qadrlaydi. 2024-yil 30-sentabrdagi maktab ta‘limi vazirligi bilan
uchrashuvida pedagoglarning xorijiy tajribalarini o‘zlashtirish va malaka oshirishlari uchun sharoit
yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. [4] Bu esa ularning kasbiy salohiyatini oshirish, huquqiy
madaniyatini shakllantirishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyotining muhim
ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, uni shakllantirishda ta‘lim tizimi, ayniqsa pedagoglarning roli
beqiyosdir. Pedagogning tashkilotchilik salohiyati, huquqiy bilimlarni yetkazishdagi uslubiy
yondashuvi va shaxsiy namunasi o‗quvchilarda huquqiy ongni shakllantirishning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada yoritilgan tahlillar shuni ko‗rsatadiki, huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan maqsadli pedagogik faoliyat nafaqat yosh avlodning
huquqiy bilim va ko‗nikmalarini oshiradi, balki ularni ongli, qonunlarga hurmat ruhida yashovchi
fuqarolar etib tarbiyalaydi. Shu bois, pedagoglarning ushbu jarayonda faol ishtirok etishini
ta‘minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va zamonaviy metodikalardan foydalangan
holda ishlashlari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Islomov.L.M. ―Davlat va huquq nazaryasi‖ Toshkent Adolat 2007; 537-b
2.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-oktabrdagi PF-5616-sonli
Farmoni‖2019-2023-yillarga mo ‗ljallangan ta‘limni rivojlantirish strategiyasi
3.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 30-sentabrdagi
maktab ta‘limi vazirligi bilan uchrashuvi daryo.uz
4.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-maydagi
videospelektor yig ‗ilish nutqi kknews.uz
5.
Bo‘lajak pedagoglarning kreativlik potensialini shakllantiruvchi omillar Djabborov Ma‘sud
