Авторы

  • Qambarova Mushtariybonu Shuxratjon qizi,Yuldasheva D.Y.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104353

Ключевые слова:

Ortiqcha vazn semizlik Gestatsion qandli diabet(GQD) makrosomiya preeklampsiya .

Аннотация

JSST ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda 25-30 % ayollar semizlikdan aziyat chekmoqda. Ularning aksariyatini reproduktiv yoshdagi ayollar tashkil qiladi. Xomilador ayollar orasida ortiqcha vazn va semizlik oshib bormoqda. Bu esa turli homiladorlik asoratlari xavfini oshiradi. Masalan, abort, homiladorlik gipertenziyasi, preeklampsiya, eklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug’ruq jarayoning buzilishi, tug’ruq va tugruqdan keyingi davrdagi qon ketishlari (Serov V.N 2000; Averyanova A.P, 2010 Saveleva I.V 2010; Borovkova E.I 2011 ). Semiz ayollarda tug’ruq ko’pincha jarrohlik aralashuvlari yoki tug’ruq induksiyasi bilan o’tadi (Poobalan A.C, 2009; Priese V, 2011). Shuningdek semiz ayollarda 21 juft xromosoma trisomiyasi xavfi ortadi (Hildebrand E, Kallen B, Josefsson A, Gottvall T, Blomberg M Maternal obesity and risk of Down syndrome in the offspring 2011).  Shuningdek ortiqcha vaznli ayolda erta tug‘ish holatlari ko‘p uchraydi bu esa chaqaloqda respirator distress holatini yuzaga keltiradi.Ortiqcha vaznli va semiz ayollardan tug'ilgan chaqaloqlarda esa macrosomiya va metabolik.sindrom ko‘p kuzatiladi keyinchalik bu bolalar 2tip qandli diabetga moyil guruhga kiradi.Ortiqcha vazndagi va semiz ayollar normal vazndagi ayollarga qaraganda homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyin depressiya va stressga ko'proq duchor bo‘lishadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qambarova Mushtariybonu Shuxratjon qizi

Ilmiy rahbar t.f.d dotsent

Yuldasheva D.Y.

ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIKDA HOMILADORLIK VA TUG’RUQNING

NATIJALARI

Annotatsiya:

JSST ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda 25-30 % ayollar semizlikdan aziyat

chekmoqda. Ularning aksariyatini reproduktiv yoshdagi ayollar tashkil qiladi. Xomilador ayollar

orasida ortiqcha vazn va semizlik oshib bormoqda. Bu esa turli homiladorlik asoratlari xavfini

oshiradi. Masalan, abort, homiladorlik gipertenziyasi, preeklampsiya, eklampsiya, gestatsion

qandli diabet, tug’ruq jarayoning buzilishi, tug’ruq va tugruqdan keyingi davrdagi qon ketishlari

(Serov V.N 2000; Averyanova A.P, 2010 Saveleva I.V 2010; Borovkova E.I 2011 ). Semiz

ayollarda tug’ruq ko’pincha jarrohlik aralashuvlari yoki tug’ruq induksiyasi bilan o’tadi

(Poobalan A.C, 2009; Priese V, 2011). Shuningdek semiz ayollarda 21 juft xromosoma

trisomiyasi xavfi ortadi (Hildebrand E, Kallen B, Josefsson A, Gottvall T, Blomberg M

Maternal

obesity and risk of Down syndrome in the offspring 2011).

Shuningdek ortiqcha vaznli ayolda

erta tug‘ish holatlari ko‘p uchraydi bu esa chaqaloqda respirator distress holatini yuzaga

keltiradi.Ortiqcha vaznli va semiz ayollardan tug'ilgan chaqaloqlarda esa macrosomiya va

metabolik.sindrom ko‘p kuzatiladi keyinchalik bu bolalar 2tip qandli diabetga moyil guruhga

kiradi.Ortiqcha vazndagi va semiz ayollar normal vazndagi ayollarga qaraganda homiladorlik

davrida va tug‘ruqdan keyin depressiya va stressga ko'proq duchor bo‘lishadi.

Kalit so’zlar

: Ortiqcha vazn,semizlik,Gestatsion qandli diabet(GQD), makrosomiya,

preeklampsiya .

Semizlik va ortiqcha vazn homiladorlikda homilador ayol va homila uchun salbiy oqibatlarga

olib keladi. JSST semizlikni global epidemiya deb hisoblamoqda va 2022 yil ma’lumotlariga

ko’ra dunyodagi har 8ta insonlardan biri semizlikdan aziyat chekmoqda. 18 yoshdan katta

odamlar orasida ortiqcha vaznga ega bo’lganlar dunyo aholisining 43% ini, semizlik bilan

16%ini tashkil qilmoqda (JSST 2022y) [16]. WOF (World Obesity Federation) ma’lumotlariga

ko’ra 2030 va 2060 yillarga kelib ortiqcha vazn va semizlikka ega bo’lgan kattalar mos ravishda

59% va 80% ni tashkil etadi [15].

Shuningdek bugungi kunda O‘zbekiston aholisining Sanitariya epidemialogiya qo‘mitasi

JSSTga tayanib 18-64 yoshdagilar orasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra aholining

yarmi ortiqcha vazinli, 20% semiz hisoblanishi haqida habar berilgan.

O‘zbekistondagi 15-49 yoshdagi ayollarning 15.5%i semizlik bilan, 25.2% ortiqcha vazn bilan

azob chekadi (WOF 2017) [14].

Normal holatda, reproduktiv yoshdagi ayollarda yog' to'qimasining miqdori 30% dan oshmasligi

kerak. Uning asta-sekin ortishi esa chegaraviy holat – ortiqcha tana massasi deb hisoblanadi.

Bugungi kunda ko'plab olimlar semizlikni moddalar almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan

surunkali kasallik sifatida ko'rib chiqadilar, bunda ayolning organizmida yog' to'qimasi 20% va

undan ortiq miqdorda oshadi [9].

Semizlikning etiopatogenetik tasnifi quyidagilarga bo'linadi:

1.

Alimental semizlik (birlamchi)

: Bu semizlik ikki turga bo'linadi:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o

Quyi turi va Yuqori turi

2.

Simptomatik semizlik (ikkinchi darajali)

: Bu semizlik boshqa kasalliklar yoki

holatlarning natijasidir. U quyidagilarga bo'linadi:

o

Serebral semizlik

: Bosh miya o'smalari, infeksiyalar yoki tizimli zararlanishlar tufayli

yuzaga keladigan semizlik.

o

Psixologik semizlik

: Ruhiy kasalliklar, masalan, depressiya yoki nervoz anoreksiya bilan

bog'liq semizlik.

o

Genetik nuqsonlar tufayli semizlik

: Genetik sindromlar, masalan, Prader-Willi sindromi

kabi semizlikga olib keladigan holatlar.

o

Endokrin semizlik

:

Gipotireozli semizlik,Gipoovariyal semizlik,Gipotolamus-gipofiz

tizimining kasalliklarida, buyrak usti bezi kasalliklaridan keyin yuzaga keluvchi semizlik.

3.

Yatrogenik semizlik

: Bu semizlik turi ba'zi dori vositalarini qo'llash tufayli yuzaga keladi.

Masalan, antidepressantlar, diabetni davolash uchun dori vositalari yoki gormonal preparatlar[5].

Semizligi bo’lgan bemorlarda ko'plab kasalliklarni rivojlanish xavfi ortadi: yog'

almashinuvining buzilishi ko'proq uchraydi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari,

xolesistit va xolelitiaz, osteoartrit rivojlanish xavfi ortishi tasdiqlangan. Yog 'to'qimasida

aromatazaning ko’tarilishi giperestrogenemiyaga va estrogenga bog'liq kasalliklarning

ko'payishiga olib keladi (ko'krak bezi saratoni, endometriya saratoni, bachadon miomasi).

Semizlik ko'pincha tuxumdonlarning gormonal disfunksiyasi bilan birga keladi. Semizlikning

og’ir darajasi kuzatilgan ayollarning 45% da reproduktiv disfunktsiya rivojlanadi.

Semizlikning homiladorlik va tug'ish jarayoniga ta'siri bilan bog'liq ko'plab ilmiy tadqiqodlar

mavjud, bu esa muammoning dolzarbligini yanada ta'kidlaydi.

Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, semizlikdan aziyat chekkan ayollarda homiladorlik jarayonining

asoratlari 45-85% hollarda uchraydi. Bunda semizlikdan aziyat chekayotgan homilador

ayollarda abort, gestatsion diabet, preeklampsiya, venoz tromboemboliya, tug’ruqning induksiya

bilan kechishi, kesar kesish, tug'ruqdan keyingi infeksiya, laktatsiya buzilishi, o’lik tug'ish,

homiladagi tug'ma anomaliyalar, muddatidan oldingi tug'ruq, makrosomiya va perinatal o'lim

xavfini oshiradi[1].

Preeklampsiya (PE) homiladorlikning daxshatli salbiy natijasidir. Onaning yuqori qon bosimi

bilan tavsiflangan PE davolanmasa, ona va bola o'limiga olib kelishi mumkin. PE sababi hali

ma'lum emas va homiladorlik davrida qaysi ayollarda PE rivojlanishini bashorat qilishning hech

qanday usuli yo'q. Ma'lum bo'lgan yagona davolash usuli homila va yo'ldoshni tug'dirishdir,

shuning uchun anormal yo'ldosh PEni sababi bo'lishi mumkin deb hisoblanadi. Homiladorlikdan

oldin semirib ketgan ayollarda PE rivojlanish ehtimoli ortadi. Semizlik tanadagi umumiy

yallig'lanish holatini kuchaytiradi, bu yo'ldosh rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Yog'

to'qimasi proinflammator sitokinlar va komplement oqsillarining boy manbai bo'lib, ular onada

antiangiogen omillar ifodasini rag'batlantirish orqali PE patogenezida ishtirok etadi. PEda

kuchaygan yallig'lanish reaksiyasi, angiogen nomutanosiblik va anormal yo’ldosh hosil bo’lishi

kuzatilganligi sababli, onadagi semizlik va yog' to'qimasidan kelib chiqqan komplement

oqsillari PE rivojlanishida muhim rol o'ynaydi deb taxmin qilinadi.

Semizlikdan aziyat chekayotgan ayollarda homiladorlik asoratlarini rivojlanishida yog' to'qima

gormonlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, inson plasentasi leptin,

rezistin ishlab chiqaradi, shuningdek, u yerda leptin va adiponektin retseptorlari mavjud bo'lib,

bu ularning implantatsiya funksiyasiga ta'sirini o'rganish imkonini beradi .

Leptin — bu adipokin bo'lib, uning darajasi semizlik bilan parallel ravishda oshadi, va u

semizlikka bog'liq gipertenziyaning rivojlanishiga bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Preeklampsiyadan

aziyat chekayotgan semiz ayollarda preeklampsiyadan aziyat chekayotgan ozgin ayollar va


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

normal qon bosimiga ega semiz homilador ayollarga nisbatan leptin darajasi eng yuqori

ko’rsatkichga ega, bu leptinning semizlik va preeklampsiya o'rtasidagi bog'lanishlarni

tasdiqlaydi[3].

Homila rivojlanish nuqsonlari

. Homilador ayollarda tana vazn indeksining (TVI) yuqori

bo‘lishi nerv naychasining nuqsonlari shakllanishi tez-tez uchrashini ikki baravar oshiradi.

Bundan tashqari, TVI qancha yuqori bo‘lsa, xavf shuncha ortadi. Semizlik homilada yurak

nuqsonlari, qorin devori nuqsonlari, yuqori tanglayning yoriqlari kabi boshqa tug‘ma rivojlanish

nuqsonlari xavfi bilan bog‘liq ekani ko‘rsatilgan. Bu toifadagi homilador ayollarda nuqsonlar

shakllanishining sababi, qon zardobida insulin, triglitseridlar, siydik kislotasi va endogen

estrogenlar darajasining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan metabolik buzilishlar, shuningdek insulin

rezistentligi, surunkali gipoksiya va giperkapniya deb hisoblanadi. Nerv naychasi

nuqsonlarining yuqori shakllanishi foliy kislotasi nisbiy yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi

mumkin. Ehtimol, semizlikda foliy kislotasining himoya ta’siri yetarli bo‘lmagan dorilar

dozasidan kelib chiqmaydi[8].

Homiladorlikning kech davr muammolari.

Homiladorlikning kechki davrlarida qorin sohasini paypaslash, homilaning holati va

joylashishini aniqlash qiyinlashadi. Homilaning o‘sishini baholashda bachadon tubining

balandligini o‘lchash jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi va natijada homila o‘sishining

kechikishini kechroq aniqlash sodir bo‘ladi. Shu sababli homilaning o‘sishini kuzatib borishda

ultratovush tekshiruvidan foydalanish kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu usul aynan bu kontingentdagi

homilador ayollarda yuqoridagi cheklovlar tufayli sezilarli muammolarga ega [11].

O‘lik tug‘ilish.

Homiladorlikdan oldin tana vazn indeksi (TVI) >25 bo‘lishi yuqori daromadli mamlakatlarda

o‘lik tug‘ilishning eng muhim o‘zgartiriladigan xavf omillaridan biri sifatida qaraladi [].

Homila tushish xavfi

Ba'zi tadqiqotlarda semiz ayollarda o‘z-o‘zidan homila tushishi xavfi oshishi ko‘rsatilgan .

O‘xshash xavflarning sun'iy urug‘lantirish (EKO) orqali homilador bo‘lgan ayollarda ham qayd

etilishi kuzatilgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, semizlikda o‘z-o‘zidan homila tushish tezligi

68%ga yetgan, ehtimol bu tanlangan namunalar xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi

mumkin.Homiladorlikning dastlabki bosqichlariga ta'sir qiluvchi mexanizmlarni ko‘rib

chiqishda semiz ayollarda tana vazn indeksining oshishi tufayli yuzaga keladigan patofiziologik

o‘zgarishlar nafaqat tuxum hujayralariga, balki embrionlarga ham ta'sir qilishi mumkin. Bundan

tashqari, semizlikda endometriyga ham salbiy ta'sir bo‘lishi ehtimoldan holi emas, bu esa

tushish xavfini oshiradi. Bu semizlik bilan bog‘liq bo‘lgan moddalar – insulin va adipokinlar

(leptin va adiponektin) endometriyga bevosita ta'sir qilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Sun'iy urug‘lantirish (EKO) siklida donor tuxum hujayralari ishlatilganida, semizlikda tushish

xavfi normal tana massasiga ega ayollarga qaraganda sezilarli darajada yuqori ekanligi qayd

etilgan[2].

Semizlik va muddatidan oldin tug‘ruq xavfi

Ayollardagi ortiqcha vazn va semizlikning muddatidan oldin tug‘ruq xavfiga ta’siri keng

muhokama qilinmoqda. 84 tadqiqotning (64 kogortli, 20 hodisa-nazoratli) metaanalizi natijasida


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

umumiy hisobda 1 095 834 ayol ishtirokida semizlik va ortiqcha vaznning ham o‘z-o‘zidan,

ham sababli muddatidan oldin tug‘ruq xavfini oshirishi aniqlangan.

Semizlik bilan bog‘liq muddatidan oldin tug‘ruq xavfining oshishi, qisman, preeklampsiya

holatining yuqori uchrash tezligi bilan izohlanishi mumkin. Chunki preeklampsiya muddatidan

ilgari tug‘ruqni talab qiladi.

Semizlikda muddatidan oldin tug‘ruq xavfining oshishi boshqa ishlarda ham tasdiqlangan.

Muddatidan oldin tug‘ruqning asosiy sabablari infektsiya va yallig‘lanish jarayonlari

hisoblanadi . Tananing yog‘ to‘qimalarining ko‘payishi yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi

bilan bog‘liq. Bu holat ona tana vazn indeksi (TVI) va o‘z-o‘zidan muddatidan oldin tug‘ruq

xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni qisman tushuntirishi mumkin[10].

Muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va birinchi tug‘uvchi ayollar.

Semizlikda muddatidan oldin tug‘ruqlar birinchi tug‘uvchi ayollar orasida ko‘proq kuzatiladi,

chunki bu holat preeklampsiya, gestatsion qandli diabeti kabi asoratlar tufayli muddatidan oldin

tug‘ruqni talab qiladi. Preeklampsiya birinchi tug‘uvchi ayollar orasida qayta tug‘uvchilarga

qaraganda ko‘proq uchraydi , va onada TVI oshgani sayin preeklampsiya rivojlanish xavfi ham

ortadi . Preeklampsiya muddatidan oldin tug‘ruqning 40%dan ortiq hollarda asosiy sababi

hisoblanadi[7].

Preeklampsiya

homiladorlikning 3–4% ga ta'sir qilib, ham ona, ham bola uchun kasallik va

o'lim xavfini oshiradi. Semizlik preeklampsiya rivojlanishining tasdiqlangan xavf omillaridan

biri hisoblanadi. Preeklampsiya uchrash chastotasi Tana vazn indeksi (TVI) past bo‘lgan

ayollarda 2,8% dan, semizlikda esa 10,2% ga oshadi. Homiladorlikdan oldingi TVIning 5–7

kg/m2 ga oshishi preeklampsiya rivojlanish xavfini ikki barobarga oshiradi. Homiladorlik

vaqtidagi kuchli semizlik gipertenziya bilan bog‘liq asoratlar xavfining sezilarli oshishi bilan

bog‘liq.Patofiziologik mexanizmlar, semizlikning preeklampsiya va homiladorlik davrida

boshqa gipertenziya kasalliklariga ta'sirini belgilovchi mexanizmlar hali ham to‘liq

tushunilmagan. Semizlik insulin rezistentligi va II turdagi qandli diabet xavfi bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lib, shu sababli semizlikda homilador ayollarda gestatsion diabet xavfi yuqori.

Semizlik va diabet yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniqlaydi, shuningdek, preeklampsiya

xavfini oshiradi.

Giperinsulinemiya bevosita gipertenziyaga, buyraklarda natriy qayta so‘rilishini oshirishga va

simpatik asab tizimini rag‘batlantirishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan

tushuntirilganda, insulinga rezistentlik va giperglikemiya qon tomir endoteliy funksiyasini

buzadi . Shu tariqa, ortiqcha vazn va semizlik giparinsulinemiya va giperlipidemiya (metabolik

sindrom) bilan bog‘liq bo‘lib, bunda prostatsiklin ishlab chiqarish kamayadi va peroksidaza

ishlab chiqarilishi ortadi, bu esa vazokonstriktsiyaga (periferik vazospazm) va trombotsitlarning

yuqori agregatsiyasiga yordam beradi.Gestatsion qandli diabet taxminan 4% homilador

ayollarda aniqlanadi, biroq tarqalish darajasi 1% dan 14% gacha farq qilishi mumkin[4].

Yirik homila

. Ona semizligi va katta bola tug'ilishi o'rtasidagi bog'liqlik ko'plab tadqiqotlarda

ta'kidlangan. Semizlikda makrosomiya insulin rezistentligi bilan bog‘liq (hatto diabet bo‘lmasa

ham), bu esa bola qonida glyukoza va insulin miqdorini oshiradi, shuningdek, bola ko’p

miqdorda erkin yog‘ kislotalarini oladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘rtacha vazni semizlik va kuchli semizlik guruhida TVI ortishi

bilan statistik jihatdan sezilarli darajada oshgan. Shunday qilib, ko‘pchilik tadqiqotchilar

semizlikni yirik bola tug‘ilishining asosiy xavf omili sifatida ko‘rib chiqadilar[12].


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tug‘ruqdagi asoratlar.

Tug‘ruq paytida yuzaga keladigan eng keng tarqalgan asoratlar ma'lum

darajada TVI bilan bog‘liq. Semizlikda homiladorlikni kechiktirish holatlari ko‘proq uchraydi,

bu esa induktsiya qilingan tug‘ruq holatlarini oshiradi. Tug‘ruq induktsiyasi uchun nisbiy xavf

1,7 (95% ish. or. 1,6–1,8) ni tashkil qiladi. Tug‘ruqni rag‘batlantirish samaradorligi pasaygan.

Homiladorlikda homila suvini tug’ruqdan oldin ketishi tez-tez uchraydi, OK 1,20 (95% ish. or.

1,02–1,5)

Tug‘ruq paytida homilaning holatini baholashda texnik qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin,

chunki odatdagi baholash usullari (homila yurak urishini tinglash va kardiotokografiya) teri osti

yog‘ qatlamining qalinligi tufayli informativ bo‘lmasligi mumkin. Tug‘ruqning aktiv davrida

invaziv usullardan foydalanish talab qilinishi mumkin. TVI ortishi bilan tug‘ruqdagi operatsion

yordamlashish tezligi oshadi. Vaginal tekshiruv va tug‘ruq yo‘llarini ko‘rikdan o‘tkazishda

qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Yumshoq to‘qimalar (bachadon bo‘yni, qin) yorilishi natijasida

tikish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga keladi[6].

Yelka distosiyasi tug‘ruqdagi eng jiddiy asoratlardan biri hisoblanadi. Semizlikda tug‘ruqning

yelka distosiyasi uchrash chastotasi yirik homila va tos sohasida ortiqcha yog‘ to‘qimasi bilan

bog‘liq . Yelka distosiyasini davolash uchun odatiy usullar (Mak-Roberts usuli va bo‘yin usti

bosim) semizlikda har doim ham amalga oshirilmaydi, shuning uchun orqa qo‘lni chiqarish

uchun ichki burilishdan ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri keladi. TVI ortishi bilan perineum

yorilishi chastotasi yuqori bo‘ladi .

Boshqa mualliflar semizlikni yelka distosiyasi xavfining mustaqil omili sifatida ko‘rib

bo‘lmasligini ta'kidlashadi, bu asoratning eng kuchli prediktori yirik homila deb hisoblashadi.

Yirik homila ortiqcha vazn , ayniqsa semizlikda, ko‘proq uchraydi.

126080 ayolning tug‘ruqlari tahlilida semizlikda (TVI >30 kg/m2) yirik homila tug‘ilishining

yuqori xavfi aniqlangan, ammo mualliflar yelka distosiyasi xavfining oshishini qayd etmagan.

Kesar kesish. TVI oshishi va operativ tug‘ruq (kesar kesish) chastotasi o‘sishi o‘rtasidagi

bog‘liqlikni o‘rganishga ko‘plab tadqiqotlar bag‘ishlangan .

11 ta tadqiqotning tahliliga ko‘ra, ortiqcha tana vazniga ega ayollarda (TVI 25-30 kg/m2) kesar

kesish chastotasi yuqori: OK 1,53 (95% ish. or. 1,48–1,58), semizlikda (TMI >30 kg/m2) esa OK

2,26 (95% ish. or. 2,04–2,51), bu normal tana vazniga ega homilador ayollar (TVI 20-25 kg/m2)

bilan solishtirilganda aniqlangan. Umuman olganda, ortiqcha tana vazniga ega ayollarda kesar

kesish ehtimoli 1,64 (95% ish. or. 1,55–1,73), semizlikda esa 2,23 (95% ish. or. 2,07–2,42) ni

tashkil etadi. Kesar kesish xavfi ortiqcha vaznda 50% ga, semizlikda esa normal TVIga ega

ayollar bilan solishtirganda ikki. baravardan ko‘proq oshadi[13].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Barbouni K., Jotautis V., Metallinou D., Diamanti A., Orovou E., Liepinaitienė A.,

Nikolaidis P., Karampas G., Sarantaki A. When Weight Matters: How Obesity Impacts

Reproductive Health and Pregnancy—A Systematic Review. // Current Obesity Reports. – 2025.

– Vol. 14, Article 37. – B. 1–15.

2. Bodnar LM, Parks WT, Perkins K, et al.Maternal Prepregnancy Obesity and Cause-Specific

Stillbirth.Obstetrics & Gynecology. 2015;126(2):313–320.

3. Downs T., da Silva Costa F., Paganoti C. de F., Holland O. J. Adiponectin and Leptin

during Pregnancy: A Systematic Review of Their Association with Pregnancy Disorders, Fetal

Growth and Placental Function. // Endocrines. – 2024. – Vol. 5, Issue 3. – B. 382–394.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

4. Johnson L., Smith M. Gestational diabetes mellitus and postpartum hypertension [Elektron

resurs] // PubMed Central. – 2023. – 15 s.

5. Matlubov M. M. Semizlik tasnifi. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, zamonaviy davolash

usullari. – Web-Journal ilmiy jurnali, 2024. – №3. – B. 45–52.

6. Nguyen T., Lee S., Martinez F. Shoulder dystocia and maternal obesity: clinical challenges

and management [Elektron resurs] // Journal of Maternal-Fetal & Neonatal Medicine.

7. Santos S, Voerman E, Amiano P, et al.Impact of maternal div mass index and gestational

weight gain on pregnancy complications: an individual participant data meta-analysis of

European, North American and Australian cohorts.BJOG. 2019;126(8):984–995.

8. Storgaard M, Nørgaard LN, Hansen AV, et al. Maternal pre‐pregnancy overweight or

obesity and risk of birth defects: A population-based cohort study. Acta Obstet Gynecol Scand.

2024;103(5):862–870.

9. The American College of Obstetricians and Gynecologists. Obesity and Pregnancy – ACOG

FAQ. – Washington DC: ACOG, 2021. – 9 b. – B. 3–6.

10. Vats H, Saxena R, Sachdeva MP, et al.Impact of maternal pre-pregnancy div mass index

on maternal, fetal and neonatal adverse outcomes in the worldwide populations: A systematic

review and meta-analysis.Obesity Research & Clinical Practice. 2021;15(6):536–545.

11. Wax HR, Cartin MM. Obstetric Ultrasound Imaging in the Patient with Obesity. Global

Library of Women's Medicine. 2021. doi:10.3843/GLOWM.419113

12. Williams J., Brown K., Miller S. Maternal obesity and risk of macrosomia: A systematic

review and meta-analysis [Elektron resurs] // Obstetrics & Gynecology. – 2023. – Vol. 141, № 2.

– P. 312–320.

13. Wilson R.D., Davies G.A., Murphy K.E., et al. Impact of maternal obesity on labor

outcomes: a population-based cohort study of 126,080 deliveries // American Journal of

Obstetrics and Gynecology. – 2022. – Vol. 227, № 5. – P. 674.e1–674.e12.

14. World Obesity Federation. Prevalence of overweight and obesity in Uzbekistan – Global

Obesity Observatory. – WOF, 2017. – 8 b. – B. 2–4.

15. World Obesity Federation. World Obesity Atlas 2023. – London: WOF, 2023. – 56 b. – B.

7–11.

16. World Health Organization. Obesity and overweight. – Geneva: WHO, 2022. – 12 b. – (Fact

sheet No. 311).

Библиографические ссылки

Barbouni K., Jotautis V., Metallinou D., Diamanti A., Orovou E., Liepinaitienė A., Nikolaidis P., Karampas G., Sarantaki A. When Weight Matters: How Obesity Impacts Reproductive Health and Pregnancy—A Systematic Review. // Current Obesity Reports. – 2025. – Vol. 14, Article 37. – B. 1–15.

Bodnar LM, Parks WT, Perkins K, et al.Maternal Prepregnancy Obesity and Cause-Specific Stillbirth.Obstetrics & Gynecology. 2015;126(2):313–320.

Downs T., da Silva Costa F., Paganoti C. de F., Holland O. J. Adiponectin and Leptin during Pregnancy: A Systematic Review of Their Association with Pregnancy Disorders, Fetal Growth and Placental Function. // Endocrines. – 2024. – Vol. 5, Issue 3. – B. 382–394.

Johnson L., Smith M. Gestational diabetes mellitus and postpartum hypertension [Elektron resurs] // PubMed Central. – 2023. – 15 s.

Matlubov M. M. Semizlik tasnifi. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, zamonaviy davolash usullari. – Web-Journal ilmiy jurnali, 2024. – №3. – B. 45–52.

Nguyen T., Lee S., Martinez F. Shoulder dystocia and maternal obesity: clinical challenges and management [Elektron resurs] // Journal of Maternal-Fetal & Neonatal Medicine.

Santos S, Voerman E, Amiano P, et al.Impact of maternal body mass index and gestational weight gain on pregnancy complications: an individual participant data meta-analysis of European, North American and Australian cohorts.BJOG. 2019;126(8):984–995.

Storgaard M, Nørgaard LN, Hansen AV, et al. Maternal pre‐pregnancy overweight or obesity and risk of birth defects: A population-based cohort study. Acta Obstet Gynecol Scand. 2024;103(5):862–870.

The American College of Obstetricians and Gynecologists. Obesity and Pregnancy – ACOG FAQ. – Washington DC: ACOG, 2021. – 9 b. – B. 3–6.

Vats H, Saxena R, Sachdeva MP, et al.Impact of maternal pre-pregnancy body mass index on maternal, fetal and neonatal adverse outcomes in the worldwide populations: A systematic review and meta-analysis.Obesity Research & Clinical Practice. 2021;15(6):536–545.

Wax HR, Cartin MM. Obstetric Ultrasound Imaging in the Patient with Obesity. Global Library of Women's Medicine. 2021. doi:10.3843/GLOWM.419113

Williams J., Brown K., Miller S. Maternal obesity and risk of macrosomia: A systematic review and meta-analysis [Elektron resurs] // Obstetrics & Gynecology. – 2023. – Vol. 141, № 2. – P. 312–320.

Wilson R.D., Davies G.A., Murphy K.E., et al. Impact of maternal obesity on labor outcomes: a population-based cohort study of 126,080 deliveries // American Journal of Obstetrics and Gynecology. – 2022. – Vol. 227, № 5. – P. 674.e1–674.e12.

World Obesity Federation. Prevalence of overweight and obesity in Uzbekistan – Global Obesity Observatory. – WOF, 2017. – 8 b. – B. 2–4.

World Obesity Federation. World Obesity Atlas 2023. – London: WOF, 2023. – 56 b. – B. 7–11.

World Health Organization. Obesity and overweight. – Geneva: WHO, 2022. – 12 b. – (Fact sheet No. 311).